Joyitun madaniyati.
Joyitun madaniyatiga oid yodgorliklar hozirgi Turkma-nistonning Kopetdoғ janubidagi toғoldi vodiysiga joy-lashgan. Bu madaniyatga xos birinchi ma`lumotni 1930 yilda Ashxabod temir yo’lining Kelat stantsiyasiga yaqin joydan naqshli sopol siniqlari va chaqmoqtoshlardan yasalgan mehnat qurollarini topgan gidrogeolog Raspopov beradi. Bu tolimalar keyinchalik Joyitun madaniyatiga oid deb topiladi. Shunga • o’xshash arxeologik ashyolar 1935 yili Yangi Niso va 1939 yili Toғaliq- Tepadan A. A. Marushenko tomonidan tnrib, olinadi. Ammo Joyitun madaiyatini barcha hususiyatlarini aks ettiruvchi asosiy yodgorliklarni topilishi va o’rganilishi 1952 yildan janubiy Turkmanistonda B. A. Kuftin raxbarligidagi YUTAKE otryadini izlanish ishlarini olib borishdan boshlanadi. B. A. Kuftin A. A.Marushenko bilan birgalikda Joyitunga kelib shurf soladi. Uning bu shurfi 2 m qalinlikdagi madaniy qatlamni kesib o’tadi. Ana shu 2 m lik shurfdan mezolit qurollari qiyofasini esalatuvchi chaqmoqtoshlardan yasalgan mehnat qurollarini topilishi B. A. Kuftinni biroz shubxa ostida qoldiradi. Ammo V. M. Massonni ta`kidlashicha mutaxassislarni xayratga soladigan darajada arxeologik ashyolarni juda oz miqdorda bo’lishiga qaramay B. A. Kuftin ana shu yodgorlikni tarixiy ahamiyatini aniqlab beradi. u shunday deb yozgan edi:» Bu erda yashagan qabilalar ovchilik va termachilik bilan emas, balki ketmonsifat (motqga)mehnat qurolari bilan o’troq xolda dehqonchilik bilan shueullangan, qo’lga o’rgatilgan it va qo’ylarga ega bo’lgan xamda murakkab chaqmoqtosh o’roqlar yordamida o’zlarini bahorikor ekinlarini o’rishni bilgan guruxlar yashaeanlar». Juda oz miqdordagi materiallarga asoslanib, bunday aniq fikrlarni bayon qilinishi arxeologlar orasida biroz bo’lsada shubxa tuғilishiga olib kelgan edi. Buning ustiga xuddi shu turdagi Cho’pon- Tepa yodgorligida S. A. Ershov tomonidan shurf solinishi va 6 m qalinlikda madaniy qatlam borligini aniqlanishi va bu erdan loydan yasalgan mustaxkam uy- joy qoldiqlarini topilmasligi natijasida S. A. Ershovni Cho’pon- Tepada uy- joylar engil elpi bo’lib, vaqtli chaylasifat bo’lgan degan xulosalarni berishi Kuftinni fikrlariga yana shubxa tuғdirgan. Chunki o’troq xolda yashagan va dehqonchilik bilan shuғullangan qabilalar vaqtli engil elpi chaylalarda emas, balki loydan qurilgan mustaxkam xonalarda yashaganlar. YUqoridagi muammolarni xal qilish uchun, er satxidan arxeologik ashyolarni terib olish bilan yoki bitta, ikkita shurf solish bilan cheklanib bo’lmas edi. Shuning uchun xam 1955 yilda V. M. Masson boshchiligidagi YUTAKE (Janubiy Turkmaniston Arxeolgik Kompleks ekspeditsiyasi) ning 14 otryadi tomonidan sistemali ravishda janubiy Turkmanistonni ilk dehqonchilik tarixini aks ettiruvchi Joyitun yodgorligida arxeologik qazish ishlari boshlab yuborildi. Natijada qidiruv ishlari-ning birinchi yilidayoq Joyitun yodgorligida guvalak (guva-laklarni rus adabiyotlarida batonoobraznqe protokirpichi-ya`ni xom ғishtlargacha bo’lgan baton shaklidagi ғishtlar dey-iladi.) lardan memoriy qurilishlarning qoldiqlari topi-ladi. Shundan so’ng 1956 yili Cho’pon- Tepada xam takroriy qazish ishlari o’tkazilib S. A. Ershov tomonidan topilmagan qurilish qoldiqlari bu erdan xam topiladi. 1957 yilga ke-lib esa Joyitunda o’ziga xos bir xona uylarni qatorasiga solinganlari aniqlanadi. Shundan so’ng Joyitunda 1958 yildan boshlab doimiy qazish ishlari olib borilib, manzil-gohni markaziy qismida juda ko’plab moddiy ashyolar topi-ladi va bu ashyolar Joyitunni arxeologiya faniga aloxida madaniyat sifatida «Joyitun madaniyati» deb kiritishga im-kon beradi.
Xuddi shu davrlarda eng qadimgi o’troq dehqonchilikka oid komplekslarni va dehqonchilik madaniyatini tashkil to-pishi kabi muammolarni o’rganish Yaqin Sharq arxeologiyasi-ni markaziy masalalaridan edi. Bunday masalalarni xal qilishni markaziy o’rinda turishiga sabab Irokda Xaseuna. eronda esa. Sialk 1 komplekslarini^ bu yodgorliklarda o’troq dehqonchilik madaniyatini taraqqiyotini uzoq muddat davomida, ya`ni bir necha ming yil mobaynida rivojlanib kelganini aks ettirgani bo’lgan edi. Ana shunday sharoitda Amerikalik arxeolog olim R. Breydvud tomonidan shimoliy Iroq toғlaridan Jarmo manzilgohini topilishi va bu yod-gorlikni arxeologik ashyolariga tayangan xolda keng ko’lamda Kadimgi ITarqdya ishlab chikaruvchi xujalikni tashkil topi-shi masalasini aniqlashga kirishish imkonini yaratdi. Tez orada bu yodgorliklarni madaniyatini taraqiyoti yuksak da-rajada bo’lishi bilan birga qadimiy ekanliklary xam ma`lum bo’lib qoldi: Ierixonni quyi qatlamlari VII- VI ming yilliklar bilan belgilanib, uni aylanasiga harsang-toshlardan iborat devorlar bilan o’ralgani juda ko’pchilik arxeologlarni hayratga solgan. Joyitundan topilgan ar-xeologik ashyolarni juda ko’p jixatlarini Jarmo va Ieri-xondagi topilmalar bilan to’ғridan to’ғry o’xshashliklari yuqorida qo’yilgan masala va muammolarni xal qilishda aloqadorligini ko’rsatdi. Shu munosabat bilan Joyitunda birinchi gorizontni to’la miqyosda qazib tugatishga kiri-shildi va 1963 yilga kelib, bu oldinga qo’yilgan vazifa bajarildi. Ammo yuqoridagi muammolarni atroflicha xal qilish uchun birgina yodgorlikni arxeologik ashyolarini o’zi-gina ozlik qilar edi. Shuning uchun Joyitun madaniyatiga mansub bo’lgan Cho’pon -tepada qazish ishlari yangitdan S. A. Ershov va A. A. Marushenkolar tomonidan boshlab yuborildi. Natijada Joyitun madaniyatini uzluksiz rivojlanib kel-ganini aks ettiruvchi yangi ma`lumotlar olindi. Bundan ta-shqari 1959- 1961 yillari Turkmanistonni janubiy- sharq-iy xududlaridan Joyitun mdaniyatiga mansub yangi manzil-gohlar topildi.
Bulardan biri Chagellitepa bo’lib, unda 1062- 63 yillari doimiy ravishda qazish ishlari olib borildi. Bu yodgorliklardan topilgan barcha turdagi arxeologik ashyolar mutaxassislar tomonidan mukammal ravishda o’rganilib chiqildi. Ayniqsa Joyitun manzilgohi ko’p yillar mobaynida xar tomonlama o’rganilib chiqildi. Izlanish natijalari Joyitun manzilgohidagi arxeologik ashyolarni Joyitun madaniyatini xar tomonlama xarakterlab berishda etalon (namuna) ekanligini ko’rsatdi. Ma`lumki o’troq dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqaruvchi xo’jaliklarga o’tish masalalarini faqat bitta yodgorlikni arxeologik ashyolariga suyangan xolda aks ettirish ancha mushkullik tuғdirar edi. Bu borada Yaqin Sharqda juda ko’plab dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqaruvchi xo’jaliklarni aks ettiruvchi yodgorliklarni juda ko’plab topilishi ayniqsa Kichik Osiyoning janubida Xojilar va Chatan- Guyuk madaniyatlarini ochilishi tarixiy xulosalarga kelishga katta imkoniyatlar yaratdi. Bu borada bizning Markaziy Osiyo xududidagi Joyitun mada-niyatiga mansub yodgorliklar ayniqsa Joyitun manzilgohini o’zi Jarmo, Ierixon, Chata - Guyuk va Xojilar yodgorliklari bilan bir qatorda turuvchi yodgorlik ekanligini ko’rsatdi. Shuni ayti joizki xozirgacha Joyitun madaniyatiga oid yod-gorliklar soni 17 taga etdi. Bularni barchasi tabiatni ku-chi ta`siri natijasida tekis tepaliklarga aylanib, ularni balandliklari o’z atroflariga nisbatan 2,5 m dan 5 m gacha boradi. Xajmlari esa 0,5 ga dan 2 ga gacha bo’lga maydonni tashkil qiladi. Bu yodgorliklarni deyarli barchasiga shurf solinib, ularda bir nechtadan qurilish gorizontlari borli-gi aniqlandi. Joyitunda 5 ta, Bamida 5, To’galik- tepada 4, Cho’pon- tepada 7, Pessidjik- tepada 12 ta qurilish gorizon-ti borligi aniqlangan. Joyitun madaniyatiga xos bo’shlgan hususiyatlardan biri loy devorlardan qurilgan bir xildagi to’rtburchakli yoki to’ғri burchakli 19- 39 m2 kenglikdagi xonalarni mavjudligidir. Bu xonalarni devorlarini birini tagida katta o’choғi bo’lib, xonani satxi albatta alebastr bilan suvalib qizil oxra bilan ranglangan bo’ladi.
Joyitun madaniyatiga hususiyatlardan yana biri bu xo’jaliklarda asosan mehnat qurollarini plastinkalardan yasalishi aniqroғi plastinkalarni uchirish texnikasiga moslashganliklaridir. Shuning uchun yasaladigan mehnat qurollarini aksariyatini zagatovkasini chaqmoqtosh plastinkalari tashkil qilgan.Bu zagotovkalarni aksariyati uzun bo’lib, ularni yuqori qismlari kesik shakliga ega bo’lgan-lar. Xom ashyo sifatida qizғish-jigarrang chaqmoqtoshlardan foydalanganlar. Bu chaqmoqtoshlarni sifati juda yaxshi bo’lib ulardan uzun va to’ғri zago tovkalar uchirib olish mumkin bo’lgan. Bunday uzun va to’ғri plastinkalarni ko’pligi, Jonbos madaniyati egalarini yoғochlardan yasalgan to’qmoqlar va buғi shoxidan qilingan vosita (posrednik) lar yordamida plastinkalarni prizma shaklidagi o’zaklardan uchirib olish texnikasidan xabardor ekanliklaridan dalo-lat beradi. Asosiy qurollardan o’ruvchi pichoqlar bo’lib, ular ko’pincha qobirғa yoki yoғochlarda maxsus hosil qilingan yoriqlarga mikrolitlarni o’rnatib, pichoq sifatida foydala-nilgan. Bu haqda mezolit davri haqida to’xtaganimizda ba-tafsil to’xtagan edik. Bu turdagi mehnat qurollari Joyi-tundagi mehnat qurollari 25-36 % ni tashkil qiladi. Joy-itun tosh industriyasini ko’pchiligini mikrolitlar tashkil qilib, ular trapetsiya, uchburchak, va segmentlardan iborat. Joyitun madaniyatini so’nggi bosqichlarini aks ettiruvchi yodgorliklarda asosan trapetsiya shaklidagi mikrolitlar uch-raydi. Shuningdek, Joyitun madaniyatiga xos xususiyatlar-dan yana biri mikroskrebki (kichik xajmdagi qirғich) larni borligidir. Bular asosan rezchik ( kesuvchi) lar va qiruvchi vazifalarni bajarganlar. Joyitun madaniyatiga xos yodgor-liklardagi toshdan yasalgan mehnat qurollarida mezolit as-rini an`analari yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Bunday xo-latlar mehnat qurollarini ixchamlashganliklarida yaxshi ifodalangan bo’lib, Jebel va Ғori - Kamarband yodgorlikla-rini madaniy qatlamlaridagi geometrik shakldagi ixcham-lashgan qirғichlar va randalarda teshgichlar va bigizlarda o’z aksini topadi. Ammo tosh qurollarga ishlov berishda va ularni turlarini ko’payishida ancha ijobiy holatlar yuz be-radi. Terilarga ishlov beruvchi va to’qimachilikni taraqqiy ettiruvchi mehnat qurollari ham takomillashadi. Joyitun madaniyatini o’rta bosqichini aks ettiruvchi yodgorliklar eramizgacha bo’lgan VI chi ming yillikni o’rtasi bilan, so’nggi bosqichi esa ana shu ming yillikni oxirgi choragi bilan belgilanidi. Joyitunni
Do'stlaringiz bilan baham: |