Bu bosqichlarni quyidagicha belgilab olish mumkin:
1. Tayyorlov davri. O‘yin natijasiga katta ta’sir etuvchi mas’uliyatli boschich. Shu o‘rinda asosiy vazifa o‘quvchilarni o‘yinning maqsadi, mavzusi, qoidasi, shartlari bilan tanishtiriladi.
2. O‘yinni tashkil etish. O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, vazifalar bo‘lib beriladi.
3. O‘yinni o‘tkazish. Belgilangan vazifani yakka va guruhlarga birlashtirib, topshiriqlarni bajartiriladi.
4. O‘yin natijalari. Natijani baholash, xulosalash, ya’ni o‘yinning o‘quv-bilish natijalarini tahlil qilish.
Didaktik o‘yinlarni o‘tkazish o‘quvchilarga quyidagicha mas’uliyat yuklaydi:
- o‘yinlarni o‘tkazish jarayonida faol bo‘lish;
- diqqat va e’tiborli bo‘lish, do‘stlarini gapini bo‘lmaslik;
- o‘z vazifasini aniq bajarish;
- ko‘rgazmali qurollar tayyorlash;
- birdamlik va hamjihatlik kuchini his qilish;
- o‘zaro ishonch;
Didaktik o‘yinlar texnologiyasi qisqa vaqtda amalga oshiriladigan tizimlashgan guruhiy mashg‘ulotlar bo‘lib, ularni o‘tkazish oson va oldindan tayyorgarlik ko‘rish shart emas. U ko‘p vaqt olmaydi. O‘yinlar o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirib, darsning boshida, o‘rtasida oxirida o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Yangi pedagogik texnologiyaga bag‘ishlangan adabiyotlar va maqollarda bir qator didaktik o‘yinlar haqida so‘z yuritilib, innovatsion metod sifatida taqdim etilmoqda. Ana shulardan o‘zbek tili darslaridan qo‘llanish mumkin bo‘lgan ayrim o‘yinlar haqida so‘z yuritamiz:
“Tarbiya arenasi” o‘yini
Mazkur o‘yindan foydalanilganda, til taraqqiyoti bosqichlari bo‘yida ma’lum asarlarni sahnalashtiradilar.
Bu dunyoda tarbiyadek, mas’uliyatli ish yo‘qdir. Shu sababdan qadimdan mashhur donishmandlar tarbiya to‘g‘risida o‘zlarining o‘lmas asarlarini yozib qoldirganlar. Ular tomonidan yozib qoldirilgan didaktik asarlar o‘sib kelayotgan yosh avlodni salbiy illatlardan asrab, axloqan pok, haqiqiy inson bo‘lib yetishishlariga undagan. Bugungi kun o‘quvchisi mustaqil hayotda yashash va faoliyat yuritish kompetentliligini maktabning o‘zida shakllantirib olishi kerak.
“TARBIYA ARENASI” rolli o‘yini – o‘quvchilarda kommunikativ, axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, milliy va umummadaniy, ijtimoiy faol fuqarolik hamda matematik savodxonlik, fan texnika yutuqlaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi.
“Tarbiya arenasi” rolli o‘yinining qo‘g‘irchoq teatridan farqi shundaki, o‘qituvchi tomonidan sinf o‘quvchilari tarbiyasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga mo‘ljallangan mavzu tanlanadi va yangi ssenariy yoziladi. O‘yin oldindan yozilgan tayyor badiiy asar bo‘yicha tashkillashtirilmaydi. O‘quvchi uchun notanish syujet tayyorlanadi. Albatta, buning uchun o‘qituvchining o‘zi ham ijodkor bo‘lishi kerak.
Ssenariylarni tayyorlash jarayonida o‘quvchilar xulqidagi bo‘shliqlarni inobatga olish bosh mezon hisoblanadi.
YODDA TUTING!. Kinoyaviy (allegorik) obrazlar – hayvonlar, hashoratlar – turli jonivorlar insoniylashtiriladi, ayrim odamlarning fe’l-atvoridagi kamchilik, illatlar achchiq kulgu, yengil hazil bilan fosh qilinadi. O‘git va nasihatlar beriladi.
“Zarbulmasal” (Gulxaniy)dagi Toshbaqa, Chayon, Maymun, Tuya, Bo‘taloq kabilar allegorik obrazlarning yorqin misoli bo‘la oladi.
“TARBIYA ARENASI” ROLLI O‘YINI “allegorik obrazlar orqali”
O‘yinning maqsadi: allegorik obrazlar yordamida o‘quvchilarni sharqona odobga chorlash, insoniylik hislatlarini tarkib toptirish va o‘z-o‘zini axloqiy tarbiyalash hamda kaasb tanlashga o‘rgatish.
(Sababi: Shuning uchun mazkur didaktik o‘yinlar o‘quvchini o‘z-o‘zini tarbiyalash imkoniyatini bergani uchun, jamiyatning rivojlanishi, davlatning taraqqiyotiga yo‘naltirilgan bo‘lishi, kasb tanlashga xizmat qilishi lozim)
O‘yinning vazifasi:
– o‘quvchilarni ssenariy bilan tanishtirish va rollarni bo‘lib berish;
– arena milliy ruhda bezatish;
– sharqona qadriyatlar asosida o‘yinni olib borish;
– o‘yinning yakuni va xulosasi asosida uyga vazifa qilib, “Qissadan hissa” xatini yozib kelish topshiriladi.
Kutilayotgan natija: o‘quvchining xulq-atvorida ijobiy fazilatlar paydo bo‘lib, sof o‘zbek adabiy tilida bemalol so‘zlasha olish layoqati shakllanadi. Tanqidiy fikrlab, muzokaraga kirisha oladi, voqelikka munosabat bildiradi hamda o‘z-o‘zini baholab, rivojlantirish orqali kasb tanlash, jamiyatda o‘z o‘rnini topa olish konikmalari rivojlanadi.
“Tarbiya arenasi” rolli o‘yinidan foydalanish orqali o‘quvchilarda o‘zini – o‘zi baholash ko‘nikmalarini ham shakllantirish mumkin. Qachonki, o‘quvchi o‘z xatosi va kamchiligini o‘zi topa olsa, uni to‘g‘rilash bo‘yicha ichki motivatsiya vujudga keladi hamda o‘z xohishi bilan uni bartaraf etadi.
Zero, buyuk sharq faylasufi va allomasi Umar Hayyom aytganidek: “Hamma narsaning yorug‘ tomonini ko‘ra biling, agar unday tomoni bo‘lmasa, qorong‘usi yarqiramagunicha arting”.
Aynan shunday o‘yinlarni olib borishda quyidagi ssitata va hikmatli so‘zlardan ham foydalanish mumkin:
Til avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga til orqali, ona allasi, ona tilining bеtakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir» Islom Karimov
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 4-modda.
• Til — umumbashariy qadriyat, insoniyatga ato etilgan ulug‘ ne’matdir. Muhtaram Yurtboshimiz «Ona tili bu — millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar», deya ta’kidlaydi. Til — shaxsni shakllantirgan, millatni vujudga keltirgan, uni taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan mo’tabar xilqat. Davlat tili haqida”gi qonun, 1-modda.
Til mo’tabardur… ammo turkiy va forsiy va hindiy asl tillarning mansha’idurki, Nuh payg’ambar…ning uch o’g’lig’akim, Yofas (Abu-t-turk) va Som va Homdur, yetishur”. Muhokamat ul- lug’atayn
Jonimga Masihdir shu ona tilim… Mayli, qashshoq bo’lsin mayli, behasham, Lekin mening uchun aziz va suyuk. Jahon minbarida yangramasa ham Ona tilim menga muqaddas, buyuk… Rasul Hamzatov
O’zgarmaydi, yaxlit hamisha. Ammo sho’rlik to’tining holi O’zgalarga taqlid hamisha. Ona tilim, sen borsan, shaksiz Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo’qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to’ti bo’lib qolaman… Abdulla Oripov
“Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinganligiga bu yil 24 yil to‘ldi. O‘tgan shu davrda ona tilimizning yanada sayqallanishi, badiiyligi, tarixiyligi va dunyo miqyosida ahamiyati hamda nufuzini oshirishga qaratilgan qator madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy, ijodiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda jahondagi ko‘plab mamlakatlar xalqlari davlatimiz ramzlari – O‘zbеkiston Rеspublikasi bayrog‘i, gеrbi, davlat madhiyasi qatorida o‘zbеk tiliga ham hurmat bilan qarab, nafis va boy til sifatida yuksak baho bеrib kеlmoqdalar. Lotin alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
Davlat tiliga doir siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyot talablari, ona tilimizni yanada rivojlantirish vazifalari o‘zining huquqiy asosiga ega bo‘ldi. Bugun davlat tilining qo‘llanish doirasi kengayib, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, yangi-yangi lug‘atlar chop etilayotir. O‘zbek tili davlat tili haqida”gi qonuni yangi tahrirda e’lon qilindi.
Til har bir xalqning oynai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”Abdulla Avloniy
• Abdulla Avloniyning ona tili va adabiyotni buzish, boshqa tillar bilan aralashtirib, mazmun-mohiyatini o‘zgartirish, pirovard natijada, bir tilning boshqa tildan ustun turishiga, tilning ruhiyatini buzishga qaratilgan har qanday urinish va zid harakatlarga qarshi chiqqanligi quyidagi purma’no so‘zlarida yaqqol isbotlanadi. «Zig‘ir yog‘i solub, moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadir. Bobolarimizga еtishg‘on va yaragan muqaddas til, adabiyot bizga hеch kamlik qilmas. Dunyoning lazzati sodiq do‘stlar ila suhbat qilmoqdan iborat».
Do'stlaringiz bilan baham: |