Toshkent Moliya Instituti
Iqtisodiyot fakulteti I-80 guruhi
talabasi Ismoilov Azizbekning
9-labaratoriya ishi bo’yicha
HISOBOTI
Topshirdi: Ismoilov A.________
Qabul qildi:Rahimov N.________
Masalaning qo’yilishi.
Oldingi masaladagi boshlang’ich ma’lumotlardan foydalanib, ularga quyidagi ma’lumotlarni kiriting va jadvalini tuzing.
Boshlang’ich ma’lumotlar:
1)kredit summasi;
2)kredit muddati;
3)kredit berish sanasi;
4)boshlang’ich to’lov
5)bank foiz stavkasi;
6)imtiyoz.
2. Kredit oluvchi shaxsning ma’lumotlariga qarab har oyda qanchadan summa to’lashi:
1)oylar
2)oy boshiga asosiy qarz qoldig’i
3)asosiy qarzni qaytarilishi ;
4)bank foizini to’lanishi;
5)oy oxiriga asosiy qarz qoldig’i.
3. Qo’shimcha kiritiladigan ma’lumotlar:
1) Agar kredit summasi 100 mln dan kam bo’lsa yoki kredit muddati 24 oydan kam bo’lsa yoki boshlang’ich to’lov 30% dan kam bo’lsa bank foiz stavkasi 24% qilib qo’yilsin. Shu shartlardan birortasi ham bajarilmasa 22% qilib belgilansin.
2) Agar kredit oluvchi shaxs imtiyozga ega bo’lsa dastlabki 6 oy davomida asosiy qarzni to’lamaydi. Aks holda oddiy kredit olish kabi summani to’laydi.
Masalaning yechilishi.
Jadvalni quyidagi ketma-ketlik asosida tuzib olamiz:
1.Microsoft Excel dasturiga kiramiz va bo’sh hujjatni ochamiz.
2. Boshlang’ich ma’lumotlarni kiritib olamiz:
-Kredit summasi;
-kredit muddati ;
-boshlang’ich to’lov;
- kredit berish sanasi;
3. Boshlang’ich ma’lumotlardan formulalarda foydalanish uchun “присвоить имя” ya’ni o’zgarmas shaklga keltiramiz.
4. Bank foiziga “Если” ni kiritib uni ichiga yana bitta formula, “Или”ni kiritamiz. Ularga quyidagi shart kiritiladi:
- Agar kredit summasi 100 mln dan kam bo’lsa yoki kredit muddati 24 oydan kam bo’lsa yoki boshlang’ich to’lov 30% dan kam bo’lsa bank foiz stavkasi 24% qilib qo’yilsin. Shu shartlardan birortasi ham bajarilmasa 22% qilib belgilansin.
5. Oylarni imtiyozga bog’lab formula kiritamiz va bunda “Если”dan foydalanamiz.
6. Oy boshiga asosiy qarz qoldig’ini hisoblashda birinchisiga kredit summasidan boshlang’ich to‘lovni ayirib yuboramiz. Keyingilarini o’zidan oldingi oydagi asosiy qarz qoldig’iga bog’laymiz.
7 Asosiy qarzni to’lanishi kredit summasining boshlang’ich to’lovdan tashqari qismining kredit muddatiga bo’linishi bilan topiladi faqat bunda imtiyoz sharti ham qo’llanib ketiladi.
8. Bank foizini to’lanishi imtiyoz bilan bog’liq emas. U har oyda to’lanib boriladi.
9 .Oy oxiriga asosiy qarz esa oy boshiga asosiy qarz qoldig’idan asosiy qarzni qaytargan summasi ayirib topiladi.
10. Imtiyoz qo‘llanilganda 7-oydan asosiy qarzni to’lay boshlaydi. Shuning uchun bu shartni 7-oyga ham “Если”dan foydalanib kiritamiz.
11. Jadval tayyor. Ko’rsatkichlarni o’zgartirib jadvalda formulalar to’g’ri ekanligini tekshiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |