Hisobot mavzu: Tijorat banklari va ular faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari Bajardi



Download 467,49 Kb.
bet1/16
Sana07.06.2021
Hajmi467,49 Kb.
#65961
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
MM94 Yo'ldoshev Bexruz Kurs Ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



HISOBOT

MAVZU: Tijorat banklari va ular faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari

Bajardi: Yo’ldoshev Bexruz

Guruh: MM-94

Ilmiy rahbar: Po’latova M

TOSHKENT-2020



Mavzu: Tijorat banklari va ular faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari

Reja:
1. Tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishning metodologik asoslari takomillashtirish:

2. Tijorat banklar strategiyasining asosiy yo’nalishlari.



3. Bank tizimini rivojlantirish bo’yicha dolzarb vazifalari .


So’z boshi

Soʻnggi yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarning dastlabki natijalari bank faoliyatining fundamental asoslarini shakllantirish va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oʻrtasida maʼlum uzilishlar mavjudligidan dalolat bermoqda. Mazkur holat birinchi navbatda, bank tizimining yaqin va uzoq istiqboldagi holatini belgilab beruvchi strategik rivojlanish dasturlari va yoʻnalishlariga taʼalluqlidir. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasini 2017 – 2021 yillar davomida yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida: “Bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy etish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻymayotgan toʻsiqlarni bartaraf etish yoʻnalishida 2018-2019 yillarga moʻljallangan bank faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar, shu jumladan bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablagʻlari yetarliligi va likvidliligi darajasi koʻrsatkichini qoʻllab-quvvatlash” zarurligi qayd etilgan. Bu bilan 2019 yilning yakunigacha bank nazorati boʻyicha xalqaro Bazel – 3 kelishuvi talablarining bank faoliyatiga joriy etish jarayonlari yakunlanishi nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ – 3270 son Qarorida qayd etilgan “2018 yilning 1 apreligacha banklarni ilgʻor amaliyot va xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritadigan moliyaviy barqaror va raqobatdosh muassasasiga sifatli transformatsiya qilishga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli rivojlantirish strategiyalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash” vazifasining toʻliq bajarilmasligi strategik masalalarning muhimlilik darajasi xozircha bank tizimida toʻliq eʼtirof etilmayotganligidan dalolat beradi.

Bank faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishning metodologik muammolariga bagʻishlangan tadqiqotlar miqdorining yetarli darajada boʻlishiga qaramasdan, fikrimizcha, bir qator jiddiy muammolar yoritilmasdan qolmoqda. Xususan:

- strategiyani ishlab chiqish jarayoniga tizimli holda yondashmaslik (bunday atamadan foydalanilganligiga qaramasdan);

- metodologik tavsiyalarning bank amaliy faoliyati bilan toʻliq aloqador emasligi hamda shakllantirilgan xulosalar aksariyat holatlarda real vaziyatga mos kelmasligi;

- tijorat banklarida amaliy jihatdan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan rivojlantirish strategiyasining umumqabul qilingan metodologiyasining mavjud emasligi.

Keltirilgan mulohazalarga koʻra, tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish strategiyasini metodologik asoslarini takomillashtirish sohasidagi dolzarb muammolarning yetarli darajada va kompleks holda tadqiq qilinmaganligi, shuningdek, ularning yechimlarini topish ilmiy va amaliy ahamiyatga molikligi, kelgusi ilmiy tadqiqotlarning maqsadi, vazifalari va tarkibiy tuzilmasini belgilab olishga zamin yaratadi.



1) Tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishning metodologik asoslariga oid muammolar koʻplab xorij va mamlakatimiz olimlari tomonidan tadqiq etilgan. Xususan, Z.M.Anisimovaning “Bank strategik menejmentini rivojlantirish” nomli ilmiy tadqiqot ishida bank strategiyasi: “tijorat bankining uzoq muddatli faoliyati rejasi boʻlib, u qabul qilingan vazifalar va maqsadlarga erishishni taʼminlaydi hamda moliyaviy barqarorlikni taʼminlash sharti bilan har bir tarkibiy boʻlinma faoliyatini muvofiqlashtirishni nazarda tutadi” deb ifodalagan [4]. Bunda bank strategiyasi va bank siyosatlari oʻrtasida oʻzaro aloqadorlik mavjudligi alohida qayd etib oʻtilgan. Lekin, tijorat banklari tomonidan funksional strategiyalarning qaysi birlari ishlab chiqilishi lozimligi, shuningdek, ushbu funksional strategiyalar doirasida qaysi bir siyosatlarni shakllantirish kerakligi va ularni oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash mexanizmini ishlab chiqish mazkur ilmiy ishda yetarlicha yoritilmagan.

O.Yu. Sviridovning “Moliyaviy globallashuvning inqirozi sharoitida Rossiya tijorat banklarini rivojlantirish strategiyasi” nomli ilmiy tadqiqot ishida strategiya oʻz tarkibiga strategik pozitsiyani egallash, raqobat afzalliklarini va bankning biznes konsepsiyasini aniqlash, mijozlar bilan munosabatlarni shakllantirish tizimlarini ishlab chiqish lozimligi taʼkidlab oʻtilgan. Ammo, mazkur ilmiy tadqiqot ishida bank strategiyasining tarkibiy tuzilmasi va ular oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni taʼminlashning metodologik xususiyatlari tadqiq etilmagan.



Maykl Luka, Djon Klyaynberg va Sendil Mullaynatanning Harvard Business Review (HBR) da eʼlon qilingan “Algoritmlarga ham menejerlar zarur” nomli ilmiy maqolasida strategiyaning haddan tashqari sodda tuzilmasini taklif etgan. Ularning fikriga koʻra, kelajak proyeksiyasini yaratish metodologiyasida muammo, sabab va yechimlar ketma-ketligidan foydalanish yetarlidir deb taʼkidlangan.


Download 467,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish