yaratdi va shu tariqa falsafiy bilimning mustaqil bo’limi sifatida falsafiy
antropologiyaning yaratilishiga yo’l ochdi.
I.Kantdan keyin nemis klassik falsafasida inson asosan madaniyat dunyosini
yaratuvchi ma’naviy faoliyat subyekti sifatida, umumiy ideal asos – ruh, aql
manbai sifatida tushunildi. L.Feyerbax (1804-1872) bu yondashuvga qarshi chiqdi.
O’sha davrda obyektiv idealizm falsafasida hukm surgan tushunchalar («g’oya»,
«ruh»)ga zid o’laroq, u «inson» kategoriyasini ilgari surdi. Feyerbax insonga
tarixiy ma’naviy rivojlanish
mahsuli sifatida emas, balki avvalo biologik, hissiy-
jismoniy mavjudot sifatida yondashib, undagi tabiiy-biologik asosga murojaat etdi.
Unda inson Xudo yaratgan banda emas, balki tabiatning bir qismi bo’lib, fransuz
faylasuflari qayd etganidek mexanizm emas, balki organizmdir.
Ayni shu sababli Feyerbax falsafasi «antropologik materializm» degan nom
oldi. Uning insonga nisbatan yondashuvi shu bilan tavsiflanadiki, insondagi
tabiiylik va ijtimoiylik materialistik monizm nuqtai nazaridan tushuntiriladi. Bu
inson bir vaqtning o’zida notirik va tirik tabiatning tadrijiy
rivojlanishi mahsuli
sanalgan biologik mavjudot sifatida ham, mohiyati ijtimoiy munosabatlar bilan
belgilanadigan ijtimoiy mavjudot sifatida ham qaralishini anglatadi.
XIX asrdan boshlab Yevropa falsafiy tafakkuri F.Shelling, A.Shopengauer,
M.Shtirner, S.Kyerkegor, F.Nisshe, N.Berdyayev, A.Bergson kabi faylasuflarning
sa’y-harakatlari bilan inson mavjudligini individual va tarixiy muayyanlashtirish
sari yuz burdi. Hayot, sezgilar,
xohish-iroda, irrasionallik tushunchalari maxsus
falsafiy tahlil predmetiga aylandi va keyinchalik ekzistensializm, intuitivizm va
personalizm falsafasida rivojlantirildi.
Xususan, ekzistensializm nuqtai nazaridan obyektiv dunyo – bu avvalo «inson
borlig’i» bo’lib, insondan tashqarida dunyo haqida biron-bir gap aytish mumkin
emas. Inson borlig’i to’g’risida so’z yuritish o’rinli bo’ladi, chunki inson borliq
xususida
savollar beradi, uning mazmunini tashkil etgan holda uni boshdan
kechiradi, anglab yetadi.
Inson muammosiga qisqacha tarixiy-falsafiy nazar tashlash XX asr boshiga
kelib falsafada bilimning yangi mustaqil sohasi – inson haqidagi ta’limot, ya’ni
falsafiy antropologiya vujudga kelishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini
ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: