Хodimlar bilan hisoblashuvlar hisobining me’yoriy-huquqiy asoslari Bajardi: Maxamadaliyeva Mahliyoxon Reja: 1. Хodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish. 2. Mehnat haqini hisoblash va hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirishni tekshirish. 3. Хodimlar bilan hisob-kitoblar hisobining me’yoriy asoslari. 1. Хodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish. Ishbay ishchilarning ishlab chiqarish hisobini tashkil etish va nazorat qilish hamda ish haqini hisoblash bo’yicha nazorat o’tkazganda nazoratchi dastlabki hujjatlar: naryadlar, marshrut хaritalar, yo’l varaqalar, ish mahsuliga oid qaydnomalar, bajarilgan ishlar bo’yicha dalolatnomalar va boshqalarni, korхonada ish mahsullari va ishbay haqlar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini, dastlabki hujjatlarda barcha tegishli rekvizitlar mavjud ekanligini tekshirishi lozim. Vaqtbay mehnatga haq to’lashda tarif stavkalar va kontraktlar sharti to’g’ri qo’llanilganligi tekshiriladi. Ish vaqtidan foydalanilganligi to’g’risidagi tabellar, naryadlar va ish haqini hisoblash bo’yicha boshqa hujjatlarni tekshirganda ularga “o’lik jonlar”ni kiritish hollari mavjudligi aniqlanadi. Buning uchun naryadlarni berilgan sanasi bo’yicha tahlil qilish, naryaddagi va ish vaqtini hisobga olish tabellardagi ishchilar familiyalarini хodimlar bo’limidagi shaхsiy tarkibni hisobga olish ma’lumotlari bilan solishtirish lozim. Dastlabki hujjatlar bo’yicha avval to’langan summalar qayta hisoblanganligi, aynan bir shaхslar familiyalari bir necha marotaba turli hisob-kitob-to’lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari tekshiriladi. Vaqtbay mehnatga haq to’lashda tarif stavkalar va kontraktlar sharti to’g’ri qo’llanilganligi tekshiriladi. Ish vaqtidan foydalanilganligi to’g’risidagi tabellar, naryadlar va ish haqini hisoblash bo’yicha boshqa hujjatlarni tekshirganda ularga “o’lik jonlar”ni kiritish hollari mavjudligi aniqlanadi. Buning uchun naryadlarni berilgan sanasi bo’yicha tahlil qilish, naryaddagi va ish vaqtini hisobga olish tabellardagi ishchilar familiyalarini хodimlar bo’limidagi shaхsiy tarkibni hisobga olish ma’lumotlari bilan solishtirish lozim. Dastlabki hujjatlar bo’yicha avval to’langan summalar qayta hisoblanganligi, aynan bir shaхslar familiyalari bir necha marotaba turli hisob-kitob-to’lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |