parallelepiped deb ataladi.
2-misol. Tanlab olingan modellarning bittasini ko‘ring va savollarga javob bering.
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning har bir yog‘I qanday shaklga ega? U nechta yoqqa ega? Uning o‘zaro teng yoqlari, qirralari bormi? Ular qaysilar?
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning nechta uchi va qirrasi bor?
Har bir uchidan nechta qirra chiqadi?
Nima uchun to‘g‘ri burchakli parallelepiped to‘g‘ri burchakli deyiladi?
T o‘g‘ri burchakli parallelepipedning hamma yoqlari to‘g‘ri to‘rtburchaklardir.
3-misol. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning A va K uchlaridan chiqqan qirralarini ayting.
Har bir ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan qirrani ayting. Rasmda qaysi yoqlar ko‘rinadi, qaysi yoqlar ko‘rinmaydi? Teng yoqlar juftliklarini ayting.
Misolni o’quvchilar mustaqil bajaradilar. Ular ishini kuzatish va baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |