Hirotlik tarixchi g‘iyosiddin xondamirning tarixda tutgan o‘rni



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana11.02.2022
Hajmi0,57 Mb.
#442695
1   2   3   4   5
Bog'liq
hirotlik-tarixchi-g-iyosiddin-xondamirning-tarixda-tutgan-o-rni

ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 574
Hirotni egallaydi. Isfahon qishlovida o‘tirgan Shoh Ismoil bu xabarni eshitib Xuroson 
tomon yuradi. Shoh qo‘shin tortib kelayotgani uchun Temur Sulton 1513-yilning 
aprelida shaharni tashlab ketar ekan, hirotlik taniqli olimlardan bir qanchasini 
Samarqandga ko‘chirib ketadi. Xondamir 1513-yilning boshidayoq Hirotni tark etib, 
Shimoliy Afgʻonistondagi Pasht qishlogʻida ijod bilan shugʻullanadi. O‘sha kezlari 
Badiuzzamon Mirzoning o‘g‘li Muhammad Zamon Mirzo Tabrizda Shoh Ismoil 
huzurida edi. Ammo Muhammad Zamon Mirzo Eron shohi Ismoil Safaviy va 
Usmonlilar hukmdori Sulton SalimYovuz o‘rtasida 1514-yilda Choldaron mavzesida 
ro‘y bergan urushda qatnashishdan bosh tortib, Shoh Ismoil oldidan Xurosonga qochib 
kelib, Astrobodni egallaydi. 1515-yilda Muhammad Zamon Mirzo G‘archiston va 
Pashtni egallaydi va o‘shanda Xondamir mazkur Mirzo xizmatiga kiradi. Hijriy 921-
yil/milodiy 1516-yilda ular Balxga borib shohning xos maslahatchisi sifatida faoliyat 
ko‘rsatadi. Hijriy 923-yil / milodiy 1517-yilda Muhammad Zamon Mirzo Qandahorga 
ketadi va Xondamir Muhammad Zamon Mirzodan ijozat olib G‘archistonda yashab 
qoladi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Xondamir Hirotga qaytib, tarixni o‘rganish va tadqiq 
qilish bilan shug‘ullanadi. Hijriy 927-yil / milodiy 1520-yilda Hirot hokimi Sayyid 
Amir G‘iyosiddin Muhammad ibn Amir Yusuf al-Husayniy al- Qozi uni tarixiy asar 
yozishga undaydi. Bu davrda olim Safaviylar davlati xizmatida bo‘lib ba’zida elchilik 
vazifalarini ham bajaradi. Xondamir 1524-yil Shoh Ismoil vafotidan soʻng, Hirotdan 
butkul yuz oʻgirib, hijriy 932-yilning shavval oyi o‘rtalarida (1526-yining iyul oyi 
oxirlarida) Qandahorga, hijriy 934-yil jumodi us-soniy oyining o‘ninchi kunida (1528-
yilning 2-martida) u yerdan Boburiylar poytaxti Agraga (Hindiston) Zahiriddin 
Muhammad Bobur huzuriga yoʻl oladi. Yo‘ldagi vaziyatning yomonligi bois ushbu 
safar yeti oyga cho‘zilib, nihoyat hijriy 935-yil muharram oyining to‘rtinchi kuni 
(milodiy 1528-yilning 18-sentabrida) Xondamir Agraga yetib keladi. Hijriy 935-yil 
rabi’ ul-avval oyining sakkizinchi kuni (milodiy 1528-yilning 20-noyabrida) Bobur 
Mirzoning bir oz muddat davom etgan kasallikdan shifo topganidan keyin “Hasht 
behisht” bog‘da bo‘lgan bir to‘yda ishtirok etadi. U yerda Xondamir Hindiston podshohi 
Zahiriddin Muhammad Bobur bilan uchrashadi. 
Agraga kelgach, Boburning yaqin odamlari qatoridan joy oladi va 1529-yili 
Boburni Bengaliya va Gang daryosi sohili tomon qilgan yurishi paytida kuzatib boradi. 
Ayni vaqtda, u “Humoyunnoma” (“Qonuni Humoyuniy”) asarini yozadi va bu xizmati 
uchun “Amir al-muarrixin” (“Tarixchilar amiri”) unvoniga sazovor boʻladi. Xondamir 
hijriy 942-yil/milodiy 1535- yili Humoyun bilan Manduga qaytib kelayotganda vafot 
etadi. Uning vasiyatiga koʻra jasadi Dehlidagi qabristonga – Nizomiddin Avliyo, shoir 
Xusrav Dehlaviylar yoniga dafn etiladi.
Xondamirning ikki farzandi bo‘lib, birining ismi Amir Mahmud, ikkinchisi Sayyid 
Abdullohxon boʻlgan. Britaniya muzeyida saqlanayotgan qo‘lyozmalar katalogi muallifi 
Charlz Ryo “Xulosat ul-axbor” asari to‘g‘risida ma’lumot berar ekan, Xondamirning 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish