Фойдаланилган адабиѐтлар
1.
Горбунов Б.В., Кимберг Н.В. Классификация почв // Почвы Узбекистана. Изд-во «Фан»,
Ташкент, 1975. С. 36-39.
2.
Горбунов Б.В. Орошаемые почвы Средней Азии // «География и классификация почв
Азии», М., изд-во «Наука», 1965.
3.
Закиров К.З. Флора и растительность бассейна реки Зеравшан. Ч.1. Ташкент. Изд-во АН
УзССР, 1955. 446 с.
4.
Иззатуллаев З.И., Каримкулов А.Т. Новые данные о наземных моллюсках окрестностей
Хужамушкентсая и Зааминсу // «Ҳозирги замон зоология фанининг долзарб муаммолари»
халқаро илмий-амалий конференция. – Фарғона, 2006. – Б. 93-94.
5.
Иззатуллаев З.И., Каримкулов А.Т. Брюхоногие моллюски Зааминского национального
природного парка // «Биология, экология, тупроқшуносликнинг долзарб муаммолари»
Республика илмий-амалий конференцияси. – Тошкент, 2006. – Б. 67.
6.
Каримқулов А.Т. Зомин миллий табиат боғи қориноѐқли моллюскаларининг фаунаси,
экологияси ва зоогеографияси // ГулДУ ахборотномаси. – Гулистон, 2013. - № 3, - Б. 43-49.
ZUBTURUM O‟SIMLIGINING VIRUSLI KASALLIKLARI MONITORINGI
Karshibayeva D.N., Fayziyev V.B.
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Mamlakatimizda ko`plab dorivor o`simlik turlari tarqalgan. Ular ichida zubturum o`simligi
ham o`zining dorivorlik xususiyati bilan xalq tabobati va farmatsevtika sanoatida katta ahamiyatga
ega. Zubturumdoshlar (
Plantaginaceae
) oilasiga mansub bir, ikki va ko`p yillik 250 turi yer yuzining
o`rta iqlimli mintaqalarida uchraydi. Bu oilaning zubturum (
Plantago
) turkumi O`zbekistonning soy
va ariqlar bo`ylarida, yo`l chetlarida, o`tloqlar va botqoqlangan joylarda, daryolar bo`ylarida,
bog`larda, tog`larning o`rta qismigacha bo`lgan yalangliklarda keng tarqalgan: lansetsimon zubturum
(
Plantago lanceolata
), katta zubturum (
P. major
) va osiyo zubturumi (
P. asiatica
) kabi turlarini o`z
ichiga oladi [Mustafaev, 2002].
Xalq tabobatida bu o‗simlikdan me‘da, ichak va o‗pka xavfli o‗smalariga davo sifatida
foydalaniladi. Undan tayyorlangan preparatlar jigar, buyrak kasalliklari, qandli diabet, ko‗z
kasalliklari, qon ketar mahalida, shuningdek farzandsizlikda ham foydalaniladi. Ildizidan tayyorlangan
damlamasi isitma, yo‗talga qarshi, sil bilan og‗rigan kasallarga buyuriladi, zaharli hasharotlar va ilon
chaqqanida og‗riq qoldiradigan vosita tariqasida ishlatiladi. Yanchilgan urug‗i surunkali ich ketarga
yaxshi davo bo‗ladi [Xolmatov, 1991].
Zubturumdan tayyorlangan vositalar ichburug‗, bavosil, kolit, so‗zak kasalliklariga qarshi
ishlatiladi. Ilmiy tabobatda bu o‗simlikning barglaridan tayyorlangan 20% li ekstrakti yara-jarohatlar
bitishiga yordam berib, yiring chiqishini kamaytirishi, to‗qimalarning et olishini tezlashtirishi, arterial
qon bosimini pasaytirib, tinchlantiradigan va uxlatadigan ta‘sir ko‗rsatishi aniqlangan [Xolmatov,
1995]. Zubturumni turli patogen mikroorganizmlar singari viruslar ham kasallantirshi haqida
ma`lumotlar uchraydi, bunday viruslarga: zubturum X-virusi (
Plantain virus X
(
PIVX
)) [Hammond at
all, 1980], zubturum xol-xol mozaika virusi (
Plantago mottle virus
(
PIMV
)) [Granett, 1973], Osiyo
zubturumi mozaika virusi (
Plantago asiatica mosaic virus
(
PIAMV
)) [Solovyev, 1993] uning o`sishi
va rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Mamlakatimizda zubturum o`simligini kasallantiruvchi viruslar ustida ilmiy tadqiqod ishlari
olib borilmaganligini etiborga olib, bu o`simlikni kasallantiruvchi viruslarni aniqlash maqsad qilib
olindi. Buning uchun Toshkent viloyatining ba`zi hududlarida zubturum o`simligida uchrovchi virusli
91
kasalliklarga xos bo`lgan alomatlar monitoring qilindi. Kuzatishlar natijasida zubturum o`simligida
keng tarqalgan quyudagi kasallik alomatlari aniqlandi. Ular quyidagi rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |