29-§. VODOROD – SOFEKOLOGIK YONILG‘I. ISHLATILISHI.
1. Qaysi modda bukelajak yonilg‘isi hisoblanadi?
A) butan B) vodorod C) ko‘mir D) benzin
2. Nima uchun vodorod ekologik sof yonilg‘i sifatida istiqbolga ega deyilmoqda?
A) yonganda faqat suv hosil bo‘ladi
B) zaharli ta’siri kamroq
C) tezlik bilan alangalanadi
D) katta miqdorda zahirasi bor
3.Quyosh qa’rida sodir bo‘ladigan qanday termoyadro reaksiyasi ko‘p tabiiy jarayonlar uchun tuganmas yagona energiya manbayi hisoblanadi?
A) suv hosil bo‘lishi
B) vodorodning geliyga aylanishi
C) tezlik bilan alangalanadi
D) ko‘plab yonish jarayonlari
4. Quyosh qa’rida sodir bo‘ladigan qanday jarayonni sun’iy tarzda olib borishni boshqarish muammosi hal etilsa, insoniyat bitmas-tuganmas energiya manbayiga ega bo‘ladi?
A) suv hosil bo‘lishi B) vodorodning geliyga aylanishi
C) tezlik bilan alangalanish
D) ko‘plab yonish jarayonlari
5. Kimyo sanoatida vodorod eng ko‘p miqdorda qaysi moddani ishlab chiqarish uchun sarflanadi?
A) suv B) ammiak C) o‘gitlarni D) metan
6. Ammiakning asosiy qismi qaysi moddani ishlab chiqarish uchun sarflanadi?
A) kuldiruvchi gaz B) ammoniy
C) o‘gitlarni D) aminlarni
7. Ammiakning asosiy qismi qaysi moddani ishlab chiqarish uchun sarflanadi?
A) kuldiruvchi gaz B) ammoniy
C) nitrat kislota D) aminlarni
8. Kimyo sanoatida vodorod qaysi modda(lar)ni ishlab chiqarish uchun sarflanadi?
A) xlorid kislota B) ammiak
C) metil spirti D) barchasi
9. Kimyo sanoatida vodorod qaysi modda(lar)ni gidrogenlash uchun sarflanadi?
A) neft B) ko‘mir
C) moylar D) barchasi
10. Kimyo sanoatida vodorod qaysi modda(lar)ni to‘yintirish uchun sarflanadi?
A) neft B) ko‘mir
C) moylar D) barchasi
11. Quyidagilarning qaysilari to‘yintirilsa yengil yonilg‘i hosil bo‘ladi?
1) neft mahsulotlarini; 2) moylar;
3) ko‘mir; 4) oktan.
A) 1,2 B) 2,4 C) 1,3 D) barchasi
11. Quyidagilarning qaysilari to‘yintirilsa margarin hosil bo‘ladi?
1) neft mahsulotlarini; 2) moylar;
3) ko‘mir; 4) oktan.
A) 1,2 B) 2,4 C) 1,3 D) 2
12. Vodorod-kislorod alangasi harorati qanday imkoniyatlarni beradi?
1) qiyin suyuqlanadigan metallarnikesish;
2) qiyin suyuqlanadigan metallarni payvandlash;
3) kvarsni kesish; 4)kvarsni payvandlash.
A) 1,2 B) 2,4 C) 1,3 D) barchasi
13. Vodorod-kislorod alangasi harorati nechaga teng bo‘ladi?
A) 3000°C B) 100°C C) 810°C D) 5000°C
14.Metallurgiyada vodorod metallarning qaysi birikmalaridan tozaligi yuqori bo‘lgan metallar olish imkonini beradi?
A) oksidlaridan B) sulfidlaridan
C) gidridlaridan D) barchasidan
15. Metallurgiyada vodorod metallarning qaysi birikmalaridan tozaligi yuqori bo‘lgan metallar olish imkonini beradi?
A) galogenidlaridan B) sulfidlaridan
C) gidridlaridan D) barchasidan
16.Vodorod qanday holatda quyi haroratlar texnikasida ishlatiladi?
A) kolloid B) gaz C) suyuq D) qattiq
17. Vodorod qanday holatda reaktiv texnikada eng qulay hamda samarador yonilg‘i sifatida qo‘llanadi?
A) kolloid B) gaz C) suyuq D) qattiq
18. Quyidagi gazlarning qaysi biri to‘ldirilganda shar havoga ko‘tarilishi mumkin?
A) Cl2 B) H2S C) CH4 D) Ar
19. Qanday hajmiy nisbatdagi vodorod va kislorod aralashmasi «qaldiroq gaz» deb ataladi?
A) 2:1 В) 1:1 С) 1:2 D)istalgan nisbatda
20. Vodorod quyidagi qaysi moddalar bilan reaksiyaga kirishadi?
1) FeO; 2) S; 3 ) O2; 4) H2O; 5)K2O; 6)N2;
7)Ca; 8) Ag; 9) P; 10) HCl.
A) 1,2,3,8,9,10 B) 1,2,3,6,7,9
C) 3,6,7,8,9,10 D) 4,5,10
21. Metan bilan kislorod qanday hajmiy nisbatlarda qoldiqsiz reaksiyaga kirishadi?
A) 1:2 B) 1:1 C) 2:2 D) 2:1
22.50% kislorod va 50% karbonat angidriddan iborat gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligini aniqlang?
A) 16 B) 22 C) 19 D)24
23. Sanoatda vodorod olish uchun metanni suv bug‘i bilan konversiya qilinadi. Ushbu reaksiya tenglamasida koeffitsientlar yig‘indisi nechaga teng?
А) 3 В) 4 С) 5 D) 8
24. Tabiatda vodorod:
A) Yer qobig‘i massasining 0,15% ini, suvda 11,11% ni, Quyosh massasining deyarli 50 % ini tashkil etadi.
B) Yer massasining 1% ini, havoning 20% ini, Quyosh massasining 1/4 qismini tashkil etadi.
C) Yer qobig‘i massasining 0,15% ini, suvda 11,11% ni tashkil etib, Quyoshda uchramaydi.
D) Faqat birikmalar tarkibida uchraydi.
25. Suv tarkibida vodorodning foiz ulushi nechaga teng?
A) 11,11 B) 22,22 C) 8,96 D) 12,12
26. «Qaldiroq gaz»ning o‘rtacha nisbiy molekular massasini aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 12 D) 16
27. Kimyo laboratoriyasida vodorod qanday usullar bilan olinadi?
A)rux metaliga xlorid kislota ta’sir ettirib
B)suvni qizdirib
C)mis metaliga xlorid kislota ta’sir ettirib
D)metanni parchalab
Do'stlaringiz bilan baham: |