Tok turi va qutblar ulanishi. Payvandlash asosan o`zgarmas tokda teskari bog`lanishda (ya’ni elektrodga (+), detalga(-).) olib boriladi Ayrim hollarda o`zgaruvchan tokda ham payvandlash mumkin. To`g`ri bog`lanishda erish tezligi teskari bog`lanishga nisbatan 1,4 -1,6 barobar katta, lekin yoy turg`un yonishi pastrooq va sachrashlar ko`proq bo`ladi
13.3.-rasm. To`g`ri bog`lanishda payvandlash.
Elektrod simi diametri. Elektrod simi diametrini payvandlanadigan metall qalinligiga, chokning fazodagi joylashuviga qarab 0,5 - 3,0mm oralig`ida olinadi. Elektrod diametri qanchalik kichik bo`lsa, yoy turg`unroq yonadi, erish chuqurligi va erish koeffitsenti kattaroq bo`ladi, sachrash kamayadi. Elektrod diametrini oshirilishi payvandlash tokini oshirishni talab etadi
13.4-rasm. Karbonat angidrid gazini sarfini tok kuchi va diametriga bog`ilqligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |