ilk bosqichi Jarmo va Te-pa Guron yodgorliklarini yuqori qatlamlari bilan, ya`ni VI chi ming yillikni boshlari bilan belgilanadi. Joyitun madaniyatiga oid yodgorliklar ustida ko’plab ilmiy izla-nishlar olib borgan arxeolog olim V.M.Massonning xulosa-lariga ko’ra, Joyitun madaniyatini ilk yodgorliklarini xronologiyasini eradan avvalgi VII chi ming yillikni oxirlari bilan ham belgilash mumkin. Shunday qilib, Joy-itun madaniyatini shakllanishida, deb yozadi V.M.Masson er-li Kaspiy bo’yi ovchi va termachi qabilalar bilan shuғullan-gan, hamda uy - joy qurishni bilgan, o’ziga xos naqshli so-pol idishlarni ishlatgan qabilalar ishtirok etganlar. Biz-ningcha, V.M.Massonni Joyitun madaniyatini ijodkorlari erli Kasbiy bo’yi qabilalari bo’lgan degan xulosasi to’ғri. Chunki bizni Markaziy Osiyo hududidagi yodgorliklarni 1 mln. yillik tarixini o’rganishimiz eng qadimiy madaniyati-mizdan to tosh asrini oxirgi bosqichigacha bir madaniyatni ichidan ikkinchi madaniyatni o’sib chiqqanini, barcha davrlar-da madaniyatimizni sohiblari erli qabilalar bo’lganini, bironta madaniyatimiz tashqaridan kelmaganini ko’rsatdi. Shunday ekan, Joyitun madaniyatini ijodkorlari qatoriga Yaqin Sharq qabilalarini ham qo’shish to’ғri bo’lmaydi deb o’ylaymiz. Markaziy Osiyo xalqlari ajdodlarini davomchi-lari bo’lgan Kasbiy bo’yi qabilalari Yaqin Sharq qabilala-ri bilan aloqada bo’lgan bo’lishlari mumkin. Ammo bu dega-ni Yaqin Sharqni neolit davri qabilalari Joyitun mada-niyatini sohiblaridan degani emas.
Joyitundagi topilgan topilmalarni asosan 3 ta gu-ruhga bo’lib o’rga nilgan :
Mehnat qurollari va ularni chiqindilari;
Kundalik hayotlaridagi buyumlar, birininchi navbat-
da, loydan yasalgan idishlar;
Bezaklar va turli tasavvurlar bilan boғliq bo’lgan
ғoyalar hamda od diy ko’ngilni xushlovchi buyumlar.
Bulardan tashqari, yoғochlardan yasalgan mehnat qurolla-ri juda ko’p bo’lgan bo’lishi kerak. Ammo ulardan birontasi ham tabiat kuchini ta`siri natijasida bizgacha etib kelgan emas. Bunday fikrga kelinishga, Joyitun madaniyatiga oid yodgorliklarni aksariyatida, maxsus hosil yoriqlarga, qato-rasiga qadab ishlatilgan geometrik shakllardagi mikrolit-larni juda ko’lab topilishi sabab bo’la oladi. Bu mikrolitlar ko’p xollarda o’rish vazifasini bajarganlar, ammo ularni yoғoch va hayvon qobirғalaridan tayyorlangan mosla-malaridan uzunasiga xosil qilingan yoriqlarga qatorasiga bitum yordamida o’rnashtirmasdan, ya`ni o’roq shakliga kel-tirmasdan turib foydalanib bo’lmagan. Xuddi shunday mik-rolitlarni o’zidan bitum yordamida joylashtirgan hayvon qobirғasidan yasalgan moslamani bittasi Jarmo yodgorligi-dan. ikkinchisi esa Cho’pon- Tepadan topilgan. Demak, mik-rolitlarni maxsus moslamalar yordamida ishlatilganiga xech qanday shubxa yo’q.
Shuni aytish kerakki Joyitun yodgorligi tosh asrini oxirgi bosqichi bo’lgani uchun undagi mehnat qurollarini aksariyati toshlardan yasalgan blib, ular boshqa turdagi xom-ashyolardan qilingan mehnat qurollari orasida to’la xuk-mron edilar. Bu tosh qurollar tipologik jixatdan uchta gu-ruxga bo’linadilar: 1. Nukleuslar; 2. Plastinkalar va ulardan yasalgan mehnat qurollari; 3. Uchirindilar va ular-dan qilingan mehnat qurollari.
G. F. Koropkovani aniqlashicha, nukleuslarni asariyati prizma va konus shaklidagi nukleuslarni tashkil qiladi. Prizma shaklidagilarni jami 39 ta bo’lib, bularni xamma-si butun va juda ifodali. Shu tipdagi nukleuslarni sn-niqlari esa 28 ta, konus shaklidagilari 7 ta xolos.
Ikkinchi guruxdagilar asosan plastinkalardan iborat bo’lib, ular prizma shaklida o’tkir qirraga ega bo’lgan to’ғri qiyofali plastinkalardan iborat. Mikroplastinkalar malda Joyitunda yo’q darajada. Joyitundagi geometrik shakldagi mikrolitlar 4 xil: 1. Trapetsiya; 2. Segmentlar; 3 Uchburchak shakldagilar va 4. To’ғri burchak shaklidagilardir.
Joyitunda uchirindilardan qilingan mehnat qurollari amalda yo’q darajada bo’lib, borlari xam tasodifiydir. Shuning uchun xam Joyitun industriyasini plastinkali in-dustriya deyiladi. Joyitun industriyasini yana bir eng xa-rakterli hususiyati shundan iboratki, undagi plastinkalar-ni aksariyatida retush (o’tkirlash) izlari yo’q. Joyitun in-dustriyasini eng muxim hisoblangan o’ziga xos belgilari uch-ta bo’lib, bulardan birinchisi plastiinkalari juda keng tarqalgan bo’lib, ularni qirralarida kesik belgilarini mavjudligi, ikkinchisi mikrolitlashuvni yuqori darajada ekanligi va uchinchisi mikrolitlarni geometrik shakldagi-larni ma`lum darajada ko’pligdir.
Shuni xam aytish joizki Joyitun manzilgohi turidagi manzilgohlar yuqorida ta`kidlaganimizdek, xozirgi Turkma niston xududida juda ko’plab topilgan. Joyitun manzil-gohi qatorida ularni o’rganish Joyitun madaniyatini yori-tishda va uni to’ldirishda juda katta ahamiyatga egadir. Ana shunday yodgorliklardan biri Bami bo’lib, u Joyitun manzilgohining ғarbida joylashgan bo’lib, uni xajmi 130 x 130 m ni tashkil qiladi. Bu yodgorlikda ( urta asrga oid tepa qismini) hisobga olmaganda, Joyitan madaniyatiga oid 4 ta gorizont aniqlangan. Bu gorizontlardan Bami 2 Joy-itun an`analarini juda ifodali ravishda tasvirlaydi. Uy-joylarini satxi (poli) qizil rangda suvalgan.
Bamidan so’ng madaniy qatlami o’rganilgan va Joyitun madaniyatiga oid bo’lgan yodgorlik To’galik- tepa bo’lib, u Geon- tepa rayonining O’rta- Yayli qishloғida joylashgan. Uni maydoni 3 ming m2 bo’lib, Joyitun madaniyatiga oid qatlamini qalinligi 3 m ga boradi. Bu erda xam 4 ta quri-lish gorizonti aniqlangan. Bami manzilgohdan farq qilib, bu manzilgohni turar joy xonalarini satxi oxak bilan su-valgan. To’galik- tepani boshqa xonalarida somon aralati-rilgan loysuvoq qoldiqlari xam uchraydi.
Joyitun madaniyatiga mansub bo’lgan va madaniy qat-lamlari o’rganilgan 3- yodgorlik Cho’pon- tepa yodgorligi bo’lib, Ashxbod viloyatini Geon- tepa rayon markazidan 67,5 km sharqda jolashgan. Bu yodgorlik ancha yirik bo’lib, uni maydoni 2 ga ga boradi. Bu manzilgohdagi xonalar xam Joyitunnikiga o’xshab oxak aralashmasi bilan suvalgan. 1967 yilda topilib, 1968- 69 yillarda qazish ishlari olib borilgan Pessidjik- tepa yodgorligi o’zining noyob topilma-lari bilan Joyitun madaniyatini yoritishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. uni madaniy qatlamini qalinligi 3,5 m bo’lib, undagi xonalarni borchasi oxak aralashmasi bilan suvalgan. eng muhimi Pessidjik- tepadan juda katta xonani topili-shidir. Xonani qurilish uslubi garchi turar joylar quri-lishidan deyarli farq qilmasada, ammo uni xajmini 64 m2 bo’lgani, xona satxini alebastr bilan suvalagni, devorla-rini qalinligi va eng muhimi bu xonada uy- ro’zғor buyum-larini topilmagani, bu xonani jamoani to’planib turadi-gan, neolit davriga mansub joyi deyishga asos beradi. De-mak, Joyitun madaniyatining sohiblari biron bir masalani xal qilish uchun to’planganlar, yoki shu erda to’planishib, bi-ron bir narsaga e`tiqod qilganlar deyish mumkin.
Eng muhim yangiliklardan bir 1969 yili O. K. Berdiev tomonidan ikkinchi gorizontdan xuddi shu binoni o’choғi ro’parasidagi devordan geometrik ornamentlar shaklidagi mehnat qurollarini aks ettiruvchi naqshli rasmlar va bars bilan o’tlab yuruvchi qanaqadir hayvonlarni tasvirlari to-pildi. Bu tasvirlar qora va qizil ranglarda oqlangan de-vorlarda aks ettirilgan.
Chegallik tepa yodgorligi xam Joyitun madaniyati yod-gorliklaridan biri bo’lib, u Mean qishloғidan 8- 9 km sha-rqda joylashgan. Bu yodgorlik 1961 yilda A. F. Gonlyalin tomonidan topilib, 1962- 83 yillari O. K. Berdiev va A. f. Gonyalinlar tomonidan o’rganilgan. Xuddi Joyitun imo-ratlari kabi Chagelli- tepada xam imoratlar oval shaklida-gi 60 x 20 x 10 sm xajmdagi guvalaklardan qurilgan bo’lib, ularni satxlari loy aralashmalari bilan suvalgan, ana shunday xonalarning birida kamishdan to’kilgan buyra qol-diklari xam topildi. Bu yodgorlikdagi yangiliklardan yana biri, yuqorida ko’rsatilgan guvalaklar xajmidagi yapaloq to’ғri burchakli xom ғishtlarni ishlatilganligidir. Demak, xozirgi kunlarda xam xalqimiz tomonidan ishlatilib keli-nayotgan xom ғishtlarni tarixi xozirgi kunimizdan hisobla-sak 8 ming yilga borib taqaladi. qamishdan to’qilgan buyralarni tarixi xaqida xam shu sanani aytish mumkin. Biroq bo’yralar XX asrni o’rtalariga qadar keng ko’lamda foydalanib kelingan bo’lsada, uni ikkinchi yarmidan boshlab, imorat xonalarini satxilari taxta pol parketlar qilini-shi natijasida bo’yralarga ehtiyoj qolmadi. Shuni xam ay-tish kerakki XX asrni o’rtalariga qadar Markaziy Osiyo xu-dudlarida yashovchi xalqimiz tomonidan qurilgan imoratlar-ni xonalarini satxi somon aralash loy bilan suvalar edi. Xuddi Joyitun madaniyatiga mansub bo’lgan xonalardagi ka-bi. Shuning uchun sholcha, kigiz, gilam kabilar tagiga bo’yra solish keng ko’lamda tus olgan edi. Bo’yralar yuqoridagilar-ni zaxlashdan saqlar edi.
Chagelli tepada solingan shurf bu erni madaniy qatla-mi 6,5 m dan iborat bo’lib, 12 ta qurilish gorizontlari mavjudligi haqida ma`lumot berdi. Agar bu erda dastlabki xonalarni satxlari alebastrlar bilan suvalgan bo’lsa, so’nggi davrlarda loy suvoqlardan keng ko’lamda foydalan-ganliklari aniqlandi. Ammo bu xolat o’sha davr qurilishi-dagi vaqtinchaletk o’zgarish bo’lishi mumkin. Chunki xona satxlari Joyitunni o’zida xam loydan suvalgan emas. Chagelli- tepani madaniy qatlamlarini o’rganish yakuniga qa-rab, Joyitun madaniyatini ikkita bosqichga bo’lish masalasi qo’yildi. Ammo bu madaniyatni so’nggi davrlarini xam aks ettiruvchi yodgorliklarni xam topilishi tufayli bir- birlari bilan almashib kelgan uchta davrni aks ettiruvchi madaniyatlarga ajratish masalasini xam kun tartibiga qo’ydi. Radiokarbon usuli bilan Chagelli-tepaning so’nggi bosqichini yoshi VII ming yil bilan, ya`ni eramizgacha bo’lgan 5050Q. 110 deb aniqlandi. Joyitunning mayda simmetrik trapetsiyalari Jebelni 5-6, 5 a va 5 qatlamlaridagi qurol-lari bilan o’xshashliklari xam aniqlandi. Bundan tashqari Jebelni kemtikli plastinkalari, sanchib teshuvchi va par-malab teshuvchi qurollari va uch^irin-dilaridan yasalgan qirғichlarida xam umumiy o’xshashliklari borligi aniqlandi. Umuman olganda Joyitun va Jebel yodgorliklaridagi chaq-moqtosh inventarlarini va bir daraxt ildizining ikki bu-toғi desa bo’ladi. Joyitunni ilk geometrik shakldagi mik-rolitlarini Jebelni so’nggi mezolitini aks ettiruvchi 6, 5 - qatlamlaridagi Ғori-Kamarbandni esa, 11, 10- qatlamlari bilan tenglashtirish mumkin. Shuningdek, Joyitun indust-riyasini Iroqdagi Jarmo yodgorligidagi tosh industriyasida xam o’xshashlik tomonlarini borligini ko’rsatish mumkin. Jarmo manzilgohi o’zini xajmi jixatidan xam janubiy Turkmaiistondagi Cho’pontepaga o’xshab ketadi, Ularni xar ikkalasini xajmi 1,3 gektarga to’ri keladi. Madaniy qat-lamni qalinligi Jarmoda 7 m bo’lib, ularda 16 ta qurilish gorizonti aniqlangan. Jarmodagi ba`zi loydan yasalgan idishlarni shakli Joyitunnikiga o’xshab ketadi. Ayniqsa chaqmoqtosh industriyalarini mikrolitlashgan jixatidan Jarmo bilan Joyitun bir biriga juda o’xshaydi. Bularni bir-birlariga o’xshashligi retushlanmagan plastinkalardan foydalanganliklarida xam yaqqol ko’rinadi. Xarakterli to-moni yana shundaki, bu plastinkalarda ularni moslama (op-rava) larga o’rnatib ishlatilganligidan guvoxlik beruvchi bitum qoldiqlarini saqlanib qolganliklari xamdir. Shuni xam aytish kerakki Jarmoda daғal uchirindilardan qirғich-lar va sanchib teshuvchilar borligi, Joyitunda esa yo’qligi Jarmo industriyasini qadimiyroq qilib ko’rsatadi. Bu xar ikki yodgorlikni qiyosiy o’rganish natijalari, ularni chaq-moqtosh industriyasini davr jixatidan farq qilishini ko’rsatdi. Aniqroғi Joyitun madaniyatini ilk davri, ya`ni quyi qatlamlari Jarmoni yuqori qatlamlariga o’xshashdir.
Yaqin Shraq mamlakatlaridagi yodgorliklarni o’rganish, ularni xronologiyasini quyidagicha ko’rsatadi. eramizgacha bo’lgan X1-1X ming yilliklar. mezolit davlri madaniyatini aks ettiradi. eramizdan avvalgi VIII ming yillikdan bosh-lab esa uni ba`zi bir joylarida shahar turidagi (poselki) qishloqlar yuzaga kela boshlaydi. Bu davrda imoratlar xom guvalak va ғishtlardan qurilib, sopol paydo bo’lmagani tu-fayli bu davrni sopolgacha bo’lgan neolit deb ataladi. era-mizdan avvalgi VII ming yillikda esa Ierixon, Beyda, Xo-jilar, Ali-Kosh kabi yodgorliklar davri davom etgan va bi-rinchi sopollar paydo bo’lib, ulardan VI ming yillikda
Do'stlaringiz bilan baham: |