Himoyaga ruxsat beriladi



Download 442.22 Kb.
bet2/5
Sana11.01.2017
Hajmi442.22 Kb.
1   2   3   4   5

3-chizma

1. Yangi kompaniya tashkil etish.






Bevosita investitsiyalar ikki maqsadga yo’naltiriladi:




2. Bankrot bo`lgan kompaniyalarni xarid qilish.

Portfel’ investitsiyalar (portfoIio investments) - shunday investitsiyalarki, bunda kapitalni daromad olish maqsadida korxonalarning aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog`ozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar korxonalarning moliyaviy xujalik faoliyati ustidan nazorat urnatish huquqini bermaydi. Xorijiy portfel’ investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda firmalar uchun muhim ahamiyatga ega. Bu turdagi investitsiyalarga asosan moliyaviy muammolarni yechish uchun murojaat kilinadi. Korporatsiyalarning moliyaviy bo’limlari mablag’`larning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga qisqa muddatli investitsiyalardan yuqori foyda olish uchun o’tkazadilar. Bunday investitsiyalar ko’pincha xususiy tadbirkorlar kapitaliga asoslangan, ba`zida esa o’z qimmatbaho qog`ozlarini chiqaradi va xorijiy qimmatbaho qog`ozlarini sotib oladi.

Portfel investitsiyasining bevosita investitsiyalardan afzallik tomoni shundaki, ular tugatilish vaktida qimmatbaho qog`ozlar tezda naqd valyutaga almashtirib olinishi mumkin. Portfel’ investitsiyalarning amalga oshirilishining asosiy sababi – tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda xorijiy investor o’z mablag’larini xorijda maksimal foyda keltiruvchi qimmatbaho qog`ozlarga joylashtirishi mumkin. Ma`lum bir ma`noda portfel’ investitsiyasi pulni inflyatsiya va spekulyatsiya yuli bilan foyda kurishdan saklash vositasi sifatida karaladi. Bunda investitsiya kilinayotgan soha xam, qimmatbaho qog`oz turi xam xech kanday ahamiyatga ega emas, u ustama kurs o’sishiga qarab istalgan foydani bersa va devidendlar to’lansa bo’ldi.

Bevosita va portfel’ investitsiyalar o`rtasidagi farqlar:

1-Jadval

Belgilar

Bevosita investitsiyalar

Portfel’ investitsiyalar

Kapital chiqarishdan asosiy maqsad:

Xorijiy firma ustidan nazorat o’rnatish

Yuqori foyda olish

Maqsadga erishish yo’llari

Xorijda ishlab chiqarishni tashkil etish va olib borish

Xorijiy qimmatbaho qog`ozlarini sotib olish

Maqsadga erishish usullari

a) xorijiy firmaga to’liq egalik qilish

b) aktsiyalar nazorat paketini sotib olish (XVJ nizomiga binoan kompaniya aktsioner kapitalining 25%dan kam bo’lmasligi kerak)



Xorijiy firma aktsioner kapitalining 25%dan (AKSH, Yaponiya, Germaniyada 10%dan) kamini sotib olish

Daromad shakllari

Tadbirkorlik faoliyati foydasi, dividendlar

Dividendlar, foizlar


Manba:Akopova E.S., Voronkova O.N. i dr. Mirovaya ekonomika i mejdunarodnie ekonomicheskie otnosheniya. Rostov-na-Donu: «Feniks», 2000.- S. 278 (416 s).
Xorijiy investitsiyalar qo`shma korxonalarda o`z hissasi bilan katnashib, xorijiy investorlarga to`liq tegishli bo`lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda katnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaho qog`ozlarni sotib olishi, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo’lishi, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin.

4-chizma


Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 gurux omillar ta`sir ko`rsatadi:



Siyosiy omillar


Iqtisodiy omillar





1. Iqtisodiy omillar:

  • ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o’sish sur`atlarining bir maromda ushlab turilishi;

  • jahon va aloxida mamlakatlar iqtisodiyotida chuqur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniksa, fan-texnika tarakkiyoti yutuklari va jahon xizmatlar bozori tarakkiyoti ta`siri ostida olib borilishi);

  • ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi;

  • jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o`sib borishi (AKSH Transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir);

  • ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi;

  • xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshq.

2. Siyosiy omillar:

  • kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX), offshor hududlari va boshq.);

  • rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;

  • iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash);

  • bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.


1.2. Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining ahamiyati va uni jalb qilish sabablari.

Chet el investistiyalari – kapital eksport qiluvchi mamlakatlarning importyor mamlakatlarning iqtisodiy sub’ektlari hamda qo’shma korxonalarning real va moliyaviy aktivlariga kiritgan mablag’’lardir. Chet eldan investistiyalash kapital oqimining bir iqtisodiyotdan boshqasiga chiqib ketishini bildiradi, boyliklarni yanada foydaliroq shartlarda joylashtirish va investistiyalar chet ellik kapital egasiga qaytishiga qadar nisbatan uzoq vaqt davomida mablag’lar oqimini ta’minlash maqsadlarini nazarda tutadi. Ularga oqib o’tish, qochish, ya’ni mamlakatlararo ko’chib yurish xosdir.

Huquqiy nuqtai nazardan ular o’zlarining milliy huquqiy sharoitlarini qabul qiluvchi mamlakatning huquqiy sharoitlariga almashtiradilar. Chet el investistiyalari mohiyat jihatidan o’z milliy investistiya muhitini o’zga muhitga almashtiradi. Xavfsizlik, daromatdorlik, kapitallashuvdan tashqari chet el investistiyalarining o’ziga xos muhim belgisi aniq maqsadlarni ko’zlaydi. Shu sababli, o’zaro manfaatlarning mos tushishi, ishonchli munosabatlar, kirib borish sharoitlarini hisobga olish investistiyalarning bir mamlakatdan boshqasiga ko’chishining asosini tashkil etadi.

Chet el investistiyalari ichki investistiyalardan farqli ravishda mamlakat, valyuta, milliylashtirish, rekvizistiya kabi qo’shimcha tavakkalchilikka to’qnashish ehtimoliga ega bo’ladi. Demak, chet el investistiyalarining risk doirasi ancha kengdir.

Xorijiy investistiyalar kapitalni qulayroq joylashtirish hamda uzoq muddat davomida undan foyda ko’rish maqsadida eksport qiluvchi mamlakatlarning kapital qabul qiluvchi mamlakatlarning real va moliyaviy aktivlariga qo’yilishini bildirgan holda bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga o’tayotgan kapital oqimidir.

O’zbekiston uchun bozor iqtisodiyotiga o’tish bosqichida bevosita chet el investistiyalarini jalb etish vositalari ishlab chiqaradigan bazaviy sanoat tarmoqlarda yangi qo’shma korxonalar barpo etish orqali jalb qilish ma’qulroq. Bu bilan yangi texnologiyalarni, intellektual potenstialni va menejmentni rivojlantirish ta’minlanadi, buning uchun investistiya muhitini yaxshilash, qo’shma korxonalarni tashkil qilishda va yangi loyihalarga bevosita chet el investistiya oqimini har tomonlama rag’batlantirish, qonun hujjatlarini takomillashtirish kerak.

Xorijiy investistiyalarning o’ziga hos xususiyatlaridan biri ularning mamlakatlararo ko’chishi, faqat o’z maqsadini ko’zlashi, amal qilish sharoitlarining o’zgarishi, ancha qulay shartlar bilan qo’yilishi, ishonch qozonishi hisoblanadi. Demak, chet el investistiyalari bir iqtisodiyot sub’ektlarining kapitalini boshqasiga bog’lab qo’yish bo’lib, buning natijasida mamlakatlar va mintaqalar bo’ylab kapital ko’chishi yuz beradi. Xorijiy tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bevosita chet el investistiyalarini jalb qilishning salbiy tomonlari ham bor. Chet el korxonalarining salbiy tomonlari – ichki bozorni boshqarish imkoniyatlari, ishlab chiqarishning baynalminallashuvi oqibatida ko’plab chet el valyutasining chiqib ketishidir.

Bevosita chet el investistiyalari eksportyor mamlakatning ishlab chiqarish kapitalini uni qabul qiluvchi mamlakatda bevosita tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish maqsadlarida kiritishdan iborat. Bunday investistiyalar korxonalar akstiyalari umumiy hajmining 10-25 %dan ortiq bo’lmaydigan nazorat paketini sotib olish shaklida yoki o’zining ishlab chiqarish quvvatlarini qurish yoxud qo’shma korxona akstiyalarining kamida 25 %ini (AQSh va Jahon Tiklanish va Taraqqiyot banki statistikasi bo’yicha esa kamida 10%) sotib olinganda bevosita investistiyalar hisoblanadi.

Barcha hollarda ham bevosita chet el investistiyalari (BChI) kapital eksportyorlariga investistiyalash ob’ektining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishda samarali qatnashish imkoniyatlarini yaratadi. Ular o’z egasiga mamlakat chegaralaridan tashqarida investistiyalar kiritgan firmalar va korxonalar ustidan nazorat o’rnatishni ta’minlaydi, monopoliyalarga qo’yilgan to’siqlarni bartaraf etish, o’z mahsuloti eksportini kengaytirish, xom ashyo va energiya manbalari ustidan nazorat o’rnatish, ancha arzon ishchi kuchidan foydalanish imkoniyatlarini beradi.

Kapitalga bo’lgan talab va taklif bank foiz siyosati bilan tartibga solinadi. Bank foiz stavkasidan farq qilgan holda investistiyalardan tushadigan natija qanchalik yuqori bo’lsa, investistiyalarga talab shu qadar ko’proq bo’ladi. Bu esa o’z navbatida investistiyalarni moliyalashtirishning manbai tarzida bank kreditiga talabni yanada oshiradi. Bank kreditiga talabning ko’tarilishi foiz stavkalarining yanada ko’tarilishiga olib keladi.

Respublikada ko’p ukladli xo’jalik iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida investistion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:


  • ijtimoiy va hususiy manfaatlarni;

  • ayrim mamlakatlarni, korporastiyalarni, xalqaro moliya institutlarini,

  • investorlar manfaatlarini to’g’ri aniqlash;

  • ularning o’zaro maqbul nisbatlarini to’g’ri aniqlash;

  • ularning huquqiy sharoitlari va kafolatlarini belgilashva boshqalar.

Ma’lumki, chet ellik investorlar o’z investistiyalarini kiritish to’g’risida qaror qabul qilar ekan, birinchi navbatda o’zlarining manfaatlari va maqsadlarini hisobga oladi. O’zbekistonda chet el investistiyalari davlat tomonidan qonun yo’li bilan himoya qilinadi. Investistiyalashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari ishlab chiqilgan halqaro shartnomalarning tamoyillariga muvofiq belgilangan

O’zbekiston Respublikasi hukumati iqtisodiyotda, ayniqsa uning ustuvor tarmoqlarida sanoatlashtirish va zamonaviylashtirish borasidagi siyosatni amalga oshirishda bevosita xorijiy investistiyalarni rag’batlantirish siyosatini yoqlaydi. Qulay investistion iqlim mamlakat tarmoqlarida tuzilmaviy o’zgarishlarni tez amalga oshishiga, xorijiy investistiyalar hajmi oshishiga yordam bermoqda. O’zbekistonda investistion siyosatning rivojlantirishni asosiy omillaridan biri – Davlatning investiston dasturidir. Ushbu dasturning asosiy maqsadi investirlarni manfaatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish va shuningdek ular uchun imtiyozli rejimlar joriy etilgan sohalarni aniqlashga qaratilgan.

Mamlakatimizdagi investistiya jarayonlarining takomillashib borayotganligi namoyon etuvchi yana bir jihat–davlat byudjetidan moliyalashtirish tarkibidagi nisbatlarning sezilarli darajada o’zgarib borayotganligi hisoblanadi. Investistiya jarayonlariga davlat byudjetidan moliyalashtirilgan mablag’’lar dinamikasi shuni ko’rsatadiki, agar 2005 yilda davlat byudjetdan moliyalashtirilgan mablag’’larning 36,2% respublika byudjeti, 63,8% mahalliy byudjet hisobiga ta’minlangan bo’lsa, 2009 yilda bu nisbat tegishli ravishda 35,5% va 64,5% ni tashkil etishi ko’zda tutilmoqda. Bu esa investistiya jarayonlarini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning ishtiroki va roli kengayib borayotganligini ko’rsatadi.

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiyinvestistiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:

- birinchidan, xorijiy investistiyalar ishlab chiqarishga zamonaviytexnika va texnologiyalarni joriy etib,eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivrjlantiradi;

- ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investistiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;

- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;

- to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish


quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi.

1.3. O’zbekiston Respublikasining investistion muhiti.

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xorijiy investistiyalarni jalb qilish bo’yicha davlat siyosati respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida tuzilmaviy o’zgarishlarning kuchli quroli bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston respublikasi Prezidenti I.A.Karimov,-“Iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizastiya qilish, eksport rivoji, import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlashning muhim sharti bo’lgan xorijiy investistiyalar, avvalobor, xususiy sarmoyalarni jalb etish, buning uchun tegishli investistion muhit va investorlar uchun kafolatlar yaratish bu borada, ayniqsa, katta ahamiyatga ega” - degan edi. So’nggi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida chet el investistiyalarining hissasi oshib bormoqda. Agar 1993 yilda chet el investistiyalar umumiy kapital qo’yilmalar hajmining faqat 0,8 %ini tashkil etgan bo’lsa, 2013 yilda bu ko’rsatkich 20,3 %ni tashkil etgan edi.

O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida qulay investistion muhit yaratilib, xorijiy investorlar uchun keng huquqiy kafolatlar va imtiyozlar tizimi ishlab chiqilgan. Bundan tashqari chet el investistiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag’batlantirish bo’yicha yaxlit chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan bo’lib, u o’z ichiga quyidagilarni oladi:

- umumiy choralar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Davlat investistion dasturiga kiritilgan loyihalar uchun imtiyozlar;

- xususiylashtirish jarayonida xorijiy investorlar ishtirokini rag’batlantirish;

- texnik – texnologik qayta jihozlash, xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarilishini rag’batlantirish.

O’zbekiston Respublikasining qulay investistion muhiti qabul qilingan bir qator huquqiy hujjatlarga - “Xorijiy investorlarning huquqlarini himoyalash kafolatlari va choralari to’g’risida”, “Chet el investistiyalari to’g’risida”, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el investistiyalari ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo’shimcha rag’batlantirishlar va imtiyozlar to’g’risida”, “Chet el investistiyalari ishtirokidagi korxonalar mahsuloti eksportini rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha choralar to’g’risida”gi Farmonlari va qonunlariga asoslanadi. Shuni ta’kidlab o’tish zarurki, “Xorijiy investorlarga kafolatlar to’g’risida”gi qonunda shuningdek chet el investistiyalarini ular kiritilgan vaqtdan boshlab 10 yil mobaynida qonunchilikda investistiyalash sharoitlarini yomonlashtiruvchi o’zgartirishlardan himoyalash ishlari nazarda tutilgan.

Xorijiy investor O’zbekiston Respublikasida quyidagi yo’llar bilan investistion faoliyatni amalga oshirishi mumkin:

- O’zbekiston rezidentlari - huquqiy va jismoniy shaxslar bilan birgalikda tashkil etilgan kompaniyalar, banklar, trestlar, kartellar, birlashmalar va boshqa korxonalardagi ulushi bilan ishtirok etish yo’li bilan;

- 100%li chet el investistiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzish yo’li bilan;

- portfel investistiyalari - O’zbekiston kompaniyalari tomonidan chiqarilgan akstiyalar, obligastiyalar, va boshqa qimmatbaho qog’ozlar sertifikatlarini harid qilish yo’li bilan;

- er osti va er usti foydali qazilmalaridan foydalanishga tegishli (konstessiya) huquqlarini o’z ichiga oluvchi er va ko’chmas mulkni to’la yoki qisman sotib olish yo’li bilan.

Qo’shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investistiyalarni jalb qilish keng tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo’shma korxonalarni tashkil etishdir. O’zbekiston Respublikasida qo’shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 30 % xorijiy investorlarga tegishli bo’lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo’lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150 ming AQSh dollariga teng bo’lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investistiya ishtirokidagi korxona nizom jamg’armasining 150 ming AQSh dollaridan kam bo’lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug’ullanishga ixtisoslashgan kichik qo’shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.

5-chizma

Tenderlar e’lon qilish



Xorijiy investistiyalarni jalb qilish shakllari

Yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shu’ba korxonalari va filiallarini tashkil etish

Konstessiya va lizing shartnomalari tuzish

100% mol - mulk xorijiy investorlarga tegishli bo’lgan xorijiy korxonalarni tashkil etish

Ulushi qo’shilib qatnashishi orqali qo’shma korxonalarni tashkil etish

Moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish tashkil etish

Erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish

O’zbekiston Respublikasida chet el investistiyalari faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar quyidagi soliq imtiyozlariga ega:

I. O’zbekistonda xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun yaratilgan kafolat va imtiyozlar:

1. Xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSH dollaridan kam bo’lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o’zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, qo’shilgan qiymat, mol-mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona ijtimoiy to’lov, yagona soliq to’lovi, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish uchun majburiy ajratmalar to’lashning mazkur korxonalar davlat ro’yxatidan o’tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo’llash huquqi berildi.

2. Qiymati 50 million AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo’lgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish byudjet mablag’lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

3. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, tijorat banklari tomonidan xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog’liq qo’shimcha talablar va cheklovlar o’rnatilishi qat’iyan taqiqlangan va bu hol qonunga xilof deb hisoblanadi.

4. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o’tkazish bo’yicha Davlat komissiyasiga (R.S.Azimov) xorijiy investorlarning buyurtmanomalari bo’yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida bo’lgan past likvidli ob’ektlarni aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzish yo’li bilan tanlov o’tkazmasdan «nolь» xarid qiymati bo’yicha sotish huquqi berildi.

5. Vazirliklar, idoralar va xo’jalik birlashmalarining buyurtmanomalari bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga 12 oy muddat bilan kirish vizalari hamda ko’p martalik vizalar rasmiylashtirilish belgilandi.

6. Xorijiy investorlarga o’zlarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari uchun Davlat byudjeti va uning ijrosi, pul-kredit siyosati, tashqi savdo hamda boshqa ko’rsatkichlarni hisobga olgan holda zarur bo’lgan iqtisodiy axborotlardan tizimli asosda belgilangan tartibda keng foydalanish imkoni yaratildi.
II. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun soliq va bojxona sohasida belgilangan kafolat va imtiyozlar:
1. 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan va iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig’i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod qilingan.

To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi:

300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga;

3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha — 5 yil muddatga;

10 million AQSH dollaridan ortiq bo’lganda — 7 yil muddatga.

Keyingi qonun hujjatlarida investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda imtiyozlar qancha muddatga berilgan bo’lsa, ana shu muddat mobaynida amal qiladi.

2. Xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod qilinadi. Mazkur korxonalar, agar ushbu tovarlarni o’zining ishlab chiqarishi ulushi xo’jalik faoliyatidan olingan tushum umumiy miqdorining 60 foizidan ortiqni tashkil etsa, xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar deb hisoblanadi.
3. Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar, shuningdek ular tomonidan jalb etiladigan xorijiy pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari quyidagilarni to’lashdan ozod qilingan:

- geologiya-razvedka ishlarini o’tkazish davrida byudjetdan tashqari jamg’armalarga barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalarni;

- qidirish, razvedka qilish va boshqa tegishli ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mashina-uskunalarni, moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni import qilish chog’ida bojxona to’lovlarini.

4. Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshirgan xorijiy kompaniyalar ishtirokida tashkil etiladigan neft va gaz qazib chiqaruvchi qo’shma korxonalar neft yoki gaz qazib olinishidan boshlab 7 yil muddatga foyda solig’i to’lashdan ozod qilingan.


5. Bojxona bojini undirishdan quyidagilar ozod qilingan:

- chet ellik investorlar va ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o’ttiz uch foiz bo’lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O’zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk;

- chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasida turgan chet ellik investorlar va chet davlatlar fuqarolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulk;

- O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSH dollaridan ziyod bo’lgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlar, basharti olib kiriladigan tovarlar ularning o’z ishlab chiqarish mahsuloti bo’lsa;

- O’zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha olib kirilayotgan texnologik jihozlar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo’lsa.

III. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun qulay investitsion muhit yaratish maqsadida belgilangan kafolat va imtiyozlar:
1. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarning tegishli rejimiga qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas.
2. Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari chet ellik investorlarning so’rovlariga ko’ra ularni qiziqtirgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berishlari shart.
3. Agar O’zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda chet ellik investorlarga nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari investitsiyalash paytidan boshlab o’n yil mobaynida qo’llaniladi. Chet ellik investor o’z xohishiga ko’ra yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini qo’llash huquqiga egadir.

4. O’zbekiston Respublikasidagi chet el investitsiyalari va chet ellik investorlarning boshqa aktivlari davlat mulkiga aylantirilmaydi.Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiya hollari bundan mustasno.

5. Chet ellik investorning O’zbekiston Respublikasida olgan daromadlari chet ellik investorning xohishiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi hududida reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:

O’zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek undan tashqarida har qanday valyutada, har qanday bankda hisobvaraqlar ochish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish;

chet el valyutasida ssudalar olish va uni qaytarish.

6. Chet ellik investorlarga chet el valyutasidagi pul mablag’’larini O’zbekiston Respublikasiga va undan tashqariga, ular soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarni O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lashi sharti bilan, biron-bir cheklashsiz erkin o’tkazish kafolatlanadi.

7. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda eksport-import operatsiyalarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar. O’zlari ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilganlarida bunday mahsulot litsenziyalanmaydi va kvotalanmaydi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotni litsenziyasiz import qilishga haqli. Eksportga chiqariladigan o’zining ishlab chiqargan mahsulotini va korxonalar tomonidan o’z ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulotni aniqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
8. Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning valyuta bilan o’zini o’zi qoplash imkoniyatini oshirish, ular tomonidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni hamda eksportga yetkazib berishni ko’paytirish maqsadida quyidagi qo’shimcha imtiyozlar yaratilgan:

- o’zi ishlab chiqargan mahsulotga eksport boj to’lovlari bekor qilinsin;

- xaridorlarga xizmat qiluvchi vakil banklarning kafolatlari mavjud bo’lgan hamda amaldagi qonunlarda ko’zda tutilgan valyuta daromadi tushumi muddatlariga rioya etilgan taqdirda o’z mahsulotini oldindan haq to’lamasdan va akkreditiv ochmasdan eksport qilish huquqi berilsin;

- chet ellarda tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlari hamda ishlab chiqarayotgan mahsulotni reklama qilish maqsadida savdo uylari hamda vakolatxonalari ochib, ularga konsignatsiya shartlari asosida tovarlar yetkazib berishga ijozat berilsin;

- o’zi ishlab chiqaradigan mahsulotni yetkazib berish uchun eksport kontraktlarini (litsenziyalanadigan tovarlar eksportidan tashqari) O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro’yxatdan o’tkazish bekor qilinib, ularni vakil banklarda va bojxona organlarida hisobga olishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin;

- korxonalar o’zi ishlab chiqaradigan eksport mahsulotining kontrakt narxlarini shartnoma asosida mustaqil shakllantirishlari belgilab qo’yilsin.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa