Payvandlash toki -Payvandlash tokini elektrod dipmetri va payvandlanadigan metall qalinligiga qarab tanlab olinadi. Jarayonning ish unumdorligini va erish chuqurligini tok kuchi kattaligi belgilab beradi. Tok kuchi o`zgarishi orqali elektrod simining uzatish tezligi sozlanadi
13.5.-rasm. Payvand tokining ish unumdorligiga ta’siri.
Yoydagi kuchlanish- Yoydagi kuchlanish ortishi bilan erish chuqurligi kamayadi, chok eni va sachrashlar esa ortadi. Gaz ximoyasi yomonlashadi va g`ovaklar hosil bo`la boshlaydi. Yoy kuchlanishi tanlab olingan payvand toki kuchi va volt-amper xarektiristikasi holatiga bog`liq ravishda ta’minlash manbasining salt yurish kuchlanishini o`zgartirish yo`li bilan amalga oshiriladi
13.6-rasm.Yoy kuchlanishining erish chuqurligiga ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: |