Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   414
Bog'liq
Туплам

Адабиѐтлар 
1.Иззатуллаев З.И. Двустворчатые моллюски сем. Corbiculidae
Средней Азии // Зоол.ж., 
1980. Т.59.вып.8.С.1130-1136. 
2.Иззатуллаев З.И. Интродуцированные виды пресноводных и солоноватоводных 
моллюсков фауны Средней Азии // Моллюски. Итоги и переспективы их изучения. Сб.8.-Л.: 
Наука,1987.С.256-257. 
3.Иззатуллаев З.И., Боймуродов Х.Т. Зарафшон сохили икки паллали моллюскалари 
фаунаси, экологияси, тарқалиши ва уларни муҳофаза қилиш // Халқаро.илм. 
конф.материаллари. Самарқанд: СамДУ. 1999. 66-68 б. 
4.
Иззатуллаев З.И., Боймуродов Х.Т. Интрадуцированные водные моллюски 
Узбекистана.// Ж.
Пробл.
биол. и медиц. № 4. Самарканд, 2000 . С. 76-78. 
1
Бу ерда ва келгусида ЧУ- чиғаноқнинг узунлиги, ЧБ-чиғаноқнинг баландлиги, ЧҚ-чиғаноқнинг қабариқлиги (мм 
да) 


75 
ASALARI OILASI, ZOTLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI 
 
Valixonov A
1
., Abduhoshimov N
2
.
Qo‘qon davlat pedagogika instituti

Farg‘ona davlat universiteti

 
Jannatmakon Yurtimizning iqlim sharoiti va o'simlik dunyosining boyligi asalari oilalaridan 
organik asal olish hamda bu soha rivoji uchun keng imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari asalarichilik 
bilan har qanday kasb egasi shug'ullanishi mumkin. Ayniqsa «2018 yil innavasion tehnologiyalar va 
kichik biznes va tadbirkorlik yili»da bu boradagi loyihalar sifatli asal ishlab chiqarish hamda yangi ish 
o'rinlari tashkil etishda eng dolzarb va istiqbolli sohalardan biri bo'lib qolmoqda. 
2017 yil 22 iyundal prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Farg`ona asalarichilik ishlab chiqarish 
o`quv markaziga tashrifi ham asalarichilikka bo`lgan e`tiborning bir misoli deb qarash mumkin. 
Asalarilarning hayoti nihoyatda murakkab. Oilani tashkil etadigan har bir individ ma‘lum bir 
vazifani bajaradi. Shuning uchun oilada nasl beradigan ona ari, naslsiz urg‘ochi ari, ya‘ni ishchi ari va 
erkak arilar (trutenlar) paydo bo‘lib, ularning tuzilishi va fiziologik xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan 
farq qiladi,ya‘ni oilada polimorfizm kuzatiladi. Polimorfizm,odatda, har bir individ oilada ma‘lum bir 
vazifani bajarishidan kelib chiqadi, ya‘ni bajariladigan ishning taqsimlanishi bevosita ularning 
morfologik farqiga bog‘liq.
Ona asalari oilada jinsiy organlari yaxshi rivojlangan yagona urg‘ochi individdir. U tuxum 
qo‘yishdan boshqa hech qanday vazifani bajarmaydi. Ona arining bajaradigan funksiyasi 
cheklanganligi uchun u uyadan tashqariga juda kam uchib chiqadi: birinchi marta atrof bilan tanishish 
uchun, nikoh o‘yiniga tayyorgarlik tariqasida uchib chiqadi. Keyin nikoh o‘yiniga erkak ari bilan 
juftlashish uchun chiqadi. Eng oxirida yangi oila tuzish uchun chiqadi. Ona ari va u bilan juftlashgan 
erkak ari ishchi asalarilarning irsiy xususiyatlari tayinli bo‘lishida asosiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun 
yuqori mahsuldor oilalardan ona asalarilar yetishtirish kerak.
Ona asalarining sifati bevosita qo‘ygan tuxumi soniga va sifatiga bog‘liq. Ona asalarilar 3-4 yil 
va undan uzoqroq yashashi mumkin. Lekin ularning tuxum qo‘yishi yildan-yilga kamaya boradi. 
Shuning uchun ularni har yili yoki ikki yilda bir almashtirish tavsiya etiladi. Odatda, oilada bitta ona 
asalari bo‘ladi. Ba‘zan biror sababga ko‘ra, ikkita ona ari bir oilada yashab qolsa, ikkalasi o‘rtasida 
kurash boradi. Erkak asalari - tanasi ishchi asalarinikidan kattaroq va silindr shaklida bo‘ladi. Uzunligi 
15-17 mm, og‘irligi 2,2g. Ko‘zlari katta va murakkab bo‘lib, tepa suyakda bir-biriga juda yaqin 
joylashgan. Mo‘ylovi 13 ta bo‘g‘indan iborat. Nish sanchuvchi nayzasi yo‘q. Qornidagi sternitlarda 
mum bezlari va oyog‘ida gulchangini yig‘adigan moslamalar ham yo‘q. Erkak asalarilarning birdan-bir 
funksiyasi ona asalari bilan juftlashishdir.
Erkak asalarilar bahorda yangi oilaga ajralib chiqish oldidan yetishtiriladi. Bitta oilada bir necha 
yuzdan bir necha mingtagacha erkak asalari bo‘lishi mumkin. Ular tayyor oziq - asal bilan oziqlanadi 
yoki ishchi asalarilar ularni o‘z xartumi bilan oziqlantiradi. Asal yig‘ish mavsumi tugagandan so‘ng 
ishchi asalarilarni uyadan haydab chiqaradi, natijada ular ochlikdan va sovuqdan nobud bo‘ladi.
Erkak asalarilarning oiladagi funksiyasi cheklangan bo‘lishi va ularni mavsumiy holatda miqdor 
zichligini o`zgarishi naslni genetik jihatdan yaxshilanishini nazorat qilishdir.
Erkak asalarilar tanasining tuzilishi jinsiy hujayralar yetishtirish va juftlashish vaqtida ularni ona 
ari jinsiy sistemasiga o‘tkazishga moslashgan. Ana shu funksiyasi tufayli uning jinsiy apparati yaxshi 
rivojlangan.
Erkak asalarilarni asal va mum yig‘ishda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan oilalardan tanlash 
kerak.
Ishchi asalarilar arixonadagi arilarning asosiy qismini egallaydi. Yozda har bir asalari oialasigi 
ramkalar soniga qarab ularning soni 30000-40000, ayrim oilalarda 80000-100000 tagacha yetadi. 
Ishchi asalarilar jinsiy organi yaxshi rivojlan- magan urg‘ochi arilardir. Shuning uchun ular erkak 
arilar bilan juftlashish qobiliyatiga ega emas. Agar ayrim hollarda ular tuxum qo‘ysa, bu tuxumdan 
faqat erkak ari rivojlanadi.
Ishchi asalarilar oialada xilma-xil vazifalarni bajaradi: nektar, gul- chang va suv yig‘adi, 
nektardan asal ishlab chiqaradi, yosh avlodni tarbiya- laydi, mumdan kataklar yasaydi, uyani 
qo‘riqlaydi va hokazo. Bajaradigan ishlarining xilma-xilligi va murakkabligi ularning tashqi va ichki 


76 
tuzilishida boshqalardan farq qiladigan belgilar paydo bo‘lishiga olib kelgan: xartumi ona va erkak 
arilarnikidan uzunroq, qorin sternitlarida mum oynachalari gul changini yig‘adigan moslamasi bor. 
Jinsiy organlari yaxshi rivojlanmagan, asal bezi ona arinikidan kattaroq bo‘ladi. Tanasining uzunligi 
12-14 mm, o‘rtacha og‘irligi 0,1 gr, ya‘ni 1 kilogrammda 10000 ta ishchi asalari bor. Yoz davrida 
ishchi asalarilar 5-6 hafta, qishda bir necha oy yashaydi. Asalari oilalarining xo‘jalik qimmati ishchi 
arilar bilan belgilanadi. Asalari oilasining faoliyatida ishchi ari hal qiluvchi rol o‘ynay- di. Uyaning 
gaz va temperatura rejimini, havosining namligini ma‘lum dara- jada saqlaydi, oziq zapasi yig‘adi va 
uni qayta ishlaydi, yosh avlodni, erkak va ona arini tarbiyalaydi. Demak, ishchi asalari ona va erkak ari 
xo‘jalik va irsiy belgilarining shakllanishida katta rol o‘ynaydi.
Ishchi asalarilarda jinsiy apparat soddalashib, avlodni tarbiyalash, oziq g‘amlash, mum katak 
qurish kabi instinktlar mukammal rivojlangan.
Funksiyalarning cheklanganligi asalari oilasini tashkil etgan individlarning mustaqil ta‘siri 
yo`qolgani va hozirgi asalari oialarida urg‘ochi, erkak va ishchi arilarning hayot faoliyati faqat butun 
bir oila doirasida normal bo‘lishi tabiiydir.
Demak, asalari oilasi butun organik dunyoda keng tarqalgan umumbiologik qonuniyatga misol 
bo‘lib, uning evolyutsiyasi bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ikkita jarayon – differensiatsiya (ixtisoslashish) 
va integratsiya, ya‘ni organizm ayrim qismlarining, oiladagi ayrim individlarning bir butun bio- logik 
sistemaga bo‘ysunishi bilan parallel borgan. Shu sababdan, asalari oilasini uning barcha a‘zolari bir-
biri bilan va tashqi muhit bilan mustahkam bog‘langan yaxlit biologik birlik sifatida o‘rganish kerak.
Asosiy hususiyatlarga qaramasdan turli hil geografik sharoitda tashqi muhit omillariga moslanish 
natijasida asalari zotlarining hilma-hilligi vujudga kelgan,jumladan,o‗rta Rossiya o‗rmon (qoramtir) 
asalari zoti (

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish