Himoyaga ruxsat beriladi



Download 442.22 Kb.
bet3/5
Sana11.01.2017
Hajmi442.22 Kb.
1   2   3   4   5

II-BOB: O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI VA UNING HOZIRGI HOLATINING TAHLILI.

2.1 O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy investitsion faoliyati tahlili.

Bu rejada men asosan 2012-2013 yillarda mamlakatimizda olib borilgan investitsiya faoliyati va uning tahlillarini, shuningdek, istiqboldagi yirik investitsiya loyihalariga to’xtalib o’tmoqchiman. Garchand rejada yaqin yillardagi investitsiya faoliyati haqida so’z yuritisada, e’tiboringizni, avvalambor, mamlakatimizning oz yillik tarixi davomidaga asosiy kapitalga kiritilga investitlar dinamikasiga qaratmoqchi edim:



Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

1-diagramma



Manba: “Bozor, Pul va Kredit” jurnali 2013-yil 11-son

18 yil ichida 310 martaga ortish, albatta, bu tempdagi o’sish o’z-o’zidan amalga oshayotgani yo’q, bunda mamlaktimiz tanlagan erkin bozor iqtisodiyoti va uni qurishga qaratilgan keng ko’lamdagi ichki va tashqi siyosati sababchi. Buning uchun mamlakatimizda ko’plab islohotlar, investorlar uchun qulay muhit, xususan, soliq imtiyozlari, valyuta almashunivi, bojxona to’lovlari bo’yicha bir qator imtiyozlar berilda(I bobda bu haqida to’xtalib o’tgandik). Bu o’zgarishlar faqat miqdorlarda emas balki tarkiban ham o’zgargan.

Solishtirish uchun e’tiboringizga quyida keltirilgan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning yo’nalishi o’zgarishini keltirishimiz mumkin.



Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning yo’nalishi o’zgarishi

2-diagramma



Manba: www.stat.uz
Bu shundan dalolat beradiki, mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatimiz investitsiyalarni katta qismini SSSR tarqab ketgandan so’ng o’z ishlab chiqarish faoliyatini to’xtatgan, buning natijasida mavjud bino-inshoat, asbob uskunalar ham ma’nan ham jismonan eskirgan korxonalarni rekonstrutsiya qilishga sarflagan. Hozirda esa deyarli hamma korxonalar rekonstruktsiya qilinib bo’lingan, ammo, haligacha modernizatsiya qilish jarayoni jadal davom etmoqda va asosiy etibor yangi ishlab chiqarish korxonalari qurishga qaratilayapti.
O‘zbekistonda 2013-yilning o‘zida kapital investitsiyalar hajmi dollar hisobida qariyb 14 milliardni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizni tashkil etadi. “O‘zbekiston 2013” almanaxi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu investitsiya resurslari asosan sanoat (34,5%), uy-joy qurilishi (21,9%) va transport (15,5%) sohasiga yo‘naltirildi.

2013-yil kapital investitsiyalar tarkibi

3-diagramma



Manba: www.stat.uz

Solishtirish uchun e’tiboringizga 2000-yildagi kapital investitsiyalar tarkibini keltiramiz:



2000-yil kapital investitsiyalar tarkibi

4-diagramma



Manba: www.stat.uz

2013 yilda Investistiya dasturini amalga oshirish doirasida mamlakatimizda 13 milliard dollar qiymatidagi kapital qo’yilmalar o’zlashtirildi, bu 2012 yilga nisbatan 11,3 foizga ko’pdir. O’zlashtirilgan kapital qo’yilmalar umumiy hajmining deyarli yarmini, ya’ni 47 foizini xususiy investistiyalar – korxonalar va aholining shaxsiy mablag’’lari tashkil etgani alohida e’tiborga loyiqdir.

Jalb etilayotgan investistiyalarning asosiy qismi – 70 foizdan ortig’i, birinchi navbatda, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurishga yo’naltirildi, eng yangi zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflangan investistiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investistiya kiritish hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo’ldi.

O’zlashtirilgan umumiy kapital qo’yilmalar hajmining 3 milliard dollardan ortig’ini xorijiy investistiyalar tashkil etdi. Shuning 72 foizdan ziyodi yoki 2 milliard 200 million dollari to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investistiyalardir. Mamlakatimizda Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining tashkil etilgani chet el investistiyalarini jalb etishda ko’p jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda, desak, hech qanday mubolag’a bo’lmaydi. Jamg’armaning asosiy vazifasi iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va yo’l-kommunikastiya sohasidagi strategik muhim investistiya loyihalarini xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda moliyalashda faol ishtirok etishdan iborat.

Jamg’arma faoliyat boshlaganidan buyon o’tgan qisqa vaqt mobaynida 15 milliard dollardan ziyod miqdordagi aktivlarga ega bo’lgan qudratli moliya institutiga aylandi. Jamg’arma o’z mablag’’lari bilan umumiy qiymati 29 milliard dollardan ziyod 86 ta strategik ahamiyatga molik investistiya loyihasini hamkorlikda moliyalashtirishda ishtirok etmoqda. Faqat 2013 yilning o’zida Jamg’arma mablag’’lari ishtirokida qiymati 780 million dollardan ortiq bo’lgan 33 ta o’ta muhim loyiha amalga oshirildi.

2013 yilda Investistiya dasturi doirasida moliyalashning barcha manbalari hisobidan umumiy qiymati qariyb 2 milliard 700 million dollardan iborat bo’lgan 150 ta ishlab chiqarish yo’nalishidagi loyihani amalga oshirish ishlari nihoyasiga etkazildi. Bular qatorida Toshkent issiqlik elektr markazida kogenerastion gaz turbinali texnologiyani joriy etish; Janubiy O’rtabuloq – Muborak gazni qayta ishlash zavodi gaz quvurini va kompressor stanstiyasini barpo etish orqali Somontepa va Janubiy O’rtabuloq konlarini to’liq jihozlash; «Angren» konini modernizastiya qilish orqali Yangi Angren issiqlik elektr stanstiyasining 1-5-energiya bloklarini yil davomida ko’ mir bilan ishlashga o’tkazish; «Angren» maxsus industrial zonasi hududida «Ohangaron» podstanstiyasini rekonstrukstiya qilish, «Bekobod stement» ochiq akstiyadorlik jamiyatida yangi liniya qurish hisobidan faoliyat ko’rsatayotgan stement ishlab chiqarish jarayonini modernizastiya qilish, "Quyuv-mexanika zavodi” sho’’ba korxonasida metall quyishni rekonstrukstiya qilish va boshqa yirik loyihalar borligini alohida qayd etish lozim.

Shu bilan birga, Toshkent va Namangan viloyatlarida zamonaviy to’qimachilik komplekslari, Jizzax va Xorazm viloyatlarida yigiruv va to’quv, Samarqand viloyatida sport poyabzallari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. Oziq-ovqat sanoati bo’yicha 21 ta korxonada ishlab chiqarish modernizastiya qilindi va texnik qayta jihozlandi.

«Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon uning hududida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo’lgan 19 ta investistiya loyihasi bo’yicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak texnologiyalar asosida modem va televizorlar uchun pristavkalar, elektr energiyani elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suv isitish qozonlari, mobil va stastionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

2013 yilda maxsus zonadagi korxonalar tomonidan qiymati 100 milliard so’mdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi va bu boradagi o’sish sur’ati 2012 yilga nisbatan 25,8 foizni tashkil etdi.

«Angren» maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy qiymati qariyb 44 million dollar bo’lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan diodli yorug’lik lampalar, turli kattalikdagi mis quvurlar, ko’mir briketlari kabi yuksak texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, shakar ishlab chiqarish bo’yicha yangi zavod va boshqa korxonalar tashkil etildi.

Bugungi kunda «Jizzax» maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikastiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo’yicha faol ishlar olib borilmoqda.

O’tgan yilning o’zida mazkur zona hududida Xitoy kompaniyalari ishtirokida 100 ming dona mobil telefon ishlab chiqarish, shuningdek, chorva mahsulotlarini qayta ishlash va ozuqa tayyorlash bo’yicha umumiy qiymati qariyb 6 million dollar bo’lgan dastlabki 3 ta loyiha amalga oshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Toshkent Moliya instituti hamkorlikda “Milliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish” mavzuida ilmiy-amaliy konferentsiya  tashkil etdi.

Anjuman mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning “2012 yilning asosiy yakunlari va 2013 yilda O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi, shuningdek, “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor vazifalari to'g'risida”, “2011-2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tashkil etildi.

Konferentsiyada Markaziy bank, tijorat banklari va ishlab chiqarish korxonalarining etakchi mutaxassislari, iqtisodchi-olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va magistrantlar ishtirok etdi.

Joriy  yilning o'tgan to'qqiz oyida respublikamizda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlash imkonini berdi: o'zlashtirilgan kapital qo'yilmalar hajmi 19,3 trillion so'mni tashkil qildi va qiyosiy narxlarda 12,5 foizga oshdi. Kapital qo'yilmalar umumiy hajmining 63 foizi ishlab chiqarish maqsadlariga yo'naltirilgan.

Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo'yicha ko'rilgan keng qamrovli chora-tadbirlar natijasida o'zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 12,4 foizga oshib, 1,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Uning 77,5 foizi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalardir.

Banklar resurs bazasining kengayishi va ularning investitsiya faolligini kuchaytirishga oid kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga kredit ajratish hajmini 1,3 barobarga, jumladan, muddati bir yildan ortiq bo'lgan uzoq muddatli kredit qo'yilmalari hajmi 31,6 foizga o'sishini ta'minladi. Banklar tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash uchun qiymati qariyb 5,5 trln.so'mlik yoki 2012 yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko'p kredit mablag’'lari ajratildi.

Konferentsiyada mamlakatimizda banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig'i stavkalarining joriy etilishi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.

Anjumanda milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirish, mamlakat investitsion jozibadorligini oshirish, investitsiyalar samaradorligini baholash va investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish, iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni jalb etishda tijorat banklari ishtirokini yanada qo'llab-quvvatlash, investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qimmatli qog'ozlar vositalaridan foydalanish masalalari bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi hamda ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ta’kidlash joiz, 2012-yilda sanoatga kiritilgan investitsiyaning asosiy qismi — 40 foizi yoqilg‘i tarmog‘iga, mashinasozlik va metallga ishlov berishga — 12,5%, elektr energiyasiga — 10%, metallurgiyaga — 8,5%, yengil sanoatga — 8,1% qismi sarflangan.

2012-yil kapital investitsiyalar tarkibi

5-diagramma



Manba: www.stat.uz

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2012-yilda xorijiy investitsiyalar va kreditlar hissasi 4,7 trillion so‘mdan oshdi, bu resurslar umumiy hajmining 21,6 foizi demakdir. Shundan 45,4% investitsiya kiritmalari sanoatni, 27,7 foizi transportni, 10,2 foizi esa aloqani rivojlantirishga yo‘naltirildi.

Respublikamizda investitsiyalar hajmini o’sishi va ularni moliyalashtirish manbalari tarkibidagi o’zgarishlar tendensiyasiga e’tibor qaratsak, so’ngi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi barqarorlashayotganiga guhox bo’lamiz.

Quyidagi diagrammada investitsiyalar bo’yicha rasmiy ma’lumotlar iqtisodiy faollik o’sishining ijobiy tendensiyasini ko’rsatmoqda. Mamlakatimizni isloh etish va rivojlantirish bo’yicha samarali strategiyaning izchil va aniq maqsadli amalga oshirilayotgani natijasida, jahon iqtisodiyotida jiddiy muammolar mavjudligiga qaramay, 2007-2012-yillarda YaIMning o’sish sur’ati 8-9.5% oralig’ida saqlab qolindi. YaIMda jami investitsiyalarning ulushi 2009-yilda katta ulushni tashkil etgan va jami investitsiyalarda markazlashgan investitsiyalarning ulushi kamayish tendensiyasiga ega. Bunday holat ijobiy baholanadi.



O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalar dinamikasi.

6-diagramma



Manba: “Bozor, Pul va Kredit” jurnali, 2013-yil, 11-son

Chunki davlat investitsiyalari ulushining kamayishi nodavlat tuzilmalar faolligining ortishi, ya’ni mamlakat aholisi va korxona mablag’’lari hamda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajminig oshishi bilan izohlash mumkin.



2013 yilning yanvar-dekabrida respublikada asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy miqdori milliy valyutada 27557,3 mlrd. so’mni yoki AQSh dollaridagi ekvivalent hajmda 13,2 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu 2012 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 11,3% ga ko’p degani. 2012-yilda esa bu ko’rsatkich milliy valyutada 22067,0 mlrd. so’mga yoki 11,7 mlrd AQSH dollariga teng bo’lib, u 2011 yilga nisbatan 11,6% ga o’sgan.

2012-2013 yilning yanvar-dekabrida mulkchilik shakllari bo’yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning taqsimlanishi quyida keltirilgan:

2-Jadval: 2012-yil (mlrd. so’m)

Yakunga nisbatan foiz hisobida




Jami investit-siyalar

Shu jumladan, moliyalashtirish manbalari bo’yicha

Davlat budjeti mablag’’-lari

Sug’oriladi-gan yerlar-ning melirativ holatini yaxshilash jam.

Korxona-lar va aholi mablag’’-lari

Chet el investit-siyalari va kreditlari

Bank kreditlari va bosh-qa qarz mablag’’-lari

Budjet-dan tash-qari fondlar mablag’’-lari

Jami:

22067,0

5,1

0,4

50,8

21,7

11,4

10,6

Shu jumladan, mulkchilik shakllari bo’yicha:

davlat

4963,8

20,9

1,7

30,3

11,8

2,1

33,2

nodavlat

17103,2

0,5

---

56,8

24,5

14,1

4,1


Manba: “Bozor, Pul va Kredit” 2013-yil, 11-son

3-Jadval: 2013-yil (mlrd. so’m)

Yakunga nisbatan foiz hisobida




Jami investit-siyalar

Shu jumladan, moliyalashtirish manbalari bo’yicha

Davlat budjeti mablag’’-lari

Sug’oriladi-gan yerlar-ning melirativ holatini yaxshilash jam.

Korxona-lar va aholi mablag’’-lari

Chet el investit-siyalari va kreditlari

Bank kreditlari va bosh-qa qarz mablag’’-lari

Budjet-dan tash-qari fondlar mablag’’-lari

Jami:

27557,3

5,5

0,4

53,1

20,3

11,0

9,7

Shu jumladan, mulkchilik shakllari bo’yicha:

davlat

6033,3

24,2

2,0

24,4

15,9

2,9

30,5

nodavlat

21524,0

0,2

---

61,2

21,5

13,3

3,8


Manba: “Bozor, Pul va Kredit” 2013-yil, 11-son

Mamlakatimiz iqtisodiyotida kapital qo’yilmalar tarkibida markazlashmagan invetitsiyalar miqdorining ortib borayotgani bozor iqtisodiyotiga xos tendensiya bo’lib, aholi va korxonalar mablag’’larining ortishi hamda ushbu mablag’’larning investitsiya qilib kiritilishi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 2012-yilda 22067,0 mlrd. so’mni, 2013-yilda 27557,3 mlrd. so’mni tashkil etdi. Jami investitsiyalar tarkibida korxona va aholi mablag’’lari hissasi 2012-yilda 50,8% ni, 2013-yilda esa 53,1% ni tashkil etgani gapimizning yaqqol isbotidir.



2013-yil iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha investitsiya va kreditlarini o’zlashtirish quyidagicha ifodalanadi:

4-Jadval:



Mlrd. so’m

Umumiy hajmga nisbatan foizda

Jami:

27557,3

---

Ishlab chiqarish tarmoqlari

18420,6

100,0

Sanoat

9467,5

51,4

Shu jumladan:







yoqilg’i-energetika

metallurgiya

kimyo va neft-kimyo sanoati

mashinasozlik

yengil sanoat

oziq-ovqat sanoati

qurilish materiallari sanoati

4966,2


908,1

618,9


832,4

651,5


488,6

519,8



27,0

4,9


3,4

4,5


3,5

2,7


2,8

Qishloq xojaligi

1173,7

6,4

Qurilish

713,5

3,9

Transport va aloqa

4790,1

26,0

Savdo va ovqatlanish

1332,2

7,2

Geologiya va yer ostiboyliklarini izlash

402,9

2,2

Boshqalar

540,7

2,9

Noishlab chiqarish tarmoqlari:

9136,7

100

Uy-joy qurilish

5766,7

63,1

Kommunal xo’jalik

626,7

6,9

Sog’liqni saqlash

782,3

8,6

Ta’lim

742,1

8,1

Madaniyat va san’at

167,1

1,8

Boshqalar

1057,8

11,5


Manba: www.mfer.uz

Umumiy holda:



7-diagramma


Manba: www.mfer.uz

8-diagramma



Manba: www.mfer.uz

2012-2013-yillar iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha chet el investitsiyalari va kreditlarini o’zlashtirishda ham asosiy ulush transport va aloqa (2012-yilda 37.9% va 2013-yilda 30.2% ), yoqilg’i-energetika (2012-yilda 40.3% va 2013-yilda 35.0% ) ni tashkil etdi.



O’zbekiston Respublikasining 2012-yilgi davlat investitsiya dasturi doirasida jalb qilingan xalqaro investitsiyalar geografiyasi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga davlat investitsiya dasturi doirasida jalb qilinayotgan xalqaro sarmoyalarning asosiy qismi Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya hamda Niderlandiya davlatlari tashkil etmoqda. Xitoy davlati jami jalb qilingan xalqaro sarmoyalarning 35.66% ni tashkil qilayotgani va bu borada mamlaktimiz ushbu davlat bilan yuqori darajada hamkorlik ishlari olib borayotganini ko’rish mumkin. Bundan tashqari, xalqaro sarmoyaning Rossiyaga 26.79%, Janubiy Koreyaga 19.50% hisobida to’g’ri kelayotganini takidlash lozim.



5-Jadval:



Investor davlatlar

Jami jalb qilingan xalqaro investitsiyalardagi ulush(foiz hisobida)

1

Xitoy

35.66

2

Rossiya

26.79

3

Janubiy Koreya

19.50

4

Niderlandiya

3.26

5

Buyuk Britaniya

2.77

6

Malayziya

2.50

7

Germaniya

1.94

8

JAR

1.08

9

Fransiya

0.74

10

Vetnam

0.73

11

Turkiya

0.71

12

Singapur

0.66

13

Shvetsiya

0.65

14

Yaponiya

0.57

15

Ispaniya

0.51

16

Bolgariya

0.21

17

BAA

0.11

18

boshqalar

1.09



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa