Hibat-ul haqoyiq


Asardagi ma’noviy va lafziy san’atlar



Download 77,79 Kb.
bet7/10
Sana01.07.2022
Hajmi77,79 Kb.
#723520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 1 UZB 19 guruh talabasi Nosirova Zulfizarning \'\'Kurs ishi\'\'.

2.2. Asardagi ma’noviy va lafziy san’atlar
Lafziy va ma’noviy san’atlar haqida so‘z yuritishdan oldin ularning asl mohiyatini tushunib olishimiz lozim. Lafziy san’atlar so‘zlarning shakliga oid bo‘lib , bunday san’atlar asarni badiiy til jihatidan barkamol , ta’sirchan qilib yaratish uchun muhim hisoblanadi. Bunday san’atlar turiga Anvar Hojiahmedov
tajnis,iyhom,tanosub,ishtiqoq,tazod,ta’dil,tarduaks,raddul ajuz,jam’,taqsim,tafriq takrir , mukarrar, tazmini muzdavaj , kitobot, talmi’, muvozana, tarix, raddi matla’,insho kabilarni kiritadilar. Ma’noviy san’atlar so‘zlarning ma’nosiga asoslangan san’atlar bo‘lib ularga mubolag‘a, tashbih, tamsil, husni ta’lil, tajohuli orif, tashxis, intoq, talmih, laff va nashr,ruju’, istiora,tansiq as-sifat, muqobala, kinoya, irsaoli masal, tazmin, savolu javob, iqtibos, iltifot, muammo kabilar kiradi. “Hibat ul-haqoyiq”da ham lafziy va ma’noviy san’atlarning nafaqat tashbih va tazod kabilari,balki boshqa bir qancha turlari ham qo‘llangan. Baytlarni tahlil qilish davomida qo‘llanilgan she’riy san’atlarga birma-bir to‘xtalib o‘tamiz:
Biliktin ayurmen sozumga ula,
Biliklikka ya dost ozungni ula.
(Bilim haqida so‘zlay ,ey do‘st,quloq sol,
Ilmliga yaqin yur,undan ibrat ol.)
Ushbu baytda ya dost- ey do‘st undalmasi nido san’atini yuzaga keltirgan.Undalmalar adabiyotda nido san’atini vujudga keltiradi. Bundan tashqari bilik-biliklik kabi so‘zlar o‘zakdosh bo‘lganligi sababli ishtiqoq san’ati qo‘llanilgan.

Songakka yilik tek eranga bilik,
Eran korki aql ol songakning yilik.
(So‘ngakda mo‘l ilik bo‘lgani kabi,
Er kishining ko‘rki aql,so‘ngakning ko‘rki ilikdir.)
Tamsil “misol keltirish” ma’nosini bildirib,she’r baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ,ikkinchi misrada hayotiy bir hodisani misol qilib keltirishga asoslangan san’atdir. Yuqoridagi baytda ham xuddi shu san’at qo‘llanilganiga guvoh bo‘lamiz.
Bilik bilti bolti eran belguluk,
Biliksiz tirikla yituk korguluk.
(Ilmli zotlar o‘tsa ham nomi ulug‘,
Ilmsiz – tiriklayin o‘lgan bir cho‘luh.)

Biliklik biringa biliksiz mingin,
Tenakli tengadi bilikning tengin.
(Bilimlining biri bilimsizning mingiga teng,
Ilmli kishi lar ilm-ma’rifatning qadriga yetadi.)

Eshi ezgu bolsa er ezgu bolur,
Er esh ezgu ezgusindin okush xayr kelur.
(Ulfati yaxshi kishining o‘zi ham yaxshi bo‘ladi,
Yaxshi sifatli kishidan ko‘p yaxshilik keladi.)
Baytlarning misralari bir xil harfli so‘zlar bilan boshlanib , alliteratsiya san’atini yuzaga keltirgan.
Biliksizga haq soz tatiqsiz erur,
Anga pand nasihat asig‘siz erur.
(Ilmsizga to‘g‘ri so‘z ma’nisizdir,
Unga o‘git,nasihat foydasizdir.)
Baytda ma’no jihatdan bir –biriga yaqin tushunchalar to‘gri so‘z- o‘git-nasihat kabilar tanosub san’atini yuzaga keltirgan.
Biliklik sozi pand-nasihat adab,
Biliklikni ogdi ajam ham Arab.
(Bilimli kishining so‘zi o‘git-nasihat,odobdir,
Shuning uchun ilmlilarga arab,Ajam olqishladi.)
O‘git,nasihat,odob kabi so‘zlar baytda tanosub san’atini yuzaga keltirgan.
Eshitgil biliklik negu teb ayur,
Adablar bashi til kuzazmak turur.
(Bilimli nimalarni so‘zlar ,quloq sol,
Odob boshi tildir shuni bilib ol .)
Band,bayt,misralarda maqollarni keltirish irsoli masal san’ati deyiladi. Ahmad Yuknakiy ham ushbu baytda “Odob boshi – til” degan maqoldan o‘rinli foydalangan.
Ochukturma erni tiling bil bu til,
Bashaq tursa butmas butar oq bashi.
(Kishini o‘chakishtirma,tilini bil,
O‘q yarasi bitar ,til yarasi bitmas.)
Ushbu baytda ham irsoli masal san’ati qo‘llangan bo‘lib, ushbu san’atni “O‘q yarasi bitadi,til yarasi bitmaydi” maqoli yuzaga keltirgan.
Koni bol koni qil ating koni ,
Koni teyu bilsun xalayiq seni.
(To‘g‘ri bo‘l,to‘g‘ri ish qil,to‘g‘ri deb nom chiqar,
Xaloyiq seni to‘g‘ri deb bilsin.)

Eshi ezgu bolsa er ezgu bolur,
Er esh ezgu ezgusindin okush xayr kelur.
(Ulfati yaxshi kishining o‘zi ham yaxshi bo‘ladi,
Yaxshi sifatli kishidan ko‘p yaxshilik keladi.)

Qani amri ma’ruf qani ezgu er,


Qani kendu ezgu kishi turg‘u yer.
(Qani amri ma’ruflar,qani yaxshi odamlar ,
Qani yaxshi kishilarning o‘zi turadigan yer?!)
She’rda u yoki bu so‘zni takror qo‘llash takrir san’atini yuzaga keltiradi . Baytlardagi ko‘ni-to‘g‘ri;ezgu- yaxshi ; qaniso‘zlari takrorlanib kelgan.
Yigit qoja bolur yani eskirur,
Qavi ersa qamluq qachar quvvati.
(Yigit ham keksayadi,yangi eskiradi,
Beldan quvvat ketar,tizza qaltirar)

Qamug‘ tolg‘an eslur tugal eksilyur,
Qamug‘ abadanning xarab ol songi.
(Barcha to‘lgan ozayadi,emiriladi,
Butun obod yerlar oqibatda xarob bo‘ladi.)

Achun kulchirar baz alin qash chertar,
Bir elkin tutub shahd biri zahr qatar.
(Dunyo kuldirar,yana qosh chertib xo‘mrayar,
Bir qo‘li bilan bol tutsa,ikkinchi qo‘li bilan zahar tutadi)
Baytlarga e’tibor beradigan bo‘lsak birinchidan,ikkinchidan,uchinchidan tarzidagi sanoq ohangi seziladi.Ular fikriy rivojni,ketma-ketlikni ,tadrijiylikni anglatib kelgan. Bular badiiy adabiyotda ta’did san’atini yuzaga keltiradi. Yuqoridagi har uchchalala bayt ham shu san’atga misol bo‘ladi.
Aya dost biliklik yizin izlagil,
Xali sozlasang soz bilib sozlagil.
(Ey do‘st, bilimli kishining izidan bor,
Agar so‘zlasang,o‘ylab so‘zlagil.) (nido,ishtiqoq)

Bu buzun tolusi axi er turur,
Axiliq sharaf jah jamal artturur.
(Xalqning yetugi saxiy kishidir,
Saxiylik sharaf,martaba,go‘zallikni orttiradi.) (ta’did)

Baxil nakas uzun tavar pasbani,
Yig‘ar yemas ichmas tutar berk ani.
(Baxil,nokas,alchoq- tuban kishi,u o‘z molining posboni,
Boylik yig‘ib,uni yemay,ichmay saqlaydi.)(ta’did)

Tavar asig‘ nemish barursan yalin,
Qalur bunda kissang sabat sandug‘un.
(Mol-dunyoning foydasi nimaga arziydi,yalang‘och ketasan,
Hamyoning ,to‘rvang,sandig‘ing qolib ketadi) (ta’did)

Ayursang kezim,ton ,sharab ish kerak,
Telim mal,okush qul,qaravash kerak.
(Kiyim,to‘n,sharob,osh,ko‘p mol-dunyo,
Xizmatkor,qul kerak deb aytasan.) (tanosub,ta’did)

Jafa qildachingg‘a yanut qil vafa,
Arimas necha yuvsa qan birla qan.
(Jafo qiluvchiga sen vafo bilan javob qil,
Qonni qon bilan yuvsa ham u arimaydi.)
Ushbu baytda ham irsoli masal san’ati qo‘llanilgan . Misradagi ma’no « Qon- qon bilan yuvilmas » maqoliga to‘g‘ri keladi.Quyidagi yana bir bayt ham irsoli masal san’atiga yaqool misol boladi :
Ming er dostung ersa okush kormagil,
Bir er dushman ersa ani ozlama.
(Mingta do‘sting bo‘lsa,ko‘p ko‘rma
Bitta dushmaning bo‘lsa,oz dema.)

Vafa qoli sug‘lub qurub yollari,
Jafa toldi tashti dengiztin esiz.
(Vafo qo‘llari qaqrab,yo‘llari quridi,
Dengizdan ham mo‘l bo‘lib jafo to‘lib-toshdi.)(mubolag‘a)

Achun to‘ldi advan jafa javr bila,
Qani bir vafaliq bar ersa tila.
(Dunyo dushmanlik-adovat,jabr,jafo bilan to‘ldi,
Qani biror vafoga rioya qiluvchi,uni so‘rab topgin.) (tanosub)

Amal qoydi alim zahid zuhd vida’


Arif raqs chiqardi ayur xush sama’.
( Olim amalini,zohid toat-ibodatini tark etdi,
Orif o‘yinga berildi,yoqimli ashula aytmoqda.) (tanosub)

Aya menda kezin keligli muni,
Oqusang duada unutma meni.
(Ey mendan keyin keluvchi avlodlar,
Bu kitobni o‘qisang,haqqimga duo qilishni unutma.(nido)
“Hibat- ul haqoyiq” asarida qo‘llangan eng ko‘p san’atlardan yana biri qaytarish san’atidir. Qaytarish san’ati baytda birinchi misradagi ma’lum bir so‘zning ikkinchi misraning qaysidir o‘rinda takrorlanishiga asoslangan san’atdir. Bu san’atning bir qancha turlari mavjud. Ushbu san’atni turlarga ajratish uchun misradagi qismlar qanday nomlanishi bilishimiz kerak: sadr – birinchi misraning boshlanishi, aruz – birinchi misraning oxiri , ibtido – ikkinchi misraning boshlanishi,ajuz – ikkinchi misraning oxiri, hashv – misralarning oraliq,o‘rtadagi qismi.
Sadr hashv aruz
Ibtido hashv ajuz
1.Radd us-sadr ilal- ibtido (bayt boshidagi so‘zning ikkinchi misra boshida takrorlanishi)

Download 77,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish