ǀ
ISSUE 6
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 575
o‘g‘li Sayyid Abdullohxonning qisqacha tarjimai holi bayonida shunday yozadi:
“Xondamirning o‘g‘li Sayyid Abdullohxon Buyuk Akbarshohning zamondoshi bo‘lib,
uning saroyida xizmat qilgan. Akbar unga “Xoniy” taxallusini bergan. U Sayyid
Abdullohxon nomi mashhur bo‘lgan va hijriy 996-yil ( milodiy 1557-yilda) Kashmir
viloyatida vafot etgan.”
Marhum Said Nafisiy “Dastur ul-vuzaro” so‘zboshisida Xondamirning ikkinchi
o‘g‘li to‘g‘risida quyidagilarni qayd etgan: “Xondamirning Mir Mahmud degan o‘g‘li
bo‘lib, yo otasining vafotidan so‘ng Hindistondan Hirotga qaytib kelgan, yoki umuman
otasi bilan Hindistonga bormagan. Nima bo‘lgan taqdirda ham u Hirotda yashagan.
Amir Mahmud Shoh Ismoil (1502-1524) va Shoh Tahmasp (1524–1576) hukmronlik
qilgan davr tarixini yoritgan asar muallifi boʻlib, u bu asarini hijriy 950-yil (milodiy
1543-yilda) Eronda hukmron bo‘lgan safaviy saroy amirlaridan Muhammadxon
Sharafiddin o‘g‘li Takaliyga bagʻishlagan. Asarni “Zayli Habib us-siyar” deb nomlab,
hijriy 957-yil (milodiy 1550-yilda) yozib tugatgan. Bu kitobdan ma’lum bo‘lishicha, u
otasi vafotidan o‘n besh yil keyin ham hayot bo‘lgan.”
Shunday qaltis va tahlikali davrda yashashiga qaramay, Xondamir forsiy tilida o‘n
uchta asar yozib katta meros qoldirdi. Hozirgi paytda ulardan faqat sakkiztasi
‐
“Maosir ul-muluk”, “Xulosat ul-axbor”, “Dastur ul-vuzaro”, “Nomayi nomi”, “Ravzat
us-safo” ning yettinchi jildi, “Habib us- siyar fi axbori afrodi bashar” va
“Humoyunnoma” bizgacha yetib kelgan. Muarrixning “Maosir ul-muluk” (‘Hamasr
podshohlarning tarixi”) asari Alisher Navoiy iltimosiga ko‘ra va unga minnatdorchilik
izhori tariqasida 1498-1499-yillarda yozilgan. Bu asar podshohlar va qadimgi
donishmandlarning xayrli ishlar haqida aytilgan hikmatnamo gaplarini o‘z ichiga oladi.
Jumladan, Qayumarsdan Anushirvongacha, Odam Atodan Buzurgmehrgacha bo‘lgan
hamda payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) va imomlar haqida bitilgan naqllardan
iborat. So‘ngra muallif Ummaviylar, Abbosiylar, Somoniylar, G‘aznaviylar va boshqa
sulolalarga tegishli hukmdorlar tarixi bilan birga kurd podshohlari va turk xoqonlari
tarixini yoritgan. Asarning oxirigi qismida Husayn Bayqaro va Alisher Navoiyga
zamondosh hukmdorlar, olimlar va donishmandlar haqida ma'lumotlar beradi. Bu
asarning yagona nusxasi Britaniya muzeyida 29-raqam bilan saqlanadi. Ushbu asar
1993-yilda Mirhoshim Muhaddis tomonidan Tehronda nashr etildi.
REFERENCES
1.
J. Hazratqulov, I. Bekjonov G‘iyosiddin ibn Humomiddin Xondamirning Habib us-siyar fi
axbori afrodi bashar asari tarjimasi Toshkent, O‘zbekiston. nashr. 2013.
2.
K. Rahimov. G‘iyosiddin Xondamir Makorim ul-axloq asari tarjimasi Toshkent. 2018.
3.
Alisher Navoiy. Asarlar. 12-jild. Majolis un-nafois. Toskent. 1966.
4.
Xayrulla Ismatullayev ,,Sulton Husayn Boyqaro farmoni”
5.
Xondamir “Makomir ul-axloq” T., 1948
6. Xondamir “Maosir al muluk” (fors tilida). - Texron, 1372 (1994).
Do'stlaringiz bilan baham: |