Hisobot reja: Kirish



Download 1,62 Mb.
Sana26.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#511244
Bog'liq
204 O\'ktamov Xisobot


HISOBOT
REJA:

  1. Kirish

(Аgrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar mahkamasining qarorlari.
II. Asosiy qism.
1.Amaliyotning maqsadi, vazifasi va talabalarning texnika xavfsizligi bilan tanishtirish. Xo’jalikdagi traktor va qishloq xo’jalik mashinalari
2.Traktor va avtomobillarning sinflanishi va umumiy tuzilishi. Ichki yonuv dvigatellarining tuzilishi va ishlashibilan tanishtirish
3.Tuproqga asosiy va yuza ishlov berish mashinalarini o’rganish.
4.Ozuqabop ekinlarni yig’ishtirib olish mashinalarini o’rganish.
5.Paxta va g’alla hosilini yig’ishtirib olish mashinalarini o’rganish
III. Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Аgrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
05/04/2019 - 15:10 13728
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
So‘nggi yillarda respublikamizning agrar sektorini xalqaro standartlarga muvofiq hamda mamlakat hududlarining tabiiy iqlim va tuproq sharoitlariga javob beradigan zamonaviy mahalliy va xorijiy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta'minlash bo‘yicha faol chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, birgina 2018-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga, birinchi navbatda, fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishni tashkil etuvchilar va klasterlarga 33,7 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berildi. Bu esa 2017 yilgi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaganda 1,5 baravarga ko‘p.Аmalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, mavjud qishloq xo‘jaligi texnikalarining 25 foizidan ortig‘i 15 yildan ortiq muddat mobaynida ekspluatatsiya qilinmoqda, shu bois qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini sifatli va arzon texnikalar bilan ta'minlash ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda va davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashni taqozo etadi.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini sifatli qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta'minlashni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, ushbu jarayonga tijorat banklarining moliyaviy mablag‘larini jalb etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining qishloq xo‘jaligi sohasidagi korxonalarning qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin:mahalliy g‘alla o‘rish va paxta terish texnikalarini yetkazib berishni moliyalashtirishO‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan oshmagan foiz stavkasi bo‘yicha va qaytarilish muddati xarajatlar qoplanishi muddatiga qarab 7 yildan 10 yilgacha bo‘lgan qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi hamda moliyalashtirish hajmi Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarini shakllantirishda belgilanadi;

qishloq xo‘jaligi sohasidagi korxonalarning g‘alla o‘rish va paxta terish texnikasidan tashqari, respublikada ishlab chiqarilgan barcha turdagi traktorlar, g‘alla va paxta seyalkalari, shuningdek, uch yoki undan ortiq omoch korpuslarini xarid qilish uchunkredit va lizing shartnomalari bo‘yicha foiz xarajatlari tijorat banklari va lizing kompaniyalari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punkti miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bunda foiz xarajatlarini qoplashning ushbu miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining o‘zgarishiga qarab Moliya vazirligi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

a) 2019-yilda eksperiment tariqasida Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan paxta terish ishlariga jalb qilinadigan paxta terish mashinalari xizmatidan foydalanganlik uchun xarajatlarning 30 foizini qoplab berishni ta'minlasin;

b) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda paxta terish mashinalari xizmatiga haq to‘lash xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha eksperiment natijalari asosida 2019-yil 1-dekabrga qadar ushbu amaliyotni mamlakatning boshqa hududlariga tatbiq etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni kiritsin;

v) 2019-yil 20-aprelga qadar:

mazkur qarorda nazarda tutilgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

“O‘zagrolizing” АJ, “O‘zmashlizing” MChJ va qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi 2018 yilning IV choragida lizing asosida yetkazib berilgan texnikalar uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga 155,6 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ajratilishini ta'minlasin.

3. АT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” АTB ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3694-son qaroriga muvofiq ularning ustav kapitaliga yo‘naltirilgan mablag‘larning 30 foizini 2019-yilda mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish uchun maqsadli kreditlar ajratishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullansin.

4. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotishdan tushgan mablag‘lar 2020-yil 1-yanvarga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilsin.

Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvarga qadar lizing kompaniyalari va tijorat banklari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i lizing xizmatlari qismida qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan, shu jumladan, import qilingan lizing ob'ektini sotib olish narxi va sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqdan hisoblanadi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda qishloq xo‘jaligi texnikalari mahalliy ishlab chiqaruvchilariga yillik 5 foiz stavkada, shu jumladan, tijorat bankining 1 foiz marjasini inobatga olgan holda maqsadli kreditlar ajratish uchun 50 million АQSh dollarini tijorat banklariga ularning buyurtmanomalari asosida ikki yil muddatga depozit sifatida joylashtirsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bir oy muddatda 2019-2021-yillarda mahalliy ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida yetkazib berishni moliyalashtirish maqsadida har yili 100 million АQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalari jalb qilinishini ta'minlasin;

mamlakatda qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun ehtiyot va butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalarining jadal amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin va bunda “O‘zagrotexsanoatxolding” АJga amaliy yordam ko‘rsatsin.

7. “O‘zagrotexsanoatxolding” va “O‘zagroservis” aktsiyadorlik jamiyatlari hamda ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tanlov asosida eng yaxshi takliflarni ajratib olish yo‘li bilan:

“O‘zagrotexsanoatxolding” АJning xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitali (fondi)dagi ulushlarini korxonalarning asosiy faoliyati turini saqlab qolish sharti bilan 1-ilovaga muvofiq;

hududiy “Аgroservis MTP” MChJning mashina-traktor parklari ustav kapitali (fondi)dagi ulushlarini tadbirkorlik sub'ektlariga baholash qiymatida mashina-traktor parklarining asosiy faoliyati turi (mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko‘rsatish)ni saqlab qolish va 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan 2-ilovaga muvofiq sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

8. Belgilab qo‘yilsinki:

“O‘zagrotexsanoatxolding” АJning xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitali (fondi)dagi ulushini 1-ilovaga muvofiq sotishdan tushgan mablag‘lar “O‘zagrotexsanoatxolding” АJning investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi;

mashina-traktor parklari sotilmagan taqdirda, boshlang‘ich narxni ular sotuvga qo‘yilgan sanadan ikki oy o‘tgach har 15 kunda bosqichma-bosqich 10 foizga kamaytirish mexanizmini qo‘llagan holda, ammo nominal qiymatdan kam bo‘lmagan narxda ommaviy sotuvga qo‘yiladi.

9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ulushlarni baholash hamda ularni sotish bo‘yicha tanlovlarni e'lon qilish va o‘tkazishda shaffoflikni ta'minlashda “O‘zagrotexsanoatxolding” АJ va “O‘zagroservis” АJga har tomonlama ko‘maklashsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zagrotexsanoatxolding” АJ bilan birgalikda bir oy muddatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun butlovchi va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni kengaytirish hamda 2021 yilning oxiriga barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasini kamida 40 foizga yetkazishni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. “O‘zagrotexsanoatxolding” АJ, “O‘zagrolizing” АJ tijorat banklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish bo‘yicha buyurtmalar portfelini shakllantirsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida moliyalashtirilishi ustidan qat'iy nazorat o‘rnatsin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, shuningdek, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari ushbu qaror qoidalarining keng yoritilishini ta'minlasin.

14. “O‘zagrotexsanoatxolding” АJ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri А.N.Аripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV



Toshkent shahri,
2019-yil 4-aprel
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASI VA TEXNOLOGIYALARINI SERTIFIKATLASH VA SINASH MARKAZI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-iyundagi PQ-4760-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlarini jalb etish orqali ochiq maydonlarda sinov ishlarini amalga oshirish maqsadida Farg‘ona, Qarshi va Urganch shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) hududiy filiallarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Markaz hududiy filiallarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari, ularning agregatlari va butlovchi qismlarini sertifikatlash va tegishli sinovdan o‘tkazish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish;
qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari, ularning agregatlari va butlovchi qismlarini sertifikatlash va sinovdan o‘tkazishning xalqaro tizimlarini joriy etish;
davlat ilmiy dasturlari doirasida qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining yangi turlari, ularning agregatlari hamda qismlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini tashkil etish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
ikki hafta muddatda Markazning yangilangan ustavi tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
bir oy muddatda Markazning hududiy filiallari namunaviy tuzilmasini hamda hududiy filiallar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Markazning hududiy filiallari faoliyatini tashkil qilish uchun xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb qilish choralarini ko‘rsin;
xalqaro akkreditatsiya talablari asosida laboratoriya binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, zamonaviy sinov uskunalari va o‘lchov vositalarini sotib olish bo‘yicha tuziladigan shartnomalarning asoslanganligi hamda ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat olib borsin;
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Markazda qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining sinovini xalqaro talablar asosida tashkil etish maqsadida rivojlangan xorijiy davlatlarning qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari sinovi markazlaridan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish hamda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.
4. Belgilansinki:
qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash uchun ajratilgan sinov poligonining yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, shuningdek, ushbu yer maydonlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari Markaz tomonidan tuzilgan taqsimot bo‘yicha mustaqil joylashtiriladi va almashlab ekish tizimi joriy qilinadi;
sinov poligonida qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini respublika tuproq-iqlim sharoitlarida samarali qo‘llash va ularning ishonchliligini tekshirish maqsadida fermer xo‘jaliklari uchun dala sharoitida ko‘rgazmali seminarlar tashkil qilinadi;
Markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qarori doirasida amalga oshiriladi;
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo davlatlarning akkreditatsiyadan o‘tgan organlarining muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalariga majburiy tartibda O‘zbekiston Respublikasining muvofiqlik sertifikati olinishi talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi buyurtmachi etib belgilansin. Bunda bosh loyihachi va pudrat tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov (tender) savdolari natijalari bo‘yicha aniqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
6. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini davriy sinovlardan o‘tkazishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda 2021-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-dekabr,
785-son
2022-yil 24-yanvardan boshlab "Ozuqa ekinlarini yetishtirishni mexanizatsiyalashtirish" fanidan malakaviy amaliyot boshlandi. Amaliyotni birinchi kuni zoom orqali boshlandi. Ustozimiz Razzoqov Shuhrat va Mamasov Abbos domla bizga amaliyotni qay tartibda o'tash, amaliyot o'tash davrida quyidagi texnika qoidalariga rioya qilishimizni tushuntirib o'tishdi:

Amaliyot rahbariga talabalar bevosita bo’ysinishlari;


Amaliyot o’tadigan ish joyining xususiyatidan kelib chiqqan holda, har bir talaba xavfsizlik texnikasi bo’yicha yo’riqnoma olishlari va rasmiylashtirilishi;
Amaliyot davrida barcha talabalar ishlab chiqarish korxonalarida o’rnatilgan kun tartibiga qat’iy rioya etishlari va belgilangan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishlari;
Kunning qorong’i paytida yo’llarda va ishlab chiqarish komplekslarida mahalliy xodimlar nazoratisiz qolib ketmaslik;
Amaliyot o’tash joylarida spirtli va narkotik modda mahsulotlarni iste’mol qilmaslik;
Yulda yoki ishlab chiqarish komplekslarda harakatlanayotgan transport vositalari va agregatlarga ruxsatsiz minmaslik;
Amaliyot o’tash joylarida ruxsatsiz ochiq gulxan yoqmaslik, sigareta chekmaslik va binolardagi nosoz elektr tormoqlari va uskunalardan foydalanmaslik;
Amaliyot rahbarining ruxsatisiz va nazoratisiz ommaviy-yig’in joylarga (konsert, kinoteatr, ommaviy uchrashuv) bormaslik;
Ruxsat etilmagan binolar va inshootlarga kirmaslik;
Amaliyot o’tash jarayonida kimyoviy vositalardan foydalanishda shaxsiy himoya vositalarsiz ishlamaslik;
Iste’mol uchun suvni faqatgina belgilangan suv idishlari yoki nuqtalardan iste’mol qilish;
Amaliyot davrida barcha talabalar ish joylarini mustaqil rahbar ruxsatisiz tark etmasliklari qatiy talab etiladi.
Amaliyotning ilk mavzusi Xo’jalikdagi traktor va qishloq xo’jalik mashinalari
bilan tanishtirish. Bu mavzu bo'yicha ustozimiz Sh.Razzoqov Dehqonchilikda ishlatiladigan mashinalar va texnikalar haqida ma'lumotlar berib o'tdilar.


Amaliyotni ikkinchi kuni ham zoom orqali dars bilan boshlandi. Bugungi amaliyot mavzuyimiz: Traktor va avtomobillarning sinflanishi va umumiy tuzilishi. Ichki yonuv dvigatellarining tuzilishi va ishlashi bn tanishish. Bu mavzu bo'yicha ustozimiz quyidagi nazariy ma'lumotlar bn bizni tanishtirdilar:


Qishloq xo‘jalik, yo‘l va boshqalarga ishlatiladigan tirkama yoki osma mashinalar va
qurilmalarni harakatlantirish hamda turli tirkama (pritsep) larni shatakka olish uchun
mo‘ljallangan g‘ildirakli yoki zanjirli o‘zi yurar mashina traktor deyiladi. Osiladigan yoki
shataklanadigan mashinalarning mexanizmlari traktor dvigatelidan quvvat oluvchi maxsus
val orqali harakatga keltiriladi. Traktor dvigateli statsionar mashinalarni ham yurgizishi
mumkin, buning uchun traktor yuritma shkiv bilan jihozlanadi.Traktorlar turli sohalarda ishlatiladi. Qishloq ho‘jaligining o‘ziga xos turli-tuman ishlarini bajarish uchun har xil tipdagi traktorlar mavjud. Qishloq ho‘jalik traktorlari quyidagi asosiy belgilarga ko‘ra sinflanadi:
1. Ishlatilishi bo‘yicha:
a) umumiy ishlarga mo‘ljallangan traktorlar, bu traktorlar er haydash, ekin ekish,
kultivatsiya, don ekinlarini o‘rish-yig‘ish va shu kabilarda ishlatiladi;
b) universal chopiq traktorlari - asosan chopiq ekinlari (lavlagi, paxta,
makkajo‘xori va boshqalar) qator oralariga ishlov berish va o‘rib-yig‘ishtirish uchun
mo‘ljallanadi. Bu traktorlar qishloq xo‘jaligining boshqa ishlarini ham bajarishi mumkin;
v) maxsus traktorlar - ma’lum turdagi ishlarni bajarishda (uzimchilik, choy
plantatsiyasi, o‘rmon ishlari, botqoq erlar va tog‘ dehqonchiligida) foydalaniladi. DT-75B
traktori (botqoq traktori) ixtisoslashtirilgan traktorlarga misol bo‘ladi.
2. Yurish qismlari konstruksiyasi bo‘yicha: a) yurish qismi g‘ildirakli yuritkichlardan iborat g‘ildirakli traktorlar:
b) yurish qismi gusenitsali yuritkichlardan iborat zanjirli traktorlar.
3.Ostov tipi bo‘yicha:
a) ostovi parchinlangan yoki payvandlangan (masalan, DT-75D) ramali traktorlar;
b) ostovi orqa ko‘prik mexanizmlari korpusi va bu korpusga burab mahkamlangan
yoki payvandlangan ikki bo‘ylama balka (masalan, T-130, T-40M, «Belarus» MTZ-80,
TTZ-80) dan iborat yarim ramali traktorlar;
v) ostovi ayrim mexanizm korpuslarini bir-biriga ulab hosil qilingan ramasiz
traktorlar. G‘ildirakli traktorlar gusenitsali traktorlarga nisbatdan universal, engil, tayyorlash va ekspluatatsiya qilish ancha sodda va arzonga tushadi. Bu traktorlardan chopiq ekinlarini ekish, qator oralariga ishlov berish va o‘rib-yig‘ib olishda, mevazor, bog‘ ishlarini mexanizatsiyalash, sabzavot ekinlariga ishlov berishda hamda transport ishlarida foydalanish mumkin. Biroq, ayrim ko‘rsatkichlari bo‘yicha gusenitsali traktorlar g‘ildirakli traktorlarga qaraganda birmuncha afzalliklarga ega. Ularda yuritkichlarning tayanch sirtlari katta bo‘lgani uchun tuproqqa tushadigan solishtirma bosim g‘ildirakli traktorlarnikiga nisbattan ancha kam. Bundan tashqari, gusenitsali traktorlarning yuritkichlari ko‘p sonli er tishlagichlar bilan ta’minlangan. Tuproqqa tushadigan solishtirma bosim kam bo‘lganligi va er bilan yaxshi tishlashishi tufayli gusenitsali traktorlarning nam va yumshoq erlarda tortish sifati va o‘tag‘onligi yuqori. Gusenitsali traktorlar g‘ildirakli traktorlarga qaraganda kam shataksiraydi va tuproqni kam ezadi.Maxsus traktorlar ko‘pincha shakli o‘zgartirilgan bazaviy traktorlardan iborat bo‘ladi. O‘zidagi dvigatel bilan harakatlanadigan o‘zi yurar ekipaj avtomobil deyiladi. Avtomobil yo‘lovchilarni, yuk yoki mahsus jihozlarni tashishga hamda pritseplarni shatakka olishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
1.Ishlatilish bo‘yicha transport va maxsus avtomobillar farq qilinadi. Transport avtomobillar bir necha tipga bo‘linadi:
a) engil passajir avtomobillari - bir necha yo‘lovchini tashish uchun mo‘ljallangan;
b) avtobuslar-ko‘pchilik (sakkiztadan ortiq) yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtomobillar;
v) yuk avtomobillari. Yuk avtomobillari har xil yuklarni tashish uchun xizmat qiladi. Engil avtomobillar va avtomobillarning o‘rindiqlari soni bilan belgilanadigan sig‘diruvchanligi ularni xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Yuk avtomobillarining nominal yuk ko‘taruvchanligi, ya’ni qattiq qoplamali yo‘lda yuk tashishda ortiladigan yuk massasi miqdorining (tonnalarda) chegarasi ularning asosiy belgilari hisoblanadi. SHunga bog‘liq holda yuk avtomobillari juda kam (1t gacha), kam (1t dan 3t gacha), o‘rtacha (3t dan 5t gacha) va ko‘p (5t dan otiq) yuk ko‘taruvchi avtomobillarga bo‘linadi. Kuzovining tuzilishi va boshqa konstruktiv xususiyatlariga ko‘ra umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan va ixtisoslashtirilgan - ma’lum turdagi yuklarni tashiydigan avtomobillar masalan, samosvallar (ag‘darma mashinalar), avtotisternalar va avtofurgonlarga bo‘linadi. Maxsus avtomobillar ma’lum turdagi ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan va tegishli moslama hamda qurilmalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Bu guruh avtomobillariga o‘t o‘chiruvchi, suv sepuvchi avtomobillar, avtokranlar, avtovishka va boshqalar kiradi. Ular, odatda, transport avtomobillarining ko‘rinishi o‘zgartirilgan modellaridan iborat bo‘ladi.
2. Yonilg‘i turlari bo‘yicha:
a) dvigatellari suyuq yonilg‘ida ishlaydigan avtomobillar:
b) dvigatellari gazsimon yonilg‘ida ishlaydigan avtomobillar:
3. Yo‘l sharoitlariga moslashuvi bo‘yicha:
a) normal o‘tag‘on avtomobillar asosan qattiq qoplamali va quruq tuproq yo‘llarda ishlashga mo‘ljallangan:
b) yuqori o‘tag‘on avtomobillar yomon yo‘llar va yo‘lsiz sharoitlarda ishlashga mo‘ljallangan. Normal o‘tag‘on avtomobillarda bitta (orqa) o‘qi yuritmali bo‘ladi, o‘tag‘on avtomobillarda esa, agar ikki o‘qli bo‘lsa, ikkala o‘qga ham yuritmali, uch o‘qli bo‘lsa, ikki yoki uchala o‘qi ham yuritmali bo‘ladi.Traktorlar, avtomobillar, o‘zi yurar va ko‘chma mashinalarning asosiy kuch qurilmasi sifatida porshenli ichki yonuv dvigatellari ishlatiladi.Porshenli ichki yonuv dvigatellari quyidagi asosiy belgilari bo‘yicha turlarga bo‘linadi.
1. Yonilg‘i turi bo‘yicha - benzinda ishlaydigan – benzinli (karbyuratorli); dizel yonilg‘isida ishlaydigan - dizelli; siqilgan yoki suyultirilgan gazda ishlaydigan gazsimon yonilg‘ili.
2. Ish jarayonining amalga oshish usuli bo‘yicha - to‘rt taktli va ikki taktli dvigatellarga.
3. Ish aralashmasini hosil qilish usuli bo‘yicha-tashqi (karbyuratorli va gazli) va ichki
(dizelli) ish aralashmasini hosil qiluvchi dvigatellarga.
4. Ish aralashmasini o‘t oldirish usuliga ko‘ra - elektr uchqunidan majburiy o‘t
oldiruvchi (karbyuratorli va gazli) va siqilish natijasida o‘t oldiruvchi (dizelli) dvigatellariga.
5. Sovutish turiga ko‘ra - suyuqlik va havo yordamida sovutiluvchi dvigatellarga.
6. Silindrlar soni bo‘yicha - bir silindrli va ko‘p silindrli dvigatellarga.
7. Silindrlarning joylashuvi bo‘yicha - bir qatorli, ikki qatorli va ko‘p qatorli
dvigatellarga. Katta quvvatga ega bo‘lgan zamonaviy traktor va avtomobillarda ko‘p silindrli to‘rt taktli dizellar, kichik va o‘rta yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lgan yuk mashinalari va engil avtomobillarda ko‘p silindrli to‘rt taktli karbyuratorli dvigatellar qo‘llaniladi. Porshen silindr ichida harakatlanganda tirsakli val aylanadi Porshenning silindrdagi eng chekka holatlari, ya’ni porshen go‘yo to‘xtab teskari tomonga harakatlana boshlaydigan vaziyatlari mexanizmning eng chekka nuqtalari deb ataladi. Har bir mexanizmda yuqori o‘lik nuqta (yu.o‘.n.) va pastki o‘lik nuqta (p.o‘.n.) bo‘ladi.Porshenning bir o‘lik nuqtadan ikkinchi o‘lik nuqtaga kelguncha bosib o‘tgan masofasi porshen yo‘li deb ataladi. Porshen bir nuqtadan ikkinchisiga o‘tganda tirsakli val yarim aylanadi.Yuqori o‘lik nuqtada turgan porshenning ustida qolgan bo‘sh joy yonish kamerasining hajmi deb ataladi, pastki o‘lik nuqtada turgan porshendan yuqoridagi hajmi esa silindrning to‘la hajmi deb ataladi.Silindrning porshen yuqorigi o‘lik nuqtadan pastki o‘lik nuqtaga o‘tganda bo‘shaydigan hajmi silindrning ish hajmi deb ataladi. Dvigatel barcha silindrlarining litrlarda ifodalangan ish hajmi dvigatelning ish hajmi deb ataladi. Dvigatel silindrida havoning (yoki yonilg‘i bilan havo aralashmasining) necha marta siqilishini ko‘rsatuvchi son siqilish darajasi deb ataladi.Porshenning dvigatel silindridagi bir marta yurishidagi amalga oshadigan jarayon takt deb ataladi.Ma’lum tartibda qaytariladigan taktlar yig‘indisi ish sikli deb ataladi. Ish sikli porshenning necha yurishda qaytarilishiga qarab, dvigatellar to‘rt taktli va ikki taktli bo‘ladi. Yonilg‘i qisilgan havo ichiga purkaladigan va yuqori temperaturali muhitda o‘zo‘zidan alangalanadigan dvigatellar dizel dvigatellari deyiladi.Yonilg‘i hamda havo aralashmasi alohida asbobda - karbyuratorda tayyorlanib, so‘ngra silindrga borib, unda elektr uchquni yordamida alangalanadigan dvigatellar karbyuratorli dvigatellar deb ataladi. Ish sikli porshenning to‘rt yo‘li (takti) yoki tirsakli valning ikki aylanishida bajariladigan dvigatellar to‘rt taktli dvigatellar deyiladi.Ish sikli porshenning ikki yo‘li yoki tirsakli valning bir aylanishida bajariladigan dvigatellar ikki taktli dvigatellar deyiladi.Bir silindrli dvigatel krivoship-shatunli mexanizmining asosiy detali - tirsakli val SHatunning pastki kallagi tirsakli val bilan bog‘langan, shatun 14 ning yuqori kallagi porshen barmog‘i 5 orqali porshen 4 bilan biriktirilgan. Tirsakli valning bir uchiga maxovik o‘rnatilgan, ikkinchi uchiga taqsimlash valini yurituvchi shesternya o‘rnatilgan.To‘rt taktli dizel dvigatelining ish sikli. Birinchi takt - kiritish takti deyiladi. Bu taktda porshen 2 yu.o‘.n. dan p.o‘.n. ga o‘tadi. Tirsakli val 180 ga buriladi. Silindrning porshen ustidagi qismida siyraklashish vujudga keladi. Ana shu vaqtda kiritish klapani ochilib, silindrga havo kira boshlaydi. Ikkinchi takt - siqish takti. Bu taktda porshen p.o‘.n. dan yu.o‘.n. ga harakatlanadi. Tirsakli val yana 180 ga buriladi. Ikkinchi taktda ikkala klapan ham yopiq holda bo‘ladi. Silindrning ish hajmini to‘ldirib turgan havo porshen bosimi ta’siri ostida yonish kamerasi hajmigacha, ya’ni 15-18 marta siqiladi. Siqish takti oxirida havo bosimi 3,5-4 MPa, temperaturasi esa 600-650S gacha etadi, ya’ni dizel yonilg‘isining yonish temperaturasidan yuqori bo‘ladi va yonilg‘i o‘z-o‘zidan yonib ketadi. Uchinchi takt - ish bajarish taktida yondirilgan yonilg‘ining issiqlik energiyasi mexanik ishga aylanadi. Klapanlar yopiq, takt boshida silindrdagi gazlar yonib tugaydi, gazlar bosimi ta’sirida porshen yu.ch.n. dan p.ch.n. ga harakatlanadi. Bu vaqtda hosil bo‘lgan gazlarning temperaturasi 1700-2000S gacha, yonish kamerasi ichidagi gazlar bosim esa 5,5-9,0 MPa gacha etadi. Bu bosim ta’sirida porshen pastga harakatlanib, tirsakli val bilan maxovikni aylantiradi. Gazlar hajmining kengayishi natijasida porshenga ta’sir qiluvchi bosim kamayadi, temperatura esa pasayadi. Ish bajarish takti oxirida silindrdagi bosim 0,3-0,4 MPa, gazlar temperaturasi esa 800-900C gacha kamayadi.To‘rtinchi takt - chiqarish taktida porshen yu.o‘.n. tomon harakatlanib silindr ish bajarib bo‘lgan gazlardan tozalanadi. Porshen keyingi takt, kiritish takti boshlanadigan dastlabki holatga qaytib keladi. Bu vaqtda kiritish klapani yopiq, chiqarish klapani ochiq bo‘ladi. Takt oxirida bosim 0,11-0,12 MPa gacha, temperatura esa 600-700S gacha pasayadi. Kiritish, siqish, chiqarish taktlari tayyorgarlik taktlari bo‘lib, tirsakli val va maxovikning mexanik energiyasi hisobiga amalga oshadi. SHundan so‘ng dvigatelning ish sikli yana takrorlanadi. Ichki yonuv dvigateli krivoship-shatunli mexanizm, taqsimlash mexanizmi, ta’minlash sistemasi, moylash, sovitish va yurgizib yuborish sistemalaridan iborat. Karbyuratorli dvigatellarda, bundan tashqari, o‘t oldirish sistemasi mavjud Krivoship-shatunli mexanizm silindrdagi gazlar bosimini o‘ziga olib, porshenning ilgarilama-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirish uchun hizmat qiladi.Gaz taqsimlash mexanizmi silindrlarga o‘z vaqtida havoni (dizel dvigatellarida) yoki yonuvchi aralashmani (karbyuratorli dvigatellarda) kiritish hamda silindrlardan ishlatilgan gazni chiqarib yuborishga xizmat qiladi.Klapanlar xuddi shu maqsadda silindrlar kallagi teshiklarini muayyan vaqtda ochadi va yopadi. Bu teshiklar dvigatel silindrlarini kiritish va chiqarish trubalari bilan tutashtiradi. Gaz taqsimlash mexanizmlariga prujinali kiritish va chiqarish klapanlari, taqsimlash validan klapanlarga harakat uzatish detallari, taqsimlash vali va shesternyalar kiradi.Dizel dvigatelining ta’minlash sistemasi silindrlarga tozalangan havo va to‘zitilgan yonilg‘i uzatishga xizmat qiladi.Sovutish sistemasi dvigatelning qizigan detallarini sovitish va normal temperatura rejimini saqlashga xizmat qiladi.Moylash sistemasi moyni dvigatel detallarining ishqalanuvchi sirtlariga uzluksiz uzatib turish va ulardagi issiqlikni olish uchun zarur.YUrgizib yuborish sistemasi dvigatelni bir tekis va ishonchli yurgizib yuborish uchun mo‘ljallangan. Ichki yonuv dvigatelarini yurgizib yuborishda aralashma hosil bo‘lishi, silindrlarning yangi yonilg‘i aralashmasi bilan to‘lishi, aralashmaning siqilishi va alanga olishi uchun uning tirsakli valini zarur aylanishlar chastotasida aylantirish kerak bo‘ladi. Dvigatelni yurgizib yuborish uchun zarur bo‘lgan tirsakli valning minimal aylanishlari chastotasi yurgizib yuborish aylanishlari chastotasi deb ataladi.Dvigatelni tez va ishonchli yurgizib yuborishni amalga oshirish uchun yurgizib yuborish sistemasini tashkil etuvchi maxsus mexanizmlar va qurilmalar ishlatiladi.Dvigatelni yurgizib yuborishning quyidagi usullari farq qilinadi:
1) qo‘l vositasida yurgizib yuborish;
2) elektr startyor bilan yurgizib yuborish;
3) qo‘shimcha benzin dvigateli bilan yurgizib yuborish.
Qo‘l vositasida yurgizib yuborish. Bu usulda yurgizib yuborishda dvigatel tirsakli valini qo‘l kuchi bilan aylantirilib amalga oshiriladi. Haydovchi barmog‘i val tumshug‘idagi xrapovikka tishlashgan yurgizib yuborish dastasini bosib yoki maxovikka o‘ralgan chizimcha (ip) (PD-10U dvigatelida) yordamida tirsakli valni aylantiradi. Lozim bo‘lganda karbyuratorli dvigatellar qo‘l yordamida yurgizib yuboriladi.Elektr startyor bilan yurgizib yuborish usuli – eng ko‘p tarqalgan usul. U barcha avtomobil dvigatellarida, ko‘pchilik traktor dizellarida va dizellarni yurgizib yuboruvchi dvigatellarda ishlatiladi.
Nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun kursdoshim Abduqodirov Bobomurod bilan Farg'ona viloyati Bog'dod tumanidagi "BOG'DOD QISHLOQ XO'JALIK TEXNIKA MTP MCHJ" ga amaliyot o'tash uchun bordik.



Amaliyot davomida MTP xodimlari qishloq xo'jaligida ishlatiladigan mashinalar, traktorlar va kombaynlarning nomlari, bajaradigan vazifasi, turlari va ehtiyot qismalari haqida tushuncha va ma'lumotlar berishdi. Shu kuni amaliyotimiz mazmunli o'tdi, nazariy olgan bilimlarimizni amaliyotda mustahkamladik.
Uchinchi kunga amaliyotimiz ham zoom orqali dars o'tish bilan boshlandi. Bugungi amaliyotimiz mavzusi: Tuproqga asosiy va yuza ishlov berish mashinalarini o’rganish. Ushbu mavzu bo'yicha ustozimiz quyidagi nazariy ko'nikmalar bilan bizni tanishtirdilar:
Plug bilan shudgorlangan yerlarda yirik kesaklar orasida, g‘ovaklar paydo bo‘lib, dala yuzasi yetarli darajada notekis bo‘ladi. Bunday yerlarga urug‘ni sifatli ekish qiyin. Shu sababli, shudgorlangan yerdagi tuproqni ag‘darmasdan qo‘shimcha sayoz ishlov berib, kesaklarni maydalash, yumshatish, tekislash lozim. Kuzda shudgorlangan yerlarda bahorgi ekish mavsumigacha ayrim begona o‘t nihollari o‘sib chiqqan bo‘lsa, ularni yoppasiga yo‘qotish, ildizi bilan sug‘urib dala chetiga chiqarib tashlash kerak. Erta bahorda esa tuproq tabiiy namlikni saqlab, ekilgan urug‘ni bexato undirib olish uchun yumshatiladi.Shunday qilib, plug bilan shudgorlangan yerni ekin ekishga tayyorlashda yuqoridagi ishlarni bajarish uchun disksimon va tishli tirmalar, yoppasiga ishlov beradigan kultivatorlar, tuproq frezasi, mola, g‘ildiraksimon g‘altaklar, ya`ni tuproqqa sayoz (16 sm chuqurlikkacha) ishlov beradigan mashinalar ishlatiladi. Bundan tashqari, ekilgan urug‘ unib chiqayotgan bahorning issiq kunlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, havo harorati ko‘tarilib ketsa, dalalarda qatqaloq hosil bo‘ladi va unib chiqayotgan nihollarni bo‘g‘ib qo‘yadi. Shu bois yosh ko‘chatlarni siqilib qolishidan saqlash uchun tezda qatqaloqni buzish kerak bo‘ladi.Bu yengil tirmalar, kultivatorlar yordamida bajaradi.Sug‘oriladigan dehqonchilik yordamida yoz davomida ekinzorni har bir sug‘orishdan so‘ng tuproqdagi namlikning bug‘lanib ketishini kamaytirish, begona o‘tlarni qirib tashlash, tuproqni yumshatib, ekin ildizlarining rivojlanishini yengillashtirish maqsadida chopiq kultivatori bilan qator oralig‘iga ishlov beriladi.O‘tloq yerlarda pichan hosilini ko‘paytirish maqsadida tabiiy o‘simlik ildizi rivojlanishini ko‘paytirish uchun yer usti sayoz yumshatiladi.Plug bilan shudgorlanmagan yerlarga resurstejamkor texnologiyalar asosida minimal ishlov berishda ham sayoz ishlov beradigan mashinalardan foydalaniladi.Tuproqqa sayoz ishlov beradigan mashinalar O‘zbekistonning sug‘oriladigan dehqonchiligida o‘ta muhim o‘rin egallaydi.
Tishli tirma (17-rasm) larning bitta tishga tushadigan og‘irligiga ko‘ra, og‘ir (16–20 N), o‘rta (12–15 N) va yengil (6–10N) turlari mavjud. Tishli tirma yordamida shudgordagi kesaklarni tekislash, qatqaloqni buzish, sepilgan urug‘ va sochilgan o‘g‘itni tuproq bilan aralashtirib ko‘mish, begona o‘tlarni yo‘qotish, o‘tloq yerlarni qisman yumshatish kabi ishlar bajariladi.Dala yuzasining mikrorelyefiga moslanib, yerga bir tekis ishlov berilishi uchun tirmaning qamrov kengligi birmuncha ensiz (1,0 matrofida) yasalgan bo‘lib, ular bir-biriga yon tomonlari bilan erkin ulangandan keyin qamrov kengligi enli bo‘lgan agregat tuziladi.
Tishlar konstruksiyasi bo‘yicha tik (A), o‘q-yoysimon (E),bukilgan prujinasimon (D) kabilarga bo‘linadi. Tishlarining ko‘ndalang kesimi kvadrat (A), yumaloq (B), ovalsimon (D) to‘rtburchaksimon, uchburchaksimon va h.k. bo‘lishi mumkin. Kesimi kvadrat shakldagi tishning uchi bir tomonidan qiyiq kesilgan bo‘ladi. Agar tirma tishi qiyiq kesilgan tomoni bilan harakatlansa, tuproqning qarshilik kuchi ta’sirida tish yuqoriga ko‘tarilib yerni sayoz yumshatadi va aksincha, tirma qiyiq kesilgan tomonga teskari harakatlansa yerga chuqurroq botadi. Tishli tirma bilan tuproqqa 3–10 sm chuqurlikda ishlov berilganda, yumshatilgan yerdagi kesaklar o‘lchami 5 sm dan, tish qoldirgan izning chuqurligi 3–4 sm dan oshmasligi kerak. Har qanday tirma dalada bajariladigan turiga, tuproqning tarkibi va holatiga mos tanlanishi lozim.Tirma ishiga qo‘yiladigan ATT. Tishli va to‘rsimon tirmalar erta bahorda kuzgi ekinlar ustidan bostirib ishlov berilib tuproqyumshatiladi, so‘lib qolgan ekin tuplari esa sidirib olinadi. Bunda ekinning 3 foizdan kamroq qismi shikastlanishi mumkin.Tishning ko‘ndalang kesimi kvadrat bo‘lsa uning qirrasi, ovalsimon bo‘lsa ensiz tomoni harakat yo‘nalishiga tomon qaratib o‘rnatiladi. Tirmaning yerga botishi uning og‘irligi va tish qiyiq kesimining harakat yo‘nalishiga nisbatan tegishli tartibda o‘rnatilishiga bog‘liq.Tishli og‘ir tirmadan shudgorlangan yerdagi yirik kesaklarni maydalashda, qo‘shimcha yumshatishda, begona o‘tlarni sidirib yig‘ishtirishda, o‘tloq joylarni yumshatishda foydalaniladi.Tishli o‘rta og‘irlikdagi tirma dala yuzasini yumshatib tekislash, kesaklarni maydalash, begona o‘tlarni yo‘qotish, sochilgan o‘g‘itni tuproqqa aralashtirib ko‘mish,ekinlarni tirmalash uchun ishlatiladi.Tishli yengil tirma bilan tuproq qatqalog‘ini buzish, sochilgan o‘g‘itni tuproqqa aralashtirib ko‘mish kabi ishlar bajariladi.Prujinasimon tishli tirma yer yuzasini yumshatib, begona o‘tlarni sidirib yo‘qotish uchun ishlatiladi. Undan sertosh dalalarda foydalanilsa yaxshi natija beradi.
Rotatsion yumshatkich kuzgi ekin ekilgan yerlarni erta bahorda yumshatish, qatqaloqni buzish, begona o‘tlarni yo‘qotish uchun qo‘llaniladi (18-e rasm). Uning ishchi qismi – uzun bukilgan o‘tkir tishli diskdir. Bir necha disklarni yagona o‘qqa kiydirilib, batareya tashkil qilinadi. Bunday batareya 1 m2maydonda 150 ta teshik ochib qatqaloqni sifatli yumshatadi. Disklar rasmdagi M yo‘nalishda sudralsa, tishlar tuproqqa oson kirib uni chuqurroq yumshatadi, begona o‘tlarni butunlay yo‘qotadi. Disklar K yo‘nalishda sudralsa, tishlar sustroq ta’sir etib, nihollarni kamroq shikastlantiradi.
Kultivatorlar. Tuproq palaxsasini ag‘darib, yerga ishlov berish ko‘pincha salbiy oqibatlarga, ya’ni bug‘lanib namlikning hamda uglerodning kamayishi, shamol va suv eroziyasining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, tuproqni ag‘darmasdan yumshatib tabiiy namlikni saqlab qolish, begona o‘tlarga qarshi kurashish, ekilgan urug‘ning unib chiqishi uchun optimal sharoit yaratish kabi maqsadlarda yerga ishlov berish uchun kultivatorlardan keng foydalaniladi.Kultivatorlar yerga yoppasiga ishlov beradigan, maxsus va chopiq qiluvchi turlarga bo‘linadi.Yerga yoppasiga ishlov beradigan kultivatorlar yerni yumshatish va begona o‘tlarni yo‘qotish maqsadida ishlatiladi.Maxsus kultivatorlardan bog‘ va o‘rmonlarda daraxtlar oralig‘iga hamda eroziyaga uchragan joylarga ishlov berishda foydalaniladi. Bu guruhga chuquryumshatkich-keskich kultivatorlari ham kiradi.
Chopiq kultivatori sug‘oriladigan dehqonchilikda ekinlar qator oralig‘idagi yerga ishlov berish, begona o‘tlarni yo‘qotish va o‘g‘itlash uchun ishlatiladi.Kultivator bilan ishlov berishda quyidagi agrotexnik talablarga rioya qilish kerak: tuproqning pastki nam qatlamini yer yuzasiga chiqarmaslik, eroziyani kuchaytiradigan changsimon zarrachalarning hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Yumshatilayotgan chuqurlik tayinlanganidan ±1,0 sm dan ortiq farq qilmasligiga va begona o‘tlarning 98–99 foizi yo‘qotilishiga erishish kerak.Chopiq kultivatoriga o‘rnatilgan ishchi qismlar va ularni joylashtirish tartibi bajariladigan ish turiga va qatordagi o‘simlikning vegetatsion davriga, tuproq holatiga qarab tanlanadi.Kultivator ishchi qismlari bajaradigan ishiga qarab, asosan, to‘rt turga: yumshatuvchi, o‘toq qiluvchi, yotiq o‘q-yoysimon va chuqur yumshatuvchi tishlarga bo‘linadi.
Ustozimiz bergan nazariy bilimlarga suyangan holda qo'shnimizning tomorqasini "MB-2" rusumli motoblokda tuproqqa yuza ishlov berishni o'rgandim. Tuproqqa ishlov berish orqali tuproqning meliorativ holati yaxshilanishini amaliyotda bilib oldim.

To'rtinchi kungi amaliyotimiz ham zoom orqali nazariy bilimlarni o'rganish bilan boshlandi. Bugungi amaliyotimiz mavzusi: Ozuqabop ekinlarni yig’ishtirib olish mashinalarini o’rganish.


Ushbu mavzu bo'yicha ustozlarimiz Sh.Razzoqov va A.Mamasovlar bizga quyidagi nazariy ma'lumotlarni aytib o'tishdi:
Yuqori va sifatli hosil olish uchun yerni sifatli tayyorlashning o‘zi yetarli emas. Buning uchun, ekinlarning mahalliy tuproqiqlim sharoitiga mos navini yoki ko‘chatlarini sifatli ekish talab qilinadi.Seyalka urug‘lar oldindan belgilangan tartibda qatorlab ekiladi. Bu tartib qatordagi urug‘ uyalari oralig‘i c, yondosh qatorlar oralig‘ining kengligi в va urug‘larni ko‘mish chuqurligi a kabi ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Sifatli ekish va yuqori hosil olish uchun ekilayotgan urug‘ xususiyatlari (deyarli bir xil o‘lchamda bo‘lishi, unuvchanligi, to‘kiluvchanligi, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlardan tozalanganlik darajasi va boshqalar) ma’lum talablarga javob berishi shart.To‘kiluvchanligini yaxshilash uchun, ayrim urug‘lar (masalan, tukli chigit) «drajelanishi» (yelimsimon moddalar bilan qoplab urug‘ sirtini silliqlash) yoki tuksizlantirilishi mumkin. Ekish me’yorini ta’minlash maqsadida urug‘lar kalibrlanadi (bir xil o‘lchamlilari tanlab olinadi).Unib chiqqan niholni kasallanishdan saqlash maqsadida urug‘ga ekishdan oldin kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi yoki boshqa usulda zararsizlantiriladi. Ayrim qobig‘i o‘ta qattiq urug‘lar skarifitsiyalanadi (qobig‘i chaqilib eziladi, ichiga namlik kirishiga imkon tug‘diriladi). Ekilgan urug‘lar tuproq bilan zichlanib ko‘miladi, aks holda, ularning g‘ovakka tushganlari namlikni shimib ololmasdan unib chiqmasligi mumkin. Ko‘pincha urug‘ bilan bir vaqtda tuproqqa o‘g‘it ham solinadi (urug‘lardan chiqqan ko‘chat ildizlari kuymasligi uchun o‘g‘it ularning yon tomoniga yoki chuqurroqqa ko‘miladi).
Don ekinlarini mexanizmlar yordamida oʻrish texnologiyasini va oʻrish vositalarini tanlashda madaniy oʻsimliklarning turi, boʻyi, koʻchat qalinligi, yerga yotib qolganligi, namligi, poyasining mustahkamligi, serhosilligi, don massasi, etilish fazalari, dalaning begona oʻt bosganlik darajalari hisobga olinadi.Qishloq xoʻjaligida ob-havo sharoitlariga, donli ekinlarning navi va holatiga qarab hosilni yigʻishning bir fazali (kombaynda bir yoʻla oʻrib yanchish) va ikki fazali usullari qoʻllaniladi. Birinchi holda pishib etilgan don kombayn yordamida bir oʻtganda yigʻib terib olinadi. Ikkinchi holda hali pishib etilmagan don hosili oʻrib dalaga qator uyumlab ketiladi, bir necha kundan keyin esa yigʻib, yanchib, don boshoqlardan ajratib olinadi.Donni ikki fazali usul bilan oʻrish bir fazali oʻrishga qaraganda 5-8 kun oldin boshlanadi. Hali pishib etilmagan gʻalla oʻrib dalada qoldirilsa, qator uyumlarda tez quriydi, don tipidagi ozuqa moddalar va namlik hisobiga yanada toʻlishadi. Ikki fazali usulda don bir fazali usulga qaraganda kam toʻkiladi. Bunday hol ikki fazali oʻrish uchus sarflanadigan qoʻshimcha mehnatni oqlaydi.Mashina oʻrimining samaradorligini oshirish uchun ekinlarning 80-90% bir xil balandlikda boʻlishi kerak. Donli oʻsimliklar balandligi 100-110 sm dan yuqori va 50-60 sm dan past boʻlmasligi lozim. Poyalarni qirqish balandligi ekinning boʻyiga qarab 12-25 sm tanlanadi. Yotib qolgan bugʻdoy past oʻriladi. Sernam rayonlarda esa unchalik keng boʻlmagan qalin uyumlar hosil qilinadi, uyum agregatning boʻylama -oʻqiga nisbatan 10-30 gradus burchak ostida yotadi. Bugʻdoy uyumlarida
toʻkiladigan don miqdori 0,5 dan, yotib qolgan gʻalla dalalarda esa 1,5% dan oshmasligi kerak.
2. Donli ekinlarning hosilini yigʻib olish uchun ishlatiladigan kombaynlarning tuzilishi va ishlash prinsinlari asosan bir xil, lekin oʻlchamlari, molotilkaning ish unumi va ayrim qismlarining tuzilishi bilan farq qiladi. "Kolos" kombayni jatka, molotilka, yuritish qismi, gidravlik sistama, kabina va boshqa mexanizmlardan tuzilgan. Gʻallani oʻrib, qator uyumlash uchun-JRS-4,9, JVN-7, JVN-6, JVN-6-12, JV-15, JNU-4, JBA-3,5A mashinalari ishlatiladi. Jatka quyidagicha ishlaydi. Motoviloning plankalari oʻsimlik tuplarini qirquvchi apparatga etkazib beradi va kesilgandan keyin transportyorga yotqizadi. Transportyor tuplarni darchaga suradi va uzluksiz uyum qilib yerga taxlab ketadi. Uyumning kengligi yoʻnaltiruvchi toʻsiqni surib rostlanadi. Oʻrilgan massani yigʻib, yanchib olish uchun kombaynlarga podborshchik oʻrnatiladi. Podborshchikning barmoqlari uyumlangan boshoqlarni (yoki qirquvchi apparat bilan qirqilgan boshoqlarni) motovilo yordamida transportyorga uzatadi. Bugʻdoy massasi qabul kamerasi orqali yanchish apparatiga uzatiladi. Somon, poxol va qipiqlardan tozalangan don keyin bunkerga yigʻiladi, somonlar esa gʻaramlagichga yigʻiladi. Bunkerdagi don shnek yordamida transport vositalariga toʻkib beriladi.
3. Donli ekinlar hosilini bir yoʻla kombaynda oʻrib-yanchish uchun SK-6 "Kolos", SK-5, "Niva", SKD, '"Sibirvak"," SK-10. "Rotor", "DON-1500", "Enisey-1200" kombaynlari bilan birgalikda "Keys" kombayinlari ham ishlatilmoqda, "Keys"kombayni yuqorida koʻrsatilgan kombaynlarga nisbatan qator afzalliklarga ega:
-kabina ponaramasi
-keng va nisbatan qulay;
-qirqish moslamasi avtomatlashtirilgan, boshqarish sistemasining bosimini va aylanish sonining sozlanishi avtomatlashtiriigan;
-rotorli uzatma, stabil tez aylanuvchi variator bilan jihozlangan yanchigich uch qismga bo'lingan, uni boshqarish elektrlashtirilgan bo'lib, kabinadan boshqariladi;
-qoʻzgaluvchan gʻalvir donni yaxshi tozalanishini ta’minlaydi, kombayinning shassi yuqori tezlikda yurishni va amartizasiyasini ta’minlaydi;
- bunkerninп to'lganligini kabinadan oyna orqali nazarot qilish mumkin;
-quvvatni iqtisod qiluvchi RG-S, gidrovlik uzviy nasos sistemasi mavjud.
Keys kombaynining ish umumi bir soatiga 3,6 gektar yoki 17,7 tonnani, yoqilgʻi sarfi yoʻqolgan donning har bir tonnasi uchun 1,2 kg ni tashkil qiladi. Bu koʻrsatkichlar boshqa kombaynlarga qaraganda ancha yuqori boʻlib donni qisqa muddatlarda samarali terib yigʻib olish imkonini beradi.
Yigʻib olingan donga ishlov berishdan maqsad tarkibidagi begona oʻsimliklarning urugʻlari, somon, boshqa moydalangan don boʻlaklari va shunga oʻxshaganlardan donni tozalab olishdir. Bu ishni bajarishda mashinaning ish qismlari donni shikastlamasligi lozim, mayda aralashmalar 5% dan ortiq boʻlmasligi kerak. Ozuqabop donni tozalash uchun donning-namligi 16-19% dan yuqori boʻlmasligi kerak. Urugʻ navining tozaligi 98-99% unuvchanligi 90-95% ni tashkil qilishi kerak.Donlarni saralashning bir necha usullari mavjuddir. Donlarni shamol bilan saralash donli aralashmani havo oqimidan oʻtkazish davomida zarrachalarning harxil troektoriyada harakatlanishi natijasida har-xil fraktsiyalarga ajratiladi. Don tozalash mashinalarining kanallari va kameralaridagi havo oqimini hosil qilish uchun markazdan qochirma ventilyatorlar qoʻllaniladi. Ventilyatordan uzatiladigan havo miqdori ventilyator kirish darchalarining oʻlchamini oʻzgartiradigan zaslonkalar bilan sozlanadi.Urugʻlarni gʻalvirlar yordamida saralaganda ularni uch xil oʻlchamini: qalinligi, eni, uzunligi boʻyicha ajratiladi. Urugʻlarni eni boʻyicha ajratish uchun yumaloq koʻzli gʻalvirlar, qalinliklari boʻyicha ajratishda esa choʻzinchoq koʻzli gʻalvirlar qoʻllaniladi. Galvirlar bajaradigan ishning turiga qarab boshoq elash va saralash gʻalvirlari deb atalad.Donli aralashmani uzunligi boʻyicha saralashda, ya’ni tozalanayotgan asosiy donlardan uzun yoki qisqa donlarni ajratish uchun trierlar qoʻllaniladi. Trierning ish organlari yacheykali silindrik sirtdan, ish elementi esa yacheykadan iborat. Silindr aylanganda qisqa donlarni yuqoriga koʻtaradi. Silindr burilganda don oʻz ogʻirligi bilan yacheykadan silindr ichiga joylashgan novga tushadi. Yacheykaga sigʻmagan yirik donlar silindr yuzasida oʻqi boʻylab sirpanib, tashqariga chiqadi. Trierda uruglarning aniq sirpanishini rostlash uchun navning ish qirrasi balandligi boʻyicha oʻzgartiriladi.
Ustozlarimiz bergan nazariy bilimlarni yanada mustahkamlash maqsadida don yig'ishtiradigan mashinalarni rasmini internet orqali topib ularning nomi, turlari, tuzilishini o'rgandim.




Amaliyotning so'nggi kuni ham zoom orqali dars o'tildi. Amaliyotning so'nggi kunida Paxta va g’alla hosilini yig’ishtirib olish mashinalarini o’rganish mavzusida zoom orqali dars o'tdik. Ustozimiz Sh.Razzoqov va A.Mamasovlar bizga paxta terish mashinalarining tuzilishi va ishlash prinsipi, turlari haqida quyidagi ma'lumotlarni aytib o'tishdi:
Paxta terish mashinalari -ochilgan paxtani terish uchun moʻljallangan qishloq xoʻjaligi mashinalari. Ishlash usuliga koʻra, pnevmatik, mexanik, pnevmo-mexanik va elektromexanik turlarga boʻlinadi. Pnevmatik Paxta terish mashinalarim.da paxta havo oqimi yordamida teriladi. Ular vakuumli, ejektor-shlangli, soʻruvchi va haydovchi-soʻruvchi mashinalarga boʻlinadi. Bu mashinalarning ish organlari turli soplo (soʻrgich) va uchliklardan iborat boʻladi. Mexanik Paxta terish mashinalarim. da paxta mexanik qurilma yordamida teriladi. Bular ish organlarining turiga qarab, shpindelli, ignalar oʻrnatilgan lentali (kardali), ilmokli, diskli boʻladi. Mexanik (asosan, shpindelli) Paxta terish mashinalarim. gʻoʻza tuplariga terim jarayonida butun hajm boʻylab yoki tuplarni shaklgблa keltirib yon tomonlaridan qisgan holda tekis ishlov beruvchi turlariga ajraladi. Amalda shpindelli Paxta terish mashinalarim. keng tarqalgan. Ular gorizontal va vertikal shpindelli xillarga boʻlinadi. Gorizontal va vertikal shpindelli Paxta terish mashinalarim.ning asosiy qismi — paxta terish apparati. U shpindellar barabanlari, ajratkichlar, shpindellar barabanlarini aylantirish mexanizmi, reduktorlar, tup koʻtargichlar, kabul kameralaridan iborat. Hozirgi zamon Paxta terish mashinalarim.da terim apparatlari dala relyefini takrorlovchi moslamalar bilan jihozlangan. Gorizontal shpindelli Paxta terish mashinalari m.da shpindellar gʻoʻza tuplari orasiga yon tomondan gorizontal holatda kiradi va oʻqi atrofida aylanib, ochilgan paxtani oʻziga oʻrab chiqadi hamda baraban bilan birga aylanib, ajratkich tomonga harakat qiladi. Disksimon botiqqavariq shaklli ajratkichlar aylanma hara-kat qilib, shpindel yuzasidan paxtani sidirib, qabul kamerasida yoʻnal-tiradi, u yerdan esa yigʻilgan paxta ejeksiya (soʻrish) hisobiga havo yordamida bunkerga yuboriladi. Vertikal shpindelli Paxta terish mashinalarim.da shpindellar bara-banga yoki zanjirga oʻrnatiladi. Gʻoʻza tuplari 2 baraban orasidan qisilib oʻtadi. Barabandagi shpindellar oʻz oʻqi atrofida va baraban bilan birga aylanib, paxtani oʻrab oladi. Shpindelga oʻralgan paxtani ajratib olish va uni kabul kamerasiga tashlash vazifasini ajratkich oʻtaydi. Shpindelning teskariga aylanishi va qilli choʻtkalardan tuzilgan aylanib turuvchi ajratkich bilan tozalanishi natijasida ajratkichdan kelgan paxta kabul kamerasiga uza-tiladi va qabul kamerasida yigʻiladi. U yerdan ventilyator paxtani soʻrib, bunkerga uzatadi. Bunker paxtaga toʻlgach, mexanizator uni traktor tir-kamalargatoʻkadi. Pnevmomexanik Paxta terish mashinalarim.da paxta havo va mexanik moslama yordamida teriladi. Elektromexanik mashinalarda paxta elektr maydoni yordamida teriladi.

Paxta terish mashinalarim. dastlab 1850-yil AQSH da yaratildi. Oʻzbekistonda birinchi pnevmatik Paxta terish mashinalarim. 1929-yil ixtiro etilgan. Lekin u amalda uncha ish bermadi. 1933-yil STZ traktoriga oʻrnatiladigan ejektorshlangli mashina ixtiro qilindi. Bu mashinada 15 ta havo soʻruvchi shlang boʻlib, har qaysi shlangni bir terimchi ushlab, ochilgan paxtani unga roʻpara qilardi. Paxta havo yordamida soʻrilib, maxsus idishga toʻplanardi. Uning ish unumdorligi juda past edi. Shuning uchun bu mashina amalda qoʻllanmadi. Oʻsha yili birinchi gorizontal shpindelli mashina yaratildi. U 2 barabanli (1 katorli), kertik shpindelli boʻlib, traktorga tirkab ishlatilgan. Uning ham ish unumdorligi past boʻlgan. 1935-yil "Universal-1" traktoriga oʻrnatiladigan1 barabanli, gorizontal shpindelli mashina yaratildi. Bu mashina paxtaning 40% ini terib, 15% ini toʻkar, ish unumdorligi past edi. 1936-yil 2 qatorli, gorizontal shpindelli mashina ishlab chikarildi. Uning ish apparati 4 ta barabandan iborat boʻlib, har bir ba-rabanga 352 ta konus shpindel oʻrna-tilgan; mashina paxtani gʻoʻza tupining Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodida 1937-yil birinchi pnevmatik mashina ishlab chiqarilgan. Mashinada bir necha soʻrish tuynuklari boʻlib, paxtani havo yordamida soʻrib terardi. 1938-yil ixtirochi L. M. Rozenblyum vertikal shpindelli Paxta terish mashinalarim. ixtiro etdi. Uning ish apparati oʻziyurar shassiga oʻrnatilib, har biri 32 shpindelli ikkita baraban va toʻrtta choʻtkali ajratkichdan iborat edi. Mashina paxtaning 54—65% ini terib, 8—15% ini toʻkardi. Mashina birmuncha takomillashtirilgach, terilgan paxta 80, 8%, toʻkilgani 16,5% boʻldi. Asosiy nuqsoni terilgan paxtaning shpin-deldan qiyin ajralishi hamda choʻtkali barabanga oʻralib qolishi edi.

1941-yilda XVSH-4B markali 4 barabanli Paxta terish mashinalarim. yaratildi. Mashina bir yurishda har tup gʻoʻzadagi paxtani 2-marta terardi; bunda terilgan paxta 75%, toʻkilgani 8% edi. 1945-yilda XVSHU markali oʻziyurar mashina yaratildi. Bu mashina 2 barabanli apparat va oʻziyurar shassidan iborat boʻlib, uning shpindellari fakat bir tomonga aylanardi. 1946 i. da diametri 16 mm li 42 shpindelli, Paxta terish mashinalarim. xoʻjalik sinovidan oʻtkazildi. 1947-yil konstruktor M. N. Markov boshchiligida SXM-47 va 1948-yil SXM-48 rusumli Paxta terish mashinalarim. ishlab chiqarildi. SXM48 rusumli Paxta terish mashinalarim., asosan, ish apparati, rama, 2 ventilyator, harakat uzatish mexanizmi, apparatni koʻtarish-tushirish mexanizmi, tup koʻtargich, obtekatel, bunker va traktordan iborat edi. Mashinaning barcha mexanizmlari traktorning quvvat olish validan harakatla-nardi. 1958—68 yillarda 2 qatorli XT-1,2 rusumli, 1966-yildan 2 qatorli 17XV-1,8 rusumli keng (90 sm) qatorli, 1968-yildan T-28X-4 traktoriga oʻrnatiladigan 4 qatorli 14XV-2,4 A ("Uzbekistan") rusumli va 1972-yildan MTZ-50X traktoriga oʻrnatiladigan 4 qatorli XN-3,6 markali, 1974-yildan 6 qatorli XV-5,4 rusumli Paxta terish mashinalari m. ishlab chiqarila boshladi.

Bu mashinalar, asosan, terish appa-rati, harakat uzatuvchi reduktor, ventilyator, suv nasosi, bunker, havo trubalari, boshkarish tizimi va ramadan, terish apparata esa rama, shpindelli ba-rabanlar, ajratkich barabanlar, shpindellarni aylantiruvchi uzatma, qabul kamerasi, ish tirqishini sozlovchi mexanizm, tup koʻtargich, reduktor, qoʻshuvchi mufta, saklovchi moslamalardan iborat edi. 1976-yildan boshlab ishlab chiqarilgan barcha turdagi Paxta terish mashinalarim. ish unumdorligini 18—20% ga oshiruvchi, yangi vintli garkibiy shpindellar (kvadrat kesimli mustahkam oʻzakka biriktirilgan vintli prujinasimon ilashtaruvchi elementdan tuzilgan) bilan jihozlana boshladi. "Oʻzbekiston" rusumli 4 katorli mashina T-28X-4 rusumli traktorga urnatilgan. Bu mashinaning 2 varianta: 12 shpindelli va 15 shpindelli barabanlar urnatilgan terish apparatli xillari ishlab chikarildi. Mashinada 4 ta terish apparata ikki yon tomonga 2 tadan oʻrna-tilgan. Uni 60 sm va 90 sm kagor oralarida yurishga rostlash mumkin. Har bir qatorning paxtasi ikki qayta terilardi. Mashina, asosan, rama, terish apparatlari, harakatni taqsimlash reduktori, bunker, ventilyatorlar va boshkarish ti-zimidan iborat edi. Shuningdek, shpindellarni yuvish va bakka suv kuyish, mashinani moylash tizimi bilan uskunalangan. Barcha markadagi Paxta terish mashinalarim. bir-biridan terish apparatlari va barabanlari, asosan, ayrim qismlarining tuzilishi, shpindellarining soni bilan farqdanadi.

Paxta terish mashinalarim., asosan, AQSH va Oʻzbekistonda ishlab chiqariladi. AQShda gorizontal shpindelli, Oʻzbekistonda vertikal shpindelli mashinalar ishlab chiqarilardi. 20-asr 70—80-yillarida ingich-ka tolali, urugʻlik paxtalar uchun XVN, XVA, XVB turkumdagi Paxta terish mashinalarim. hamda 1977-yildan esa pnevmopodborshik va tozalagich bilan jihozlangan MTZ-80 traktori asosida XNP-1,8 mashinalari ishlab chiqildi. 1992—94 yil esa gʻoʻza tupiga koʻp marta ishlov beruvchi yangi turdagi terim apparatlari bilan jixrzlangan XS-25 rusumli Paxta terish mashinalarim. xoʻjaliklarda ishlatila boshladi. 20-asr 90-yillari oʻrtalarigacha Oʻzbekistonda, asosan, vertikal shpindelli mashinalardan foydalanilgan. Keyingi yillarda Oʻzbekiston paxta maydonlarida Amerikada ishlab chiqarilgan gorizon-tal shpindelli Paxta terish mashinalarim. ham paydo boʻldi. "Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding" kompaniyasi (Toshkent) krshida 1997-yildan boshlab "OʻzKeysmash" qoʻshma korxonasi tashkil etilib, paxtakorlarga "Case20022 Cotton Express" rusumli 2 qatorli Paxta terish mashinalarim.ni yetkazib bera boshladi. BMKB — Agromash ak-siyadorlik jamiyati bilan birgalikda "Toshqishloqmash" aksiyadorlik jamiyati XMG-04, XMG-12 rusumli 2 qatorli, gorizontal shpindelli Paxta terish mashinalarim.ni ishlab chikaradi. Ular 90 va 60 sm li paykallarda paxtaning oʻrtacha va ingichka tolali navlarini terishga moʻljallangan. "2022 Kotton Ekspress" rusumli mashina esa 2 katorli, gorizontal shpindelli, oʻziyurar mashina boʻlib, 90 va 100 sm li paykallarda paxtaning oʻrtacha navlarini terishga moʻljallangan.

Oʻzbekistonda Paxta terish mashinalarim.ni yaratish va ularni takomillashtirishga doyr na-zariy va amaliy ishlar, asosan, Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida olib boriladi. Paxta terish mashinalarim. yaratish va ularni takomillashtirish ishlari Oʻzbekistonda H. H. Usmonxoʻjayev, O. V. Lebedev, A. D. Glushchenko, M. V. Sablikov, D. M. Shpolyanskiy , O. A. Karimov, A. S. Sadriddinov, R. D. Matchonov, M. T. Toshboltayev va boshqa olimlar, G. I. Volkov, L. M. Rozenblyum, M.M. N. Markov va boshqa konstruktorlar nomlari bilan bogʻliq.


Ustozlarimiz bergan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun internet tarmog'idan foydalanib paxta terish mashinalari to'g'risidagi bilimlarimizni yanada mustahkamladik.




Xulosa o'rnida shuni aytishim mumkinki, qishloq xo'jaligida ishlatiladigan texnikalarsiz dehqon xo'jaligi tushunchasini tasavvur qilish qiyin ekan. Ushbu "Ozuqa ekinlarini mexanizatsiyalashtirish" fanidan o'tkazilgan amaliyotda biz ustozlarimizdan olgan nazariy bilimlarimizni amaliyotda ko'rib o'rgandik.So‘nggi yillarda respublikamizning agrar sektorini xalqaro standartlarga muvofiq hamda mamlakat hududlarining tabiiy iqlim va tuproq sharoitlariga javob beradigan zamonaviy mahalliy va xorijiy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta'minlash bo‘yicha faol chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, birgina 2018-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga, birinchi navbatda, fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishni tashkil etuvchilar va klasterlarga 33,7 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berildi. Bu esa 2017 yilgi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaganda 1,5 baravarga ko‘p.


Qishloq xo'jaligi texnikalari odam mehnatini yengillashtirib, qishloq xo'jaligi sohasini yanada rivojlantirishga bir poydevor bo'lib xizmat qilishini tushunib yetdim
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. https://uz.m.wikipedia.org › wiki › I...Ichki yonuv dvigateli - Vikipediya
2.http://library.ziyonet.uz › bookPDF
3.https://lex.uz › docs
4.http://staff.tiiame.uz › booksPDF
5.M.Shoumarova, T.Abdillayev. Qishloq xo‘jaligi mashinalari: Kasb-hunar kollejlari uchun darslik.
6.https://arxiv.uz › mashinasozlik › pa...Paxta hosilini yig'ish mashinasi - arxiv.uz
Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish