Geofizik omillar - yerning fizik xususiyati (magnit, elektr, gamma faollik, issiqlik va b.) natijasida yuzaga keladigan turli noxush vaziyatlar majmuasini sodir etadi.
Geologik omillar - yerning paydo bo’lishi bilan bog’liq yechimlarini ta’minlab beradi. Gidrogeologik omillar - yer ichki va yuzasidagi suvlar (gidrosfera) ta’sirida bevosita yuzaga keladigan noxush vaziyatlar tushuniladi.
Atmosfera omillari - yerning atmosfera qatlamidagi o’zgarishlar (iqlim, ob - havo, ifloslanish, ozon qatlami va b.) natijasida xavfli holatlar paydo bo’lishiga olib keladi. Respublikamiz hududlarida har to’rttala guro’hga taalluqli xavfli halokat va jarayonlar uchrab turadi.
Ulardan zilzila, ko’chki, o’pirilish, suv bosish va sellar ko’proq uchraydi. Keyingi vaqtlarda olinayotgan ma’lumot va olib borilayotgan tadqiqot ishlari va kuzatuv natijasida yildan-yilga cho’l
hududlarida tuproqning yemirilish kabi tabiiy ofatlar ortib borayotganligi kuzatilmoqda.
Tabiiy ofatlarni yuzaga keltiruvchi omillar va ularning oldini olish
Zilzila - tabiatda sodir bo’ladigan eng xavfli hodisalarning biri bo’lib yuzaga keladigan iqtisodiy zarar va insonlar halokati bo’yicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi o’rinni egallaydi.
Zilzilani qayd qilish bundan to’rt ming yil avval boshlangan bo’lib, shu vaqt mobaynida 671 ta halokatli zilzilalar qayd qilingan. Shulardan 82 tasi XX asrga to’g’ri keladi. Zilzilalarning
davriyligiga e’tibor beradigan bo’lsak bir yilda 8 balli (Rixter shkalasi bo’yicha) zilzila bitta; 7 dan
7,9 balli - 18 ta; 6 dan 6,9 balli - 120 ta bo’lishi kuzatilgan. Nisbatan kuchsiz bo’lgan zilzilalar 168
ko’proq uchraydi, ya’ni 3 - 4 balli zilzila bir yilda 49 mingtagacha bo’lishi aniqlangan.
XX asrning oxirlaridagi yirik zilzilalardan Iroqdagi (1990y.) - 50 ming kishi; Turkiyadagi (1999y.) 45 mingdan ortiq odam shikastlanganligining o’zi tabiiy ofatlar ichida eng kam tarqalgan
zilzila nechog’li katta kuchga ega ekanligidan dalolat beradi.
Zilzilaning hosil bo’lish sabablari turlicha bo’lib, hozirgi vaqtda mukammal o’rganilgan bo’lishiga qaramay, zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti qachon, qayerda, qanday kuchlanishda yer silkinishi bo’ladi degan savolga hamon to’liq javob berolmayapti. Ilmiy ma’lumotlarga asoslanadigan bo’lsak, seysmik faollik kuzatiladigan joylarda zilzilalar ma’lum qonuniyat asosida
bo’lib, o’z davriyligiga ega ekanligiga amin bo’lamiz. Masalan, respublikamiz hududida Burchmulla- 1959 yil, , Gazli -1976 yil, Nazarbek -1986 yil, v.b. Ayniqsa Toshkent zilzilasining dahshati hali ko’pchilik aholining yodidan ko’tarilgani yo’q.
1966 yil 26 aprelda Toshkentda sodir bo’lgan zilzila natijasida shaharni bir necha daqiqada chang-to’zon bosib, ko’pgina xalq xo’jaligi ob’ektlari, turar-joy maskanlari vayronaga aylandi. O’sha vaqtdagi aniq asboblar, tabiiy ofatning kuchini Rixter shkalasi bo’yicha 8 ball, magnitudasi
5,3, zilzila o’chog’i yer yuzasidan 8000 metr chuqurlikda ekanligini ko’rsatdi.
Zilzilalarni o’rganish bilan shug’ullangan olim, akademik B.Golisin "Zilzilalar yer bag’rini bir lahza yorituvchi chiroqqa o’xshaydi", deb ta’kidlagan.
Zilzila kuchini tavsiflovchi tushunchalar (aniqlash shkalasi ballarda)
Sezilmaydigan zilzilalar.
Zo’rg’a seziluvchi zilzilalar.
Yerning kuchsiz tebranishi.
Sezilarli tebranish.
O’yg’onib ketish.
Qo’rquv bosish.
Binolar shikastlanadi.
Binolariing kuchli shikastlanishi.
Binolarning batamom shikastlanishi.
Inshootlarning batamom buzilishi.
Talafot. Puxta qurilgan inshootlar: ko’priklar, uylar, to’g’onlar, temir yo’llar jiddiy shikastlanadi.
Yer relyefining o’zgarishi. Barcha yer usti va osti inshootlari to’liq shikastlanadi. Yoriqlar paydo bo’lib relyef butkul o’zgaradi.
12 balli shkala mutloq shkala bo’lmasdan keyingi izlanishlar davomida takomillashtirilib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |