72-modda. Mehnat shartnomasining tushunchasi va taraflari
Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o’rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo’yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo’ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.
Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo’lib hisoblanadilar.
Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo’shimcha holatlar (tanlovdan o’tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bo’lishi mumkin. Xodim o’rindoshlik asosida ishlash to’g’risida, basharti bu qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan bo’lsa, mehnat shartnomalari tuzishi mumkin. (Ozbekiston respublikasi MK).
Mehnat xavfsizligi standartlartizimi
Yangi texnologik jarayonlarning yaratilishi, yangi ashyolarning qo’llanilishi yangicha 18
yondashuvni, mehnat xavfsizligini ta’minlashning yangi usullar hamda vositalarini ishlab chiqarishni,
shuningdek, ana shu masalalar bo’yicha yangi me’yor turlarini yaratishni taqozo etdi. Shu sababli
mehnat muhofazasiga doir me’yoriy hujjatlarni tartibga solish zarurati paydo bo’ldi. Bu hujjatlar
davlat standartlashtirish tizimining tarkibiy qismiga aylandi. Davlat standartlari mehnat sharoitini va
mehnat muhofazasini yaxshilashning zaminidir. Har qaysi korxona davlat standartlarining umumiy
talablariga qat’iy amal qilgan holda o’zining tarmoq standartlarini ishlab chiqadi, bu standartlarda
tarmoqdagi mehnatning o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Mazkur hujjatlar asosida ilmiy-sanoat
birlashmalari zavod va fabrikalar, korxonalar uchun standartlar yaratiladi va bu standartlar har qaysi
bo’linma ish o’rni uchun mehnat xavfsizligi bo’yicha fan va ilg’or tajribalar asosida tavsiyalar beradi.
Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) bu o’zaro bog’liq standartlar to’plamidan iborat bo’lib, ular uch guro’hga bo’linadi va quyidagilarni belgilaydi:
Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga doirumumiy talablar hamdame’yorlar;
Ishlab chiqarish jarayonlariga doir xavfsizlikning umumiytalablari;
«O’zstandart» davlat agentligi standartlarning amal qilish vaqtini besh yil muddatga belgilaydi va
ushbu muddat o’tgandan so’ng ular yangilanadi va qayta ko’rib chiqiladi. MXST standartlari umumdavlat, tarmoq, respublika miqyosida bo’lishi mumkin. Ushbu standartlarga ko’rsatilgan talablar
va qoidalarni barcha vazirliklar, idoralar, xo’jalik va muassasalar bajarishga majbur. Ularga amal
qilmaganlar qonun yo’li bilan jazolanadilar. MXST faoliyat turlaridan kelib chiqqan holda xavfsizlikning talablari, me’yorlari va qoidalaridan iborat bo’lib, ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash hamda kishilarning ish qobiliyatini va
sog’lig’ini saqlashga yo’naltirilgan tizimdir. Tizim shuningdek, umumdavlat, tarmoq va korxonalar
standartlarini o’z ichiga oladi. Asos bo’ladigan davlat standartlar tizimida atamalar ta’rifi va tushunchalar berilgan bo’lib, mehnatni muhofaza qilishda:
o ishlab chiqarishdagi hisobga olinadigan zararli omillarning tasnifi; o ishlab chiqarish uskunalari va jarayonlaridagi himoyalanish vositalari tasnifi; o bino va inshootlarga qo’yiladigan xavfsizlik talablari me’yorlari bayon etilgan. MXSTning mazmuni, tizimi va vazifasi, shuningdek tuzilishi, standartlar mazmuni va kelishuvi ГОСТ 12.0.001.82da ifodalangan bo’lib, bunda:
birinchi ikki son (12) shu ГОСТni MXST ga qarashliekanligini;
uchinchi son (0) — tizim «ost» (tarmoq)shifrini;
keyingi uch son (001) — «ost»( tarmoq) tizim standartining tartibraqamini;
va oxirgi ikki son (82) — standartning ro’yxatga olingan yiliniko’rsatadi.
Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan turli xususyatli noqulay xavli va zarali omillarning inson sog’ligiga salbiy ta’siri hisobga olinib MXST quyidagi guro’hlarda o’z ifodasini
topgan:
Birinchi guro’hdagi MXST- ГОСТ 12.1.008-76-«Biologikxavfsizlik»;
Uchunchi guro’hdagi MXST- ГОСТ 12.3.00275-«Ishlab chiqarish jarayonlari,texnologik jaranyonlarga, ish joylari va maydonlariga, ishchi o’rinlarini tashkil qilishga qo’yiladigan xavfsizlik talablarini»;
To’rtinchi guro’hdagi MXST- ГОСТ 12.4.024-76-«Ishchilarni xavfli omillardan himoyalash chora vavositalari».
Beshinchi guro’h standartlari xavfsizlik talablarini nazorat qilish usullarini, injener tarmoqlarining tuzilishini, inshoot va binolardan foydalanish va ta’mirlanishni, qurilish jarayonlarida xafsizlikni ta’minlashni o’z ichigaoladi.
Tarmoq standartlari (TS), umumdavlat standartlari negizida yaratilgan bo’lib, mehnat muhofazasi qoida va me’yorlariga aniqlikni ushbu tarmoq sharoitiga muvofiq kiritadi. Masalan, tarmoq
19 standarti TS 46.0.12682. «Qishloq xo’jaligida mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’qitishlarni tashkil
qilish»ning yagona tartibini o’rnatadi. Hamma standart va qo’llanmalar fan va texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslangan holda o’zgartirishlar kiritish maqsadida har besh yilda qaytadan ko’rib chiqilishi shart.
Mehnat xavfsizligi bo’yicha qoida vatalablarni buzuvchi shaxslar javobgarligi
Davlat qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va me’yorlarining buzilishi uchun qat’iy javobgarlik belgilaydi. Baxtsiz hodisaning og’ir-yengillik darajasiga qarab javobgarlikni biror turi
qo’llaniladi. Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunning, quyidagi moddalarida o’z aksini topgan.
modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmagani uchun korxonalarning javobgarligi
Korxonalar mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmaganligi uchun ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy
sug’urta qilish maqsadlariga oshirilgan tariflar bo’yicha mablag’lar ajratadilar. Tariflar mehnat sharoiti, bajariladigan ishlar xavfliligi, zararliligi va og’irligiga bog’liq holda vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi bergan xulosa tariflarni qayta ko’rib chiqish uchun asos hisoblanadi.
(25-moddaga O’zbekiston Respublikasining 12.05.2001y. 220- II -son Qonuniga muvofiq o’zgartishlar kiritilgan) (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
modda. Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydiganishlab chiqarish ahamiyatidagi mahsulotni tayyorlaganlik va sotganlik uchun korxonalarning iqtisodiy javobgarligi.
Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatiga molik mahsulot ishlab chiqarayotgan va etkazib berayotgan korxonalar iste’molchilarga etkazilgan zararni O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda qoplaydilar.
Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha standartlar, qoidalar va me’yorlarning O’zbekiston Respublikasida belgilangan talablariga nomuvofiq ishlab chiqarish vositalarini, yakka tartibdagi va jamoani himoyalash vositalarini, shu jumladan xorijdan sotib olinganlarini sotish va targ’ib qilish g’ayriqonuniy hisoblanadi. Bunday faoliyat natijasida korxona olgan foyda belgilangan tartibda byudjetga musodara qilinishi kerak. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar buzilishida aybdor bo’lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Korxonalarning boshqa xodimlari mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarning talablarini buzganlik uchun belgilagan tartibda javobgarlikka tortiladilar. (Ozbekiston respublikasi MMQQ). 20