Nazorat savollari:
O‘quv jarayonini tashkil etishda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari qanday ahamiyatga ega?
Fanni o‘qitishda AKTni qo‘llashning o‘ziga xos jihatlarini aytib bering.
Ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan axborot va vebresurslar haqida nimalarni bilasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Tolipova J. O., G‘ofurov A.T. Biologiya o‘qitish metodikasi. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. Toshkent, TDPU, 2012.
Deberdeeva T. X. Novыessennosti obrazovaniya v usloviyax informasionnogo obщestva //Innovasii v obrazovanii. 2005. №3. S. 5-12.
Tixomirov V. P., Tixomirova N. V. Smart-education: novыy podxod k razvitiyu obrazovaniya //http://www.elearningpro.ru/forum/topics/ smarteducation.
Ot elektronnogo obucheniya k Smart-obrazovaniyu, k Smart-obщestvu:
Materialы mejdunarodnoy konferensii ELSE-2014 //http://www.elseconf.ru. 5-amaliy mashg‘ulot
MAVZU: BIOLOGIYA FANI TARAQQIYOTI TENDENSIYALARI VA INNOVASIYALAR
Ishdan maqsad Tinglovchilarni “Biologiya fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalar” moduli doirasida biologiya fanining taraqqiyot yo‘nalishlari, fanning texnika va ishlab chiqarishga qo‘llanishi bo‘yicha innovasiyalar, tadqiqotlar bilan tanishtirish.
Amaliy mashg‘ulotga doir nazariy material
Mashg‘ulot mazmuni:
Biologiya fani taraqqiyoti tendensiyalari bilan tanishing.
O‘zbekistonda biologiya fanining rivojlanishi, mashhur olimlar, ularning maktablari.
Fanning texnika va ishlab chiqarishga qo‘llanishi bo‘yicha innovasiyalar.
O‘zRFA biologik ilmiy-tadqiqot institutlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar.
Biologiya fanining taraqqiyoti yo‘nalishlari. Hozirgi zamon biologiyasi hayot bilan bog‘liq bo‘lgan turli fanlarning assotsiasiyasi bo‘lib, uning eng asosiy izlanish predmeti hayotning har qanday tuzilish darajalarida umumiy va xususiy qonuniyatlarni o‘rganishdir. Biologiya fani nisbatan mustaqil maxsus tarmoqlarni (zoologiya, botanika, mikrobiologiya, mikologiya va h.k.) hamda fanlararo (bioximiya, biofizika, ijtimoiy biologiya, bioetika, bioestetika, biosiyosat va h.k.) fanlarni o‘z ichiga oladi1.
Hozirgi zamon biologiya fanining rivojida bir necha yo‘nalishlari shakllanmoqda.
Hayot fenomeni molekuladan koinot va mega darajalarda o‘rganilishi. Biologik o‘rganish ob’ektlarning sferasiga organizm usti hosilalari (populyasiontur, biogeotsenotik, biosfera, antropobiogeotsenotik) va ularning o‘zaro ta’sirlari ham kirmoqda.
Biologiya fanlarining o‘zaro va boshqa fanlari bilan integrasiyasining kuchayishi kuzatilmoqda. Biologiya fanining ijtimoiy-madaniy statusining mustahkamlanishi kompleks va fanlararo izlanishlarning kengayishida, biologiyaning aniq fanlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqalarining mustahkamlanishida namoyon bo‘ldi. Biologiyaning gumanitar yondashuvi tibbiy biologik va biotexnologik izlanishlarning chuqurlashuvi tufayli biologiya yutuqlari faqat odamzot farovonligiga emas, butun tiriklikning farovonligiga yo‘nalgan bo‘lmog‘i lozimligi ta’n olindi. Bugungi kunda biologiyaning ijtimoiy – ahloqiy statusi o‘zgardi2.
Biologiya fani tekshirish uslublarning rivojlanishi. Biologiyaning an’anaviy usullari (kuzatish, solishtirish, tarixiy-rekonstruktiv, eksperimental)ga tiriklikni o‘rganishning yangi usullari va yondashishlari (idealizasiya, aksiomatizasiya, formalizasiya, matematik modellash, informasion-ehtimoliy, kibernetik va sinergetik yondashishlar) qo‘shilmoqda.
Tibbiyot biologiyasi va genetik izlanishlar tufayli populyasion darajada turlarning ontogenetik shakllanish va rivojlanishi haqida tassavurlarning kengayishi kuzatilmoqda.
Gen injeneriyasi (gen, xromosoma, hujayra injeneriyasi) izlanishilarning faollashuvi tufayli XX asrning ikkinchi yarmida biologiya o‘z rivojining ikkinchi bosqichiga – bioinjeneriyaga o‘tdi. Biologiya fani va ijtimoiy amaliyot o‘rtasida aloqalarning kuchayishi tufayli biologiya faqat atrof-muhitni o‘rganuvchi fan bo‘lib qolmay, atrof-muhitga kuchli ta’sir qila oladigan fanga aylanib qolmoqda. YAngi bioob’ektlarni loyihalash, konstruksiyalash va yaratish (DNKning rekombinant molekulalari, geni o‘zgargan viruslar, ozuqaning sintetik mahsulotlari) tendensiyalari rivojlanmoqda3.
Senozlar injeneriyasi. Bugungi kunda sunьiy bio- va agrotsenozlarni konstruksiyalash va yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Ishlab chiqarish amaliyotining ekologiyalizasiyasi. Biologiya fanlarning kompleksi faqatgina biotexnologiyaning rivoji orqali jamiyatning kuchli ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanmasdan, ishlab chiqarishning mavjud bo‘lgan shartsharoitlarini o‘zgartirish va tabiatdan rasional foydalanish, tabiiy resurslarni tiklash kabi malasalar bugungi kunda dolzarb, chunki biologiya va ekologiya jamiyatning, ma’naviy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib shakllanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |