1-rasm. Tijorat banki faoliyatini rivojlantirish strategiyasining tarkibiy elementlari tuzilmasi
ahamiyatli maqsadlari hamda ularni amalga oshirish yuzasidan yondashuvlar jamlanmasidir. Ayni paytda, strategiyaning tarkibiy elementlari uzviy va mantiqiy bogʻliqlikka ega boʻlishi, shuningdek, uni amalga oshiruvchilar, nazorat organlari, bank mijozlari hamda keng jamoatchilik uchun tushunarli koʻrinishda va aniq ifodalanishi talab qilinadi. Shu bilan bir qatorda, strategiya bank faoliyatining asosiy moliyaviy koʻrsatkichlaridagi oʻzgarishlarni ifodalash bilan bir qatorda, ularni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish strategiyasida nazarda tutilgan parametrlar bilan aloqadorligini taʼminlashi zarur boʻladi.
Demak, strategiya bankning kelajakdagi holatini ifodalab berish bilan bir qatorda, rasman eʼtirof etilgan hamda qatʼiy oʻrnatilgan tarkibiy tuzilmaga ega boʻlgan tizim boʻlishi lozim.
Fikrimizcha, tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish strategiyasi elementlarini quyidagi rasm orqali ifodalash mumkin
1-rasmda keltirilgan bank faoliyatini rivojlantirish strategiyasi tarkibiy elementlarining iqtisodiy mohiyati quyidagicha ifodalanadi:
bank strategiyasida avvalambor, bosh maqsadning mohiyati aniq belgilanadi. Bunda bosh maqsad umumfalsafiy va iqtisodiy nazariya nuqtai nazaridan yoki mamlakatni rivojlantirish strategiyasi doirasida yoxud mavjud vaziyatning strategik tahlili asosida shakllantiriladi. Fikrimizcha, Respublikamiz bank tizimi va alohida olingan tijorat banklari uchun bosh maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda mamlakatni rivojlantirish strategiyasi asosida belgilanishi zarur va “Mamlakat suverenitetini taʼminlash va iqtisodiyotni jadal rivojlantirish orqali halqning hayotida kutilayotgan ijobiy oʻzgarishlarga erishishning moliyaviy bazasini shakllantirish” koʻrinishida ifodalanishi mumkin;
bosh maqsadni maʼlum davrda (kamida besh yillik muddatda) amalga oshirish strategiyasi shakllantiriladi. Bunda, fikrimizcha, asosiy eʼtibor kelajak toʻgʻrisidagi aniq tasavvurni shakllantirish hamda kutilayotgan kelajakka erishishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarning tizimli tahlilini amalga oshirish davomida aniqlanishi va ularni bartaraf qilish imkoniyatlari belgilab olinishi zarur;
aniqlangan muammolarni guruhlash orqali ularni bartaraf qilish yuzasidan funksional strategiyalar (moliyaviy, marketing, xavfsizlikni taʼminlash va boshqalar) tizimini ishlab chiqish lozim;
tijorat banklarining har bir xodimi uchun tushunarli boʻlgan hamda faoliyati yoʻnalishlari hamda protseduralarini belgilab beruvchi funksional siyosatlar (kredit siyosati, investitsiya siyosati va boshqalar) shakllantiriladi;
bosh maqsad, umumiy strategiya, funksional strategiya va siyosatlarda nazarda tutilgan vazifalar aniq koʻrsatkichlar tizimiga keltiriladi va strategik reja koʻrinishida tasdiqlanadi. Bunda shuni eʼtiborga olish zarurki, strategik rejada ifodalangan koʻrsatkichlar mamlakatni rivojlantirish strategiyasi yuzasidan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, hududiy boshqaruv organlari tomonidan belgilangan koʻrsatkichlarga mos kelishi zarur;
har bir bank faoliyat xususiyatlari, shuningdek, xizmat koʻrsatilayotgan iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish dasturlariga mos holda strategik samaradorlik koʻrsatkichlari tizimini ishlab chiqish kerak. Strategik samaradorlik koʻrsatkichlari faqat mutloq koʻrsatkichlardan iborat boʻlmasdan, ularning tarkibida sifat koʻrsatkichlari ham boʻlishi maqsadga muvofiq hisoblanadi;
bosh maqsad, strategiyalar hamda strategik rejaning bajarilishini monitoring qilish mexanizmi va uning elementlari (davriy hisobotlar, ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda uning jarayonini tezkor kuzatib borish imkonini yaratish va boshqalar) shakllantirilishi zarur;
jamiyatning oʻsib borayotgan talablariga mos darajada munosabat bildirish, joylarda toʻplanib qolgan muammolar hamda iqtisodiyotni jadal rivojlantirish masalalarini hal etish uchun strategiyani takomillashtirish kerak boʻladi.
Tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish strategiyasi metodologiyasining asosiy qismlaridan biri boʻlgan strategiyaning tarkibiy tuzilmasi elementlari ilgʻor xorij banklari tajribasiga, shuningdek, mazkur sohaning yetakchi namoyondalari tomonidan taklif etilgan ilmiy natijalarga asoslangan boʻlib, bugungi kunda tijorat banklarida qoʻllanilayotgan metodologiyadan bir qator jihatlari bilan farq qiladi. Fikrimizcha, bunday jihatlar quyidagi metodologik muammolarni bartaraf etish imkoniyatini beradi:
funksional strategiyalar va ularga mos boʻlgan siyosatlarning aniq tarkibini shakllantirish;
strategiya va strategik reja oʻrtasidagi metodologik farqlarning iqtisodiy mohiyatini ochib berish;
strategiyani amalga oshirish samaradorligini baholash boʻyicha koʻrsatkichlar tizimini takomillashtirish imkoniyatini aniqlash;
strategiyani amalga oshirish boʻyicha nazorat qilish tizimini rivojlantirish yoʻnalishlariga aniqlik kiritish.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga asoslangan holda ishlab chiqilgan va ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish strategiyasining tarkibiy elementlarini, fikrimizcha, tijorat banklari amaliyotiga joriy etish uch bosqichda amalga oshiriladi (2-rasmga qaralsin).
Do'stlaringiz bilan baham: |