48
Boshimga bir savdo tushdi rahmatli otamning o‘z tilovatlarida: «Nohaq tuhmat,
bemahal o‘limdan o‘zing asragin», deya qiladigan iltijolari qulog‘im ostida
jaranglab ketdi. Hamisha shunday: «Salomatlik qadriga yetmas —
bemor
bo‘lmaguncha» deganlaridek, xom sut emgan notavon bandalar boshimizga biror
kulfat tushmaguncha yoki peshanamiz biror yerga «taq» etib urilmaguncha,
so‘zning ham, nasihat va duoning ham qadriga yetmaymiz.
Deyarli har kuni
ro‘baro‘ bo‘ladigan oshnolarimiz pand berib, boshimiz malomatlarga qolganidan
keyingina beg‘ubor o‘tgan
kunlarimiz, beig‘vo kechgan onlarimiz ko‘zimizga
to‘tiyo bo‘lib ko‘rina boshlaydi. Faqat shundan keyingina tilimizdagi «tuhmat»,
«bo‘hton» degan so‘zlarning ma’nolarini ularning paydo bo‘lish sabablarini qidirib
qolamiz, faqat shundan keyingina kitob tokchamizda jimgina turadigan «Тafakkur
gulshani»ning shu kungacha bilmagan sahifalarini ochamiz va ilgari e’tiborni
tortmagan hikmatlar dardimizga malhamdek yoqa boshlaydi: «Kaltafahmlar faqat
odamlarning kamchiligini ko‘radilar-u, fazilatlariga e’tibor bermaydilar. Ular
badanning nuqul gazak olgan a’zosiga qo‘nmoqchi bo‘layotgan pashshaga
o‘xshaydilar. Bo‘hton ham yaxshi odamlarga yopishadi».
Ha, ming afsuski, tuhmat balosi ham yaxshilarning, biror sohada omadi chopib,
ishi yurishib qolganlarning gardaniga yopishadi.
Yana mevali daraxtga tosh
otiladi! Bunga misol izlab ovora bo‘lmasligimiz uchun Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla
Qodiriy, Usmon Nosirlar taqdirini bir bor eslab qo‘yishning o‘zi kifoya.
Xalqimizning
bu asl farzandlari eng, birinchi navbatda, g‘arazgo‘y, toshbag‘ir,
qora yurak hamkasblarining qurboni bo‘ldilar. O‘zbek adabiyotining yorqin
yulduzlari bo‘lgan bunday jahonshumul iste’dodlar hasadgo‘y va g‘alamis
hamkasblarining bo‘htoni tufayli bu yorug‘ olamni bag‘ri xun bo‘lib o‘tkazishga,
otashin so‘zlarini bo‘g‘izlarida olib ketishga majbur bo‘ldilar. Xo‘sh,
tuhmat shu
qadar jirkanch illat ekan, unga qarshi qanday chora qo‘llagan ma’qul? Bizningcha,
choralarning eng birinchi va eng osoni — tuhmatchining so‘zini tinglamaslikdir.
Zero, shariat hukmiga binoan g‘iybatning sherigidir. U g‘iybatchini inkor qilib,
49
gapini bo‘lishi, mavzuni boshqa yoqqa burish bilangina bu gunohdan qutulib
qoladi.
Ushbu mashqani o‘quvchilar bilan doskada ishlansa maqsadga muvofiq bo‘-
ladi.Har bir o‘quvchi doskada 1-gapni tahlil qilishi kerak ya’ni
gapda olmoshni
topib o‘sha so‘zni olmoshning qaysi ma’no turiga kirishini aniqlashi kerak.
Dars yakunida o‘qituvchi albatta o‘quvchilarga uyga vazifa berishi shart, va bu
vazifada o‘quvchi o‘tilgan mavzuni qay darajada tushunganini berilgan mashq
orqali ko‘rsatib berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: