"Himoyaga tavsiya etildi" Pedagogika-psixologiya fakulteti dekani dots. B



Download 77,79 Kb.
bet6/10
Sana13.07.2022
Hajmi77,79 Kb.
#791962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi 1

Ota-onalarning ayrimlari: “Sport bilan doimiy shug’ullansa bo’lgani, farzandimning bekorchi ishlarga vaqti bo’lmaydi. Askincha, salomatligi ham mustahkamlanadi”, deb xotirjamlikka beriladi. Lekin bolasining o’zi sport to’garagiga qanday maqsad bilan borayotganini, u erda unga nimalar o’rgatilayotgani va atrofidagi do’stlari kim ekani ota-onalarga qorong’u bo’ladi.
Oilaviy totuvlikning kaliti - oila a'zolarining o’zaro munosabatlarida, bir- birini yaxshi bilishida. Ota sport va jismoniy tarbiya orhali bolasini to’g’ri tarbiyalashi, salomatligini muhofaza qilishi uchun uning kundalik hayotini yaxshi bilishi zarur. O’g’lining sport bilan shug’ullanish davomida gavda tuzilishi, fikrlashida kuzatilayotgan o’zgarishlarni tahlil qilishi foydadan xoli emas.
Ayrim o’smirlar tezroq kamolga etib, mushaklari birdan kuch - quvvatga to’lib, qaddu qomatini ko’chalarda ko’z-ko’z jqilib yurishni istashadi. Buning uchun och-nahor bo’lsa-da, kimyoviy preparatlar va salomatlik uchun jiddiy xavf tug’diruvchi vositalarni sotib olib, tana a'zolari uchun foydalanadi. Uning qaddi qomati sun'iy go’zal bo’lishi mumkin, ammo natijada, oshqozon, jigar, buyrak singari o’ta muhim ichki organizmlari zo’riqadi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yuqoridagi o’ta ta'sirchan kimyoviy vositalardan foydalangach, quvvat va vitaminlarga boy ovqatlardan to’yib iste'mol qilish talab etiladi. Ammo preparatga bazo’r pul topgan o’zboshimcha o’smir faqat uyiga kelibgina tuzukroq ovqatlanishi mumkin. Shu tariqa o’z vaqtida nazoratga olinmagan bola xayoliy orzularga berilib, biror jiddiy kasallikka yo’liqadi va oilasiga ham tashvish tug’diradi...
Ana shunday salbiy oqibatlarni oldini olish uchun maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan to’g’ri shug’ullanishga o’rgatish lozim.

  1. Jismoniy tarbiyani sog’lom turmush tarzini ommaviylashidagi
    va yoshlarni zararli odatlardan xolis qilishidagi ahamiyati


Sog’liqni yaxshilash, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, jamiyatimizni rivojlantirishning muhim qismi hisoblanadi. Ammo bu muammoning echimi bir qator qiyinchiliklar bilan bog’liq bo’lib, bu muammoni o’rganishga yondashishda yagona harakat dasturini yo’qligidadur.
So’nggi yillarda bu boradagi erishilgan natijalar asosan “turmush tarzi” kategoriyasida sog’liqni rivojlantirish mexanizmini tadqiqot qilish bilan chegaralanib qolindi. Bu sohada ilmiy ishlar olib borilganligi uchun ham, inson hayotini uzaytirish, uni turmush tarzini har tarflama o’rganish, sog’liqni rivojlantirish bir qancha fanlarning yutug’iga bog’liqdir.
qilingan ishlarni ta'kidlash bilan undagi kamchiliklar, eng muhimi sog’lom turmush tarzini shakllanish mexanizmiga tarixiy jihatdan haralib, baho berilmaganligi, har bir millatni milliy va regional jihatlarini inobatga olinmaganligi asosiy kamchiliklardandir.
Markaziy Osiyo xalqlari o’zining o’tmish tarxi bilan, o’ziga xos turmush tarzi bilan taniqlidir. Turli millatga mansub bo’lgan xalqlarning turmush tarzi ularning madaniyati bilan, ko’p qirrali xayot faoliyati bilan xarakterlidir. Xayot faoliyatining muhim qismi, sog’lom turmush tarzini ananalari va o’ziga xos milliy xususiyatlari bilan bog’liqdir.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni sog’ligini ximoya qilish va ularni sog’lom turmush tarziga o’rgatishga bolalar bog’chasida “Bolajon” dasturini bajarish orhali erishiladi. Afsuski yuqorida qayd qilingan ish formalari va targ’ibot vositalari sog’lom turmush tarzini turligicha joriy qilishda ayniqsa bolalarga sog’lom turmush tarzini o’gatish sohasida etarli deb bo’lmaydi.
Ko’pchilik ilmiy tadqiqotlarning isbotlashicha bolalarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish aniq tashkiliy struktura orhali amalga oshiriladi. Buni taxminan quyidagicha keltirish mumkin:
Birinchidan - bolalar sog’ligini ximoya qilish va ularga sog’lom turmush tarzini o’rgatishda o’qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar olib boradigan ishlar:
Ikkinchidan - gigienik tarbiyani amalga oshiruvchilar oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab, maktabdan tashhari idoralar:
Uchinchidan - shu sohadagi kadrlarni tayyorlab beruvchi idoralar: To’rtinchidan - esa sog’lom turmush tarzini amaliyotda boshqarib turish. Shu keltirilgan tashkiliy tuzilma bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan sog’lom turmush tarzini joriy qilishning amaliy natijalarini ko’rish mumkin.
To’rtala tizimda ham keltirilgan idoralar, tashkilotlar faoliyati boshqarish shakliga buysunadi. Ammo bu sistemadagi “oilalarning” bolalarni tarbiyalashdagi funktsiyasi katta bo’lishiga haramay shu idoralar va tashkilotlar bilan uning bog’liqligi, tarbiya sohasidagi funktsiyani bajarishi boshqaruvga va ma'lum o’lchov mezoniga ega emas. Aholining katta yoshli kishilar ba'zilari bolalarni sog’lom o’stirish, gigienik tarbiyalash qoidalari va yo’l-yo’riqlari haqida etarlicha bilimga va tasavvurga ega emas. Bu esa oilaning bolalar sog’liqini himoya qilishdagi faoliyatini aks ettiradi. hamma oilalarda oila a'zolarining sog’lom turmush tarziga munosabati birinchidan bolalarni sog’liqini himoya qilish bilan ifodalansa, ikkinchidan hamma oila a'zolarining jumladan bolalarning salomatligi yaxshi bo’lishi orhali turmush tarzini barcha qirralari ya'ni ma'naviy va sotsial qiymatning yaxshiligi bilan ifodalanadi. Bolalarni sog’liqini himoya qilishda oila asosiy g’amho’rlik qiluvchi bo’lsada, uning bolalar tarbiyasiga daxildor bo’lgan barcha idoralar bilan hamkorligi yaxshi yo’lga qo’yilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki yuqorida aytganimizdek hamma oila a'zolari sog’lom turmush tarzini tashkil qilishda etarli tushunchaga ega emas.
Bizning tushunchamizda oilada sog’lom turmush tarzini ta'minlash uchun quyidagilar zarur bo’ladi. Bular etarli moddiy turmush sharoiti ya'ni har bir oila
Л
a'zosi uchun normadagi joy xajmi kvartira m , ijtimoiy turmush shart-sharoitlari ya'ni suv isitish sistemasi, etarli xo’jalik jihozlari, bolalar uchun ovqatlanish va dam olish xonalari, oila a'zolarining ishlab chiqishdagi ishtirok etish darajasi, etarlicha bo’sh vaqt va hakozolar. Ana shu moddiy ijtimoiy turmush shart- sharoitlari mavjud bo’lganda bundan to’g’ri foydalanish sog’lom turmush tarzi uchun har bir oila a'zosining bilim saviyasi va malakasiga bog’liq. O’zbekistonda turmush sharoitining milliy xususiyatlarining bir ko’rinishi, ko’pchilik oilalarda yuqorida keltirilgan imkoniyatlarni yo’qligi va qishloqlarda, ba'zi joylarda shaharlarda ham davlat idoralari tomonidan turmush tarzini yaxshilashni zarur shart-sharoitlarini yaratilmaganidir.
Sog’lom hayot tarzi - inson hayot tarzining tarkibiy qismi, u umuminsoniy tarbiyada, shaxsni uyg’un rivojlanishida, har tomonlama kamol topishda muhim rol uynaydi. Shunday ekan sog’lom bo’lish san'ati salomatlikni ta'minlaydigan, amalga oshiradigan butun bir sharoitlar majmuasi hisoblanadi. Ya'ni bu sharoitlar - mehnat va dam oilshni to’g’ri navbatlashtirish, sog’lom turmush, to’g’ri ovqatlanish qoidalariga amal qilish, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishdan iboratdir. Xayotning barcha sohalariga jismoniy tarbiya va mehnat tarbiyasining gigienik asoslarini keng miqyosida qo’llamay turib, shaxsni har tomonlama shakllantirib bo’lmaydi.
Sog’lom turmush tarzining asosiy bo’lgan dam olishni to’g’ri yo’lga qo’yish, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish, ovqatlanish qoidalariga rioya qilish va gigienik sharoitni yaxshilash haqida yoshlarga maktabdan boshlab ma'lumot berish, bu sohada ularda etarli tasavvurlarni hosil qilish davlat tomonidan tuzilgan rejalarda ko’zda tutilgan.
Xuddi shunday ma'lumotlar bu sohadagi targ’ibot ishlari o’rta maxsus bilim yurtlarida va oliygohlarda olib boriladi. Katta yoshli kishilar uchun mamlakatimizdagi chihariladigan turli gazeta va jurnallarda doimiy ravishda ma'lumot berilib boradi. Bundan tashhari har yili bir necha minglab ilmiy ommabop kitoblarda, bilim jamiyatining sog’liqni himoya qilish seriyasida chihariladigan oylik jurnallarida va har kungi gazetalar sahifasida bu haqda ko’p foydali fikrlar yoritiladi. Bu qo’llanmalarda turli yoshdagi kishilarni sog’liqini himoya qilish va mustahkamlash sohasida fikr yuritiladi, qimmatli maslahatlar berib boriladi. “Saodat” va “Sixat salomatlik” jurnallarida sog’lom turmush tarzining asosi bo’lgan to’g’ri dam olish, ovqatlanish va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishning yo’llari haqida takliflar berib boriladi. Shunga haramasdan ko’pchilik aholi sog’lom turmush tarziga rioya qilishga, uni yoshlarga o’rgatishda, ayniqsa oila odat tusiga aylantirishga e'tiborsizlik bilan haraydilar.
Ayniqsa respublikamizning qishloq a?olisida, ba'zi hollarda shaharlarda ham sog’lom turmush tarziga o’rgatishning eng oddiy yo’llariga e'tiborsizlik bilan harashni uchratish mumkin. Bu ishda xotin-qizlarning faol bo’lishi, ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ularni bu sohadagi tushunchasi juda muhimdir. Ko’pchilik onalarda bolani yoshlikdan chiniqtirish, to’g’ri ovqatlantirish, kun rejimiga rioya qildirish malakalari etarli emas. Masalan: maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni xaftada 2-3 marotaba yuvintirish, kiyimlarini almashtirish, ovqat eyishdan oldin qo’llarni sovunlab yuvish, oyoq va qo’llarini doimo toza tutish, o’tirganda, yotganda gavdani to’g’ri tutish kabi talabalarga rioya qilmaslik, yana shuningdek uxlash vaqti va turish vaqtini ma'lum soatga asoslab rejimga o’rgatish, ovqatlanish normalariga, ovqat tarkibiga, turlariga e'tibor qilmaslik sog’lom turmush tarzini joriy qilishga salbiy ta'sir qiladi. Bu sohadagi kamchiliklarni tugatish kelajakni, jamiyatni sog’ligini ta'minlash demakdir.
Yuqorida aytilgan to’g’ri ovqatlanish, dam olish, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishlar har biri o’ziga xos qoidalarga rioya qilishni talab qiladi.
Oilani bularni xayotga tatbiq qilishdagi roli juda muhim.
Yuqorida bolalarni sog’lom turmush tarziga o’rgatishda onalarning vazifasi haqida misol keltirildi, bu masalada oilaning barcha a'zolarining ishtirok etishi ahamiyatlidir. Ayniqsa oilada otalar bu sohadagi o’zining shaxsiy ibrati bilan yoshlarga o’rnak bo’lishi kerak.
Misol uchun: ba'zi xollarda otalar sog’liqni himoya qilish uchun va har tomonlama mustahkam rivojlanishi uchun o’z tajriba va bilimga suyanib masla?at bersa, boshqa bir hollarda bolalarga bu haqidagi maqollar, qiziqarli sahifalarni o’ib berish, rivoyatlar xikmatli so’zlarni misol keltirishlar mumkin. Bolalarni jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga, jismoniy mehnat qilishga, hamkorlikda sayr va uyinlar qilishda otalarning tashabbusini ahamiyati kattadir. Lekin kuzatishlar va ilmiy axborotlar shuni ko’rsatadiki yoshlarni ko’pchiligi zararli odatlarni ya'ni chekish, ichish, normada ortiqcha uxlashni va boshqalami otalaridan yoi onalaridan o’rganishada.
Sog’lom turmush tarzi uchun zid bo’lgan shu kabi odat va ko’nikmalarni yo’qotish uchun ota-onalar bilan, oila bilan, ko’pchilik jamoat tashkilotlari ish olib borishi maqsadga muvofiqdir. Bulardan maktabgacha tarbiya muassasalarida, umum ta'lim maktablarida, pioner saroylarida, bolalar va o’smirlar maktablarida ibratli oilalar vakillaridan tashkil topgan ota-onalar kengashlarida bir qancha foydali ishlarni amalga oshirish mumkin. Shu kabi bolalarni sog’lom jqilib tarbiyalash uchun oila bilan turar joylarda, mahallalarda tuzilgan kengashlar, turar joylardagi uchastka xamshira va vrachlari, bolalar klinikasi vakillari, bolalar va o’smirlar bo’yicha ishlovchi ichki ishlar inspektorlari, maktablarning jamoat tashkilotlari, oliy o’quv yurtining talabalari tomonidan tuzilgan pedagogik otryadlar va boshqa bir qator shunga o’xshash jamoat tashkilotlari ota-onalar o’rtasida maktab yoshdagi va maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar bilan tarbiyaviy ishlar yo’lga quygandagina sog’lom turmush tarziga rioya qilishda muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.
har bir mamlakatning o’z urf-odatlari, an'analari, udumlari bor va ular o’sha millat uchun bebaho qadriyatlar hisoblanadi. Bu mo’tabar tushunchalarning paydo bo’lishi kishilik jamiyatining shakllanish jarayonlari bilan chambarchas bo g’lanib ketgan. Demak, qadriyat bilan aloqadar bo’lgan mazkur milliy tushunchalar juda qadim-qadimdan ildiz otib, halb qurimiz, shuurimizga singib, milliy ahloq - odobimiz, tarbiyamizda o’zga halqlar, millatlarga o’rnak bo’lsa arzigulik odobnoma bo’lib kelgan.
Boshqa millatlarda bo’lgani kabi o’zbek millatida ham asrlar osha yashab, ahloqiyva ma'naviy tarbiyamizda poydevor bo’lib kelgan qadriyatlarimiz muayyan davrlarda susaydi, takomillashmadi. Rostini aytish kerak, qadriyatimizning toptalishi, izdan chiqishi sho’ro tuzumini “mustahkamlash” yillarida avj oldi. Faqat respublikamiz mustaqillikka erishuvi natijasida ular qayta tiklandi. Bu qadriyatlar yosh avlod, ayniqsa talabalarimiz halbi va shuuriga ham singib borayotganligini barchamiz guvoh bo’lib turibmiz.
Farzandlaming ota-onaga hurmati Sharqda hamma vaqt juda yuqori bo’lgan. Ulaming o’zaro munosabatlari biz yuqorida ta'kidlaganimiz - milliy qadriyatlarimizning yuksak namunasidir. Farzandlar yoshligidanoq otasiga suyanib, onasining allasini tinglab, ularning mehriga qonib voyaga etganlar. Ular ko’ngliga mehr ona suti bilan kirgan, hazrat Navoiy aytganlaridek, onani oy, otani quyosh deb bilganlar. Ota-onaga bo’lgan bunday izzat-hurmat oilada shakllangan.
Oilaga bunday jiddiy e'tibor berilishi bejiz emas. Oila va jamiyat o’zaro bog’langan, Oila-jamiyatning tarkibiy qismi. Jamiyatning barcha yutug’, kamchiliklari, ziddiyatlarini ko’ruvchi muqaddas makon. U inson zotini, uning avlodini davom ettirish manbai. Ota-ona, oila bolalarni tarbiyalash va ularni jismonan hamda aqlan kamolotga erishuvi uchun mas'uldirlar. Bizning demokratik huquqiy davlatimizning ravnaqi oila farovonligi bilan bog’liq. Binobarin, oila - bizning xalqimiz uchun millatning ko’p asrlik an'analariva ruhiyatiga mos bo’lgan g’oyat muhim hayotiy qadriyatlaridan biridir.
Oila shaxsiy va ijtimoiylik birligidan iborat. Uning shaxsiyligi, nisbiy mustaqilligi har bir oilaning o’z maqomi borligi bilan xarakterlanadi. O’z taqdirini o’zi belgilaydi, unga birov tashharidan zo’rlik bilan aralasha olmaydi. Shu ma'noda, oila ijtimoiy xodisa bo’lib, unga ijtimoiy institut, ijtimoiy guruh deb harash mumkin. Uning manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan mos tushadi. Oila ijtimoiy foydali funktsiyalarni bajaradi, o’z a'zolarining jismoniy va ahloqiykamoloti haqida hamxo’rlik qiladi.
Ota-ona, farzandlar orasidagi alohalar oilaviy munosabatlarning muhim tarkibiy qismidir. Chunki, farzandlar bo’lgandagina oila to’la sotsial va shaxsiy ma'no kasb etadi. Ota-ona va farzandlar orasidagi munosabatlarning ahloqiyva pedagogik jihatlari orasida farq borligini ta'kidlash kerak. Birinchi jihati: ota-ona va farzandlar orasidagi muomala, ikkinchi jihati - ota-onaning bolani
tarbiyalashdagi tamoyillari, uslub va vositalari majmuasi; birinchisini etika, ikkinchisini pedagogika fanlari o’rganadi. Istiqlol sharofati bilan oilaviy
munosabatlarda yuz bergan muayyan o’zgarishlarni kuzatish mumkin. Bu o’zgarishlarining zamini jamiyat va oilaning iqtisodiy asosi tubdan o’zgarganligi, ijtimoiy mulk o’rnini xususiy mulk egallay boshlanganligi bilan bog’liq. Bu o’rinda mulkka egalik hissiyotining tiklanganligini ta'kidlab o’tish kerak.
Oila a'zolari va farzandlari oila mulkini ko’paytirishdan, oilaning boy va farovon bo’lishidan manfaatdor bo’lib qoladi. Ilgari mulk ijtimoiy bo’lgan davrlarda farzandlar ko’proq ota-onaga haram edilar. Ularning fuharolik etukligi ham cho’zilib, uzoq davom etardi. Hozirgi yoshlar biznes va fermerlik bilan shug’ullanishdan, o’z iqtisodiy bilimini oshirishdan manfaatdor bo’lmoqdalar bu holat oilaning iqtisodiy quvvatini mustahkamlashga imkon berayotir. Oilada qizlarning tarbiyasiga alohida e'tibor berish imkoniyati vujudga kelayotir. Pensiya, nafaqa, ijtimoiy yordam, tibbiy sharoitning yaxshilanishini, onalar haqida hamxo’rlik, ularning bo’sh vaqtlarini ko’payishi, iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi farzandlar tarbiyasiga ko’proq e'tibor berishga imkoniyat yaratmoqda.
O’zbekiston Konstitutsiyasiga ota-onaning o’z farzandlar oldidagi burchi aniq jqilib yozilgan. Ota-onalar o’z farzandlarini ular voyaga etgunga qadar boqishlari va tarbiyalashlari kerak. Baloqatga etgan va mehnat faoliyatini yo’qotmagan bolalar o’z ota-onalari haqida hamxo’rlik qilishga majburdirlar kabi moddalar shular jumlasidandir.
Ota-onalarning farzand oldidagi burch haqida sharqona tarbiyaning yozilmagan qonunlari ishlab chiqilgan. Bunga ko’ra, ota-ona farzand tarbiyasi bobida kechikmasligi, chahaloq tug’ilgan vaqtdan boshlab uning tarbiyasi bilan shug’ullanish kerak, ota-bobolarimiz aytishicha, bola tarbiyasi yo’rgakdanoq boshlanishi lozim. Ona allasi ham chahaloni go’dakligidanoq ohang nafisligiga, ona mehriga o’rgatadi. Binobarin, tarbiya onalar allasidan boshlanadi.
Bozor iqtisodi tobora chuqurlashib borayotgan hozirgi sharoitda oila a'zolari o’rtasida mehr-oqibatni saqlab qolish juda muhim ahamiyatga ega. Bunda, albatta oilaning ma'naviy va huquqiy asoslari mustahkam bo’lishini, ota-ona va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilash chora-tadbirlarini ko’rish kerak, deb hisoblaymiz.
Barkamol avlodni tarbiyalash avvalo oiladan boshlanadi. har tomonlama kamolga etgan ma'nan boy, axloqan pok va jismonan sog’lom bolalarni tarbiyalashdek qiyin va murakkab vazifa ilk bor oilada shakllantiriladi. Bola aziz bo’lganidek, uning tarbiya odobi, hulq atvori zamonamizga mos barkamol etuk kishi bo’lib etishishi uchun hamma vaqt muhim dolzarb masala bo’lib qolgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qolaveradi.
Zero oilada, sog’lom turmush tarzini yaxshi tashkil etilishi, ya'ni uning tarkibiy qismi hisoblangan mehnat, dam olish, to’g’ri va oqilona ovqatlanish, o’quv mashg’ulotlari, o’yinlar, sayr qilish, madaniy hordiq chiharish kabilar oilada ichki tartib - intizomi vujudga keltiradi. Shuning uchun har qanday vaziyatda va sharoitlarda ham oilada yaxshi munosabatlarni saqlashga harakat qilish lozim. Chunki oilada sog’lom muhit bo’lmas ekan, bola tarbiyasida er-xotin o’rtasidagi munosabatlarda, oilaning boshqa a'zolari o’rtasida hamjihatlik va totuvlik bo’lmaydi. Bu esa o’z navbatida oilada har xil ko’ngilsiz voqea xodisalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi hamda sog’lom turmush tarziga putur etadi. Oilada sog’lom muhit va o’zaro yaxshi munosabatlar mavjud bo’lsa - sog’lom turmush tarzi barharor bo’ladi.
Bola oila hayotida faol bevosita ishtirok etadi, shuning uchun bola tarbiyasi haqida gap ketganda avvalo, bu borada ota-onaning bola oldidagi obro’si, namunasi oiladagi urf-odatlar, rasm-rusumlar a'analar naqadar katta ahamiyatga egadir. Farzand umr chirog’i bo’lishi bilan birga kelajak orzu-umidimiz, suyangan tog’imiz keksalik va qarigan chog’imizda kuch-quvvatimiz va madadkorimiz bo’lishini istaymiz.
O’zbek milliy urf-odatlarimizga ko’ra ko’pincha bolalarning tabiatiga baho berilganda uning ota-onasi bobo buvilaridagi mavjud bo’lgan xislatlariga nisbatan baholanadi. Xalqimiz “Qush uyasida ko’rganini qiladi” yoki “Ha, umridan baraka topsin ota-onasiga tortibdi” deb bekorga aytmaydi. Har bir ota-ona bolalariga xalollik, rostgo’ylik, kamtarlik, himmatlilik, samimiylik, xushmuomalalik, shirinsuxanlik, sharm xayo, burch, insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, chidamlilik, adolatparvarlik kabi yaxshi ijobiy xislatlarni bolaligidan boshlab singdirishi lozim. Shunda u ulg’aygan sayin oriyatli, nomusli, xushmuomilali, samimiy odobli, hamfikr, do’st, bemorlarga xamdard va yuqorida keltirilgan
yaxshi ijobiy xislatlar va go’zal sifatlarning shakllanishida hamda barkamol insonning ahloqiy poklikka erishishida katta yordam bergan bo’ladi. Buning uchun ota-ona farzandini ezgu-maqsadga intiluvchan, kattalarni e'zozlaydigan,
xurmatlaydigan kichiklarga muruvvatli, saxovatli, izzat qiladigan, o’qish, ishda matonatli, qat’iyatlik, irodali, tashabbuskor, uyushqoq, sabr toqatli
qiyinchiliklardan qo’rqmaydigan insonlar qilib tarbiyalashi kerak.
Binobarin bola tarbiyani oila muhitida olar ekan avvalo ota-onaning o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerak va yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda sog’lom ma'naviy madaniy ijtimoiy muhitni yaratishlari shart:
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, bola tarbiyasi oila, maktab, mahalla, jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilmas ekan, tarbiyada ko’zlangan orzu- maqsadlarga erishish qiyin bo’ladi. Oilada maqsadga muvofiq tarbiya olgan bola maktabda barkamollashadi, ta'lim olib o’z ma'naviyati va madaniyatini yuksaltiradi.
Sog’lom turmush tarzini tashkil etishning etakchi printsipi yoshlarda ichki nuqtai nazarni shakllantirish, o’z shaxsiy salomatligini muhofaza qilish uchun maqsadga yo’naltirilgan faoliyatni aniqlashdan iborat. O’smirlar tanlaydigan hayo tarzi o’zlari haqida tasavvurlar va qadriyatlarga asoslanadi. Bu ijtimoiy nuqtai nazar moslashuvchan xulq-atvor bilan belgilanadi. Salomatlikni muhofaza qilish sohasida muvaffaqiyatli faoliyatni ko’rsatishni ta'minlaydi. Hozirgi zamon fanida turmush tarzi individning ichki va tashqi integral hayoti sifatida ko’rib chiqilmoqda. Insonning o’z-o’zi va tashqi muhit bilan munosabati yagona bir sistema sifatida namoyon bo’ladi. Tabiiy resurslar insonning salomatligini muhofaza qiluvchi foydali vositalar hamda zararli jihatlar ko’rinishiga ega. Insonga ijobiy ta'sir qiladigan turmush tarzi sog’lom turmush tarzi deb ataladi.
Bugungi kunda ayon bo’lmoqdaki, nosog’lom turmush tarzi o’smirlarning noijtimoiy xulq-atvori tufayli vujudga kelmoqda. Bu asabga faol ta'sir qiluvchi narsalarning zararlari haqida yoshlarni ogohlantirish orhali bartaraf etiladigan holatdir. Bunday holatlar yoshlar ongida teskari pedagogik ta'sir ko’rsatadi va ularda negativ holatlarni identifikatsiyalash imkonini beradi. Agar shu ma'noda shaxs rivojlanishi, uning yosh xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlarda kattalar biron narsadan ogohlantirilsa va qandaydir harakatni taqiqlasa, ruhiyatga faol ta'sir qiladigan narsalar yoshlarning ko’proq e'tiborini jalb qila boshlaydi.
Shaxsiy turmush tarzini aniqlash-ongning mahsulidir. Shunga ko’ra pedagoglar anglab etishlari kerakki, giyohvand moddalar, ularning zarari haqida ogohlantirishning o’zi bugungi kunda yoshlar orasida sog’lom turmush tarzi muhitini saqlab qolishda etarli emas. O’smirda shaxsiy tasavvur, mustahkam nuqtai nazarning shakllanishi doimiy pedagogik yordam ko’rsatishga kasbiy jihatdan tayyor bo’lgan pedagoglarning muhim vazifalaridandir. Pedagoglar o’quvchilar bilan o’zaro muloqot qilish sistemasini yarata olishlari kerak. Ular bilan o’zaro munosabat o’rnatish asosida muloqot maydonini vujudga keltirishi lozim. O’zi uchun moslashuvchan, ongli nuqtai nazarni haror toptirishlari kerak. hamkorlikdagi faoliyatning shakli, mazmunini tarkiblashtirishlari zarur. Natijada etakchi bashorat qilingan ijobiy natijaga erishish nazarda tutiladi.
Sog’lom turmush tarzini aniq me'yorlar, qoidalar, talablar, o’zini qulay va yuqori darajada xis etish imkoniyati sifatida tushuniladi. Boshqa so’z bilan aytganda, bu nafaqat organizmida kasallikning barham topishi, nooptimal jismoniy, ruhiy - hissiy, funktsional holati, faol harakat, to’g’ri ovqatlanish, izchil chiniqish, maxsus mashqlar bajarish, nafas va asab sistemalarining mustahkamlanishidan iboratdir. O’quv muassasasida jismoniy ham ijtimoiy- psixologik holatning vujudga kelishidan iborat bo’lib, o’quvchilar salomatligini mustahkamlashga yo’naltiriladi. Bunda ta'lim jarayonining barcha sub'ektlari uchun axborot olish imkoniyatining kengashi muhimdir.
Jamiyatda shunday mutaxassislarga nisbatan ijtimoiy ehtiyoj tug’iladi. Pedagoglar shaxsiy salomatlikka nisbatan aniq mavqeiga ega bo’lishlari lozim. Shuning uchun ham u o’z salomatligini mustahkamlashning faol imkoniyatlarini izlashi zarur. Buning uchun pedagogning o’zi salomatlik, sog’lom turmush tarzi afzalligiga ishonch hosil qilishi va salomatlikni saqlash texnologiyalarini egallagan bo’lishi kerak.
Oliy pedagogik ta'lim berishga ixtisoslashgan o’quv muassasalari o’quvchilar salomatligiga aloqador bo’lgan muammolarga e'tibor qaratadi. Davlat ta'lim standartlarida tibbiy-pedagogik fanlar uchun alohida blok ajratilgan. Bu o’quv fanlari odam anotomiyasi, fiziologiya, bolalarda uchraydigan asosiy yuqumli va surunkali somatik kasalliklar haqida ma'lumot beradi. Shu bilan bir qatorda bu sohadagi amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga etarlicha e'tibor haratilmayapdi. O’smirlar jismida ko’proq uchraydigan kasalliklarning oldini olishga alohida e'tibor haratish talab qilinmoqda. Buning uchun ularning gigienik ta'lim-tarbiyasi jarayonida ishtirok etish lozim. Pedagoglar tayyorlash bo’yicha davlat ta'lim standartlari salomatlikka yo’naltirilgan tadbirlarning samaradorlik darajasini baholashni nazarda tutmaydi va salomatlik madaniyati ko’rsatkichlarini o’zida mujassamlashtirmagan.
O’smirlar organizmida uchraydigan kasalliklarning oldini olish va ularning salomatligini mustahkamlash masalasiga alohida e'tibor haratish kerak. Ta'lim jarayonida o’quvchi shaxsini individuallashtirish shuni ko’rsatdiki, ularning salomatligini mustahkamlashga e'tibor kam bo’lmoqda.
Bugungi kunga kelib ta'lim muassasalarida o’quvchi salomatligini mustahkamlashga yo’naltirilgan kompleks dasturlari bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lgan pedagoglarni tayyorlash dolzarb masalalardan biridir.
Pedagoglar uchun sog’lom turmush tarzi muammosi alohida dolzarblik kasb etadi. O’quvchining o’ziga xos mehnat faoliyati uzoq davom etadigan va sekin amalga oshadigan jarayon bo’lib, masalan, o’quvchining yozuv daftarlari ustida ishlash osteoxondroz, uzoq masofani yaxshi ko’rmaslik, umurtqa pog’onasining yog’ bosishi, nevroz kabi jiddiy kasalliklarni qo’zg’atadi. Bu muammolarni echish maqsadida ilmiy anjumanlar o’tkazilib, olimlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilishi lozim bo’ladi.
Sog’lom turmush tarzini amalga oshirish uchun ikki yo’nalishdagi ishlar taklif qilinadi. Birinchi - salomatlik darslarini o’tkazish: 1,5 soat davomida jismoniy tayyorgarlik darajasi hisobga olgan holda salomatlik holatidan kelib chiqib, kasbiy mehnat sharoiti bilan bog’liq tarzda musiqa jo’rligida va tomir urish o’lchovini nazorat qilish asosida amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda uyda mustaqil ishlash uchun tavsiyalar ham beriladi. Ikkinchisi - har ikkala vazifaning echimiga yo’naltirilgan seminar, ma'ruza-maslahat mashg’ulotlarini o’tkazish: o’qituvchilar, ota-onalar va halq ta'limining boshqa xodimlari uchun sog’lomlashtirish ishlari darajasini oshirish maqsadida ularning bilim, ko’nikma, malakalarini rivojlantirish jismoniy tarbiya hamda sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish maqsadida instruktor-metodistlar tayyorlash amalga oshiriladi.
O’qituvchining ruhiy salomatligini saqlashning muhim sharti sifatida tarang vaziyatni “bo’shatish”, ichki siquvlardan “qutilish” hamda o’zini erkin tutish muhim ahamiyatga ega. Muhim muammolardan biri - moyillik masalasining hal etilishidir. Salomatlikni muhofaza qilishga yo’naltirilgan muhitni vujudga keltirish uchun o’quvchilar, pedagoglar, halq ta'limi xodimlari, jamoatchilik hamda davlat tashkilotlari mutasaddilarining mayllarini shakllantirish muhimdir. Mayllar bajarilayotgan ishni foydali, qiziqarli, jozibador, muhim bo’lishini ta'minlab, uni ixtiyoriy bajarishga erishish imkonini beradi. Bugungi kunga kelib, shaxsiy salomatlikni muhofaza qilishga qaratilgan uchta model va uchta yondashuv mavjudligiga guvoh bo’lamiz.
Birinchi model - cho’chitish modeli. Bu model alkogol, giyohvand hamda chekishga berilgan kishilarni uning zararidan xabardor qilish orhali asoratlardan cho’chitishga asoslanadi. Bu model juda kam samara beradigan ta'sir vositasi hisoblanadi.
Ikkinchi model insonning aql-zakovatiga murojaat qilishga asoslanadi. “Agar sen aqilli bo’lsang, o’z salomatliging haqida hamxo’rlik qilasan, chunki salomatlik bu hali hammasi emas, lekin sog’liq bo’lmasa hech narsaga erishib bo’lmaydi”, - degan edi Suhrot. Bu model timsolida ob'ektiv statistik hisoblarga ega bo’lishi mumkin. Inson jismiga ta'sir qiladigan turli modellari taklif qilinadi. Bu model ko’proq inson shaxsiga yo’naltirilgan bo’lib, biroq ba'zi nuqtai nazarlarga ko’ra, o’sib kelayotgan yosh avlodning shaxsiy salomatligini muhofaza qilishga etarlicha asos bo’la olmaydi.
Uchinchi model hozirgi zamon ta'lim sharoitida salomatlikni muhofaza qilishga yo’naltirilgan mayllarni shakllantirish bilan belgilanadi. Ta'lim sistemasida quyidagilarsiz salomatlikni barharorlashtirish omillarini shakllantirish mumkin emas:

  • turli mutaxassislar - psixologlar, pedagoglar, vrachlar, valeologlarning o’quv predmetlariaro aloqadorligiga asoslangan faoliyati;

  • ta'lim muassasasida ishlovchi barcha mutaxassislarning bayonnoma asosida ta'kidlangan roziligini olish;

  • salomatlik tushunchasini ko’p tarmoqli tushuncha sifatida izohlash.

Bunday salomatlik tushunchasi o’zida jismoniy madaniyat, ovqatlanish
madaniyati, muloqot madaniyati, intim aloqa madaniyati, ahloqiyma'naviyat kabilarni mujassamlashtiradi valeologiyaning o’qitilishini tashkil etadi.
Ma'lumki, o’zbek oilasi bolajon bo’lib, oilaga voyaga etadigan farzandning yoshidan qat’iy nazar alohida e'tibor haratiladi. Ayniqsa, oilada sog’lom turmush tarzining tashkil etilishi kelgusida shu oilada voyaga etadigan farzandlarning ham ma'nan, ham jismonan voyaga etishlari uchun zamin yaratadi. Oila muhiti bolalarga ta'sir ko’rsatishi bilan birgalikda uni atrofidagi hayotga moslaydi. Jamiyatda esa bolalarni ma'nan va jismonan sog’lom jqilib voyaga etkazish, faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo’lib qolmasdan, balki ijtimoiy burchi ham sanaladi.
Shu jihatdan olganimizda oilada, har bir ota-onaning burch va vazifasiga oilada sog’lom turmush tarzini haror toptirish, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy barharorligi, farovonligiga erishish, oilada bilimli, aql-zakovatli barkamol avlodni voyaga etkazish bilan bog’liq masalalarga alohida e'tibor haratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularda mehnatsevarlikni tarbiyalashda oila, mahalla, ta'lim muassasalari va jamoatchilik muhiti katta tarbiyaviy ta'sir kuchiga ega. Chunki bola oilada mehnatga, hunar o’rgatilsa, tarbiyadan ko’zlangan maqsadga erishiladi.
Oila muhiti bola shaxsining shakllanishi va kamol topishida tabiiy shart- sharoit yaratadi. Oila nafosat, go’zallik, turmush va tarbiyaning boshlang’ich maktabi. Shuning uchun oilada ota-ona va boshqa a'zolarning yagona birligi bolaning estetik rivojlanishiga kuchli ta'sir etuvchi go’zallik tushunchasining asosini tashkil etadi. Oila turli xil estetik kechinmalarning asosi bo’lib, bu har bir insonning tabiatan ta'sirlanishiga imkoniyat beradi.
Bizga ma'lumki, oilada sog’lom turmush tarzini yaratish va unga amal qilish doimiy dolzarb masala ekanligi bilan hammaning diqqat markazida turadi. O’zbek oilalarida sog’lom turmush tarzini yuqori darajaga ko’tarish oilaning har bir a'zosi uchun ko’nikma va odat darajasiga aylantirish uchun quyidagilarga alohida e'tibor haratish maqsadga muvofiq. Jumladan, oila har bir ota-ona farzandlariga o’rnak va namuna ko’rsatishi, bolalarga yoshlikdan berilgan vazifani to’la bajarishga odatlantirish malakasini singdirishi, bola shaxsida fikrlar bilan birgalikda haror qabul qila olish, qat’iylikni shakllantirishi lozim. Bularni amalga oshirish uchun ularda madaniy gigienik ko’nikmalar (tishlarni doim tozalash, ovqatdan oldin albatta, qo’lni yuvish, doimo toza va ozoda bo’lib yurish va hakozolar) ni shakllantirib borish ham o’zining ijobiy natijasini bermay qo’ymaydi.
Oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirishda yana bir jihati alohida e'tibor haratish lozimki, bu oilani ma'naviy-ahloqiy jihatdan sog’lomlashtirishda yuqorida ta'kidlanganidek, ta'lim muassasalari va mahallaning oila bilan uzviy aloqada bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan haraganimizda muomalada ham ma'lum bir mezonlarga amal qilish muhimdir. Masalan, oila a'zolari, mahalladagi katta yoshdagi kishilar va ta'lim muassasalarida ustozlar bilan to’g’ri muomalada bo’lish, to’g’rilik xushfe'llik, bajara olmaydigan ishiga va'da bermaslik, ko’rkam xulq bilan munosabatda bo’lishi kabilar.
Xulosa o’rnida ta'kidlash mumkinki, yuqorida qayd etilgan masalalar mohiyatiga jiddiy e'tibor haratsak, oilada sog’lom turmush madaniyatini shakllantirishda o’zining ijobiy natijasini ko’rsatadi.
Aholi sog’ligini saqlash va turli kasalliklardan himoya qilish faqat, tibbiyot xodimlarining vazifasi, deb harasak xato qilgan bo’lamiz. Chunki insonlarda qachonki sog’lom turmush tarziga ongli munosabatni yuzaga keltirsakgina, sog’lom turmush tarzi madaniyatiga erishamiz. Demakki, bu jarayonda pedagog va ota-onalaming o’rni beqiyos.
Sog’lom turmush tarzi madaniyatiga erishish uzviy davom ettiriladigan bir qancha tarbiya tizimining insonga berib borilishini talab etadi. Inson ontogenizining dastlabki ilk bolalik davrida eng asosiy tarbiyaviy jarayon bu, bolada madaniy-gigienik ko’nikmalarni tarbiyalab borishdir.
Ma'daniy-gigienik ko’nikmalar oqilona ovqatlanish madaniyati va unda toza- ozodalikka rioya etish, oila a'zolari, yaqinlari bilan muloqotlarni to’g’ri tashkil eta olish, teri, soch, tirnoqlarni yuvish va toza tutish, gigienik vositalardan to’g’ri foydalanish, o’zining kiyimlari va poyabzallarini toza saqlashi va o’z joyiga taxlab qo’yishi, o’yinchoqlarini yig’ishtira olishi va qo’llarini yuvishi kabilar. Yuqorida keltirilgan madaniy-gigienik ko’nikmalarni tarbiyalashda turli vositalardan, sharoitlardan foydalanish ota-onalardan ma'lum qobiliyatlarni talab etadi. Xalq og’zaki ijodi namunalari ertaklar, rivoyatlar, hikoyalar, topishmoqlar, laparlar, sanamalar, qo’shiqlar, dostonlar, loflar, askiyalarda xalq turmushining tarxiy- ijtimoiy, iqtisodiy, ahloqiy- ma'naviy qirralari, an'ana, urf-odatlari teran aks etadi. Shuning uchun ham ulardan unumli foydalanib madaniy-gigienik ko’nikmalarini bolalarda tarbiyalash maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ongiga kuchli ta'sir etadigan xalq og’zaki ijodining turlaridan biri bu - ertaklardir.
Ertak - to’qima va uydirmaga asoslangan seqirli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan nasr shaklida yaratilgan. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani og’zaki tarzda hikoya qilish ma'nosini bildiradi. Ertaklar bolani quvonchli tuyg’ularga oshno etadi. Bola aqlini charxlaydi, tafakkurini boyitadi, faraz qilish qobiliyatini o’stiradi. Ushbu xususiyatlardan kelib chiqib ma'daniy-gigienik ko’nikmalarni ertak qahramonlarida gavdalantirish mumkin. Ertakni hikoya jqilib beruvchilar (ota-ona, tarbiyachi va boshqalar) uslubiga ko’ra ular ham o’z navbatida ikki turga: ijrochi va ijodkor ertakchilarga bo’linadi. Birinchi turdagi ertak aytib beruvchi eshitgan ertagini qanday bo’lsa, shunday holda aytib beradi.
Ikkinchisi esa eshitgan, o’rgangan ertaklarini ijro etmay, unga yangiliklar kiritadi, ertak mazmuniga ta'sir etmagan holda ta'sir kuchini oshiradi, eng muhimi tinglovchi dunyoharashi saviyasiga moslashtiradi. Ertaklar asosida bolalarda madaniy-gigienik bilimlarni berishda ikkinchi ertak aytuvchidan ijodkorlik talab etiladi. Ertakni bolaga aytib berish jarayonida ertak mazmunini buzmasdan, ertak qahramonlarida madaniy-gigienikko’nikmalarning mavjudligiga alohida urg’u berib, ertakni aytish davomida bolaga sodda savollar, masalan: “Toza, ozoda, odobli Zumrad yaxshimi yoki qo’llarini yuvmaydigan ishyoqmas qimmatmi?” kabi savollar berib borilsa, birinchidan, bolada taqqoslash uchun imkoniyat tuqilsa, ikkinchidan bola xotirasida uzoq saqlanishiga olib keladi.
Bolalar ikki yoshligidanoq ertaklarni qiziqish bilan tinlashadi. Shuning uchun ertaklarni aytish jarayonida bir qancha jihatlarga e'tibor qaratmoq lozim. Bular:

  • ertak mazmuni va hajmini tanlashda yosh va individual xususiyatlarni hisobga olishga;

  • ertak mazmunini buzmasdan ma,daniy-gigienik bilimlarni singdirishga;

  • ertakdan kelib chiqilgan holda savollar berib borishga;

  • bolada tug’ilgan savollarga o’z o’rnida javob berish kabilarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.

Sog’lom turmush tarzining asosi bo’lgan madaniy-gigienik ko’nikmalarni bolalarda tarbiyalash ishi dastlab oilada berilib, so’ngra, uzluksiz ta'lim turlarida davom ettiriladi. Bu esa bolani har tomonlama sog’lom avloddan jamiyat ham manfaatdordir.
Keyingi yillarda yoshlar ongida sog’lom turmush tarzi haqida tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish va shunga monand xulq-atvor egasi bo’lishga katta etibor berilmoqda. Bunda jamiyatning kichik bir bug’ini, asosiy negizi hisoblangan oilaning o’rni beqiyosdir. Chunki sog’lom oila jamiyatga sog’lom farzandlarni etkazib beradi. Bilimdon va barkamol shaxs avvalo oilada, jamoada so’ng esa jamiyatda shakllanadi. Darhaqiqat, “...oila hayot abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak avlodlar qanday inson bo’lib etishishiga bevosita ta'sir ko’rsatadigan
tarbiya o’chog’i ekanligini tan olishimiz darkor”, - deydi muhtaram prezidentimiz

  1. A.Karimov. Shunday ekan yoshlarni sog’lom turmush tarzi asosida tarbiyalashning ilk odimlari ham aynan oila quchoqida boshlanadi. Chunki oilaning moddiy ta'minlanganligi, oiladagi ruhiy mu?it, oila a'zolari o’rtasidagi samimiy munosabat, oilaning ham jismoniy ham ma'naviy sog’lomligini ta'minlovchi asosiy omil hisoblanadi.

Ma'naviyat insonlardagi yuqori darajadagi takomil topgan insonparvarlik sifatlarini yig’indisidir. Ma'naviyat insonni boshqa jonzotlardan farqlab turadigan omil, qadriyat “Inson barcha tirik mavjudodlarning gultoji, hayot guli” deyilganda uning yuksak ma'naviyat egasi ekanligi nazarda tutiladi. Shu o’rinda inson tabiatdagi barcha jonzotlardan farq jqilib turadigan ayrim jihatlarini ma'naviyatga bog’lab asoslashga harakat qilib ko’ramiz.
Ma'lumki dunyodagi jonzotlarning barchasi juft-juft bo’lib yashashga haqli.
Ammo ular orasida faqat insongina nikoh asosida birlashadi, oila ko’radi. Rasmiy nikohsiz dunyoga kelgan bola esa jamiyatda o’z o’rnini topa olmaydi, o’zini ma'naviy kamsitilgan his etadi. Bunday noma'qullik tuyg’usi unda jamiyatga zid xatti - xarakatlar qilishga moyillikni paydo qiladi. Jamiyatimizda bunday kimsalarning ko’payishi esa oramizda salbiy ijtimoiy maqomni (tekinxo’r, xudbin, firibgar, giyohvand, jinoyatchi, qotil) egallashga olib keladi, natijada jamiyat hayotini izdan chiharish xavfi ko’payadi.
Olamdagi barcha mavjudod va inson o’rtasidagi farqli tomonlardan yana biri shundan iboratki, dunyodagi barcha mavjudod nasl qoldirishni o’z biologik extiyojini qondirish maqsadida amalga oshirsa, inson o’z naslini uni davom ettirish, uni sog’lom, baqquvat, durkun, baxtli dunyoga keltirishni maqsad jqilib qo’yadi. Ming afsuslar bo’lsinki hozirgi kunda ba'zi ota-onalar o’zlarining ota- onalik burchlarini to’la-to’kis bajara olmayaptilar. Bola parvarishi uning tarbiyasini ta'lim muassasalari, davlatning zimmasiga yuklab qo’ymoqdalar.
Dunyodagi mavjudodlar va inson o’rtasidagi farqli tomonlaridan biri shundan iboratki, dunyodagi barcha jonzotlar yashash uchun oziqlanadi va bunda u topganini eydi. Uning uchun “o’zga xaqqiga hiyonat”, “halol” va “xarom” tushunchalari yo’q. Inson va o’z rizqini halol mehnati orhali topishga va farzandiga ham xalol luqma berishga intiladi. “Xaromdan hazar”, - deydi xalqimiz. Agar ota farzandiga nopok yo’llar bilan bilan topilgan xarom luqmani egizdirsa, unda xarom ishlarga moyillik uyg’onadi. Demak, farzandini xarom rizq bilan parvarish qilgan kishi uning ma'naviy kamolini ham xatar ostiga qo’yadi. Irsiyat buziladi. Sog’lom turmush tarzini shartlaridan biri ham sog’lom naslni saqlab qolishdan iboratdir.
Ma'naviyat egasi axli oilasini xalol rizq bilan boqishga mas'ul demak oilada sog’lom turmush tarzining boshlanishi ham halol rizq hisoblanadi deyishimiz o’rinli. Shunday jqilib, oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirishning tub ildizlari ham yuqorida sanab o’tilgan omillariga qonuniy nikoh, halol rizq, nasl taqdiri va sog’ligi uchun mas'uliyat asoslanishi bejiz emas.
Ma'lumki, har bir ota-ona o’z farzandini nafaqat jismonan ulg’ayishi balki, uning halbidagi insoniylik xislatlarini o’sib - ulg’ayishi, sermazmun bo’lishini tarbiyalash, farzandning hayotda o’z o’rnini topib, jamiyat uchun kerakli inson bo’lishini ta'minlashga ham ma'suldir. Go’dak dunyoga kelar ekan, unda ijobiy sifat kurtaklari (hayrixoxlik, ezgulik, ma'suliyat) bilan birga salbiy xislat kurtaklari (o’zini yaxshi ko’rish, o’zini boshqalardan ustun qo’yish, beg’amlik, beparvolik, yovuzlik, o’ch olish) ham mavjud bo’ladi. Unumdor urug’likning unib chiqishi uchun yaxshi tuproq, issiqlik, yorug’lik, namlik qanchalik ahamiyatga ega bo’lsa, inson ruhiyatdagi ijobiy sifatlarni uyg’otish, uni to’g’ri yo’nalishga solish, uni faqat insoniy tushuncha va tasavvurida balki hulq-atvorida namoyon bo’lib, xarakterining qirralariga aylanib qolishida oila muhiti, unda turmush tarzi, ota- onaning farzand tarbiyasida ma'suliyatni xis etishi, ularning pedagogik-psixologik savodxonlik darajasi asosiy xal qiluvchi shartlardan hisoblanadi.
Inson tuqilishidan uning jismida, ruhiyatida mavjud bo’lgan yuqoridagi ijobiy sifat va salbiy xususiyatlarni qanday sharoitga tushishi va rivojlanishiga harab inson yuksak ma'naviyatli bo’lib, yoki uning aksi bo’lib etishishi mumkin. Oilada ota-onaning vazifasi boladagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xususiyatlarni yo’qotish, yoki ularni ham yaxshilik yo’liga undashi kerak. Niholni qayoqqa egsak shu tomonga harab o’sadi. Uni to’g’ri parvarish qilish sog’lom fikrli inson bo’lib etishishi uchun ahamiyati katta.
Gudak dunyoga kelib tevarak-atrofdagilar bilan ijtimoiy munosabatni ibratni boshlaydi, ona ibrati, ota ibrati, aka va opalar ibrati, buvi va bobolar ibrati bilan vo?elikka o’z munosabatini bildiradi.
Yomondan yomonlikni anglab, undan qaytish ibrat, yaxshidan yaxshilikka anglab unga erishish ibrat. Ibrat ola bilish - ma'naviyat, ko’rib ibrat olmaslik - ma'naviy so’qirlikdir. Ammo ibrat tahlid emas. Ibratning o’rniga tahlid qilish dil ko’zining ko’rligidan darak beradi.
Ammo oilada tarbiya ko’rayotgan bola kattalarning barcha xatti-xarakatlari, o’zaro munosabatlari, atrofdagilarga bo’lgan muomalasiga ko’r-ko’rona tahlid qiladilar. Shu orhali bola oiladagi kattalarning yurish-turishi, nutqi, o’zini tutishidagi yaxshi va yomon tomonlarni ham o’zlashtira boradi. Bu dastlab bola xulqida ko’nikma tarzida namoyon bo’lsa, keyinchalik malakaga va bola xarakterining qirralariga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham ayniqsa bola shaxsi shakllanishining ilk davri hisoblangan oilada ijobiy psixologik muhit, samimiylik, o’zaro hurmat, mehr-oqibat, sog’lom ma'naviy muhit katta ahamiyatga ega. Ana shunday muhitda shakllangan shaxsning bag’ri keng, ma'naviyat yuksak, sof, tiniq fikrlaydigan, uzoqni tutib ish tutadigan, xis tuyg’ulari esa jamiyat, oila, davlat manfaatlari yo’lida anglangan barharor, kuchli boradi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shaxs ma'naviyatini shakllantirishda oiladagi sog’lom turmush tarzi quyidagi tamoyillarga asoslanishini maqsadga muvofiq deb bildik:

  1. Yashashdan maqsadni to’g’ri belgilash, hayotning moxiyatini anglab etish.

  2. Oiladagi har bir a'zo qadr-qimmatini har qanday boylikdan ustun qo’ya olish.

  3. Oila rizqining manbai halol mehnat, va faqat halol mehnat orhali bularga erishish.

  4. Farzand tarbiyasida uning ichki ma'naviy imkoniyatlari cheksizligiga ishonch hosil qilish va shu imkoniyatlarni yuzaga chiqishi uchun harakat qilish.

5.Oila tarbiyasida fisqu - fasodga, vayronakor g’oyalarga berilmaslik, g’iybat, kundalik tashvishlardan yuqori kutarila olish, irodali, sabr-qanoatli, mehr- muruvvati bo’lish.

  1. O’z naslini sog’lom bo’lishi, uning ilm - ma'rifati, kasb-korligiga ega, yuksak ma'naviyat egasi bo’lishida jonkuyarlik ko’rsatish.

  2. Oila sharoitida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy tarixiy merosni tiklash, e'zozlash, ularni yosh avlodga uzatishga xissa qo’shish.

Prezidentimiz “Yuksak ma'naviyat qudratli kuch” nomli risolalarida ma'naviyatga shunday tarif beradilar: “Ma'naviy-deganda avvalom bor odamlarni ruhan poklash, halban ulug’lashga chorlaydigan, ison ichki dunyosi, irodasi baqquvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli kuch”. Ana shunday qudratli kuchining manbai, asosi, o’zagi oiladagi sog’lom turmush tarzi hisoblanar ekan, har bir inson hoh u ziyoli bo’lsin, xox u uy bekasi bo’lsin o’z oila qo’rg’onining mustahkamligi, osoyishtaligi, to’kin-sochinligi, jismonan hamda ma'nan sog’lomligi uchun fidoyi, jonkuyar bo’lishi talab etadi. Ana shunday ma'suliyatli ammo sharafli vazifalarni ado etish barchamizning asosiy vazifamizdir.

  1. Bob. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazishda ta’limiy metodlarni qo’llash usullar.

2.1. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan ta’lim metodlari
turlari va ularning tavsifi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bolalarda harakat harakat ko’nikmalari, malakalari va jismoniy mashqlar haqidagi bilimlarni shakllantirishda mahim ahamiyatga ega bo’lgan ta'lim berish shaklidir. Bolalar jismoniy tarbiya mashg’ulotlari davomida “Bolajon” dasturi talablari asosida har bir chorak, xafta va kunlarga belgilangan jismoniy harakat turlarini mukammal o’rganib, mustahkamlab va takomillashtirib boradilar.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari samarali va metodik jihatdan to’g’ri o’tkazilishi uchun maktabgacha ta'lim muassasasi xodimi-tarbiyachi o’ta bilimli,tajribali va metodik jihatdan qurollangan bo’lishi lozim. Har bir mashg’ulot to’g’ri rejalashtirilgan, mashg’ulot ishlanmasi oldindan tuzilgan va maktabgacha ta'lim muassasasi metodisti bilan uslubiy jihatdan maslahatlashilgan holda tashkil etilishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari sport zalida yoki sport maydonchasida o’tkaziladi. Mashg’ulot o’tish joyi gigienik va metodik talablarga javob beradigan toza va ozoda saqlanadi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida ishtrok etuvchi bolalar tibbiyot xodimi nazoratidan o’tgan, sog’lom va sport kiyimlari (futbolka, shortik, sport oyoq kiyimi) kiygan xolatda mashg’ulotlarda ishtirok etadi.
Mashg’ulotda ishtirok etish jarayoni, mashg’ulotni tashkil etish va boshqarib borish tarbiyachidan etarli darajada ta'limiy metodlari qo’llashni talab qiladi.
Jismoniy mashqlarni mashg’ulotlar uchun tanlash programma asosida tuziladigan ish plani bo’yicha belgilanadi. Muayyan gruppa bolalari yoshini, har bir bolaning salomatligini, umumiy rivojlanish darajasini hisobga oluvchi prespektiv va kalendar planlar bolalar tomonidan egallangan xarakat ko’nikmalari, bolalarning individual-tipologik xususiyatlari, yil fasli, mashg’ulotlarni o’tkazish sharoiti, shuningdek, bolalaming avvalgi faoliyatini xisobga olishdan kelib chiqqan holda mashg’ulot vazifalari va konkret jismoniy mashqlar belgilanadi.
Navbatdagi mashg’ulot planini ishlab chiqishda oldingi mashg’ulotni sinchiklab analiz qilish qo’l keladi. Analiz jarayonida oldingi mashg’ulotda qo’yilgan vazifalarning amalga oshirilgan darajasi, bolalar reaktsiyasida namoyon bo’ladigan va mashg’ulotni hisobga olishda qayd etiladigan natijalar (barcha bolalar tomonidan va alohida holda yangi programma materiali o’zlashtirish darajasi; tanish harakatlarni egallashdagi progress yoki qo’shimcha mashqlar, engilroq variantlarni, birmuncha chuqurroq o’rganishni, bolalarni tashkil etish formasini o’zgartirishni, individual mashg’ulotlar va hokazolarni talab etuvchi u yoki bu qiyinchiliklar) aniqlanadi.
Oldingi va keyingi mashg’ulotlar o’rtasidagi uzviy aloqa, umumiy maqsadga yo’nalganlik mukammal sistemani ta'minlaydi. Bu tobora murakkablashib boradigan vazifalarni bajarishdagi aniq izchillikni, programmani o’tishni va shu asnoda har bir yosh gruppasidagi bolalar ta'limining natijalari muvafaqqiyatli bo’lishini belgilaydi. Oldingi mashg’ulot analizi asosida avvalo mashg’ulot asosiy qismining vazifalari: bolalarni yangi mashqlarga o’rgatish; oldindan tanish mashqlarni takrorlash va takomillashtirish (konkret jismoniy mashqlar ko’rsatiladi) belgilab olinadi. Shundan so’ng mashg’ulotning kirish va yakunlovchi qismiga mo’ljallangan mashqlar aniqlanadi.
Tarbiyachi, ayniqsa etarli tajribaga ega bo’lmagan tarbiyachi programmada berilgan metodik tavsiyalardagi jismoniy mashqlarni planlashtirish sistemasidan foydalanish mumkin. Ushbu tavsiyalarga ijodiy yondoshgan holda o’z gruppasidagi konkret sharoitga muvofiq planga zarur o’zgartirishlar kiritish mumkin. Ayni paytda mazkur ko’rsatmalar unga bolalarni programmaga ko’ra jismoniy mashqlarga sistemali o’rgatishda yordam beradi.
Tarbiyachi bolalarni uyushtirishning frontal, gruppaviy, individual kabi turli usullardan foydalanadi.
Frontal usullardan foydalanilganda bolalarga barcha uchun bir xil tarzda, bir vaqtda bajariladigan mashqlar beriladi. Frontal usulni mashg’ulotning istalgan qismida, ayniqsa bolalami yangi mashqlarga o’rgatishda yoki allaqachon tanish mashqlarni takomillashtirishda qo’llashi maqsadga muvofiqdir. Bu usul bolalarda harakat uyg’unligini tarbiyalashda, ularni barcha uchun barobar vazifalarni hal etishga birlashtirishda, tarbiyachining bolalar bilan bevosita aloqaga kirishishida, shuningdek mashg’ulotlarning motor zichligini oshirishda samaralidir.
Bolalar mashg’ulot detallarini o’rganish va aniqlash jarayonida navbati bilan harakat qiluvchi unga katta bo’lmagan gruppaga bo’linishi mumkin. Bunda tarbiyachi mashqning bir yoki ikki gruppa tomonidan bajarilishini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo’ladi, qolgan bolalar esa o’z o’rtoqlari harakatlarini kuzatadilar va tarbiyachini tinglaydilar.
Bundan tashhari mashqlarni potok usulida bajarishdan ham foydalaniladi, bunda barcha bolalar aynan bir mashqni navbatma-navbat, birin ketin, to’xtovsiz - potok usulida bajaradilar. Mashqlarni keng ko’lamda takrorlash uchun ularni bajarish ikki va uch potokda tashkil etilishi mumkin. Turli mashqlarni har bir bola tomonidan davra bo’ylab, stantsion tarzda izchil tartibda potok usulida bajarilishi foydali hisoblanadi (masalan, chambarak orasidan o’tish, skameykada qomatni tik tutib yurish, sakrab qo’ng’iroqchani chalish, chopish va yugurib kelib uzunlikka sakrash).
Jismoniy mashqlarni potok usulida bajarish usulini katta va tayyorlov gruppa bolalariga nisbatan qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bu usulning mashqlarni takomillashtirishdagi alohida ahamiyatga molikligi va ularni o’rganishda esa kam ahamiyatga ega ekanligini qayd etib o’tmoq lozim: potok harakatning
to’xtovsizligi tarbiyachiga ba'zan bolalar harakatdagi noaniqliklarni bartaraf etishda imkon bermaydi; u har bir bolani kuzatib boradi va bu vaqtda mashqlarni bajarilishini qisqa tarzda baholashi yoki ogohlantirishi mumkin. Shu bilan birga harakat - potok usulini ko’nikmalarni takomillashtirishda qo’llash bolalarda tezkorlik, epchillik, kuch, chidamlilik va fazoda mo’ljal olish kabi jismoniy sifatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Katta va tayyorlov gruppalarda gruppaviy usuldan foydalaniladi. U mashg’ulotda tarbiyachining bolalarni o’rgatish jarayoni va bolalarning avval orttirgan harakat ko’nikmalarini takomillashtirish bilan qo’shib olib borilgan hollarda qo’llaniladi. Bunda bolalarning bir gruppasi tarbiyachi rahbarligida biror- bir harakatga o’rgatiladi, ikkinchi gruppa bolalari (yoki ikkita katta bo’lmagan gruppa) esa bu vaqtda boshqa mashq turini mashq qiladilar (takroriy). O’zlariga avvaldan tanish, biroq turli mashqlarni (to’p o’yini, tirmashib chiqish, muvozanat saqlash va boshqalar), shuningdek ijodiy topshiriqlarni bajaradigan ikki yoki uch gruppa bolalar bo’lishi mumkin.
Tarbiyachi bir gruppani bevosita o’rgata borib, barcha shug’ullanuvchilarni ham e'tibordan qochirmaydi, bolalarga harakatlari to’g’riligini, tartib, xatti- xarakatlarini o’zlari nazorat qilib borishlarini taklif etadi. Mashg’ulot shunday tashkil etilganda bolalarda mas'uliyat, o’zini tuta bilishi, topshiriqni barcha uchun umumiy ish kayfiyatini buzmagan holda mustaqil bajarish malakasi, o’z ko’nikmalarini ongli ravishda takomillashtirish tarbiyalanadi va shuningdek, mashg’ulot davomida butun gruppaning xarakat aktivligi va yuqori motor zichligini saqlash imkoniyati yaratiladi.
Mashg’ulot jarayonida har bir bola o’ziga berilgan topshiriqni tarbiyachi nazorati ostida mustaqil bajarayotganida individual usuldan foydalanish mumkin. hamma uchun umumiy bo’lgan mashqlar detallarini aniqlashtirish maqsadida mashq tarbiyachi chaqirig’iga ko’ra individual tarzda bajariladi. Bunday usul tarbiyachining alohida e'tiborini, bolalarni yaxshi uyushtirishni, barchani aktiv kuzatishga jalb etish va topshiriqlar bajarilishining to’g’riligini analiz qilishni, mashqlarni tarbiyachi chaqirig’iga ko’ra qayta bajarishga tayyor turishni talab etadi.
Mashg’ulotda bolalarni uyushtirishning ko’rsatib o’tilgan usullarining har biridan foydalanish tarbiyachi qo’ygan vazifalarga, mashg’ulot o’tkaziladigan sharoitga va ularni ritsonal amalga oshirishga bog’liq. Bolalarni mashqlarga o’rgatishda fizkultura mashg’ulotlari samaradorligini oshirishga imkon beruvchi tashkil etishning turli aralash usullaridan foydalanish ayniqsa maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan fizkultura mashg’ulotlarini o’tkazishda nagruzka va dam olishni oqilona almashtirib turish zarur.
Dam olish mashg’ulot jarayonida aktiv va passiv bo’lishi mumkin. Aktiv dam olish birmuncha toliqish bilan kechgan faoliyatdan boshqasiga o’tishni ko’zda tutadi. Passiv dam olish aktiv harakat faoliyatini istisno qiladigan nisbatan xotirjam holat bilan xarakterlanadi.
Mashg’ulotda nagruzka va dam olishni to’g’ri almashtirib turish diqqatning optimal qo’zhalishini va bola emotsiyasini saqlashni ta'minlaydi, tabiiy vujudga keluvchi toliqishning oldini oladi. Bundan mayyan zo’riqish uyg’otadigan va kuch sarflashni talab etadigan, shu bilan bog’liq ravishda toliqish keltirib chiharadigan nagruzka ayni paytda organizmning tiklanish jarayoni, uning funktsiyalarini oshirishning omili ham hisoblanadi. Mavjud tadqiqotlar oganizmining ish qobiliyati ish va dam olishni almashtirish chog’ida muayyan fazalarning almashinish jarayonida qonuniy tarzda o’zgartirib turishini ko’rsatmoqda. Etarlicha nagruzkada ish qobiliyati asta-sekin pasayadi, biroz toliqish seziladi. Bolaning orgnizmga dam beruvchi faoliyatining almashinishi tiklanish jarayonlarining aktivlashishiga yordam beradi.
Shunday jqilib, toliqish va tiklanish jarayonlari o’rtasidagi organik aloqa va o’zaro o’tishlar dam olish va nagruzkaning o’zaro bog’liqlik qonuniyatini belgilaydi.
Yuqorida mashg’ulotning kirish qismi organizmni asta-sekin ishga ko’nikishiga va bolani mashg’ulotning asosiy qismiga tayyorlovchi psixik funktsiyalarning aktivlashishiga yordam berishi ko’rsatib o’tilgan edi. Mashg’ulot asosiy qismining boshida bolalarga juda qattiq diqqatni talab etuvchi material beriladi. Yangi harakat faoliyatiga o’rgatishda bolada uning dastlab obrazi, harakat tasavvuri vujudga keladi. Bu vazifani tushunib olish, mashq elementlarining tarbiyachi tomonidan bajarilish izchilligi, uning mashqni bajarish usullarini ko’rgazmasiz izohlash va tushuntirish bilan bog’liq. Shundan so’ng bolalar mashqni qaytadan mustaqil bajara boshlaydilar. Bu vaqtda mashqni iloji boricha aniqrog’ bajarishga harakat jqilib bola o’z irodasini (aqliy va jismoniy) namoyon etadi. Bulaming barchasi nerv sistemasining zo’riqishiga va organizmning psixik va fiziologik funktsiyasining oshishiga olib keladi. Shuning uchun bunday jarayon juda davomli bo’lishi kerak emas.
Bosh miya po’stlog’i to’qimalarining bir gruppa yoki butun bir uchastkasidagi uzoq davom etgan qo’zhalish albatta boshqa gruppalarda tormozlanish holatini keltirib chiharadi. Bu tashharidan haragandan bolalar parishonxotirligida, ular qiziqishi va emotsiyalarining susayishida, harakatlar koordinatsyasining bir qadar buzilishida, ba'zan qo’zg’flishdan ko’rinadi. Tormozlanishning muhim funktsiyalaridan biri miya po’stlog’i to’qimalarini o’ta darajadagi qo’zg’alishdan himoya qilishdir. Agar qo’zg’atuvchi ta'sir juda davomli yoki tez-tez takrorlansa, yohud haddan ortiq kuchli va tinkani quritadigan darajada bo’lsa, bunday holda miya po’stlog’ining qo’zhaluvchanligi susayadiva u qo’zg’atuvchiga javob qilmaydigan bo’lib qoladi.
Shunday ekan, nagruzkani dozalash, bolani bir xil faoliyatdan ikkinchisiga jalb etish va ish hamda dam olishni muntazam almashtirib turish qanday rol o’ynashi o’z-o’zidan ma'lum bo’lib qoladi.
Bolalar yangi mashqlarni o’zlashtirib olganlaridan keyin, ularga takroriy, kam kuch sarflab bajariladigan mashqlar beriladi. Bolalar tanish mashqni bajarishdan oldin tarbiyachining og’zaki ko’rsatmasini tinglaydilar va shundan keyin harakatlarni qaytadan bajaradilar. Tarbiyachi tomonidan ko’rsatma berishga sarflangan vaqt bolalarning tafakkur faoliyatini aktivlashtirishgan holda muskul faoliyatiga dam beradi.
Shundan so’ng bolalar harakatli faoliyatning detallarini ongli bajaradilar va nazorat qiladilar, bir necha bor takrorlash bilan uning to’g’riligini aniqlashtiriladi. Ana shulardan so’ng bolalarga avvaldan tanish mashqlar yoki stabillik bosqichida turgan variantlardan biri beriladi. Bu mashqlarning bajarilishi bolaning vazifaga nisbatan ongli munosabati saqlanishini ko’zda tutadi, biroq hosil qilingan sistema, ularning avtomatlashgani tufayli harakatli faoliyatni bajarish usuliga e'tiborni talab etmaydi. Bolalarga mashqni eslash va uni bajarish usulini hikoya jqilib berishni individual taklif etish mumkin, shundan so’ng mashqni hammalari qaytadan bajaradilar.
Ko’rsatib o’tilgan (namunaviy) topshirig’larni almashtirib turish tarbiyachiga butun mashg’ulotning qulay sur'atini (shoshma-shosharsizlik), bolalar faoliyati xarakterini almashlash, organizmning psixik va jismoniy funktsiyalari o’rtasidagi o’zaro aloqani belgilaydigan mashqlarning takroriy miqdorini ko’zda tutish imkonini beradi.
Mashg’ulotda bolalar faoliyatini to’g’ri almashtirib turish uning umumiy zichligini ta'minlaydi.
Mashg’ulotning umumiy va motor zichligi. Mashg’ulotning umumiy zichligi pedagogik jihatdan o’zini oqlagan vaqtning mashg’ulot davomiyligiga nisbati bilan belgilanadi.
Bolalarning tushuntirishlar, ko’rsatmalar, og’zaki instruktsiyalarni idrok etishi, tarbiyachi namoyish etgan jismoniy mashqlarni kuzatishi, topshiriqlarni tushunib olishi, bolalarning mashqlarni bajarish usullarini tushuntirib berishi, jismoniy mashqlarni bajarishi va dam olishi pedagogik jihatdan oqlangan usul hisoblanadi.
Jismoniy mashg’ulotlarga xarakteristika berishda jimoniy mashqlarni bajarishga, butun mashg’ulot davomiyligiga sarflanganvaqtning nisbati sifatida tushuniladigan motor zichligi juda muhimdir. U har bir konkret mashg’ulotning mahsuldorligini belgilaydi. Biroq mashg’ulotning motor zichligiga qo’yiladigan talablar o’quv-tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishni istisno etmaydi. Bolalar aqliy va jismoniy faoliyatni to’g’ri, maqsadga muvofiq almashtirib turish mashg’ulot mazmuni puxta uylanganligi va uni malakali tarzda o’tkazishning ko’rsatkichi hisoblanada.
Mashg’ulot jarayonida zaruriy yordamchi harakatlarga juda oz vaqt ajratiladi (ashyolarni tarqatish, bolalarning qayta saflanishi, fizkultura snaryadlarini qayta joylashtirish). Tarbiyachi bu harakatlarni tashkil etishni oldindan o’ylab oladi va vaqtni behuda sarflash imkonini istisno qiladi. Tasodifan yuz beradigan tashkiliy xatoliklar (mashqlarni bajarish uchun zarur ashyolarning yo’qligi, bolalar kiyimi va poyabzalidagi kamchiliklar, zalda begona kishilaming paydo bo’lishi) pedagogik jihatdan o’zini oqlamagan holda sarflangan vaqt sifatida belgilanadi. Jismoniy mashg’ulotlar qo’yilgan ta'lim-tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalariga javob bera olishi uchun ular qiziqarli bo’lishi, bolalarda muayyan emotsional ko’tarinki ruh uyg’otishi zarur.
Istalgan yosh gruppasi mashg’ulotlarida qiziqishning yuzaga kelishi mashqlar va o’yinlarning muayyan yangiligi hamda fikr, harakat aktivligi, ijobiy emotsiyalar, natijaga erishish istagini uyg’otadigan vazifalarni asta-sekin murakkablashtirish bilan ta'minlanadi. Kichik gruppalarda qiziqish va emotsiyalar harakatlarni bajarish jarayonining yo’ldoshi hisoblanadi. U muskul harakati sezgisidan va harakat vazifalarini muvafaqqiyatli bajarishdan qoniqish hissini uyg’otadi.
Birmuncha kattaroq gruppalarda bolalarning qiziqishi ularning mashqlarni mustaqil bajarishi, ayrim qiyinchiliklarni ongli ravishda engib o’tishi tufayli ortadi. Shunday ekan, tarbiyachi mashg’ulotni muvafaqqiyatli o’tkazish uchun har bir bolaning xususiyatlarini yaxshi bilishi va shu asosda kollektiv mashg’ulot jarayonida individual rahbarlikni moqirona amalga oshira olish lozim. Bunda u psixik va jismoniy nagruzkalarning intensivlik darajasini hisobga oladi hamda ularni o’z vaqtida boshqarib boradi. Masalan, bolalar qiziqishi va emotsiyalarining susayishi, kechikadigan reaktsiyalar, diqqatning tarqoqligi, quzg’alish-bularning hammasi bir holda nagruzkaning kamligi, ikkinchi holda esa nagruzkaning ko’pligi va toliqish natijasi bo’lishi mumkin. Jismoniy zo’riqishda biroz halloslash, engil terlash, harakatlarning susayishi kuzatilishi mumkin. Bu ularning hammasi tarbiyachining mashg’ulotdagi rahbarligi mazmuni va metodikasida ba'zi bir kamchiliklar mavjudligidan guvohlik beradi.
Bunday qodisalarning oldini olish uchun gohida bolalar faoliyatini o’zgartirishga qaratilgan bir qator metodik usullar qo’llansa, bu bilan ko’zga tashlangan charchash, toliqish holatlarining oldi olinadi hamda organizmning psixik va fiziologik funktsiyalari mutanosib holga keltiriladi, bu esa ish qobiliyatini saqlab qolishga ko’maklashadi. Boshqa bir hollarda emmotsiyani, ya'ni xis - tuyg’ularni oshirishga qaratilgan harakatlami bajarish yo’li bilan bunday charchash, harsillab qolish singari holatlarning oldini olish lozim.
“Bolalar bog’chasida ta'lim va tarbiya programmasi” ga ko’ra fizkultura mashg’ulotlari haftasiga uch marta o’tkaziladi. Ulardan biri muzika jo’rligida o’tkazilishi mumkin. Muzika asarlarini sinchiklab tanlash va ularni malakali ijro etish buning zarur sharti hisoblanadi.
Yosh jihatdan aralash gruppalardagi fizkultura mashg’ulotlari jismoniy mashqlarni juda sinchiklab tanlashni talab etadi. Bu mashqlar bir gruppaga birlashgan barcha bolalarning yosh xususiyatlari va imkoniyatlariga mos k elishi lozim.
Bola rivojlanishidagi har bir alohida yosh bosqichi o’zining psixik va jismoniy xususiyatlariga ega. Shuning uchun jismoniy mashqlar va ta'lim metodikasining mazmuni ham har xil bo’lishi kerak. Kichik yoshdagilar uchun oqirlik qiladigan, bevaqt berilgan va ayni paytda katta yoshdagi bolalar uchun engil, birmuncha psixik va jismoniy zo’r berishni talab etmaydigan material ikkala holda ham maqsadga muvofiq emas. Kichik yoshli bolalar o’zlari uchun murakkab bo’lgan zarur oraliq zvenodagi qiyinchiliklarni muvafaqqiyatsiz tarzda bartaraf etadilar.
A.V.Zaporojets “har bir yosh bosqichida umumiy psixofiziologik binoning navbatdagi qavati qo’yiladi, vazifa uni behuda shoshma-shosharsizlik, oldingi qavatni bitirib bo’lmasdan keyingisini qo’ymasdan juda yarashiqli qilib qurishdan iboratdir”-deb ogohlantiradi.
Ayni paytda katta yoshli bolalar o’z imkoniyatlaridan past mashqlarni bajarayotganlarida ularning o’zlariga beriladigan aqliy va jismoniy zo’r berishni talab etmaydigan materialga nisbatan qiziqishi yo’qoladi. Shuning uchun aralash gruppalarga mo’ljallangan mashg’ulotlar programmasining mazmuni har bir yosh gruppasi bolalari imkoniyatlariga mos bo’lishi lozim.
Bunday gruppalarda mashg’ulotni planlashtirishning qiyinchiligi shundaki, bir tomondan har bir gruppa bolalari uchun ularning yosh gruppalariga muvofiq jismoniy mashqlarni tanlash, ikkinchi tomondan barcha bolalarni ular uchun qiziqarli bo’lgan faoliyatga birlashtirish imkonini topish zaur.
Mashg’ulotlarni namunaviy o’tkazish imkoniyatlarini ko’rib o’tamiz.
Mashg’ulot boshlanishi oldindan katta yoshli bolalar sport kostyumlarini kiyadilar, so’ng ularning ayrimlari birmuncha kichik yoshlilarning kiyinishiga yordam beradilar, boshqalari esa zarur fizkultura inventarini mashg’ulotlarga mustaqil tayyorlaydilar. Ish shunday tashkil etilganda kichkintoylar mashg’ulotni o’tkazishni orqaga surmaydilar, katta yoshlilar esa ularning yoshiga yarasha mehnat faoliyati turi bilan shug’ullanadilar va kichiklarga yordam ko’rsatadilar.
Mashg’ulot turlicha boshlanishi mumkin: masalan, xonaga dastlab kichik bolalar kiradilar va o’tiradilar, ulardan so’ng katta yoshli bolalar kiradilar. Ularning qad-qomatni tutishi va harakatlari kichiklar tahlid qilishlari uchun ko’rgazmali namuna bo’lib xizmat qiladi.
Shundan so’ng kichik yoshli bolalar o’z programmalari bo’yicha qator mashqlarni bajaradilar. Bunda ba'zan katta yoshli bolalar mashqlarni bajarish usulini ko’rsatgan holda qatnashishlari mumkin (masalan, doira bo’ylab sarflanishda katta yoshli bolalar kichik yoshlilar o’rtasida turadilar, kichkintoylar ularning harakatlarini kuzatib turadilar). Boshqa bir holda esa kichik yoshlilarni gruppachalarga bo’lish va ularning har birini katta yoshlilarga topshirish mumkin, katta yoshlilar ularni tarbiyachi rahbarligida o’rgatib boradilar. “haranglar, - deydi tarbiyachi - katta bolalar bayroqchalarni yuqoriga qanday ko’tarishyapti va o?ista pastga tushurishyapti”. Namoyishdan so’ng u: “Endi sizlar ham kattalar bilan birgalikda shu mashqni bajaring”, - deydi. Ishni bunday tashkil etish katta tarbiyaviy mazmunga ega bo’lib, u katta yoshli bolalarda mas'uliyat, aqillik, qoniqish hissini, kichiklarda esa barcha narsani yaxshi ado etadigan o’zidan kattalarga hurmat hissini uyg’otadi.
Shunday bo’lishi ham mumkinki, tarbiyachi kichik bolalar bilan band bo’lganda katta yoshlilar xonaning ikkinchi burchagida boshqa biror harakat turi bilan mustaqil shug’ullanishadi, bunda ular tarbiyachi e'tiborida bo’ladilar.
Bolalarni mashg’ulotda uyushtirishning u yoki bu formasini tanlash, mashg’ulot vazifalari va mazmuniga, bolalar soniga hamda ularning umumiy intizomiga bog’liqdir.
Kichik yoshli bolalar bilan harakatli o’yin o’tkazishda (ba'zan barcha bolalar uchun umumiy o’yin o’tkazilishi mumkin) tarbiyachi katta yoshlilar gruppasidagi ayrim bolalarga o’yinni tushuntirishni (agar bolalarda bunday tajriba bo’lsa), o’yin vaziyati hosil qilishni (stullarni qo’yib chiqish, zarur bo’lganda o’yinchoqlarni joylashtirish va boshqalar) yoki ona qush, kurk tovuq, mushuk, avtomobil rolini bajarishni topshiradi: boshqa bolalar o’yinda kichik yoshlilar bilan birga qatnashishlari mumkin.
O’yindan so’ng kichik yoshlilar enaga kuzatuvi va yordamida sayrga tayyorlanadilar, katta yoshlilar esa, tarbiyachi bilan o’z programmalari bo’yicha shug’ullanishni davom ettiradilar.
Keltirilgan mashg’ulot plani taxminiy hisoblanadi va u doimiy bo’lishi mumkin emas. Yosh jihatdan aralash gruppalarda fizkultura mashg’ulotlarini har xil tashkil qilishga intilish zarur. Masalan, bolalar navbati bilan shug’ullanishlari mumkin: dastlab katta yoshli bolalar shug’ullanadilar, kichik yoshlilar esa bu vaqtda enaga kuzatuvida o’ynaydilar yoki aksincha - kichik yoshlilar tarbiyachi hamkorligida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanadilar, katta yoshli bolalar esa tarbiyachining topshirig’iga ko’ra biror narsa bilan mustaqil mashqul bo’ladilar.

  1. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazishni takomillashtirish maqsadida olib borilgan ilmiy tajribalar natijalari

Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari xilma-xil bo’lib ularning barchasi maktabgacha yoshdagi bolalarni jismonan sog’lom va har jihatdan aqlan etuk jqilib tarbiyalashga qaratilgan.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusi yuzasidan harshi shahri va harshi tumanidagi bir nechta maktabgacha ta'lim muassasalarida ushbu sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishganimizda harshi shahridagi “Semurg”, “Turnacha” va “Yulduzcha” harshi tumani Beshkent shahridagi “G’uncha” va “Olmaxon” nomli maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya bo’yicha sport sog’lomlashtirish tadbirlari, ertalabki gimnastika, harakatli o’yinlar, sayr paytidagi jismoniy mashqlar, jismoniy mashq daqihalari, kunduzgi o’yinidan so’ng o’tkaziladigan jismoniy mashqlar, chiniqtirish tadbirlari va ommaviy sport bayramlari muntazam o’tkazilib kelinayotganligining guvohi bo’ldik.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiyadan bo’ladigan ishlarning asosiysi bo’lib, mashg’ulotlar ta'limiy tarbiyaviy va sog’lomlashtirilgan vazifalarni hal etishga qaratilgan.
Yuqorida nomlari keltirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari barchasida jismoniy tarbiya uchun mo’ljallangan jihozlar, sport maydonchalari, “Semurg” va “Turnacha” nomli maktabgacha ta'lim muassasalarida esa zamonaviy tarzda jihozlangan sport zallari mavjudligini guvohi bo’ldik.
Kuzatilgan maktabgacha ta'lim muassasalarining barchasida muassasa hududida ko’rilgan sport jihozlari, muassasa pedagog xodimlari va rahbariyatining ijodiy yondashuvida ikkilamchi materiallar: avtomobil balonlari, daraxt to’nkalari, yoh’och bo’laklari, rezina moslamalar va boshqa materiallardan foydalanib yaratilgan. Bu jihozlar nazariy-metodik jihatdan, estetik va pedagogik talablarga javob beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida o’tkazilgan tajribalar jarayonida aniqlanishiga bola sporti uchun ishlab chiharilgan jihozlarning quyidagi turlari mavjudligi aniqlandi:

  1. Katta rezina to’p

  2. Kichik rezina, tennis to’pi

  3. Katta to’ldirilgan to’p

  4. Elim halqa

  5. Rangli metal, alyumen halqa

  6. Elim to’qmoqlar

  7. Elim kuboklar

  8. Yog’och kuboklar

  9. To’p tashlash uchun to’r-setka

  10. To’p tashlash uchun elim paqir

  11. Rangli bayroqchalar

  12. Gimnastik o’rindiqlar

  13. Gimnastik norvonchalar

  14. Hum to’ldirilgan xaltachalar

  15. Gimnastik to’ shamchalar 16.Sport zalida osilgan arqon

  1. Jamoalar tortishi uchun arqon

  2. Maxsus halqaga tikilgan qoplar

  3. Yarim qirqilgan elim xalhalar 20.Sakrab o’tish jihozlari

Ushbu bolalar sporti jihozlari barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida bir xil miqdorda yoki bir xil xilma-xillikda emas.
Kuzatilgan maktabgacha ta'lim muassasalari ichida “Semurg” va “Turnacha” maktabgacha ta'lim muassasalari imkoniyatlari yaxshiroqdir.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida jimsoniy tarbiya mashg’ulotlari, to’garak ishlari va ommaviy sport bayramlarini o’tkazish uchun sport murabbiysi ish o’rni (1 shtat birligida) joriy qilinishi mumkin.
Ammo hamma maktabgacha ta'lim muassasalarida ham ahvol bir xil emas. “Semurg” va “Yulduzcha” bolalar bog’chalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari va boshqa barcha sport sog’lomlashtirish tadbirlarini o’rnatilgan tartibda maxsus oliy ma'lumotli jismoniy tarbiya mutaxassisi olib boradi. Ertalabki gimnastika, sayr vaqtidagi jismoniy mashqlar va jismoniy mashqlar daqiqalarini esa har bir guruh tarbiyachilari o’zlari o’tkazishadi.
“Turnacha” bog’chasida ham maxsus ma'lumotli mutaxassis mavjud faqat to’garak ishlarini olib bordi xolos. Guruhlardagi jismoniy tarbiyaning asosiy ish shakli hisoblangan mashg’ulotni va boshqa jismoniy tarbiya va sport ish turlarini guruh tarbiyachilari olib borishadi.
“Turnacha” maktabgacha ta'lim muassasida u bitiruv malakaviy ishi mavzusi yuzasidan 2013 yil mart-aprel oylarida o’tkazilgan tajriba sinov ishlari davomida 4 marta jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’tkazilishi kuzatilib tahlil etildi.
Tajriba sinov ishlari rejasiga muvofiq 2013 yil 16 aprel kuni to’rtta yosh guruhi, ikkita katta va ikkita maktabga tayyorlov guruhlarida “Sog’lomjon- polvonjon” sport sog’lomlashtirish tadbiri o’tkazildi. Tadbir shartiga ko’ra arqondan sakrash, to’pni nishonga uloqtirish, estafeta yugurish va kross yugurish shartlari bo’yicha bolajonlar bellashdilar. Sport sog’lomlashtirish tadbiri yakuni bo’yicha tahlil, muhokama o’tkazildi va unda maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari Orzigul Shodieva hamda guruh tarbiyachilari o’z munosabatlarini bildirdilar.
Quyida “Turnacha” maktabgacha ta'lim muassasasi uchun ikkita mujassamlashgan jismoniy tarbiya mashg’ulotlari ishlanmasini tavsiya etamiz.
Katta guruhlar uchun:
I-mashg’ulot

Download 77,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish