Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I. BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq og’zaki ijodi namunalari orqali muloqotchanlikka o’rgatishning nazariy asoslari
Maktabgacha yoshdagi bolalalarda muloqotchanlikni shakllantirishda xalq og’zaki ijodi namunalarining ahamiyati va mazmun mohiyati
O’tgan davr mobaynida sog’lom va har tomonlama rivojlangan o’sib kelayotgan avlodning shakllanishini ta’minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta’lim tizimini tashkil qilish bo’yicha bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar xulq va muomalaning ko’pgina usullarini qisqa muddat ichida o’zlashtiradi. Ayniqsa u kattalarning xatti-harakatlari va nutqiga taqlid qiladi. Natijada kattalar va o’z tengdoshlari bilan muloqotda bo’lishga ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyojini qondirishda esa xalq og’zaki ijodi namunalarining o’rni beqiyos. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ta’lim tarbiya berishda biz ulardan juda keng foydalanamiz, buni bolalar uchun ertaklardan har qanday mashg’ulotlarda foydalanishimizda ko’rishimiz mumkin. Xalq og’zaki ijodi namunalari orqali bolalar ongiga tasir qilish samarali hisoblanadi. Shu uchun bolalar nutqini o’stirish, ularda atrofdagilar bilan o’zaro muloqotga kirishuvchanlikni shakllantirishda ham ertaklar maqollardan foydalanishning ahamiyati katta.
Muloqot – yunoncha so’z, so’zlashuv, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr olishuv, og’zaki nutq shakli ikki yoki undan ortiq shaxslarning so’zlashuvidir. Muloqot faqat insonlarga xos bo’lgan jarayondir.Kishilarning faoliyat jarayonida bir-birlariga nimanidir aytish istagi tug’iladi. Muloqot shaxslararo munosabatlarning shunday ko’rinishidirki, uning yordamida odamlar bir – birlari bilan o’zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o’zaro axboro talmashadilar, bir – birlariga ta’sir o’tkazadilar, bir – birlarini his qiladilar, bir – birlarini tushunadilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda diologik va monologik nutqning shakllanib, rivojlanib borishida xalq og’zaki ijodi namunalari, ertaklarning ahamiyati katta. Bundan tashqari bu jarayonda ertaklarning ta’limiy imkoniyatlari ham keng
Sharq xalqlari qadimdan ta’lim va tarbiyaga jiddiy e’tibor berib, kelganlar. Bugungi kunda hali bu muammo o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Xalqimizning qadimgi urf odatlari, an’analari va muomala madaniyati hisoblangan merosini o‘rganish xar bir mustaqil davlat fuqarolarining ma’naviyatini shakllantirish ishining eng asosiy shartlaridan biridir. SHuni aytish kerakki, maktab o‘qituvchilari asosiy ishlarini bolalarga o‘z fani bo‘yicha ta’lim berish deb hisoblaydilar. Ular shosha — pisha dasturdagi fan asoslarini bolalarga singdirish payida bo‘ladilar. Ammo ta’lim hayotga bog‘lanmasa, avvalo bolalar ongiga etib bormaydi, kirib borganda ham biror o‘zgarish yasamaydi. Tarbiya bilan, hayot bilan asoslanmagan ilm uzoq mudat muallaq qolib ketadi. Shu bois ta’lim va tarbiyani milliy madaniyatdan ajralgan holda yo‘lga qo‘yish insonlarni ajdoddar merosidan, nasli nasabidan uzoqlashtirishga olib keladi. Ayniqsa milliy o‘z — o‘zini shakllanmasligi milliy — madaniy masalalar yuzasidan xech narsani bilmaslik milliy xudbinlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shuni iftixor bilan qayd etmoq kerakki, ilm-u fan avval Sharqda taraqqiy etgan. Darhaqiqat olmon olimi Xerlerning «Sharq Yevropaning muallimidir», -deb e’tirof etishi bejiz emas. O‘zbek xalqi ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos dorilfunun yaratgan xalqdir. O‘zbek xalqining madaniy merosi, milliy pedagogikasi ulkan bir dengiz. Endi bu dengizdan suv ichadigan, bahramand bo‘ladigan vaqt keldi. Xalq pedagogikasi tarixan tarkib topgan, bolalarni xalqning ijodiy an’analari ruhida tarbiyalash tajribasidir. Xalq pedagogikasi xalqimizning ta’lim-tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarini o‘rganadi, bu esa bo‘lg‘usi pedagoglarni bevosita amaliy faoliyatga tayyorlashga, ta’lim-tarbiya tizimini milliy ruh bilan sug‘orishga yordam beradi. Zero, o‘zbek milliy an’analarini, urf-odatlarini har tomonlama o‘rganish, tadqiq qilish, talabalarga ularning mazmuni va tarbiyaviy xususiyatlarini tushuntirish, ulardan ilmiy-metodik jihatdan to‘g‘ri foydalanish, talabalarda, o‘qituvchilarda, jamoatchilikda xalq qadriyatlariga qiziqish uyg‘otish, ular asosida kishilarning madaniy, axloqiy, jismoniy, ma’naviy darajasini yuqori saviyaga ko‘tarish kabi bugungi kunning dolzarb muammolarini hal etishda ham xalq pedagogikasi muhim rol o‘ynaydi. Demak, xalq ijodiyotini o‘rganish xalqimizning asrlar davomidagi xayot tarzini, urf — odatlarini, eng yaxshi milliy an’analarni, umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyalarni o‘rganishdan iborat. Bugungi kunda biz xalq og‘zaki ijodiyotiga mana shunday ko‘z bilan qaragan holda uni o‘quvchilarga o‘rgatishimiz, ulardagi ulug‘vor g‘oyalarni ongiga singdirib borishimiz zarur.
Xalq og‘zaki ijodini o‘rganish shunchaki badiiyatni o‘rganish emas, balki ulardagi vatanparvarlik, qahramonlik insonparvarlik, mehnatsevarlik, ilm va hunarga kuchli e’tibor, to‘g‘rilik va rostgo‘ylik kabi jahon xalqlariga, barcha pokdil, chin insonlarga ma’qul bo‘ladigan g‘oyalarni o‘rganish demakdir. Har bir maqol, matal, ertak, rivoyat, qo‘shiq, doston va boshqalar xaq qalbiga yaqin, aslida ulardan yuzaga kelgan orzu armonlar, intilishlar yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Ayniqsa ertak va dostonlarning qahramonlari xalq tasavvurida barkamol insonlardir. Ularning maqsadlari bilan xalqning maqsadi uyg‘undir. Xalq xamma vaqt tinch va osoyishta, go‘zal va farovon, to‘kin sochin va obod mamlakatni orzu qiladi. Uning qaramoni aynan mana shunday mamlakatlarni yaratish harakatida fidoiylik ko‘rsatadi. Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida yaratilgan xalq asarlari xalqning ijtimoiy — siyosiy ideallari, bu ideallarni gavdalantiruvchi, o‘sha davrga xos fazilatlar egasi bo‘lgan qahramonlarini bunyodga keltirgan asarlardir. Ularning ahamiyati bugungi kunimiz uchun va hamma zamonlar uchun ham bir xildir. Chunki ularda umuminsoniy manfaatlar himoya qilinadi, ezguliklar targ‘ib qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |