(Ozbekiston respublikasi MK). 186-modda. Moddiy javobgarlikning yuzaga kelishi shartlari Mehnat shartnomasining bir tarafi o’zining g’ayrihuquqiy, aybli xulq-atvori (harakati yoki harakatsizligi) natijasida boshqa tarafga etkazgan zarari uchun, basharti ushbu Kodeksda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo’lsa, moddiy javobgar bo’ladi. Taraflarning har biri o’ziga etkazilgan moddiy zararning miqdorini isbotlab berishi shart. (Ozbekiston respublikasi MK). 23 Zararni qoplash ma’muriyatning buyrug’ bilan xodimdan yozma rozilik olingan holda ish haqidan ushlab qolish yo’li bilan amalga oshiriladi. Yozma rozilik bo’lmagan yoki xodim rozilik bermagan taqdirda ish haqidan ushlab qolinmaydi va zararni qoplash masalasi ma’muriyatning arizasiga ko’ra hokimiyat xalq sudi tomonidan hal qilinadi. 2.4. Mehnatni muhofaza qilish qonunlariga rioya qilishda