Interfaol usul – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro faol hamkorlik muloqoti.
Kompetensiya – mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
Kreativlik – qandaydir yangi, betakror narsa yarata olish layoqati, badiiy shakl yaratish, fikrlash, g‘oya va echimga olib keluvchi aqliy jarayon.
Kuzatish – atrof olam, alohida ob’ektlar va hodisalarning xossalari va munosabatlarini ular mavjud bo‘lgan tabiiy sharoilarda o‘rganish usuli.
Ko‘nikma – o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish.
Malaka – o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish.
Metod – ta’lim jarayonida amaliy va nazariy bilimlarni egallash, o‘zlashtirish, o‘rgatish, o‘rganish, bilish uchun xizmat qiladigan yo‘l- yo‘riqlar, usullar majmui.
Modul – Mazmunan va mantiqan yakunga ega bo‘lgan, didaktik jihatdan ishlab chiqilgan, natijaga qaratilgan, kirish va chiqish nazoratlaridan iborat bo‘lgan birlik.
Pedagogik texnologiya – aniq ilmiy loyihalashtirilgan, samarali natijani kafolatlovchi, takrorlana oluvchi pedagogik harakatlar tizimi.
Taqqoslash – o‘rganilayotgan ob’ektlarning o‘xshashlik va farqlarini qiyoslash. Tahlil – muayyan ob’ekt, voqea-hodisani tarkibiy qismlarga bo‘lish va shu qismlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni aniqlash.
Ta’lim vositasi – muayyan o‘qitish metodi yoki usullaridan muvaffaqiyatli foydalanish uchun zarur bo‘lgan yordamchi o‘quv materiallari.
Foydalanish tavsiya etiladigan o’quv-uslubiy adabiyotlar ro’yxati
I. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2018 y. 14-son, 213-modda, 22-son, 406-modda.
Mirziyoev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi. – T.: “O’zbekiston”, 2016. – 56 b.
Mirziyoev Sh. M. “Konstitutsiya va qonun ustuvorligi huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir” mavzusidagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. – T.: “Xalq so‘zi”, 2019 yil 8-dekabr.
Mirziyoev Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. –T.: “O’zbekiston”. – 2017.– 102b.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O’zbekiston”, 2017. – 488 b.
Mirziyoev Sh. M. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – T.: “O’zbekiston”, 2018. – 80 b.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”, 2008.– 176 b.
Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: “O’zbekiston”, 2011.–440 b.
Karimov I.A. Ona yurtimiz baxti iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. –T:. “O’zbekiston”, 2015. – 302 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |