«Himoyaga ruxsat etilsin» Fakultet dekani


 Olingan natijalar tahlili



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana01.02.2022
Hajmi3,4 Mb.
#424649
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
«Kasb-hunar kolleji o‘quvchilariga tasviriy san’at mashg‘ulotlarida

 
3.2. Olingan natijalar tahlili. 
Biz amaliyotchilar nuqtai nazaridan kasb-hunar kollejlardagi tasviriy san’at 
mashg‘ulotlarida manzara ishlash mazmuni tanlangan bo‘limlarini o‘rganishning 
maqsadga muvofiqligini aniqlashga urindik, bunda hanuzgacha o‘rganilmagan 


47 
yoki faqat tanishtirish uchun o‘rganiladigan bo‘limlarni e’tiborga oldik. SHunday 
qilib, ishimizning nazariy qismi mantiqan kuzatilayotgan tajriba tariqasida 
tekshirishga 
o‘tildi, 
bu 
esa 
kasb-hunar 
kollejlardagi 
tasviriy 
san’at 
mashg‘ulotlarida manzara ishlash mazmunini tanlash bilan bog‘liq. 
Shu maqsadda biz so‘rovnoma (anketa) tuzdik. Tajriba so‘rovnomasida
kasb-hunar kollejlardagi tasviriy san’at mashg‘ulotlarida manzara ishlash bilan 
bog‘liq o‘quvchilar qatnashdilar.
So‘rovnomaga nafaqat ahamiyatlilik mezonini amalga oshirish natijasida 
tuzilgan savollar, balki tasviriy san’at fani bo‘yicha amaldagi dasturlarni tahlil 
qilish, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilari bilimiga qo‘yiladigan talablar, kirish 
imtihonlari variantlari tahlili natijasida paydo bo‘lgan savollar ham kiritildi. 
Natijada so‘rovnomaning barcha savollari uch bo‘limga ajratildi: 
1) “A” bo‘limi – tasviriy san’at fani bo‘yicha dasturlarda belgilab qo‘yilgan 
o‘quvchilardan talab etiladigan bilim, ko‘nikma va malakalardan kelib chiqqan 
holda tuzilgan; 
2) “V” bo‘limi – kollejlar uchun noan’anaviy bo‘limlar, shuningdek, unda 
o‘rganiladigan, ammo ko‘nikma va malaka shakllanishini talab qilmaydigan 
mavzulardan tashkil topgan; 
3) “S” bo‘limiga badiiy ijodiy tafakkurga xos bo‘lgan ko‘nikma va 
malakalarni baholashga yo‘naltirilgan savollar kiritilgan. 
Bo‘limlarning har bir savoli 10 balli shkala bo‘yicha baholandi. 
Ma’lumotlarga ishlov berilganda nafaqat qo‘yilgan ballarning o‘rtacha arifmetik 
qiymati hisoblab chiqildi. 
“A” bo‘limi bo‘yicha bir nechta savollarning tanlov yo‘li bilan 
baholanishiga misol keltiraylik. 
Mazmunli-metodik mezonga ko‘ra, amaliy material bilan ishlashga nazariy 
materialni o‘rganishga qaraganda ko‘proq vaqt ajratish kerak. SHu sababli, 
so‘rovnomaga turli kompozitsiya ishlash malakasini aniqlashga doir savollar ham 
kiritildi. Ma’lum bo‘lishicha, so‘rovnoma ishtirokchilarining fikricha, eng muhimi 
“mavzuli kompozitsiyaga oid masalalar”ni echishdir. Bundan tashqari, kirish 


48 
imtihonlari materiallarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, “Kompozitsiya” mavzusi 
bo‘yicha bilimga ega bo‘lish bir qator topshiriqlarda ko‘zda tutilgan. SHu tarzda 
ushbu materialning tizimli takrorlanishini maqsadga muvofiqligi tasdiqlandi.
So‘rovnoma ishtirokchilari kasb-hunar kollejlardagi tasviriy san’at 
mashg‘ulotlarida manzara ishlash mazmuni o‘qitish metodlaridan foydalanishga 
yuqori baho berishdi. 
Kasb-hunar kollejlardagi tasviriy san’at mashg‘ulotlarida manzara ishlash 
mazmuni ta’limning badiiy tafakkurni rivojlantirishga ta’siri to‘g‘risidagi 
farazimizni tasdiqlash maqsadida biz “Manzara tasvirlash” bo‘limini o‘rganish 
bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqdik. Biz shunga asoslangan edikki, badiiy 
tafakkurga xos bo‘lgan malakalarni rivojlantirish tasviriy san’at ta’lim mazmuni 
rangtasvir o‘qitish metodikasining o‘ziga xosligi bilan uyg‘unlashgan taqdirdagina 
ta’minlanadi. Shu tarzda o‘quvchilarga ishlab chiqilgan materiallarni tekshirish 
vazifasigina emas (bu hol har bir tajribada ko‘zda tutiladi), balki badiiy 
yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarda tasvirlash ta’limining metodik jihatdan 
o‘ziga xosligiga asoslangan maxsus ta’lim metodikasining badiiy tafakkurni 
rivojlantirishga ko‘rsatadigan ta’sirini tekshirish maqsadi qo‘yilgan edi.
Biz ishlab chiqqan metod bo‘yicha Toshkentdagi Respublika dizayn 
kollejida 
mashg‘ulotlar 
olib 
borildi. 
Hammasi 
bo‘lib 
tajriba-sinov 
auditoriyalarining 69 nafar o‘quvchisi qamrab olindi. 
Nazorat guruhlari shu tarzda tanlandiki, ularda ta’lim diplomantning 
shaxsan o‘zi va tajribali o‘qituvchilar tomonidan olib borildi, tasviriy san’atga oid 
bilimlar hajmi esa tajriba guruhlaridagiga o‘xshash edi. Ammo kasb-hunar 
kollejda: tajriba guruhlarida ham, nazorat guruhlarida ham nazorat so‘rovnomalari 
natijalari yuqori emas edi. O‘quvchilarda badiiy madaniyatining etarli emasligi, 
tasvirlashning asosiy bosqichlarini ajrata bilmaslik, grafik malakalarning etarli 
emaslik hollari aniqlandi. 
O‘rgatuvchi tajribada nazorat guruhlarining yo‘qligi o‘quvchilarning tajriba 
boshidagi va oxiridagi malakalarini taqqoslash asosida ta’lim samaradorligi 
to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini berdi. Tajriba davomida mashg‘ulotlar olib 


49 
borish jarayonini kuzatishdan tashqari, o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnoma 
o‘tkazish, o‘qituvchilar bilan suhbatlashish, sinov va nazorat ishlari amalga 
oshirildi. 
Ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligini tekshirishga, xususan, uning 
bir qator malakalarni rivojlantirishga ko‘rsatadigan ta’sirini aniqlashga qaratilgan 
tajribaning asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda biz sinov ishini o‘tkazdik. 
U shunday tarzda tuzildiki, topshiriqlarning mazmuni o‘quvchilarning 
bevosita “Kompozitsiya asoslari” bo‘limini o‘rganishi natijasida shakllangan 
ko‘nikmasi va malakasini tekshirishga qaratilmagan edi. Bunda faqat o‘quv 
dasturida ko‘zda tutilgan bilim, ko‘nikma va malaka tekshirildi. Ayni paytda biz 
ishlab chiqqan modulning an’anaviy bo‘lgan, shu bilan birga badiiy tafakkur 
uslubiga xos ko‘nikmalar doirasiga kiruvchi malakalarning shakllanganligiga 
ta’sirini aniqlash ko‘zda tutilgan edi. Bizning holatimizda bunday malakalarga 
quyidagilar kiradi: 
 
narsalar kattaliklarni kerakli aniqlikda o‘lchay olish; 
amaliy tusdagi kompozitsiya masalalarni echish, bunda tasvirlarning barcha 
bosqichlaridan foydalanish;
o‘lchashlarning nisbat qiymatini topa olish hamda olingan natijalarni nisbat 
jihatdan baholay olish;
badiiy obrazlardan foydalana olish;
grafik vositalaridan tasviriy jarayonlarda qo‘llay bilish. 
Yakuniy maqsadni ko‘zlagan holda (asosiy malakalarni shakllantirish), 
shuni qayd etamizki, har biri u yoki bu malakani aniqlashga yo‘naltirilgan 
masalalarning aksariyatini kesishmaydigan to‘plamostilari shaklida tasavvur etib 
bo‘lmaydi. Bunday taqsimot nihoyatda shartli bo‘lib, masalalarning to‘g‘ri 
echilishi faqat bitta qobiliyatdan dalolat beradi, deb hisoblash noo‘rin bo‘ladi. 
Ammo aytish mumkinki, masalani echish jarayonining va uning natijasini tahlili u 
yoki bu malakaning mavjudligidan dalolat beradi.
O‘quvchilarda yuqorida sanab o‘tilgan malakalarning mavjudligini 
tekshirish uchun biz quyidagi sinov ishini o‘tkazdik: 


50 

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish