I.A.Кarimov
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz I.A.Кarimov ta’kidlaganidek: ”Tarbiyachilarning o’ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo ham mana shu erda. o’qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo, murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak”.
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli amalga oshirish ko’p jihatdan o’qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog’liqdir. Shunday ekan, sog’lom, har tomonlama barkamol avlodni etishtirish uzluksiz ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatiga bog’liqdir.
Biz buyuk ma'naviyat egasimiz Chunki yuksak ma'naviyatga ega bo'lmagan xalq o'zining betakror tarixini yaratolmaydi. Ma'lumki, insondan boshqa jonzotlar o'ylash, fikrlash ko'nikmasiga ega emas. Shuning uchun ularni ma'naviyatli deya olmaymiz.
Bastakorlar tomonidan yaratilgan musiqa durdonalari, har sonyada tarbiyada, mehnatda, ijtimoiy munosabatda ma’lum darajada o‘z fidoiysini topadi. Yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega bo`lgan ijodkorlar tomonidan yatilgan bolalar asarlari atrofdagi hodisalarni go‘zallikni idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi, nozik did va hur fikr bilan qurollantiradi, ma’naviy olamni kengaytiradi. Shu bois musiqani mamlakatimiz ta'lim muassasalarida keng ko'lamli ishlar amalga
oshirilayotgani ma'lum. Ayni paytda bu ishlarni jonlantirishga ehtiyoj ham
sezilmoqda. Bu ehtiyojni qondirish uchun esa o'quvchilarni kichik maktab yoshidan boshlaboq yuksak ma'naviyat egasi qilib tarbiyalashga alohida e'tibor qaratmoq lozim.
Kezi kelganda bir holni ta'kidlash lozim: Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlatlari orasida faqat O'zbekiston o'z ma'naviy siyosatiga ega davlat. Bu siyosat Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan milliy mentalitetimizga asosan ishlab chiqilgan. Shu ma'noda bugun milliy tarbiya jarayonini kuchaytirish kerak.
Milliy tarbiyaning uch negizi bor: jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya va axloqiy tarbiya. Ta'lim-tarbiya va ma'naviy ma'rifiy sohalardagi barcha ishlarimiz shaxsning ana shu jihatlarini o'stirishga qaratilmog'i kerak. Buning uchun bizdan ko'plar havas qiladigan kuchli bir poydevor – ulkan ma'naviy merosimiz bor.Ularni qunt bilan izchil o'rganib borish ulkan samaralar garovidir.
I.BOB: MORIS RAVEL HAYOTI
Do'stlaringiz bilan baham: |