Xulosa va tavsiyalar
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalrga ta’lim va tarbiya berishdan asosiy maqsad mavjud bo’lib, bu bolalarni maktab ta’limiga har tomonlama tayyor qilib bolalarni yetkazishdir. Ana shu maqsaddan kelib chiqib , Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya jarayoni olib borilar ekan,ularning nutqi, bilish qobiliyatlari, aqliy tayyorgarligi,ijodkorligi kabilar bilan bir qatorda ularda muloqotchanlikni shakllantirish ham asosiy vazifalardan biri bo’lib qoladi. Sababi bolalar maktabga borganlarida yangi muhitga moslashishlari kerak, yangi tanishlar, yangi o’rtoqlari bilan o’zaro munosabatga kirishadilar. Bu jarayonda eng avvalo muloqotchanlik ular uchun juda muhim ekan.
Muloqotchanlikni shakllantirishda xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanishni ko’rib chiqar ekanmiz, ularning bolalar ongiga naqadar ta’sirli ekanligining guvohi bo’ldik. Demak xalqimizning necha ming yillik boy ilmiy merosi nafaqat katta avlod uchun balki, ulg’ayib kelayotgam yosh avlod, kelajagimiz bo’lgan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun ham benihoya katta tarbiya vositasi hisoblanar ekan.Bu ilmiy merosimizdan oqilona foydalanish har bir maktabgacha ta’lim tarbiyachisi uchun mas’uliyatli vazifalardan biridir, zero, bolalarni hali murg’aklik chog’idanoq xalqimizning boy merosi namunalari bilan tanishtirib borsak,ularda shu yoshdanoq , Vatanga muhabbat hissini , ajdodlarimiz , xalqimiz merosiga hurmat tuyg’ularini shakllantirib boramiz.
Bu borada, bolalar adabiyoting ulkan qismini tashkil qiluvchi ertaklardan foydalanish bolalar ongiga katta ta’sir qiladi, ularda o’zaro muloqot malakalarini shakllantirishga ham xizmat qiladi. Bola ertak qahramonlari vositasida atrof-olamni anglay boradi, tabiatga, atrofdagilarga o’zining munosabatini bildira olishni o’rganar ekan. Kurs ishimizda buni yoritish orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga xalq og’zaki ijodi namunalarini qay tarzda o’rgatish bilan tanishdik.Bunda turli usullarni ko’rar ekanmiz.bular qatoriga yangi bir zamonaviy texnologiyalar, innovatsion pedagogik usullardan ham foydalanish ham yaxshi samara beradi deb o’ylayman. Innovatsion pedagogik usullardan foydalanish, bugungi kunning talabi ham bo’lmoqda. Ya’ni bunda bolalarni ertak va topishmoqlar kabi xalq og’zaki ijodi namunalari bilan tanishtirishda multimediali materiallardan, bolalar uchun multfilm va videoroliklardan foydalanish muhim deb o’ylayman. Chunki hozirgi kunda bolalar diqqatini jamlash, mashg’ulotlarga qiziqishini orttirish uchun bunday materiallardan foydalanish samarali usullardandir. Bolalar multfilmlar , videroliklar orqali yanada jonli ravishda ertaklar bilan tanishar ekan , ularda muloqotchanlik va nutq malakalari yaxshi rivojlanadi.
Shu tariqa, oilaviy muhitda ham , maktabgacha ta’lim.tashkilotida ham, hamma yosh guruhlarida ham bolalrni shu yoshdanoq xalq og’zaki ijodi namunalari bilan, xalqimizning boy manaviy me’rosi bilan tanishtirib, ularda maktabga tayyorgarlikni har tomonlama rivojlantirib, bolalar ma’naviyatini rivojlantirib, tarbiyalab borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |