SamDChTI Ingliz tili - II fakulteti “Ingliz tilining integrallashgan kursi” kafedrasioʻqituvchisi N.A.Turdiyeva tomonidan 2021-2022 oʻquv yilida bajarilgan ishlari toʻgʻrisida
HISOBOT 1. Oʻquv ishlari. 2021-2022 oʻquv yilining birinchi yarim yilligida Ingliz tili - II fakultetining 60111800-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) taʼlim yoʻnalishining 2118- guruhida O`qish va yozish amaliyoti 60 soat umumiy 120 soat amaliy dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Ushbu fan bo`yicha boʻyicha 8 soat reyting amalga oshirildi. Talabalar berilgan muddatda oraliq va yakuniy nazoratlarni topshirishdi. Fan bo`yicha qarzdorlar kuzatilmadi. O`quv yilining ikkinchi yarim yilligida 60112600– Maktabgacha va boshlang`ich ta`limda ingliz tili talim yo`nalishining kechki 2128- guruhida O`qish va yozish ko`nikmalari va Eshitish va gapirish ko’nikmalari fanidan 60 soat va 60111800– Xorijiy til va adabiyoti (ingliztili) ta`lim yo`nalishining kechki 2114-guruhida Til aspektlari fanidan 30 soatdan umumiy 60 soat amaliy dars mashg`ulotlari o`tkazildi. Fanlar bo`yicha 8 soat reyting amalga oshirildi.
Eshitish va gapirish amaliyoti,O`qish yozish ko`nikmalari va Til aspektlari fanlari boʻyicha mudl platformasi shakllantirildi. Hemis tizimida resurslari joylashtirildi hamda haftalik jadval asosida talabalar davomati qayd qilib borildi. Talabalar bilimini baholash va reyting tizimi boʻyicha oraliq va yakuniy baholash ballari talabalar reyting daftarchasi va guruh jurnalida rasmiylashtirildi Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda (ingliz tili) ta`lim yo`nalishi kechki 2128-guruhida Xolmuratova Fazilat, Baydilov, Hojiakbar Saydirasulova Dilrabo va .O’rinova Guchehralar Eshitish va gapirish ko’nikmalari fanidan yakuniy nazoratdan qoniqarsiz baho olganligi sababli ushbu fandan qarzdorga aylanishdi. Qolgan fanlar boʻyicha qarzdor talabalar mavjud emas.
Umumiy 242 soat bajarildi.
2. Oʻquv – uslubiy ishlar. 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) taʼlim yoʻnalishi uchun moʻljallangan O`qish va yozish amaliyoti Til aspektlari hamda O’qish va yozish,eshitish va gapirish fanlaridan dasturlar yaratildi.
O`qish va yozish amaliyoti fanining oʻquv – uslubiy majmuasi shakllantirildi hamda “Moodle” va “Hemis” platformalariga resurslar joylashtirildi..
2021 yil 15 noyabr kuni birinchi juftlikda Ingliz tili – II fakulteti 60112600-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) taʼlim yoʻnalishi 2128-guruhda Oʻqish va yozish ko’nikmasi fani boʻyicha ochiq dars mashgʻuloti tashkil etildi. Darsning mavzusi “National foods” deb nomlandi. Ichki va tashqi ekspertlar tomonidan oʻtilgan dars mashgʻuloti ijobiy baholandi. (Ichki ekspert dots.N.Yoqubovna hamda tashqi ekspert phd. P.Mardiyevlarning taqrizlari ilova qilindi)
Joriy oʻquv yili davomida “Ingliz tilining integrallashgan kursi” kafedrasi katta oʻqituvchilari R.Nosirova hamda assistent-oʻqituvchi M.Xurshidovna tomonidan tashkil etilgan ochiq amaliy va ma’ruza darslarda ishtirok etdim. Mazkur darslarning taqrizi maxsus daftarda qayd etib borildi.
2022 yil 19 aprel kuni “Ingliz tilining integrallashgan kursi” kafedrasi professor-oqituvchilari bilan Pastdarg`om tumanida joylashgan 47-son umumtalim maktabiga tashrif buyurdim.Mazkur umumta’lim maktabining o`qituvchilari va 7-8 sinf oʻquvchilari uchun seminar tashkil etishdi. Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan imzolangan PQ-5117-son “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarorining mohiyati notiqlar tomonidan soʻzlab berildi. Rahbariyat bilan uchrashuvda rasmiy hujjatlar, jumladan ta’lim muassasasi pasporti, darsjadvallari, shartnoma, oʻquvchilar toʻgʻrisida ma’lumotnoma, OTMga oʻqishga kirganlar roʻyxati oʻzaro almashinildi.
Joriy yilning 26 mart sanasida Innovations in English Language Testing and Assessment mavzusida vebinarda ishtirok etdim. Asia Tefl markazi tomonidan oʻtkazilgan mazkur online vebinarda markaz professorlari bizni qiziqtirgan barcha savollarimizga atroflicha javoblar qaytarishdi.
Xususan butun o’quv yili davomida oq’uvchilarga tarqatma materiallar,slaydlar,elektron o’quv dasturlar va video mashg’ulatlar(fan doirasida),o’qitish dasturlari tayyorlanildi.Bundan tashqari fanlar bo’yicha nazorat savollari,oraliq va yakuniy baholashlar uchun topshiriqlar ishlab chiqdim.
3. Ilmiy tadqiqot ishlari. 2022 yil 25 mayda Samarqand Davlat Chet tillari instituti Ingliz tili II fakulteti “Ingliz tilining integrallashgan kursi” kafedrasi “Xorijiy tillarni o`qitish metodikasi-innovatsiyalar, muammolar va yechimlar” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o`tkazdi va undagi ilmiy to`plamda “The basic elements of teaching knowledge test ” mavzusida tayyorlangan ilmiy maqolam nashr etildi.Bundan tashqari bir qancha xorijiy jurnallarda o’z maqolalarimni chop ettirdim.Hamda Ilmiy maqola,tezis tayyorlash,nashr etish,dasturiy vositalar yaratish va shu kabi ishlarni olib bordim.
4. Ustoz - shogird ishlari. 2021 yil 10-noyabr sanasida o`tkazilgan Ingliz tili II fakulteti “Ingliz tilining integrallashgan kursi” kafedrasi “Xorijiy tillarni o`qitish metodikasi-innovatsiyalar, muammolar va yechimlar” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida 2118-guruh talabasi Toliboyev Feruzga ko`maklashgan holda “Effective Strategies of Learning English Grammar” mavzusida maqolam bilan ishtirok etdim va to`plamda chop etildi.Qolaversa Djabborova Nigina bilan birgalikda “Mythonymy in English Folk Tale” nomli maqolam “International journal on human computing studies” xalqaro jurnalida chop etildi