O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Toshkent moliya instituti
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI
HISOBOTI
Hisobot bahosi_______ball
Komissiya a’zolari:
___________________________
___________________________
___________________________
____
Hisobot himoyaga tavsiya
qilindi(qilinmadi)
sana”______”_______ 2022 y.
Rahbar imzosi:____________
Tayyorladi MMC65-guruh
Talabasi: Abubakirov Sherzod
Amaliyot rahbari: _____________
Kafedra tomonidan ro’yxatga olingan
Tartib raqami №____
“___”________2022 y.
___________
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Moliya fakulteti sirtqi ta’lim bakalavriat yo’nalishi 4-kurs ММС 65 akadem guruhi talabasi Abubakirov Sherzod
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BO’YICHA
KUNDALIK DAFTARI
TOSHKENT - 2022
REJA:
Kirish
Byudjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usulllari.
Chinoz tumani Moliya bo‘limining funksiya va vazifalari, hamda tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish.
3. Chinoz tumani Moliya bo‘limining daromadlari va xarajatlarining tarkibi hamda miqdori bilan tanishish.
4. Mahalliy Moliya bo‘limlari tomonidan byudjetlararo munosabatlarni amalga oshirish mexanizmini o‘rganish.
5. Moliya bo‘limlari ish faoliyatida qo‘llanilayotgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishish, ularning funksiyalari va afzalliklarini o‘rganish.
Xulosa
KIRISH
Men moliya fakulteti sirtqi ta’lim bakalavriat yo’nalishi 4-kurs ММС 65 akadem guruhi talabasi Abubakirov Sherzod 2022-yil 14-fevraldan 2022-yilning 12-martcha bo'lgan muddatda Toshkent viloyati Chinoz tumani Moliya bo'limida amaliyotni o'tadim.
Mazkur amaliyotni "Moliya" kafedrasida tasdiqlangan dasturdagi mavzular asosida o'tadim.
Amaliyotim dasturda keltirilgan mavzu va vazifalardan kelib chiqqan xolda o'tdi.
Amaliyot davomida Chinoz tuman moliya bo'limining faoliyati, funktsiya va vazifalarini o'rganib chiqidim. Chinoz tumanimahalliy byudjeti daromadlarini hamda harajatlarini statistik ma'lumotlari bilan tanishib chiqdim.
Tuman mahalliy byudjeti xarajatlar yo'nalishlari, shuningdek byudjet mablag'laridan samarali foydalanishda moliyaviy nazoratning yo'lga qo'yilganligi bilan tanishdim.
Amaliyot dasturiga asosan maktabgacha tarbiya muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish,umumta'lim maktablari xarajatlari bilan tanishdim. Sog'liqni saqlash muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish, aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirish kabi mavzular doirasida amaliyotni o'tadim.
Shuningdek amaliyotni o'tash davomida tuman mahalliy byudjeti yetuk mutaxassislari maslahatlari va amaliy tavsiyalarini oldim.
Chinoz tumani moliya bo'limida amaliyot o'tash vaqtida bir qancha qonun va nizomlar, shuningdek ish faoliyati uchun zarur bo'lgan xujjatlar bilan tanishdim, kerakli nizomlar bilan ham tanishib chiqdim.
Malakaviy amaliyot o‘tashdan asosiy maqsadimiz nazariy jihatdan olgan bilimlarimizni amaliyotga bog‘lash hamda so‘ngi yillarda mamlakatimizda keng ko‘lamli iqtisodiyot va moliya tizimidagi o‘zgarishlarni o‘rganish.
Shu jumladan, talabalarning mustaqil faoliyat ko‘rsata olish qobiliyatini shakillantirish maqsadida mahalliy byudjetlarni hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyatini, mahalliy byudjetlarning daromadlar va xarajatlar tizimini ijtimoiy soha muasasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalshtirishni o‘rgandim.
Malakaviy amaliyot davrida o‘zimiz egallaydigan ixtisosliklarimiz va bajarayotgan malakaviy ishimizning mavzusiga ko‘ra bo‘limlar bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikma hosil qildim.
Amaliyot joyida biriktirilgan rahbarim menga ichki intizom to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berdi. Keyingi kunlarda men Chinoz tumaniMoliya bo‘limining byudjetidan moliyalashtiriladigan sohalar va tarmoqlar haqida, ya’ni maktabgacha tarbiya muassasalarini moliyalashtirishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni hamda moliyalashtirish mexanizmini, umumta’lim maktablarini moliyalashtirishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni hamda moliyalshtirish mexanezmini, sog‘liqni saqlash muassasalarni moliyalshtirishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni hamda xarajatlarini moliyalalashtirish mexanezmini, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirishni tartibga souvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni va xarajatlarini moliyalshtirishni mexamezmini, byudjet tashkilotlari ehtiyojlari uchun davlat xaridlarini amalga oshirishni tartibga souvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni va xarajatlarini moliyalshtirishni mexanizmini, Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartibi haqida ma’limotlarga ega bo‘ldim.
Shu bilan birgalikda byudjet tashkilotlari buxgalteriyasini yuritishni amalga oshiruvchi UzASBO dasturi bilan yaqindan tanishdim.
Byudjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usulllari.
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalari guruhlanishi bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi;
Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifi;
Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi.
Byudjet tasnifi Davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma'lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u byudjet ma'lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma'lumotlari bilan qiyoslanishini ta'minlaydi.
Byudjet xarajatlari byudjet mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi - byudjetda ko'rsatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga pul mablag'larini jalb qilish tizimidir.
Bugungi kunda budjet tashkilotlarini moliyalashtirishning ko‘p kanalli tizimi shakllangan bo‘lib, ularni moliyalashtirishning quyidagi manbalari mavjud:
-davlat budjeti mablag‘lari;
-davlatning budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari; -ijtimoiy sug'urta mablag’lari;
-budjet tashkilotlarning o‘z mablag’lari (budjetdan tashqari tushumlari); -hayriya va homiylik tashkilotlarining mablag’lari;
-xalqaro tashkilotlarning mablag’lari;
-yuridik va jismoniy shaxslardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
-boshqa mablag‘lar.
Budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash quyidagilarni nazarda tutadi:
- Byudjet mablag‘laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet va smeta-shtat intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish;
-Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini soddalashtirish va budjet mablag’laridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag’larni oqilona taqsimlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
- Byudjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag'batlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o‘rnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
Byudjet tashkilotlari bo'ysunuviga ko‘ra respublika budjeti va mahalliy (viloyat, tuman, shahar) budjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanadilar, ulaming joriy faoliyati budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlashning o‘rnatilgan tartibiga asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan tashkilotlar mustaqil ravishda o‘z moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi shaklida qonunchilik bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.
Byudjet mablag'larini ajratish amaliyotida byudjetni moliyalashtirishning ikkita usuli qo'llaniladi:
Aniq byudjetni moliyalashtirish. Pul mablag'larini berishning ushbu usuli byudjet mablag'lari ajratilgan byudjetda nazarda tutilgan ancha cheklangan xarajatlar uchun ajratilganligi bilan tavsiflanadi;
Byudjet tizimi byudjetini moliyalashtirish. Bu byudjet tomonidan to'liq moliyalangan korxonalar va tashkilotlar uchun ishlatiladi. Bunda byudjet mablag'lari ajratiladigan mablag'lar har ikkala mazmundagi xarajatlarga ham, joriy tarkib bilan ham bog'liq va byudjet muassasalari faoliyatining kengayishi bilan bog'liq.
Ushbu mablag'larni taqdim etish usullari quyidagi byudjet mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi:
byudjet muassasalarini yuritish uchun mablag'lar;
davlat va jamoat shartnomalari asosida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun haq to'lash uchun mablag'lar;
aholiga o'tkazmalar;
jismoniy va yuridik shaxslarga subvensionlar va subsidiyalar;
byudjetlar va davlat byudjetidan tashqari jamg'armalarga tushadigan subsidiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar;
mavjud yoki yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarning ustav fondiga investitsiyalar.
Byudjet mablag'larini moliyalashtirishning muhim elementi byudjetdan mablag’ ajratish usullari hisoblanadi. Ularning yordami bilan moliya organlari byudjet mablag'lari hisobidan moliyalashtiradilar, ulardan foydalanishning boshqa natijalariga erishish uchun mablag'larni o'tkazadilar, moliyaviy resurslarni taqsimlashda paydo bo'ladigan munosbatlarini tartibga soladilar.
Ijtimoiy xarajatlar davlat tomonidan ijtimoiy funktsiyalarni bajarish bilan bog'liq. Ushbu xarajatlar quyidagi asosiy guruhlarga bo'linadi:
1) ta'lim;
2) madaniyat, san'at va kinematografiya;
3) ommaviy axborot vositalari;
4) sog'liqni saqlash va jismoniy tarbiya;
5) ijtimoiy siyosat.
Ijtimoiy xarajatlar xarajatlar muayyan tadbirlar va xarajatlar turlari bilan moliyalashtiriladi. Xarajatlar miqdori notijorat tashkilotlarda ishlab chiqilgan o'zaro bog'liq hisob-kitoblar va moliyaviy tashkilotlar tomonidan ajratilgan hisob-kitoblar asosida aniqlanadi.
Hisob-kitoblarning asosi xizmat ko'rsatadigan tarkibni tavsiflaydigan muassasalarning ishlash ko'rsatkichlari (o'quvchilar soni, o'quv guruhlari, sinflar, yotoqlar soni, amalga oshirilgan operatsiyalar va boshqalar) bo'lib, bu yil davomida operatsiya vaqtini hisobga oladi. Ushbu ko'rsatkichlar hisob birligi sifatida xizmat qiladi. Hisob-kitob birligining naqd pul xarajatlari byudjet muassasasi faoliyatini va rivojlanishini ta'minlaydigan darajada belgilanadi.
Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab extiyojlarni to’liqroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlar bilan to’g’ri olib borish imkonini beradi.
Mahalliy byudjetlarning davlat byudjet siyosatidagi tutgan o’rni mahalliy byudjetlar daromadlarini tashkil etish hamda uning tarkibini belgilashda moliyaviy asos hisoblanadi.
Mahalliy byudjetlar moliyaviy mustaqilligini ta’minlash uchun ularning daromadlar bazasini ham mustahkamlash lozim. Buning uchun daromad olishni markazsizlashtirish lozim, bu mahalliy boshqaruv organlarini iqtisodiy bazani rivojlantirishga va o’z qaramo1g’ idagi hududlarga investitsiya kiritishga xarakatlantiradi va natijada soliq tushumlarini ko’paytiradi.
Shuningdek, mahalliy boshqaruv organlariga mahalliy soliqlar va tushumlar doirasida moliya siyosatini yurg’izishda imkoniyat berilishi resurslarni samarali boshqarishga rag’bat uyg’otadi.
Mahalliy byudjetlarning davlat byudjet siyosatidagi tutgan o’rni mahalliy byudjetlar daromadlarini tashkil etish hamda uning tarkibini belgilashda moliyaviy asos hisoblanadi.
Byudjet tashkiloti va byudjet mablag’lari oluvchilarning O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan xarajatlari byudjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida va ularning xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan maqsadlarda amalga oshiriladi.
Chinoz tumaniMoliya bo‘limining funksiya va vazifalari, hamda tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish.
Moliya bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining funktsiya va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy asosini yaratish, tuman byudjetini ishlab chiqish va ijrosi, hamda moliyaviy o‘ta oqilona va iqtisodli foydalanishlarni ta’minlaydi.
Moliya bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Moliya bo‘limi ijtimoiy ishlab chiqarishning samarasini oshirish maqsadida moliyaviy mablag‘larni ishlatishni ta’minlaydi.
2. Iqtisodiyot taraqqiyoti hamda aholi hayoti miqiyosining moddiy va madaniy o‘stirish bo‘yicha tadbirlarni tasdiqlangan reja asosida mablag‘ bilan ta’minlashga moliyaviy mablag‘ yo‘llaydi.
3. Davlat byudjetidan ajratiladigan moliyaviy mablag‘larni tejamli hamda maqsadli ishlatadi.
4. Tuman hududidagi birlashmalar, korxona va tashkilotlar byudjet oldida moliyaviy majburiyatlari hamda davlat moliyaviy intizomiga rioya qilishini taminlaydi.
5. Iqtisodiyot hamda ijtimoiy-madaniy sohalarni moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlaydi, tumanning tijorat, ijtimoiy va ishlab-chiqarish taraqqiyoti uchun moliyaviy baza yaratadi.
Moliya bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ko‘rsatmalariga binoan xo‘jaliklarning moliyaviy – byudjet rejasi hamda moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlashini metodik ravishda bajaradi: moddiy va pul mablag‘larining safarbar qilinishini aniqlash, iqtisod rejasini ta’minlash maqsadida tuman maxalliy xo‘jaliklari sohalarining iqtisodiy va moliyaviy ahvolini o‘rganadi.
Shuningdek, tuman hokimligi, belgilagani bo‘yicha kelasi yil tuman byudjeti loyixasining tuzish ishlarini tashkil qiladi, tuman byudjetining daromad va xarajatlari to‘g‘risida takliflar kiritadi, o‘zi moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlaydigan tuman Xokimligi bo‘lim va boshqarmalarning maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va tuman byudjetidagi boshqa tadbirlar uchun belgilangan mablag‘larning jamlangan smeta loyixasini hamda tuman Hokimi Mahkamasi, shuningdek uning bo‘lim va boshqarmalarining mablag‘ bilan ta’minlovchi xarajatlar smetasini ko‘rib chiqadi.
Moliya bo‘limi tuman byudjetining ijrosini tashkil qiladi, byudjetining daromad va xarajat qismlarini bo‘linmalarga bo‘ladi, tuman byudjetining ijrosini bajaradi, tuman byudjetining daromad qismi uchun nazarda tutilgan mablag‘ tushishini ta’minlashini, byudjet mablag‘larini maqsadli ishlatilishining iqtisodchi va ishlab chiqarish hamda moliyaviy rejalar bajarilishi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi, byudjetining ijrosi masalalari bo‘yicha takliflarni tuman Hokimligiga olib chiqadi.
Tuman Hokimi Mahkamasining boshqarma va bo‘limlari smeta xarajatlari ijrosi bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqadi, tuman byudjeti ijrosi bo‘yicha hisobot tuzadi hamda Toshkent shahar Moliya boshqarmasiga taqdim etadi.
Tuman Hokimi Mahkamasi bo‘limlari va boshqarmalarining hisob-kitob hisobotlari hamda mezonlarini ko‘rib chiqadi, shuningdek byudjet hisobidan moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlanadigan tuman tasarrufidagi ayrim tashkilotlar va korxonalarning hisob-kitob xisobotlari va mezonlarini ko‘rib chiqadi hamda byudjetdan ajratilgan moliyaviy mablag‘lar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar bajarilishini tekshiradi, tuman Hokimi Mahkamasi bo‘limlari moliyaviy xo‘jalik faoliyatlarida aniqlangan kamchiliklarni bartiraf etish talablarini qo‘yadi, zarur hollarda tuman Hokimi boshqarma va bo‘limlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatlari yuzasidan tuman Xokimiga axborot beradi, noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi, mablag‘larni samarali sarflanishi yuzasidan takliflar kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi «Mahalliy davlat xokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunida mahalliy davlat xokimiyat idoralarining moliyaviy faoliyati asoslari belgilab kuyilgan. Mazkur qonunning “Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining moliyaviy asosi” deb nomlangan 11-moddasida ta’kidlanganidek, viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini byudjet mablag‘lari, byudjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fondlar, kredit resurslari, shuningdek, respublika byudjetidan ajratilgan subvetsiya va dotatsiyalar tashkil etadi.
«Mahalliy davlat xokimiyati to‘g‘risida»gi qonunda viloyat, tuman, shaxar xokimlari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy faoliyat bu soxada mahalliy idoralarga berilgan vakolatlar va ularning xukukiy xolati belgilab kuyilgan.
Mahalliy davlat idoralari tarkibidagi Moliya boshqarmalari va moliya bo‘limlarining xuquqiy xolatlari belgilangan tartibda ular to‘g‘risidagi tasdiqlangan nizomlarga ko‘ra belgilanadi.
Davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, byudjet tizimining ustuvor yo‘nalishlarini yagona bitta hujjat orqali tartibga solish, byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2013 yil 26 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘RQ-360-son Qonuni qabul qilindi, hamda mazkur Qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 2014 yil 1 yanvardan boshlab Byudjet kodeksi eksperiment tariqasida, 2014-2015 yillar davomida sinov sharti bilan amalga kiritildi.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan, 2014 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi va “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonulari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan bo‘lsa, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har yilgi "Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida"gi qarorlari. Mazkur har moliya yili boshlanishidan oldin qabul qilanadigan qarorlarda mamlakatizmiz byudjetining daroamdlari va xarajatlari miqdori tasdiqlanadi. Jumladan, soliq stavkalari miqdori, ulardan tushumlar miqdori va xarajatlar yo‘nalishi va miqdori tasdiqlanadi.
Chinoz tumaniMoliya bo‘limining daromadlari va xarajatlarining tarkibi hamda miqdori bilan tanishish.
Mahalliy byudjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning funktsiyalarida namoyon bo‘ladi. Ular haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etuvchi pul fondlarini shakllantirish;
bu pul fondlarini hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar o‘rtasida qayta taqsimlash va ishlatish;
mahalliy hokimiyatga bo‘ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat olib borish.
Mahalliy byudjetlar O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetida muhim tarkibiy qismni tashkil etadi va mahalliy hukumat organlarining faoliyat ko‘rsatishlarida moliyaviy manba bo‘lib hisoblanadi.
Shuningdek, mahalliy byudjet asosiy moliyaviy reja sifatida tegishli hududning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining barcha sohalari va yo‘nalishlarini to‘liq qamrab oladi.
Mahalliy byudjetlar ishlab chiqarishning yakuniy natijalarini aholiga etkazishning asosiy yo‘nalishini belgilab beruvchi vosita bo‘lib, u orqali ijtimoiy iste’mol fondlari aholining ayrim guruhlari o‘rtasida taqsimlanadi.
Yuqoridagilar bilan birgalikda, mahalliy byudjetlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda davlat mablag‘larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatda yaratilgan YaIMni taqsimlash va aholiga etkazish asosan byudjet tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bunda xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, uy-joy komunal xizmat sohasi bilan bog‘liq asosiy xarajatlar mahalliy byudjetlar hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan ijtimoiy himoya bilan bog‘liq siyosatni amalga oshirish katta miqdordagi moddiy va moliyaviy resurslarni talab qiladi va bu muhim vazifalar mahalliy hokimiyat organlariga yuklatilgan.
Aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyalashtirish ham asosan mahalliy byudjetlar hisobidan amalga oshiriladi.
Umumdavlat pul mablag‘larini byudjet zvenolari o‘rtasida taqsimlanishining asosini, hududiy byudjetlar mustaqilligi, ularni davlat tomonidan moliyaviy, qo‘llab-quvatlanishi, ular daromadlarini hududiy manbalar hisobidan shakllanishi tamoyillari tashkil etadi. Ushbu tamoyillardan kelib chiqqan holda, mahalliy byudjetlarning daromadlari o‘z daromadlari va boshqariladigan manbalar hisobidagi daromadlardan shakllanadi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi byudjet qonunchiligiga ko‘ra, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan esa quyidagi xarajatlar amalga oshirilishi belgilangan:
Tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;
tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarini hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari bo‘limlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan hamda to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam, uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari.
Tumanlar va shaharlar byudjetlaridan amalga oshiriladigan iqtisodiyot xarajatlariga veterinariya laboratoriyalari va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish stantsiyalarini saqlab turish xarajatlari, shaharlarning va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari, uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish xarajatlari, hamda aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari kiradi.
Chinoz tumaniining 2021-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |