HID VA TA’M BUZILISHI Covid-19 NING ASORATIMI YOKI DARAKCHI BELGISI? Atoyev Rustambek Axtamovich
Aliyev Saidakram Ziyomiddin o’g’li
TTA huzuridagi Harbiy tibbiyot fakulteti,5-kurs kursantlari.
Ilmiy rahbar:TTA Asab kasalliklari kafedrasi, professor, Yakubova Marhamat Mirakramovna
Annotatsiya: Polimeraza zanjir reaksiyasida tasdiqlangan yangi koronovirus-2019 kasalligi yengil shakli bilan og’riganva yondosh kasalligi mavjud bo’lmagan bemorlarda hid va ta’m buzulishlarining uchrashi va o’ziga xos klinik-nevrologik belgilarini o’rganish.
Kalit so’zlar: COVID-19, PZR, anosmiya, giposmiya, disgueziya, koronovirus, hid buzilishi, tam buzilishi.
Kirish:Ko’p sonli norasmiy ma’lumotlarga asosan COVID-19 bilan og’rigan bemorlarda hid va ta’m bilishning yo’qolishi erta subklinik simptomlar sifatida qarash mumkin.
Metod: PZR da musbat natija aniqlangan 2020-yil iyun-oktabr oylarida COVID-19 yengil formasi bilan og’rigan bemorlarda anketa to’ldirish usuli orqali so’rov o’tkazildi.So’rovda jami 120 nafar bemor ishtirok etdi.Anketa 14 ta savoldan iborat bo’lib hid, ta’m, xotira, uyqu, buzilishlari, isitma, yo’tal va bosh og’rig’i kuzatilaganligi, shuningdek hid, ta’m, xotira, uyqu buzilishlari tiklangan tiklanmaganligi, nechi kun davom etganligi, kasallikning qaysi davridan boshlanganligi to’g’risidagi bandlari mavjud.Tekshiriluvchilarning barchasi erkak jinsiga mansub bo’lib ,ularning ,ular orasida yondosh kasalliklari mavjud emas, ularning o’rtacha yoshi: 23,5±0,5.
Natijalar:So’rovda qatnashgan 120 nafar qatnashuvchidan 48(40%)tasida hid buzilishi, 40(34%)tasida ta’m buzilishi aniqlangan.Shundan 32(27%) qatnashuvchida har ikkala sezgi buzilishi qayd etilgan.Faqat tam buzilishi 8(6%) qatnashuvchida, hid buzilishi bo’lsa 11(9%) qatnashuvchida aniqlangan.
Hid va tam buzilishlari kuzatilgan qatnashuvchilarda tiklanishini 3 guruhga bo’lish mumkin: 1-guruhda (30 nafar 25%)da hid va ta’m buzilishlari yengil darajada, 2-guruhda o’rta darajada (17 nafar -14,2%), 3-guruhda og’ir darajada (9 nafar -7,5%) buzilgan.Muhim jihati barcha qatnashuvchilarda hid va tam buzilishlari to’liq qayta tiklangan. Tekshiruvchilar hid va ta’m buzilishlari davomiyligiga qarab 3 guruhga bo’lindi:
1-guruhdagi qatnashuvchilar(30 nafar 25%)da hid va ta’m buzilishlari yengil 2,35±0,22 kungacha davom etgan.Asosan yo’tal va febril isitma bezovta qilgan.
2-guruhdagilar(17 nafar 14,2%) o’rtacha 5,5±0,55 kun davom etgan bo’lsa.Bu guruhdagilar asosan febril isitma va yo’taldan shikoyat qilishgan.
3 - guruhdagilar(9 nafar 7,5%) larda og’ir 12±0,5 kun davom etkan.Muhim jihati barcha qatnashuvchilarda hid va tam buzilishlari to’liq qayta tiklangan.Qo’shimchasiga subfebril va febril isitma, yo’tal va bosh og’rig’idan shikoyat qilishgan.Isitma deyarli 5-7 kuni tashkil qilgan.
Xulosa: Yoshlarda hid va ta’m buzilishini COVID-19 muhim erta diagnostik kriteriyalardan biri siafatida hisoblash mumkin, kasallanganlarning 47 % uchradi. Hid va ta’m buzilishini izolatsiyalangan holda yoki birgalikda uchrashi aniqlandi (faqat hid buzilishi 13%,faqat ta’m buzilishi 7%, hid va ta’m buzilishining birgalikda kelishi 27%). Yondosh kasalliklar mavjud bo’lmagan yoshlarda hid va tam buzilishi yengil darajada 25 % , o’rta darajada 14,2%, og’ir darajada 7,5% uchradi.Hid va ta’m buzilishini uzoq davom etgan bemorlarda parallel ravishda tana harorati ham oshib bir necha kunga cho’zilishi aniqlandi.Muhim jihati 18-30 yoshdagi tekshirilganlar barchasida hid va ta’m buzilishlari qayta tiklangan.So’rovda ishtirok etkanlarning kam qismigina xotira buzilishi va uyqu buzilishidan (2 %) shikoyat qilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Pubmed.ncbi.nlm.nih.gov
2.practiceupdate.com
1.Mualliflar F.I.O si.
|
Atoyev Rustambek Axtamovich
Aliyev Saidakram Ziyomiddin o’g’li
|
2.Fakultet,kurs, guruh nomlari
|
TTA huzuridagi Harbiy tibbiyot fakulteti,5-kurs kursantlari
|
3.Oliy o’quv yurtining to’liq nomi
|
TTA huzuridagi Harbiy tibbiyot fakulteti
|
4.Ilmiy ish nomi.
|
HID VA TA’M BUZILISHI Covid-19 NING ASORATIMI YOKI DARAKCHI BELGISI?
|
5.Konfrensiyda qatnashish shakli.
|
Tezisni chop etish
|
6.Ilmiy rahbar.
|
TTA Asab kasalliklari kafedrasi, professor, Yakubova Marhamat Mirakramovna
|
F.I.o. tel.raqami, E-mail.
|
Atoyev Rustambek Axtamovich
+99899 014 13 96
atoyevrustambek@gmail.ru
|
Do'stlaringiz bilan baham: |