2-jadval.
Diskontlashtirilgan qoplash muddatini hisoblash.
T/R
|
Ko’rsatkichlar
|
0
|
1 yil
|
2 yil
|
3 yil
|
4 yil
|
1
|
Tushumlar, mln so’mda.
|
|
85
|
100
|
120
|
160
|
2
|
Diskontlashtirilgan tushumlar, mln. so’mda. (d=16%)
|
|
73
|
74
|
77
|
89
|
3
|
To’lovlar (boshlang’ich investitsiyalar)
|
300
|
|
|
|
|
4
|
Qoplash muddati (PP)
|
|
|
|
2,96 y
|
|
5
|
Diskontlashtirilgan qoplash muddati (DPP)
|
|
|
|
|
3,85 y
|
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, investitsiyalarning qoplash muddati 2,96 yilni, diskontlashtirilgan qoplash muddati esa 3,85 yilni tashkil etadi. Ularning hisoblanishi quyidagi ko’rinishga ega:
yoki 2 yil,11oy, 15 kun.
yoki 3yil, 10oy 10kun.
Ko’rib o’tgan yuqoridagi misolga, asosan, shunday xulosa qilish mumkinki, investitsiyalarning diskontlashtirilgan qoplash muddati ularning diskontlashtirilmagan qoplash muddatiga qaraganda biroz uzoq vaqtni, ya’ni 3 yilu 10 oy 10 kunni tashkil etdi. Bu esa investitsiyalarning diskontlashtirilgan qoplash muddatining kelgusi pul tushumlari va investitsiyalarning joriy qiymatini hisobga olishi bilan izohlanadi. Demak, investitsiyalarning qoplash muddati bo’yicha hisoblash usuli qilingan investitsiyalarning joriy (real) qiymati bo’yicha to’liq qoplanish muddatini tavsiflab beradi va shu jihatdan u investitsiyalarning qoplash muddati usulidan farqli ravishda afzalroq hisoblanadi.
Investitsiyalarning qoplash muddatini hisoblash usuli pul oqimlarini diskontlashga asoslangan usullardan farqli ravishda investitsiyalarning nominal miqdorda qaytarilishi mumkin bo’lgan davrni aniqlashga xizmat qiladi. Shunga ko’ra, bu usul investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qilingan investitsiya sarflarini qoplash davrini aniqlashga asoslangan. Qoplash muddatini aniqroq tushunadigan bo’lsak, bu loyihani yakunlash davridagi yoki undan olingan daromad investitsiyalar summasiga teng bo’lgandagi davrga tengdir.
Uni hisoblash formulasi quyidagichadir:
,
bu yerda, I0 - boshlang’ich investitsiyalar; - investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olingan yillik pul tushumi summasi. U sof foydani yoki yillik daromad (D) va harajat (X) o’rtasidagi (amortizatsiyasiz A) farqni ifodalaydi.
Misol-1. Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln.so’m miqdorida investitsiyalash ko’zda tutilmoqda va loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan pul tushumlari miqdori yillar bo’yicha quyidagini: birinchi yilda – 37750 ming so’m, ikkinchi yilda – 42390 ming so’m, uchinchi yilda-47430 ming so’m, to’rtinchi yilda – 51140 ming so’m va beshinchi yilda 60030 ming so’mni tashkil etadi. Bunda qoplanish muddati (PP) necha yilga teng ekanligini aniqlang?
Bunda uch yillik pul tushumlari yig’indisi boshlang’ich investitsiyalar miqdoridan kichik, ya’ni yil 127570 ming so’mni tashkil etadi. To’rt yil bo’yicha katta (178710 ming so’m) ekanligini hisobga olsak, investitsiyalarning aniq qoplanish muddati investitsiya loyihasining to’rtinchi yilgi faoliyatiga bog’liqligini ko’ramiz. Uch yillik olingan daromadlarning (127570 ming so’m) boshlang’ich investitsiyalardan (140 mln so’m) farqi 12430 ming so’mni tashkil etishini hisobga olsak (140000 - 127570), ushbu qoldiq summaning to’rtinchi yilda olingan daromadlarga nisabti uning qoplanish muddatini ko’rsatadi, ya’ni 12430/51140=0,24 koeffitsientni, yil hisobida esa 2 oy-u 28 kunni (3 yil+2 oy-u 28 kun) tashkil etishini hosil qilamiz. Shunday qilib, investitsiya loyihasining qoplash muddati, ya’ni loyihani amalga oshirishdan olinadigan tushumlar qilingan harajatlarni qoplash vaqti hisoblanadi.
Qoplash muddatida ikkinchi yondashuv, bu investitsiyalarning boshlang’ich summasi yillik tushumlarning (o’rtacha yillik) miqdoriga bo’linadi. Bu ko’rsatkich pul tushumlari yillar bo’yicha teng bo’lgan hollarda qo’llaniladi.
Investitsiyalarning buxgalteriya rentabellik darajasi (ARR) yoki foydaning oddiy me’yori (ROI) buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadigan o’rtacha daromadni investitsiyalarning o’rtacha yillik hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi. Bunda hisob-kitob ishlari foizlarni va soliqlarni to’lamasdan avvalgi foyda miqdoriga asoslanib amalga oshirilishi mumkin yoki u soliqlarni to’lagandan keyingi, lekin foiz to’lovlarigacha bo’lgan daromadga asoslanadi. Eng yaxshisi soliq to’langandan keyingi sof foyda miqdori tanlab olinganligi afzalroqdir. Chunki u korxona ta’sischilari va investorlar oladigan haqiqiy foydani ifodalaydi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
8
bu yerda, D - foiz va soliq to’lovlarigacha yoki soliq to’lanib, foizlar to’langungacha bo’lgan daromad; Ss - soliq to’lash stavkasi; Sab, Sa0 -aktivlarning ko’rib chiqilayotgan davriga bo’lgan boshlang’ich va oxirgi summasi, qiymati.
Misol-2. Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln so’m harajat qilingan, loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan sof foyda miqdori yillar bo’yicha quyidagiga: birinchi yil – 3350 ming so’m, ikkinchi yil – 10990 ming so’m, uchinchi yil – 15480 ming so’ng, to’rtinchi yil – 21640 ming so’m va beshinchi yil – 22790 ming so’mni tashkil qilsa, u holda foydaning oddiy me’yori (ROI) qanday hisoblanadi?
Bu loyiha bo’yicha olinadigan sof foyda yillar bo’yicha o’zgaruvchan bo’lganligi sababli, avvalom bor o’rtacha yillik foydani hisoblab topamiz.
Rch=(3350+10990+15480+21640+22790) ming so’m : 5=
74250 ming so’m : 5=14850 ming so’m
Shundan so’ng foydaning oddiy me’yorini (ROI) hisoblaymiz:
ROI = 14850 ming so’m : 140.000 ming so’ng = 10,6 %.
Bu foyda me’yori investor talab qilgan me’yorni beradi. Shuning uchun bu loyihaning jalb etuvchanligi to’g’risida, ya’ni uni ma’qullash mumkin.
Bu usullar asosiy afzalliklari shuki, hisob-kitob ishlarining oddiyligi va qulayligidir. Kamchiliklari esa kelgusi pul tushumlarining qiymatini joriy vaqtga nisbatan hisobga olinmasligidadir.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashning bozor mexanizmiga ustuvorlik berish, buning uchun qulay shart- sharoit yaratish (imtiyozlar va boshqalar), moliyalashtirishning turli usullaridan (masalan, lizing) faol foydalanish, aholi mablag’larini faol jalb qilish, foiz stavkalarini diversifikatsiyalash, yangi texnika-texnologiyalarni
Xulosa
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish qiymatini baholashning zaruriyati, eng avvalo, ishlab chiqarish kuvvatlarining jismoniy va ma’naviy eskirganligida, ularni qayta tiklashga yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman yangilashga ehtiyoj mavjudligida; 0’zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu erda ko’plab qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyatining mavjudligida; aholi sonining o’sib borayotganligi (mehnat resurslari) va ishsizlik muammosini hal etishda ko’maklashishda; respublika eksport salohiyatini oshirishda namoyon bo’ladi.
"Investitsion loyiha" tushunchasi investitsion hujjatlar to’plami bo’lib, investitsiyalar bilan ta’minlangan, investitsiyalar jalb qilgan har qanday tadbirlar yig’indisi sifatida anglanadi. Investitsion loyihaning amalga oshirilish ko’lami, miqdori va dinamikasiga qarab mamlakatning iqtisodiy o’sish darajasi va holatini baholash mumkin.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashni tadqiq etish natijasi ularning uch guruhga bo’linishini ko’rsatdi: investorlarning o’z resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmasi, huquqiy shaxslar va fuqarolarning pul jamg’armalari va badallari, aktsiyalardan tushgan mablag’lar va boshqalar); investorlarning qarzga olgan resurslari (tijorat banklari kreditlar, obligatsiyali, sertifikatli, vekselli va boshqa xil qarzlar, byudjet ssudalri); byudjetning investitsion resurslari (respublika va mahalliy byudjet mablag’lari).
O’zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashning xususiyatlaridagi muammolarni umumlashtirib, quyidagilarni alohida ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir:
-investitsion loyiha tashabbuskorlari duch kelayotgan asosiy muammolardan biri moliyaviy resurslarning etishmasligi va uni olish murakkabligi, -moliyalashtirishning muqobil xususiyatlaridan (lizing kreditidan) faol foydalanilmasligi;
-investitsiya loyihalarni moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashda kredit uchun garov predmetining etarli bo’lmasligi, kredit ta’minotini rasmiylashtirish jarayonlarining murakkabligi va buning natijasida ko’p vaqtning yo’qotilish;
-investitsion loyiha (mahsulotlar bozori) bo’yicha marketing izlanishlarining chuqur olib borilmasligi va bu loyihaning kelgusidagi pul oqimlari harakatining barqarorligiga hamda kreditni qaytarish manbasining ishonchsizligiga salbiy ta’sir etishi;
-xorijiy valyutada kreditlarni olishda loyiha umumiy qiymatida 25 foiz mikdoridagi qarz oluvchining o’z mablag’lari etishmasligi, tijorat banklarida kredit xujjatlarini shakllantirish jarayonining murakkabligi;
-ba’zi hollarda O’zbekiston fuqarolari o’z shaxsiy manfaatlari yo’lida hujjatlarni soxtalashtirish, oldindan xorijiy sheriklar bilan kelishilgan holda jismonan yoki ma’naviy eskirgan va zamon talablariga javob bermaydigan texnologiyalarni olib kelayotganliklari yohud ularning narxlarini oshirib yuborayotganliklari;
-investitsion loyiha amalga oshirish natijasida ko’zlangan daromadning (loyiha bo’yicha sof pul kirimlari) o’z vaqtida kelib tushmaslik riskining mavjudligi va bunday risklarning omillari ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotni sotish bilan, xaridolar bilan o’zaro hisob- kitoblar bilan, bozor kon’yunkturasining o’zgarishi yoki mavsumiy tebranishlar bilan bog’liq bo’lishi;
-investitsion loyiha tashabbuskorlarining (qarz oluvchi korxonalarning) kreditga qobilligini baholash ishlarining xolisona bo’lmasligi;
-investitsion loyihalarni kreditlash amaliyotida texnik-iqtisodiy asosnomasini ekspertiza qilish bosqichida hamda loyihani kreditlash va uning monitoringi davrida yuzaga keluvchi muammolar;
-hozirgi amaliyotda investitsion loyiha samaradorligini baholashda bilim va tajribalarning to’liq egallanmaganligi va o’zlashtirilmaganligi;
-xom ashyoni etkazib berish va mahsulotlarni sotish bozorlarida marketing tadqiqotlarning to’liq va xaqiqiy olib borilmasligi;
-investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asosnomasida, ayrim hollarda, haqiqiy bo’lmagan, lekin yaxshi natijalar beruvchi raqam va ko’rsatkichlammg ko’rsatilishi; tahlil ishlarida bank mutaxassislarning o’zlari ham ko’p xatoliklarga yo’l qo’yishi, tahlil dasturini yaxshi tushunmasligi va kelib chiqish sabablarini o’zlari ham to’liq bilmasligi va h.k.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholash va ularning xususiyatlarini takomillashtirishda quyidagi taklif-tavsiyalardan foydalanish moliyalashtirish sifatini ta’minlash va ularning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ko’maklashishi bilan ahamiyatlidir:
-investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholash va xususiyatlarini tadbiq qilishning xorij tajribalarini o’rganish hamda uning milliy iqtisodiyotning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tadqiq etish;
-tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashni sifatini oshirish va ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish;
-investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashni soddalashtirish, ekspertiza muddatlarini sun’iy ravishda uzayib ketishlariga yo’l qo’maslik;
-investitsiya faoliyati ishtirokchilarining kreditga qobilligini baholash ishlari uning faoliyati samaradorligini, tovar va xizmat ko’rsatish bozoridagi, tarmokdagi holatini hisobga oluvchi uslubiyot bo’yicha o’tkazilishi, bu borada rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarining tajribalaridan keng foydalanish zarur;
-investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asosnomasi sifatli va puxta ishlab chiqish uchun avvalo investitsiya loyihalari tashabbuskorlarini o’qitish ishlarini tashkil etish va faollashtirish, loyihalarning texnik-iqtisodiy asosnomasini ekspertizadan o’tkazish uslubiyoti buxgalteriya hisobi standartlariga, soliqqa tortish va loyihaviy tahlil qoidalariga muvofiq bo’lishi, loyihaviy tahlilning milliy standartlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir;
-investitsiya loyihalarini tashabbuskorlarining tijorat banklari bilan o’zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlarini yanada rivojlantirish maqsadida bank tizimi bilan qarz oluvchilar manfaatini integratsiyalashda o’zaro munosabatlarni ikki tomonlama ishonch va shartnoma asosida qurish;
Yuqorida ko’rib o’tilgan vazifalarni imkon qadar tezroq va samarali o’z echimini topishi, nafaqat, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashda, balki davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holatini va aholining farovon hayot tarzini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |