Hazrat bahouddin naqshband hikmatlari



Download 33,73 Kb.
bet1/3
Sana13.06.2022
Hajmi33,73 Kb.
#662651
  1   2   3
Bog'liq
HAZRAT BAHOUDDIN NAQSHBAND


HAZRAT BAHOUDDIN NAQSHBAND
HIKMATLARI

Aytar edilar: «Haqning xalqi bilan emas, Haqning o’zi bilan mujovarat (yonma-yon) bo’lmoq kerak.
* * *
Aytar edilar: «Ulug’larning so’zidanki, tirik mushuk o’lik sherdan yaxshiroqdir».
* * *
Aytar edilar: “Musulmonlik — iloji boricha hukmlarga bo’ysunish, taqvoga rioya qilish, amalni bajarishga intilish va bekorlikdan uzoqda bo’lib, nuri safo va rahmat hamda valoyat darajasiga yetishish vositasidir. Avliyolarning aziz manzili va maqomlariga mana shu sifat parvarish orqali yetiladi”.
* * *
Aytar edilar: «Hazrati Azizon* alayhi-r-rahma va-r-rizvondan: «Iymon nima?» deb so’radilar. “Uzilish va yetishish» deb javob berdilar.

* Hazrati Azizon — Xoja Ali Romitaniy (XDK izohi)

* * *
Aytar edilar: “Agar adabdan ozgina nuqsonga yo’l qo’ysang ham nimaiki qilsang beadablik ko’rinadi».
* * *
Aytar edilar: «Agar do’st aybiga boqsak, do’stsiz qolamiz, hech kim dunyoda beayb emas».
Bayt:
Hosili daryo na hamin dur buvad,
Yak hunar az odami pur buvad.
Tarjimasi:
Dengizdan hamisha izlamagin dur,
Odamga bir hunar bas, ezgu turur.
* * *
Aytar edilar: «Shamga o’xshagin, toki hammaga ravshanlik bag’ishla, o’zing esa qorong’uda bo’l».
* * *
Aytar edilar: “Haq subhonahuga mujovar (yaqin) bo’lish xalqqa mujovar (yaqin) bo’lishdan avlo va a’lodir».
Ular mana bu baytni muborak og’izlari bilan ko’p o’qirdilar. Bayt:
Ki tokay go’ri mardonro parasti,
Ba girdi ko’yi mardon gardi rasti.
Tarjimasi:
Tokaygacha buzurglar go’riga topinasan,
Tirik buzurglar ko’chasiga kir, muvaffaqiyatga erishasan.
* * *
Aytar edilar: «Biz dunyo uchun muomala qidirmaymiz, biroz tanishlik uchun qidiramiz, biz bu yo’lga kirish yo’lini qidiramiz».
* * *
Naql eturlarki, Hazrat Xojamiz dedilar: «Maqsad talabi yo’lida himmatingiz onqadar bo’lsinki, basharti mening boshimga oyoq qo’yib o’tishga to’g’ri kelsayu va siz o’tmasangiz — aslo kechirmasmen».



Download 33,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish