Samaradorlikni baholashning konsepsual sxemasi
Investitsion loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayonida asosan loyihada
investorlar sifatida qatnashuvchi qator subektlar ishtirok etadilar. Investitsion
jarayonda turli qatnashuvchilarning iqtisodiy manfaatlari, ayniqsa, ularning
shakllanish manbaalari o’zaro mos tushmaydi.shu sababdan bu guruhlarning har
biri uchun loyihani baholash zarurati tug’uladi. Shuni yana bir bor ta’kidlash
lozimki, ko’rsatkichlar tizimi, ularni hisoblash algoritmi barcha holatlarda ham bir
xil amalga oshiriladi. Farqlar mos keluvchi real pul mablag’lari va samaradorlikni
aniblab beruvchi ma’lumotlar bazasidan iborat bo’ladi.
Samaradorlikning ikki turi va ularga mos keluvchi ko’rsatkichlarni ajratib olish
asosida loyiha samaradorligini baholashning ikki bosqichda amalga oshirilishi
tavsiya etiladi. Birinchi bosqichda to’laligicha loyiha samaradorligi aniqlanadi.
Agarda u samarali bo’lib chiqsa unda ikkinchi bosqich – loyihada ishtirok etish
samaradorligini baholash bosqichiga o’tiladi.
Birinchi bosqichning vazifasi loyiha o’z mablag’lari hisobidan moliyalashtirila
olish va kredit jalb qilmaslik taklifidan kelib chiqqan holda to’laligicha
samaradorlikni aniqlashdir (ko’p hollarda bu taklif samaradorlikxarakteristikasini
pasayishiga olib keladi).
Bu yondashuvloyihada belgilan texnik-texnologik va tashkiliy yechimlar
kabilarda o’z aksini topuvchi loyiha samaradorligini tasavvur qilishga imkon
beradi. Loyihaning bunday tavsifi uning taqdimoti va loyihani joriy etishda
ishtirok etuvchi potensial investorlarni jalb etish uchun zarurdir.
Birinchi bosqichda loyihaning ijtimoiy ahamiyatiga bog’liq ravishda hisob-
kitoblar turlicha o’tkaziladi. Agar loyiha ijtimoiy ahamiyatga molik deb topilsa
baholash tartibi - rasmda tasvirlangani kabi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
3.1.1 rasm.Ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar uchun birinchi navbatda
ularning ijtimoiy samaradorligi
Ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar uchun birinchi navbatda ularning
ijtimoiy samaradorligi aniqlanadi.
Ijtimoiy besamara loyiha joriy etishga tavsiya etilmaydi va davlat ko’magi bilan
ta’minlanmaydi. Ijtimoiy samaradorlik yetarli deb topilgan holdaloyihaning tijoriy
samaradorligi baholanishi mumkin. Kam tijoriy samaradorlikka ega bo’lgan
ijtimoiy samarador loyihalar kutilayotgan darajadagi tijoriy samaradorlikni
ta’minlab beruvchi turli shakldagi ko’maklarni qo’llash imkoniyatini ko’rib chiqish
tavsiya etiladi.
Boshqa (mahalliy) loyihalarning samaradorligini to’laligicha baholashda
faqatgina tijoriy samaradorlik baholanadi.
Tijoriy samaradorlik odatda loyihani ishlab chiquvchilar moliyalashtirish
manbaalari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lmagan hollarda aniqlanadi. Agarda
manbaalar aniq bo’lsa tijoriy samaradorlikni baholash loyiha hisob- kitoblari
qatoridan chiqarilishi mumkin. Bu barcha loyihalar uchun tegishlidir.
Agar loyiha samaradorlik ko’rsatkichlari boyicha to’laligicha jozibador bo’lsa
u holda dastlabki bosqichdan ikkichi asosiy bosqichga o’tiladi.
Baholashning ikkinchi bosqichi moliyalashtirish sxemasi va bu bilan bog’liq
xarajatlar, daromadlarni taqsimlashning mumkin bo’lgan variantlari ko’rib
chiqilgandan so’ng amalga oshiriladi. Bu bosqichda moliyaviy joriy etila bilish va
investorlar hamda davlatning ishtirok etish samaradorligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |