Hirotlik tarixchi g‘iyosiddin xondamirning tarixda tutgan o‘rni



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana11.02.2022
Hajmi0,57 Mb.
#442695
1   2   3   4   5
Bog'liq
hirotlik-tarixchi-g-iyosiddin-xondamirning-tarixda-tutgan-o-rni

ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 573
ma'lumotlardan ayon bo‘ladiki, u yoshlik chog‘idayoq Navoiy qo‘liga keladi. Dastlab 
uning kutubxonasida kutubxonachi, keyinroq 1498-yildan esa mudir bo‘lib ishlagan. 
Navoiy unga o‘zining shaxsiy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat berib, tarixiy-ilmiy
ishlariga rahnamolik qilib turadi. Ulug‘ shoir ko‘rsatgan homiyligi va murabbiyligi 
uchun Xondamir unga atab o‘zining “Maosir ul-muluk” asarini yaratdi. 
Xondamir Alisher Navoiy hazratlari vafotigacha(1501-yil 3-yanvar), ulug‘ 
shoirning kutubxonasi mudiri bo‘lib ishlagan. So‘ng u Xurosondagi siyosiy voqealar 
girdobiga tushib, dastlab, 1503-yildan Balxda Sulton Husayn Boyqaroning katta o‘g‘li 
Badiuzzamon saroyida xizmat qiladi. Ayni shu paytda Badiuzzamon Mirzo Qunduz 
hokimi Xusravshohni Shayboniyxon (1500-1510) lashkari tomonidan kutilayotgan 
hujumdan Xurosonni himoya qilishda ishtirok etishga og‘dirish orzusida yuborilgan 
elchilar qatoriga Xondamir ham qo‘shilib, shaxsan o‘zi Badiuzzamonning maxsus 
topshirig‘ini 
bajaradi. 
Ammo 
Amir 
Xusravshohning 
o‘zi 
Muhammad 
Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sulton qo‘shinlari hujumiga duch kelganligi sababli 
Badiuzzamon Mirzoga yordam bera olmasdi. Shu sababli Xondamir va elchilar hay’ati 
biror natijaga erisha olmay ortiga qaytadi. Shu davrda unga “
sadr
” unvoni beriladi. 
Hijriy-qamariy 911-yil zulhijja oyining o‘n birinchisida, dushanba kuni (milodiy 1506-
yilning 4-mayida) Husayn Bayqaro vafot etadi. Hirot taxtiga Sulton Husayn 
Bayqaroning ikki o‘g‘li Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar Husayn Mirzolar chiqariladi. 
Badiuzzamon Mirzo Xondamirni o‘ziga vazir qilib tayinlaydi. Xondamir bir oz 
fursatdan so‘ng, ya’ni, hijriy 912-yil / milodiy 1506-yilda yana Badiuzzamon topshirig‘i 
bilan Shayboniyxonga qarshi tuzilgan ittifoqqa Qandahor hokim Amir Shujo‘bekni 
birlashtirish maqsadida u yerga jo‘natiladi. Ammo Badiuzzamon Mirzoning qizi 
Chuchukbegimning vafoti tufayli Xondamir safarni to‘xtatib Hirotga qaytishga majbur 
bo‘lgan. U Badiuzzamon topshirig‘i bilan ko‘plab diplomatik missiyalarni bajaradi. 
Afsuski, olimning hayoti o‘ta tahlikali davrga Temuriylar davlatining inqirozi, 
Muhammad Shayboniyxon (Movarounnahr), Zahiriddin Muhammad Bobur (Hindiston), 
Shoh Ismoil Safaviy (Eron) sulolalari tashkil topayotgan paytga to‘g‘ri keladi. Hijriy 
913-yil / milodiy 1507-yil may oyida olim Shayboniyxonning Hirotni zabt etishi 
shohidi bo‘ldi va Xuroson markazi Hirotni topshirishdagi shartlarni ishlab chiqishda 
ishtirok etib, xonga yozilgan omonlik xatini insho qiladi. Sulolalar hukmronligi 
oʻzgargandan soʻng, Xondamir Shayboniyxon xizmatiga kirishga majbur bo‘ladi va 
ushbu shaharda ikki yarim yil davomida Shayboniylar davlati bosh vaziri Xoja 
Abdurahim Turkistoniy devonida sadrlik vazifasini bajaradi. Hijriy 916-yil / milodiy 
1510-yil 5-dekabrda Muhammad Shayboniyxon Marvda Shoh Ismoil Safaviyga qarshi 
jangda halok bo‘ldi. Hirot Eron shohi Ismoilning qo‘liga o‘tadi. Xondamir 1511-yil 
yanvarida shoh topshirig‘i bilan Hirot hukumati devonida vazirlik ishiga jalb etiladi.
Muarrix ushbu notinch va alg‘ov – dalg‘ov davrning voqealarini tarix sahifalariga 
muhrlab boradi. Milodiy 1512-yil qishida Temur Sulton ibn Muhammad Shayboniyxon


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish