Daromadlilik indeksi. Sof daromad va sof joriy daromadlarni hisoblashda
foydalaniladigan dastlabki investitsiya xarajatlari yana bir yordamchi ko’rsatkich –
daromadlilik indeksini tuzishda ham ishlatiladi. Bu ko’rsatkich loyiha xarajatlariga
nisbatan qaytimni ifodalaydi. Ko’zda tutilgan xarajatlar tarkibiga qarab
investitsiyalar daromadlilik indeksi yoki xarajatlar daromadlilik indeksini tuzish
mumkin. O’z navbatida, ularning har birini ikki xil ko’rinishda: real va
diskontlangan pul oqimi boyicha tasvirlash mumkin.
Muvofiq ko’rsatkichlarning bir-biridan farqlanashi muqarrar hol. Shu
sababdan, loyiha samaradorligini daromadlilik indeksi vositasida tavsiflaganda,
albatta, u qaysi metod boyicha baholanganini ta’kidlab o’tish lozim. Bu
ko’rsatkichlar turli loyihalar boyicha qiyoslanishi esa bir xil uslubdan
foydalanishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |