Hisobga oluvchi schyotlar



Download 73,45 Kb.
bet4/8
Sana23.06.2022
Hajmi73,45 Kb.
#695465
1   2   3   4   5   6   7   8
3.Pul mablag’lari va ekvivalentlari hisobga oluvchi schyotlar

O’zbekiston Respublikasi “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” nomli 9-sonli Buxgalteriya hisobi milliy standartida pul ekvivalentlariga quyidagicha ta’rif berilgan. “Pul ekvivalentlari - ma’lum pul mablagiga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o’zgarishlar tufayli biroz xatari bo’lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investisiyalar (moliyaviy qo’yilmalar).”8


M.B.Yusupovaning ta’kidlashicha: Pul ekvivalentlari - qisqa muddatli, yuqori likvidli, avvaldan ma’lum pul mablag’iga aylanadigan, qiymat nuqtai nazaridan riski kam bo’lgan investisiyalardir.9


9-sonli buxgalteriya hisobining milliy standartining 6-8 bandlarida pul ekvivalentlari quyidagicha yoritib berilgan:
Pul mablag’i ekvivalentlaridan asosan investisiyalar va boshqa maqsadlar uchun emas, balki faqat qisqa muddatli majburiyatlar bo’yicha to’lovlar uchun foydalaniladi. Investisiyalarni pul ekvivalenti deb hisoblash uchun ular erkin ravishda naqd pulga aylantiriladigan bulishi va qiymatining uzgarishida biroz xavf bulishi lozim. Shu sababli investisiya qisqa muddatda to’lanadigan bo’lsa, ya’ni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy ichida to’lanadigan bo’lsa, uni pul ekvivalenti deb hisoblash mumkin bo’ladi.
Bank zayomlari moliyaviy faoliyatga taalluqlidir, lekin talab qilingan paytda to’lanadigan bank overdraftlari korxonalar pul mablag’ini boshqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. SHu munosabat bilan bank overdraftlari pul mablag’ining tarkibiy qismi yoki ularning ekvivalenti hisoblanadi.
Pul oqimi pul mablag’lari va pul ekvivalentlari moddalari o’rtasidagi harakatni o’z ichiga olmaydi, chunki ular operasiya, moliya yoki investisiya faoliyatiga kirmaydi yoki xujalik yurituvchi sub’ektning pul mablag’larini boshqarishga taalluqlidir. Pul mablag’larini boshqarish pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining ortiqchasini ishga solishni o’z ichiga oladi.10
Taniqli iqtisodchi olim A.S.Sotivoldievning fikriga ko’ra: pul ekvivalentlari sirasiga kiruvchi veksellar quyidagi ta’riflangan:
Veksel – qaysi muddatga yozilgan bo’lsa, shu muddat tugagach, unda ko’rsatilgan summani to’lashni so’zsiz talab qilish nafaqat hisob kitobning qulay shakli, balki tijorat kreditining bir turi hamdir, chunki vekselda ko’rsatilgan pul shu
vaqtning o’zida to’lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ng to’lanadi. Bu vaqt ichida vekselda ko’rsatilgan summa veksel beruvchining tasarrufida bo’ladi. A.A.Karimov, F.Islomov, A.Avloqulovlar pul ekivalentlari toifasiga kiruvchi qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalarni quyidagicha izohlab berishgan: Xazina majburiyatlari - bu ularning egalari tomonidan byudjetga pul berganliklarini tasdiqlovchi hamda ushbu qimmatli qog’ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida belgilangan daromadni olish huquqini beruvchi davlat qimmatli qog’ozlaridir. Ular jismoniy shaxslar uchun chiqariladigan qimmatli qog’ozlardir.12
N.Jo’raev, F.Abduvaxidov, D.Sotivoldievalar pul ekvivalentlariga kiruvchi qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalarni quyidagicha ifodalab berishgan: Veksel – qaysi muddatga yozilgan bo’lsa, shu muddat tugagach, unda ko’rsatilgan summani to’lashni so’zsiz talab qilish nafaqat hisob-kitobning qulay shakli, balki tijorat kreditining bir turi hamdir, chunki vekselda ko’rsatilgan pul shu vaqtning o’zida to’lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ng to’lanadi. Bu vaqt ichida vekselda ko’rsatilgan summa veksel beruvchining tasarrufida bo’ladi.13
Pul majburiyatligi shundan iboratki, uning to’lanishi qandaydir shartlar bilan chegaralanmaydi, yoki boshqacha aytganda, bevosita vekselni to’lashga tegishli tartib bilan bog’liq bo’lmagan begona sharoitlarga bog’lanmaydi. Veksel bo’yicha majburiyatning mavhumligi shundan iboratki, uning tekstida qanday asosga binoan berilganligi ko’rsatilmaydi. Veksel majburiyatining maqsadi faqat pul hisoblanadi. Veksellarning shakllari turlicha.
Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo’sh mablag’lari hisobidan boshqa korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin.

Tovar vekseli sotuvchi bilan oluvchi o’rtasidagi mahsulot jo’natish yoki xizmat ko’rsatish bitimlarida foydalaniladi.


Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o’tkazma. Oddiy veksel qarzdor tomonidan to’ldirilib imzolanadi va kreditorga ma’lum summani belgilangan muddatda so’zsiz to’lanishi ko’rsatiladi, ya’ni oddiy veksel bilan rasmiylashtirilgan qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan kreditor, ikkinchi tomondan qarzdor va shu bilan birga to’lovchi bo’lib hisoblanadi.
O’tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O’tkazma veksel kreditor tomonidan to’ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko’rsatilgan summani belgilangan muddatda uchinchi shaxsga to’lash to’g’risida qarzdorga berilgan buyruq mavjud. Bu holda teskari vaziyat vujudga keladi: veksel qarzdor tomonidan yozilmasdan haq talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi. Shunday qilib veksel beruvchi kreditor hisoblanadi. Qarzdor esa veksel saqlovchi emas, faqat to’lovchi bo’lib hisoblanadi. Odatda o’tkazma vekselni ushlovchi bo’lib uchinchi shaxs hisoblanadi. Vekselda ko’rsatilgan summani qarzdor to’lovchi uchinchi shaxsga to’lashi kerak. Bunda nima uchun veksel beruvchi vekselda ko’rsatilgan summani remitentga to’lanishi, ular o’zaro qanday munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi oldida qanday majburiyatlari borligi to’lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to’lash majburiyati faqat veksel beruvchi oldidagi qarz majburiyati bilan bog’liq bo’lib, hech qanday keyingi veksellar uni o’zgartirmaydi. Shu munosabat bilan veksel beruvchi o’tkazma vekselni o’zi-o’ziga ham yozib berishi mumkin, va dastlab o’tkazuvchi bo’yicha majburiyatda ham faqat ikkita shaxs qatnashadi: Bir tomondan – qarzdor to’lovchi ikkinchi tomondan esa – bir vaqtning o’zida ham veksel beruvchi ham veksel saqlovchi bo’lgan kreditor. Keyinchalik veksel saqlovchi o’z huquqini indossament tartibida uchinchi shaxsga o’tkazib berishi mumkin. O’tkazma veksel to’lovchi tomonidan akseptlanishi kerak va faqat shundagina yuridik kuchga ega bo’ladi.
Demak, xulosa qilib aytadigan bo’lsak, pul ekvivalentlari bu pul mablag’lariga o’xshash, lekin boshqacha tasniflanadigan aktivlardir. Ular xazina veksellari, muomalaga chiqarilgandan so’ng 1 yil muddatdan o’tgach
qaytariladigan hukumatning foizsiz majburiyatlaridir. Ular chegirma bilan sotiladi va o’z vaqtida to’lanadi. To’lash qiymati va chiqarilish qiymati o’rtasidagi farq xaridorning daromadi bo’ladi. Xazina veksellari bir yil va undan ortiq muddatda to’lanadigan xukumat majburiyatlari hisoblanib, agar ular joriy moliyaviy yil davomida to’lanmasa, ular qisqa muddatli investisiyalar sifatida tavsiflanmaydi, tijorat qog’ozlari (korporasiyalar tomonidan chiqarilgan, o’zining qisqa muddatli pul mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarini moliyalashtiruvchi mablag’dir) va depozit sertifikatlar (tezda talab qilib olish mumkin bo’lmagan depozit sertifikatlari yoki bank depozitlari yoki muomalaga chiqarish yo’li bilan to’lanishi va sanksiya o’tkazilishi mumkin)dan iborat.
Kichik kassalar avans jamg’armalarining bir turi bo’lib, kundalik sarflar uchun zarur bo’lgan pullardan tashkil topadi.
Avans jamg’armalari bu xarajat qilingan summalarni doimiy to’ldirib turadigan maxsus maqsadlar uchun tuzilgan fondlar.
Ushbu bob bo’yicha umumiy xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda eng muhim masalalardan biri bu pul mablag’lari hisobini to’g’ri yo’lga qo’yishdan iboratdir. Pul mablag’larini harakatini boshqarish korxonani eng muhim yo’nalishlaridan biridir. U o’z ichiga pul mablag’lari muomalasining hisob-kitob vaqtini, pul oqimining tahlilini, pul mablag’larini bashorat qilishni, pul mablag’larining optimal darajasini aniqlashni, pul mablag’lari byudjetini tuzish va boshqalarni qamrab oladi.
Korxona kassasida milliy va xorijiy naqd pul (valyuta)lar bilan birga pochta markalari, obligatsiyalar, chek kitobchalari, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar (pul ekvivalentlari) ham saqlanadi. Ularning saqlanishi va harakatinig sintetik hisobi nominal qiymatlarda balansga nisbatan aktiv bo‘lgan 5610-«Pul ekvivalentlari (turlari bo‘yicha)», nomli schyotda ularning alohida turlari (pochta markalari, obligatsiyalar) bo‘yicha olib boriladi.
Pul ekvivalentlari harakati bo‘yicha sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalari quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:

  1. Xarid qilingan pul ekvivalentlarining puli korxona kassasidan to‘langanda yoki hisob-kitob schyotidan o‘tkazib berilganda:

Debet 5610-«Pul ekvivalentlari (turlari bo‘yicha»,
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari»
Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»

  1. Hisobdorlik bo‘naklari hisobidan pul ekvivalentlari xarid qilinganda:

Debet 5610-«Pul ekvivalentlari (turlari bo‘yicha)»
Kredit 4210-«Mehnat haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar»
Kredit 4220-«Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar»
Kredit 4230-«Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar»
Kredit 4290-«Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar»

  1. Turli shaxslardan pul ekvivalentlari sotib olinganda:

Debet 5610-«Pul ekvivalentlari (turlari bo‘yicha)»
Kredit 6990-«Boshqa majburiyatlar»

  1. Turli shaxslardan xarid qilingan pul ekvivalentlarining qiymati to‘langanda:

Debet 6990-«Boshqa majburiyatlar»
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari»
Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»
Pul mablag‘larini hisob-kitob schyotiga kelishi va chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalarni hisobga olish uchun buxgalteriya hisobida balansga nisbatan aktiv bo‘lgan 5110- «Hisob-kitob schyoti» nomli sintetik schyotdan foydalaniladi. Uning debet tomonida pul mablag‘larining tushumi, kreditida esa pul mablag‘larining sarfi ko‘rsatiladi.

Download 73,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish