O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti 1821guruh talabasi Saparboyeva Adolatbonuning “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanidan
KURS ISHI
MAVZU:"HIBAT UL-HAQOYIQ" ASARIDA MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Topshirdi:
Qabul qildi:
Urganch - 2022
MUNDARIJA
Kirish. …..……………………………….………………………3
I. BOB. Turkiy tillarda so`z turkumlari mohiyati.
1.1 O‘zbek tilining tarixiy morfologiyasining asosiy xususiyatlari. ….........5
1.2 Turkiy tillarda ravish va fe’l so`z turkumlari mohiyati. ...............….12
II.BOB. Turkiy tillarda ravish va fe’l so`z turkumlari haqida umumiy ma’lumot.
2.1. Ravish turkumi ahamiyati............................................…………………..16
2.2. Fe’lning semantik va grammatik belgilari. Fe’lning funksional formalari.…………………………………………………………………………….…..21
Xulosa. ………………………………….……….……………..28
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.……………………………30
I. BOB. Turkiy tillarda so`z turkumlari mohiyati.
1.1 O‘zbek tilining tarixiy morfologiyasining asosiy xususiyatlari.
Hozirgi o‘zbek tilida bo‘lganidek, eski o‘zbek tilida ham so‘z turkumlarining yirik uch guruhi qayd qilinadi. Bular mustaqil so‘zlar, yordamchi so‘zlar va undovlar. Lekin bu so‘z turkumlarining ichki kategoriyalari uzoq davrlar mobaynida o‘ziga xos ravishda taraqqiy etib keldi. Professor SH.SHukurov bu tarixiy taraqqiyotni uch bosqichga ajratadi:
Birinchi bosqich. Bu bosqichni XIV asrning oxirigacha bo‘lgan davr tashkil etadi. Bu davr eski o‘zbek adabiy tilining shakllanish arafasi bo‘lib, bu davr tilida qadimgi turkiy tilga oid ko‘pgina formalar yangi formalar bilan parallel qo‘llanib kelgan hamda yozma yodgorliklarda dialektal hodisalar ko‘plab aks etgan. SHuningdek, bu davr tilida boshqa turkiy tillarga oid bo‘lgan so‘z formalari ham iste’molda bo‘lgan.
Ikkinchi bosqich. Bu bosqich XIV asrning oxiri va XIX asrning 2-yarmigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda eski o‘zbek adabiy tili vujudga keldi va ma’lum darajada adabiy me’yorga ega bo‘ldi.
Uchinchi bosqich. XIX asrning 2-yarmidan boshlanadi. Uning xarakterli xususiyatlari adabiyotda demokratik oqimning paydo bo‘lishi, vaqtli matbuotning vujudga kelishi, kitoblarning nashr etilishi va shularning natijasida esa adabiy til bilan xalq so‘zlashuv tilining yaqinlasha borishidir. Demak, o‘zbek adabiy tili xalq jonli so‘zlashuv tili hisobiga boyib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |