E’LON! Ingliz filologiyasi fakul’teti Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi stajyor o’qituvchsi Mirzakamolovaning 2022 yil 12- aprel kuni 2-juftlikda soat 10:00 da Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili yo’nalishi 217-B guruhda “O’qish va Yozish” fanidan “Application letter” mavzuida ochiq darsi o’tkaziladi.
Ochiq darsga kafedraning barcha professor-o’qituvchilari taklif etiladi.
Ochiq dars Ingliz filologiyasi fakulteti binosi 4-qavat 424-xonasida o’tkaziladi.
Ingliz filologiyasi fakulteti ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasining navbatdan tashqari yig’ilishi bayonnomasidan
KO’CHIRMA ____. 09 .2021yil Namangan shahri
Qatnashdilar: Kafedraning barcha professor-o’qituvchilari
KUN TARTIBI: VI. Turli masalalar 3. O’qituvchi D.Yuldashevaning ochiq dars tahlili
VI. 3) Kafedra katta o’qituvchisi D.Yuldashevaning 22.09.2021 yil kuni ingliz tili yo’nalishi 103 a-guruhda “O’qish va yozish” fanidan “Writing description” mavzusida ochiq darsi o’qituvchilar tomonidan tahlil qilinib, qoniqarli baholandi. Kafedra mudiri Ph.D. G’. Tajibayev va S. Sharipova katta o’qituvchi D.Yuldashevaning 2021 yil 22 sentabr kuni ingliz tili yo’nalishi 103 a-guruhda “O’qish va yozish” fanidan “Writing description ( Describing people)” mavzusida ochiq darsi tahlil qilishib, darsda talabalar faol qatnashganliklarini, interfaol metodlardan yaxshi foydalanilganligini, o’qituvchi darsning barcha bosqichlaridan unumli foydalanganligini, talabalarga to’g’ri va aniq ko’rsatma bera olganini aytib o’tishdi. Kafedra o’qituvchilari S.Sharipova o’qituvchi D. Yuldashevaning 22 sentabr kuni ingliz tili yo’nalishi 103a-guruhida o’tilgan darsni tahlil qilib dars yaxshi tashkil qilinganligini, tarqatma materiallar va texnik vositalardan o’rinli foydalanilganligini, biroq talabalar tomonidan qilingan ayrim xatoliklarga e’tibor qaratilmaganligini aytib o’tildi.
Shundan so’ng yig’ilish raisi kafedra mudiri Ph.D G’. Tajibayev katta o’qituvchi D.Yuldasheva o’tkazgan ochiq darsni baholashni ovozga qo’ydi va o’tkazilgan ochiq dars bir ovozdan qoniqarli deb topildi.
VI. 3) Masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi: Barcha so’zga chiqqanlarning fikrlarini inobatga olib, kafedra katta o’qituvchisi D.Yuldashevaning 22.09.2021 yil kungi ingliz tili yo’nalishi 103 a-guruhda “O’qish va yozish” fanidan “Writing description ( Describing people)” mavzusida ochiq darsi qoniqarli o’tgan deb topilsin.
Kafedra katta o’qituvchi D.Yuldasheva zimmasiga ochiq dars hujjatlarini rasmiylashtirish va kafedraga topshirish yuklatilsin.