III.
BOB.
TAJRIBA-SINOV
ISHLARINI
O‘TKAZISH
VA
NATIJALARNING TAHLILI
3.1. Tajriba-sinov ishlarining mazmuni va o‘tkazish metodikasi
Biz kasb-hunar kollejda ilmiy farazni tasdiqlash uchun o‘tkazilgan
pedagogik tajriba-sinov ishlarini bayon qilishdan avval bajarilgan nazariy tadqiqot
natijalaridan ayrim xulosalar chiqaraylik.
Ilmiy-tadqiqotlarimizning dastlabki bosqichida kasb-hunar kollejlaridagi
tasviriy san’at fanlari bo‘yicha amaldagi dasturlar, Davlat ta’lim standartlari,
mazmuni bo‘yicha tahlil qilindi, ayni paytda bu o‘rinda diplomantning maktab
bo‘yicha shaxsiy tajribasi, o‘quvchilar o‘rtasida og‘zaki so‘rovnomalar o‘tkazish
natijalari e’tiborga olindi.
44
Bu bosqichda ta’lim-tarbiya jarayonining hozirgi bosqichida barcha
hamkasblarimizning diqqat-e’tiborlarini o‘ziga jalb qilayotgan yangi pedagogik
texnologiyalar, ta’limning optimal metodlari kabi tushunchalarning mazmun-
mohiyati va ularni qo‘llash mexanizmlarini mukammal egallashga zarurat tug‘ildi.
Darhaqiqat, bugungi kunda yangi pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya
jarayonining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Endi o‘quvchiga ko‘p narsalarni
bilishga qodir – shaxs sifatida qarashimiz kerak. Ta’limda ko‘zlangan ijobiy
natijalarga erishish uchun o‘rgatuvchi va o‘rganuvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni
yuqori saviyaga olib chiqish talab etiladi, ya’ni o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning
interfaol va innovatsion metodlariga mumkin qadar ko‘proq e’tibor berish kerak.
Bizningcha, bunday metodlar qatoriga ko‘pchilik ilmiy-pedagogik adabiyotlarda
tan olingan quyidagi metodlarni kiritish mumkin.
1.
Muammoli ta’lim.
2.
Modulli ta’lim.
3.
Rivojlantiruvchi ta’lim.
4.
Tabaqalashtirilgan ta’lim.
5.
Ishchanlik o‘yinlari.
Sanab o‘tilgan ta’lim metodlarining har birining aniq maqsadlari bir-
birlaridan farq qiladi, ya’ni:
1) o‘quvchilarning mustaqil, ijodiy bilish faolliklarini oshirish;
2) shaxsning his qilish xususiyatlariga mumkin qadar yaqinlashtirilgan
ta’lim jarayoni tuzilmasini yaratish;
3) ta’lim mazmunini shaxs individuall ehtiyojlari va uning bazaviy
tayyorgarligi darajasiga moslashtirish;
4) shaxsning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish;
5) o‘quvchilarning moyillik, qiziqish va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish
uchun qulay sharoitlar yaratish;
6) o‘quvchilar faolligini tashkillashtirish;
7) bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishning shaxsiy faoliyat
tavsifida bo‘lishini ta’minlash.
45
Eng muhimi, sanab o‘tilgan zamonaviy ta’lim metodlarining mazmun-
mohiyatlari turlicha, ya’ni:
- o‘quvchilarga navbat bilan aniq maqsad sari yo‘naltirilgan bilimlarni
o‘zlashtirish borasidagi faoliyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qiluvchi
topshiriqlarni berib borish;
- mashg‘ulotlarni alohida-alohida bloklarga biriktirish hisobiga fanlarni
chuqur o‘zlashtirishga erishish;
- o‘quvchilarning individual o‘quv dasturi asosida mustaqil ishlashini
ta’minlash;
- ta’lim-tarbiya jarayonini shaxs potensial imkoniyatlari va ularni amalga
oshirishga yo‘naltirish;
- turli o‘zlashtirish darajalari (reproduktiv, algoritmik, evristik, ijodiy)
bo‘yicha majburiy me’yor(standart)dan kam bo‘lmagan hajmdagi o‘quv dasturi
materialini o‘zlashtirish;
- o‘quvchilarning o‘quv axborotlarni qayta ishlash va o‘zlashtirishga
yo‘naltirilgan mustaqil bilish faoliyatlarini rivojlantirish.
Albatta, mazmun-mohiyatni amalga oshirish mexanizmi ham har xil, bir-
birlaridan farqli bo‘lishi ayon, ya’ni:
1) tadqiqotchilik metodi, bilish faoliyatiga yo‘naltirilgan topshiriqlar
bajarish;
2) o‘quvchilar ish qobiliyatining dinamikasini hisobga oluvchi ta’lim
metodlari;
3) muammoli yondashuvni amalga oshirishning individual maromi;
4) o‘quvchilar faoliyatini turli sohalarga yo‘naltirish;
5) individual ta’lim metodlari;
6) o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etuvchi ishchanlik o‘yinlari.
Ko‘rinib turibdiki, oldindan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonining pedagogik
texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikda faoliyat ko‘rsatib, ko‘zda
tutilgan ijobiy natijaga erishishni taqozo etadi.
46
Biz tajriba-sinov ishlarini olib borishda va tahlil jarayonida shu narsa qayd
etildiki, kasb-hunar kollejlari uchun tasviriy san’at fanlari bo‘yicha amaldagi
dasturlarda kasbiy yo‘nalishlari deyarli e’tiborga olinmaydi, mavjud farqlar esa
manzara janrini o‘rganishga ajratilgan soatlar miqdoriga tegishli.
Kasb-hunar kollejlarning o‘quv rejasida hamma yo‘nalishlarga bir xil, ya’ni
80 soatdan vaqt ajratilgan. Boz ustiga, barcha yo‘nalishlar uchun rangtasvirdan bir
xil o‘quv dasturi tavsiya etilgan. Qani bu erda bo‘lajak ixtisoslikni e’tiborga olish-
u, rangtasvir mazmunini va uni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosligini bo‘lajak
ixtisoslikka yo‘naltirish!?
Tadqiqotning navbatdagi bosqichida biz ta’lim yo‘nalishdagi kasb-hunar
kollejlardagi tasviriy san’at mashg‘ulotlarida manzara ishlash mazmunini tanlash
mezonlarini ishlab chiqdik, bunda to‘liqlik, kenglik va didaktik ahamiyatlilik
bo‘yicha umumlashtirilgan mezonlardan tashqari ahamiyatlilik va mazmunli-
metodik mezonlar ham joriy etildi.
Kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim yo‘nalishini hisobga olgan holda biz
tasviriy san’at fanlarida manzara ishlashni kompozitsiya jihatdan echish uchun
tavsiya etiladigan mavzular to‘plamiga qo‘yiladigan «osondan qiyinga»,
«soddadan murakkabga» kabi didaktik talablarga amal qildik.
Tadqiqotlarning so‘nggi bosqichida kasb-hunar kollejlardagi tasviriy san’at
mashg‘ulotlarida manzara ishlash mazmunini tanlash mezonlariga amal qilgan
holda tasviriy san’at ta’lim mazmuni shakllantirildi.
Bu ish jarayonida pedagogik amaliyotda ahamiyatliligi tan olingan
an’anaviy bo‘limlardan tashqari, biz shunday bo‘limlarni aniqladikki, ularni
dasturning invariant(o‘zgarmas) va variativ(o‘zgaruvchi) komponentlariga kiritish
maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |