Bo'lim an Avstraliya davlat xizmati Davlat departamenti atrof-muhit portfelida, ostida Davlat xizmatlari to'g'risidagi qonun 1999 yil.
ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA HAMKORLIK TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Rossiya Federatsiyasi Tabiiy resurslar va ekologiya vazirligi, keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
davlat suvereniteti prinsiplariga asoslanib,
barqaror rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojni anglagan holda,
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va strategik hamkorlikni yuqori baholab,
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan barqaror foydalanish sohasida hamkorlikni amalga oshirish istagida,
atrof-muhitni muhofaza qilishning ko‘pgina masalalari o‘zaro tushunish va hamkorlik asosida hal etilishi mumkinligini anglagan holda,
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga ko‘maklashishiga ishonch bildirib,
BMTning atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha Konferensiyasi (Rio-de-Jaynero, 1992-yil), shuningdek barqaror rivojlanish bo‘yicha yuqori darajadagi Uchrashuvda (Yoxannesburg, 2002-yil) qabul qilingan prinsiplar va tavsiyalarga tayangan holda,
quyidagilar haqida kelishib oldilar:
1-modda Tomonlar ikki davlat manfaatlari yo‘lida o‘z davlatlari qonunchiligi hamda mazkur Bitimga muvofiq, global va mintaqaviy atrof-muhit muammolarini birgalikda hal qilish maqsadida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni amalga oshiradilar.
2-modda Tomonlar atrof-muhit muhofazasi sohasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladilar:
a) atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy vositalari hamda uni iqtisodiy tartibga solish sohalarida davlat nazoratini takomillashtirish;
b) atmosfera havosi, suv resurslarini ifloslanishdan muhofaza qilish, shu jumladan transchegaraviy doirada, shuningdek resurslarni tejashga qaratilgan ekologik toza, samarali texnologiyalarni joriy etish;
v) suvli-botqoq hududlarni, birinchi navbatda, 1971-yil 2-fevraldagi Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili bo‘lgan xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoq yerlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Ramsar konvensiyasi) muvofiq xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suvli-botqoq hududlarni asrash va ulardan oqilona foydalanish;
g) ekologik falokat hududlarida atrof-muhit holatini yaxshilash bo‘yicha global va mintaqaviy muammolarni o‘rganish va hal etish;
d) hayvonlarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlarining ko‘payishini o‘rganish, saqlab qolish va tiklash;
e) atrof-muhit ifloslanishi ustidan nazorat qilish, shu jumladan chiqindilar (radioaktiv chiqindilar bundan mustasno) bilan muomala qilish sohasida ekologik monitoring tizimlarini rivojlantirish va texnologiyalar bilan almashish;
j) alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (muhofaza etiladigan tabiiy hududlar) tizimlarini rivojlantirish, milliy bog‘lar va boshqa alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (muhofaza etiladigan tabiiy hududlar) faoliyatini boshqarish;
z) ekologik ta’lim-tarbiya;
i) atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida qonunchilikni qo‘llash, ekologik nazoratni tashkil etish va amalga oshirishda tajriba almashish, kadrlar tayyorlash;
k) atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida tajriba, davlat siri bo‘lmagan ilmiy-texnik ma’lumot va yangi texnologiyalar bilan almashish.
Hamkorlik mazkur Bitimni amalga oshirish jarayonida kelishilgan boshqa yo‘nalishlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
3-modda Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik Tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
a) ta’limga oid, ilmiy va amaliy maqsadlarda olimlar, mutaxassislar va delegatsiyalar bilan almashish;
b) mazkur Bitim Tomonlarining vakillari ishtirokida konferensiyalar, simpoziumlar, ekspertlar muhokamalarini tashkil etish;
v) atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish;
g) atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida (tabiiy muhitning barcha tarkibi bo‘yicha), shu jumladan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi me’yoriy hujjatlar bo‘yicha ma’lumot va tajriba almashish.
Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning boshqa shakllari haqida ham kelishib olishlari mumkin.
4-modda Mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish uchun Tomonlar hamda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining boshqa manfaatdor idoralari vakillaridan iborat bo‘lgan Ishchi guruh tuziladi.
Ishchi guruh yig‘ilishlari yiliga kamida bir marotaba navbati bilan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida o‘tkaziladi.
Ishchi guruhning vazifalari quyidagilardan iborat:
a) mazkur Bitim va muayyan loyihalar bo‘yicha harakatlar rejasini amalga oshirish yuzasidan ikki yillik dastur va/yoki ish rejalarini tuzish hamda kelishish;
b) loyihaviy takliflarni ko‘rib chiqish;
v) Mazkur Bitim doirasida Tomonlar amalga oshiradigan dastur va/yoki ish rejalari, shuningdek hamkorlik loyihalarining bajarilish jarayonini kuzatib borish.
Tomonlar mazkur Bitim doirasida hamkorlikni muvofiqlashtirish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab 30 kun mobaynida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Tegishli mas’ul shaxslar o‘zgargan hollarda Tomonlar mazkur o‘zgarishlar va yangi mas’ul shaxslar to‘g‘risida bir-birlarini 30 kun mobaynida xabardor qiladilar.
5-modda Mazkur Bitimni amalga oshirish jarayonida olingan hamkorlik natijalari uchinchi davlatlarga, ularning yuridik yoki jismoniy shaxslariga faqatgina Tomonlarning oldindan berilgan yozma roziliklari asosida taqdim etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar mazkur Bitim doirasida taqdim etilmaydi.
6-modda Basharti har bir alohida holatda boshqa tartib kelishilmagan bo‘lsa, har bir Tomon mazkur Bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlarni mustaqil ravishda o‘z zimmasiga oladi.
7-modda Mazkur Bitimni qo‘llash va talqin qilishda Tomonlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar maslahatlashuv va muzokara o‘tkazish yo‘li bilan hal etiladi.
8-modda Mazkur Bitim qoidalari O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining ular ishtirokchisi bo‘lgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.