75
ASALARI OILASI, ZOTLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Valixonov A
1
., Abduhoshimov N
2
.
Qo‘qon
davlat pedagogika instituti
1
Farg‘ona davlat universiteti
2
Jannatmakon Yurtimizning iqlim sharoiti va o'simlik dunyosining boyligi asalari oilalaridan
organik asal olish hamda bu soha rivoji uchun keng imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari asalarichilik
bilan har qanday kasb egasi shug'ullanishi mumkin. Ayniqsa «2018 yil innavasion tehnologiyalar va
kichik biznes va tadbirkorlik yili»da bu boradagi loyihalar sifatli asal ishlab chiqarish hamda yangi ish
o'rinlari tashkil etishda eng dolzarb va istiqbolli sohalardan biri bo'lib qolmoqda.
2017 yil 22 iyundal prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Farg`ona asalarichilik ishlab chiqarish
o`quv markaziga tashrifi ham asalarichilikka bo`lgan e`tiborning bir misoli deb qarash mumkin.
Asalarilarning hayoti nihoyatda murakkab. Oilani tashkil etadigan har bir individ ma‘lum bir
vazifani bajaradi. Shuning uchun oilada nasl beradigan ona ari, naslsiz urg‘ochi ari, ya‘ni ishchi ari va
erkak arilar (trutenlar) paydo bo‘lib, ularning tuzilishi va fiziologik xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan
farq qiladi,ya‘ni oilada polimorfizm kuzatiladi. Polimorfizm,odatda, har bir individ oilada ma‘lum bir
vazifani
bajarishidan kelib chiqadi, ya‘ni bajariladigan ishning taqsimlanishi bevosita ularning
morfologik farqiga bog‘liq.
Ona asalari oilada jinsiy organlari yaxshi rivojlangan yagona urg‘ochi individdir. U tuxum
qo‘yishdan boshqa hech qanday vazifani bajarmaydi. Ona arining bajaradigan funksiyasi
cheklanganligi uchun u uyadan tashqariga juda kam uchib chiqadi: birinchi marta atrof bilan tanishish
uchun, nikoh o‘yiniga tayyorgarlik tariqasida uchib chiqadi. Keyin nikoh o‘yiniga erkak ari bilan
juftlashish uchun chiqadi. Eng oxirida yangi oila tuzish uchun chiqadi. Ona ari va u bilan juftlashgan
erkak ari ishchi asalarilarning irsiy xususiyatlari tayinli bo‘lishida asosiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun
yuqori mahsuldor oilalardan ona asalarilar yetishtirish kerak.
Ona asalarining sifati bevosita qo‘ygan tuxumi soniga va sifatiga bog‘liq. Ona asalarilar 3-4 yil
va undan uzoqroq yashashi mumkin. Lekin ularning tuxum qo‘yishi yildan-yilga kamaya boradi.
Shuning uchun ularni har yili yoki ikki yilda bir almashtirish tavsiya etiladi. Odatda, oilada bitta ona
asalari bo‘ladi. Ba‘zan biror sababga ko‘ra, ikkita ona
ari bir oilada yashab qolsa, ikkalasi o‘rtasida
kurash boradi. Erkak asalari - tanasi ishchi asalarinikidan kattaroq va silindr shaklida bo‘ladi. Uzunligi
15-17 mm, og‘irligi 2,2g. Ko‘zlari katta va murakkab bo‘lib, tepa suyakda bir-biriga juda yaqin
joylashgan. Mo‘ylovi 13 ta bo‘g‘indan iborat. Nish sanchuvchi nayzasi yo‘q. Qornidagi sternitlarda
mum bezlari va oyog‘ida gulchangini yig‘adigan moslamalar ham yo‘q. Erkak asalarilarning birdan-bir
funksiyasi ona asalari bilan juftlashishdir.
Erkak asalarilar bahorda yangi oilaga ajralib chiqish oldidan yetishtiriladi. Bitta oilada bir necha
yuzdan bir necha mingtagacha erkak asalari bo‘lishi mumkin. Ular tayyor oziq - asal bilan oziqlanadi
yoki ishchi asalarilar ularni o‘z xartumi bilan oziqlantiradi. Asal yig‘ish mavsumi tugagandan so‘ng
ishchi asalarilarni uyadan haydab chiqaradi, natijada ular ochlikdan va sovuqdan nobud bo‘ladi.
Erkak asalarilarning oiladagi funksiyasi cheklangan bo‘lishi va ularni mavsumiy holatda miqdor
zichligini o`zgarishi naslni genetik jihatdan yaxshilanishini nazorat qilishdir.
Erkak asalarilar tanasining tuzilishi jinsiy hujayralar yetishtirish va juftlashish vaqtida ularni ona
ari jinsiy sistemasiga o‘tkazishga moslashgan. Ana shu funksiyasi tufayli uning jinsiy apparati yaxshi
rivojlangan.
Erkak asalarilarni asal va mum yig‘ishda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan oilalardan tanlash
kerak.
Ishchi asalarilar arixonadagi arilarning asosiy qismini egallaydi. Yozda
har bir asalari oialasigi
ramkalar soniga qarab ularning soni 30000-40000, ayrim oilalarda 80000-100000 tagacha yetadi.
Ishchi asalarilar jinsiy organi yaxshi rivojlan- magan urg‘ochi arilardir. Shuning uchun ular erkak
arilar bilan juftlashish qobiliyatiga ega emas. Agar ayrim hollarda ular tuxum qo‘ysa, bu tuxumdan
faqat erkak ari rivojlanadi.
Ishchi asalarilar oialada xilma-xil vazifalarni bajaradi: nektar, gul- chang va suv yig‘adi,
nektardan asal ishlab chiqaradi, yosh avlodni tarbiya- laydi,
mumdan kataklar yasaydi, uyani
qo‘riqlaydi va hokazo. Bajaradigan ishlarining xilma-xilligi va murakkabligi ularning tashqi va ichki
76
tuzilishida boshqalardan farq qiladigan belgilar paydo bo‘lishiga olib kelgan: xartumi ona va erkak
arilarnikidan uzunroq, qorin sternitlarida mum oynachalari gul changini yig‘adigan moslamasi bor.
Jinsiy organlari yaxshi rivojlanmagan, asal bezi ona arinikidan kattaroq bo‘ladi. Tanasining uzunligi
12-14 mm, o‘rtacha og‘irligi 0,1 gr, ya‘ni 1 kilogrammda 10000 ta ishchi asalari bor.
Yoz davrida
ishchi asalarilar 5-6 hafta, qishda bir necha oy yashaydi. Asalari oilalarining xo‘jalik qimmati ishchi
arilar bilan belgilanadi. Asalari oilasining faoliyatida ishchi ari hal qiluvchi rol o‘ynay- di. Uyaning
gaz va temperatura rejimini, havosining namligini ma‘lum dara- jada saqlaydi, oziq zapasi yig‘adi va
uni qayta ishlaydi, yosh avlodni, erkak va ona arini tarbiyalaydi. Demak, ishchi asalari ona va erkak ari
xo‘jalik va irsiy belgilarining shakllanishida katta rol o‘ynaydi.
Ishchi asalarilarda
jinsiy apparat soddalashib, avlodni tarbiyalash, oziq g‘amlash, mum katak
qurish kabi instinktlar mukammal rivojlangan.
Funksiyalarning cheklanganligi asalari oilasini tashkil etgan individlarning mustaqil ta‘siri
yo`qolgani va hozirgi asalari oialarida urg‘ochi, erkak va ishchi arilarning hayot faoliyati faqat butun
bir oila doirasida normal bo‘lishi tabiiydir.
Demak, asalari oilasi butun organik dunyoda keng tarqalgan umumbiologik qonuniyatga misol
bo‘lib, uning evolyutsiyasi bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ikkita jarayon – differensiatsiya (ixtisoslashish)
va integratsiya, ya‘ni organizm ayrim qismlarining, oiladagi ayrim individlarning bir butun bio- logik
sistemaga bo‘ysunishi bilan parallel borgan. Shu sababdan, asalari oilasini uning barcha a‘zolari bir-
biri bilan va tashqi muhit bilan mustahkam bog‘langan yaxlit biologik birlik sifatida o‘rganish kerak.
Asosiy hususiyatlarga qaramasdan turli hil geografik sharoitda tashqi muhit omillariga moslanish
natijasida asalari zotlarining hilma-hilligi vujudga kelgan,jumladan,o‗rta Rossiya o‗rmon (qoramtir)
asalari zoti (
Do'stlaringiz bilan baham: