34- §. SUV - ENG YAXSHI ERITUVCHI. ERUVCHANLIK.
1.Yer yuzining umumiy sathi qanchaga (km2) teng?
A) 510100000 B) 375000000
C) 100000000 D) 2735000000
2. Yer yuzi umumiy sathining qanchasi (km2) suv bilan qoplangan?
A) 510100000 B) 375000000
C) 1,4•1018 D) 4•1015
3. Okean va dengizlardagi suv (ularda erigan tuzlarnihisobga olmagan holda) qancha massani (t) tashkil qiladi?
A) 3,75•108 B) 1•1017
C) 1,4•1018 D) 4•1015
4. Quruqlikdagi chuchuk suv va muzliklardagi suv qancha massani (t) tashkil qiladi?
A) 3,75•108 B) 1•1017
C) 1,4•1018 D) 4•1015
5. Tirik organizmlar va tuproq, tog‘ jinslari tarkibidagi suv qancha massani (t) tashkil qiladi?
A) 3,75•108 B) 1•1017
C) 1,4•1018 D) 4•1015
6. 70 kg og‘irlikdagi odam tanasida suv taxminan qancha massani (kg) tashkil qiladi?
A) 40 B) 49 C) 60 D) 20
7. Ba’zi meduzalar tanasi qancha qismi (%) suvdan iborat bo‘ladi?
A) 70 B) 80 C) 65 D) 98
8. Ganga yoki Missisipi kabi daryolar yiliga dunyo okeaniga qancha massadagi (t) tuzni eritib tashib keltiradi?
A) 510100000 B) 375000000
C) 100000000 D) 2735000000
9. Dunyodagi barcha daryolar yiliga dunyo okeaniga qancha massadagi (t) tuzni eritib tashib keltiradi?
A) 510100000 B) 375000000
C) 100000000 D) 2735000000
10.1000 g yomg‘ir suvi bug‘latilganda qancha massadagi qattiq qoldiq qoladi?
A) 5-7 g B) 1-3 g C) 7-10 g D) 3-5 g
11. Tuproqqa tushgan suv tarkibida erigan moddalar tuproq va tog‘ jinslaridagi tarkibiy qismlar bilan kimyoviy ta’sirlashib, tabiatda uzluksiz davom etadigan qanday jarayonlarda faol ishtirok etadi?
A) tuproq hosil bo‘lishi
B) tog‘ jinslarining yemirilishi
C) yangi minerallar hosil bo‘lish
D) barchasi
12.Eruvchanlikka berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping?
A) moddaning erish qobiliyati
B) ayni haroratda eruvchi moddadan ortiqcha erita olmaydigan eritma
C) ayni haroratda eruvchi moddadan ortiqcha erita oladigan eritma
D) ayni haroratda eruvchi moddadan ortiqcha eritasa cho‘kma hosil bo‘ladigan eritma
13. Xona haroratida (20°C) 100 g suv qancha miqdordagi (g) qandni erita oladi?
A) 100 B) 50 C) 150 D) 200
14. Qaysi kattalikning o‘lchami moddaning ma’lum sharoitda to‘yingan eritmadagi miqdori bilan belgilanadi?
A) titr B) modda midori
C) massa ulush D) eruvchanlik
15. To‘yingan eritmaga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping?
A) moddaning erish qobiliyati
B) ayni haroratda eruvchi moddadan ortiqcha erita olmaydigan eritma
C) ayni haroratda eruvchi moddadan ortiqcha erita oladigan eritma
D) ayni haroratda eruvchi moddadan ortiqcha eritasa cho‘kma hosil bo‘ladigan eritma
16. Qaysi kattalik 100 g erituvchida moddadan qancha erishi bilan belgilanadi?
A) titr B) modda midori
C) massa ulush D) eruvchanlik
17. Yaxshi eruvchan modda deb nimaga aytiladi. To‘g‘ri ta’rifni toping?
A) agar 100 g erituvchida modda 10 g dan ortiq erisa
B) agar 100 g erituvchida modda 1 g dan ortiq erisa
C) agar 100 g erituvchida modda 0,01 g dan ortiq erisa
D) agar 100 g erituvchida qattiq modda 10 g dan ortiq erisa
18. Oz eruvchan modda deb nimaga aytiladi. To‘g‘ri ta’rifni toping?
A) agar 100 g erituvchida modda 10 g dan ortiq erisa
B) agar 100 g erituvchida modda 1 g dan kam erisa
C) agar 100 g erituvchida modda 1 g dan ortiq erisa
D) agar 100 g erituvchida qattiq modda 10 g dan ortiq erisa
19. Amalda erimaydigan modda deb nimaga aytiladi. To‘g‘ri ta’rifni toping?
A) agar 100 g erituvchida modda 1 g dan ortiq erisa
B) agar 100 g erituvchida modda 0,01 g dan ortiq erisa
C) agar 100 g erituvchida modda 0,01 g dan kam erisa
D) agar 100 g erituvchida qattiq modda 1 g dan kam erisa
20. Xonadagi 750 g qandning to‘yingan eritmasi bug‘latilsa, idish tubida qancha miqdor qand qoladi?
A) 400 B) 500 C) 150 D) 200
21. Xonadagi 750 g qandning (saxaroza) to‘yingan eritmasining molyal konsentratsiyasini toping?
A) 4,255 B) 5,85 C) 1,50 D) 7,55
22. Natriy nitritning 10°С dagi eruvehanligi 80,5 gga teng. Shu haroratda 500 gsuvda qancha natriy nitrit erishi mumkin?
A) 402,5 B) 588,5 C) 322 D) 223
Do'stlaringiz bilan baham: |