Kirish Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish uchun pul mablag’lariga ega bo’lishlari kerak. Ular faoliyatida pul mablag’idan samarali foydalanish iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omillaridan biridir. Chunki korxonalar faoliyatining uzluksiz davom etishini ta’minlash uchun zarur ishlab chikarish zaxiralari va mexnat vositalarini xarid qlish, boshqa tashkilot va firmalar bilan hisob-kitoblarni amalga olirish uchun pul mablag’i talab kilinadi. Shuning uchun xam korxonalar mavjud pul mablag’larini yuqorida ko’rsatilgan maqsadlarga sarflashda iqtisodiy jixatdan manfaatli va tejamli bo’lgan hamda korxonaga o’z mablag’laridan rasional foydalanish imkonini beradi.
Iqtisodiy munosabatlarning chuqurlashuvi pul mablag’lari va pul ekvivalentlari xisobining uslubiy asoslari va ularning xarakatini hisobga olish, ularni ifodalovchi kursatkichlarning sifat jixatidan uzgarishini tahlil etishni talab kilmokda. SHuning uchun xam pul mablag’i va pul ekivalentlarining xisobi, tahlili va auditini tartibga soluvchi qonuniy va me’yoriy xujjatlarni tubdan qayta ko’rib chiqishni talab qildi. Shu asosda Respublikamizda pul mablag’i xisobini tartibga soluvchi qonuniy va me’yoriy xujjatlar oxirgi yillarda Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizasiya qilish talablaridan kelab chiqqan xolda ishlab chiqildi va bu buxgalteriya xisobi, tahlil va auditning uslubiy asoslarini takomillashtirishni taqozo qiladi. Shu boisdan, mazkur kurs ishda aynan ushbu masalalarning nazariy va amaliy echimlarini berish zaruriyati tug’ildi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag’lari va pul ekvivalentlari harakatining hisobi va auditini tashkil etishdagi muammolarning echimini ma’lum darajada hal etgan bo’lsada, bugungi kunda o’zining ilmiy, nazariy hamda uslubiy jihatdan iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida to’liq tadqiq etilmagan.