Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma
Darsning borishi
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish. Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Bobolar merosi ” mavzusida suhbat o’tkazish.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash Savol javob o’tkazish
37-mashq. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib yozing. harflar bi rik ma sining tagiga chizing.
Chotqol, Chirchiq, cho‘mich, shamol, boshoq, singil, bodring, tong.
ng harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni qatnashtirib, gap tu zing va yozing
III Yangi mavzu bayoni
O’qituvchi darsni 38– mashqni bajarishdan boshlaydi . Bo‘sh kataklarga q yoki g‘ harflaridan mosini qo‘yib o‘qing.
Tuzgan so‘zlaringizni yozing. Qaysi so‘zlarda q undoshi g‘ tarzda talaffuz qilinadi? Shu so‘zlarning yozilishini izohlang.
Qaymoq, qiishloq, tog`, pishloq, quloq, dog`.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
39-mashq. Ifodali o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni ko‘chiring. Undoshlarning tagiga chizing.
Top, o‘rtoq!
Shu tik turgan joyingda
Shimol-u sharq, g‘arb qayoq?
Top, o‘rtoq!
Oymi, quyosh yo yulduz
Qaysi biri yaltiroq?
Top, o‘rtoq!
Obid Rasul
Savollarga og‘zaki javob bering:
1. O‘zbek tilida nechta undosh tovush bor?
2. O‘zbek alifbosida undosh tovushlarni ifodalagan nechta harf bor?
V o`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash
Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa.
40-mashq. Nuqtalar o‘rniga tegishli undoshni qo‘yib o‘qing
Yaxshi bola
Sevgan do‘sti — kitob-oftob,
Qoidasi axloq-odob.
Maqtanishning hech o‘zi yo‘q,
Gaplarida «sen» so‘zi yo‘q.
Obid Rasul
Ko‘chiring. Ajratilgan so‘zlarning yozilishidagi va talaffuzidagi farqini ayting
O`IBDO`:____________________________
Sana______________________
Mavzu: Q va G‘ harflari 41- 43 mashq
Maqsad: DTS talablari asosida undosh tovushlar va harflar haqida bilim berish.
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni harf birikmali undoshlar haqidagi bilimlarini boyitish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni sportga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni muomala madaniyatini rivojlantirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiyalar: FK-1: mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi, Fk-2: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. TK-2: o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; kun tartibiga amal qilish va badantarbiya bilan shug‘ullanish. TK-3: davlat ramzlarini bilish; sinfda va oilasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish.
Dars turi: Yangi bilim berish o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Me’todi: Interfaol, Savol-javob, guruhlarda ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |