139
tortib olishi bilan xarakterlidir. Chuchuk suv toshbaqalari (Emididare) kichik va o‘rta kattalikda
bo‘ladi. Afrika, Janubiy Yevropa, Osiyo va Amerikada tarqalgan tipik vakillariga Kaspiy toshbaqasi,
quruqlik toshbaqalari oilasiga bo‘yi 12 sm dan 150 sm gacha boradigan toshbaqalar kiradi. Bularning
vakillari Kavkaz toshbaqasi O‘rta osiyo cho‘l toshbaqasi galapogos orollarida yashaydigan fil
toshbaqasi kiradi. Uning og‘irligi 200-400 kg, bo‘yi 150 sm ga yetadi.
Dengiz toshbaqalari kenja turkumi- Chelonioidei. Bu kenja turkumga 4 ta tur kiradi. Oyoqlari
eshgakka aylangan va kosa ichiga tortinmaydi. Gavdasi yapaloqlashgan. Tropik dengizlarda tarqalgan,
yashil yoki sho‘rva toshbaqasining kosasi 80-100 sm, massi 200 va hatto ba‘zan 450 kg ga yetadi va
ovqatga ishlatiladi. Bissa yoki karetta ancha kichik bo‘yi 60-80 sm, chiroyli, shox plastinkalari uchun
ovlanadi.
Yumshoq terili toshbaqa kenja turkumi – Trionnychoidei. Bu toshbaqalarning suyak
plastinkalari ustida shox plastinkalari bo‘lmaydi va teri bilan qoplanadi. Barmoqlari orasida suzgich
pardalari bo‗‗ladi va 25 turi bor. Uzoq sharq suvlarida xitoy toshbaqasi yashaydi, ularning tumshug‘i
xartumchaga o‘xshash uzunchoq va harakatchan bo‘ladi.
Yonbo‘yinli toshbaqalar kenja turkumi – Pleurodira. Bu toshbaqalar boshi va bo‘ynini yon
tomonga burib, karapaks va plastron o‘rtasidagi bo‘shliqqa joylashtiradi, 45 turi tropik zonadagi
chichuk suvlarda yashaydi. Tipik vakili appay bo‘lib, tuxumini mahalliy aholi ovlaydi.
Mamlakatimizda O'rta Osiyo toshbaqasi yoki cho'l toshbaqasi deyiladigan turi uchraydi,
uzunligi 15-25 sm bo'ladi. Qishda uyquga ketib, bahorda uyg'onadi, may-iyul oylarida 5 tagacha
tuxum qo'yadi. Avgust-oktabr oylarida tuxumni yorib chiqqan bolalari tuproq /qum/ ostida erta
bahorgacha yotadi.
Dengiz toshbaqalari yashil rangli, oldingi oyoqlari suzgichga aylangan, kosasi yassiroq,
uzunligi 1,5 metrgacha, og'irligi 400 kg gacha bo'ladi. Dengizning qumli qirg'oqlarida qumni 20 sm
gacha kovlab, 70-100 dona tuxum qo'yadi va ustini qum bilan ko'madi. 1,5-2 oyda tuxumni yorib
chiqqan bolalari dengiz tomon harakatlanadi
Toshbaqalarning 200 dan ortiq turi bor. Quruqlikdagi toshbaqalar 100-150 yil yashaydi. Ular
bir yilgacha ovqatsiz va suvsiz yashashi mumkin. Ayrim turlari 400 kg gacha, uzunligi 1 metrdan ortiq
va balandligi 60 sm gacha bo 'ladi. Dengiz toshbaqalari yuzlab kilometr naridan qumli qirg'oqni topib
keladi, yo 'lidan hech adashmaydi.
Dunyoda shunday toshbaqalar borki, ular o‘ziga xos xususiyatlari bilan boshqalaridan farq
qiladi.
Jumladan: "Ginnes Rekordlar kitobi" dunyodagi eng chaqqon toshbaqa haqida xabar berdi.
Unda ta‘kidlanishicha, Berti laqabli toshbaqa Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi Marko hamda
Janin Kalsini oilasida yashaydi. Toshbaqaning tezligini nazorat qilish chog‘ida u 19,59 soniyada 5,48
m. bosib o‘tib record natijani qayd etgan.
Toshbaqalarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati katta. Ularning ba‘zilari ancha zarar
keltiradi. Masalan, O‘rta osiyo toshbaqasi polizlarga, pista ekinlariga, don ekinlariga, maysazorlarga
zarar keltiradi. Temir yo‘l inshoatlarini kovlab tashlaydi.
Toshbaqalarning foydali ahamiyati haqida gapiradigan bo‘lsak, dengiz toshbaqasi karettaning
kosasidan taroq, ko‘zoynak gardishlari va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda
toshbaqa go‘shti iste‘mol qilinadi.
Tabiatda har bir turning o‘ziga xos o‘rni bor. Har bir turni asrab-avaylash, ularga zarar
yetkazmaslik, oqilona foydalanish va muhofaza qilish zarur. Aks holda turlarning soni keskin kamayib
ketishiga sababchi bo‘lamiz. Shunday ekan, hayvonot dunyosini asraylik, muhofaza qilaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: