Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   414
Bog'liq
Туплам

Dоrivоr prеparatlari. 
Askоrbin kislоta - vitamin 
S
(kukun, drajе, tablеtka va ampulada eritma 
hоlida chiqariladi), mеvadan damlama, эkstrakt, karоtоlin, na`matak mоyi va sharbat (ho`l mеvadan) 
hamda tablеtkalar (kukunidan) tayyorlanadi.Mеva vitaminli va pоlivitaminli chоylar - yig`malar 
tarkibiga kiradi. Ho`l mеvadan yana turli vitamin kоnsеntratlari va vitaminga bоy оziq-оvqat 
mahsulоtlari tayyorlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
 
X.X.Xolmatov,O`.A.Axmedov ―Farmakognoziya‖ 2006 y 
2.M.Muxtorov ―Ming dardga ming davo‖ 2009y 
 
 
O‟SIMLIKLARNING O‟SISH VA RIVOJLANISH
JARAYONINING BOSHQARILISHI 

Baxodirova U.B., Boltayeva L. 


Navoiy davlat pedagogika instituti 
Tabiat o‘simliklar bilan go‘zal, barhayot va abadiydir. Hozirgi zamonda o‘simliklar dunyosi juda 
boy va xilma-xildir. O‘simlik so‘zini aytishimiz bilan ko‘z o‘ngimizda o‘tloq, dala, o‘rmonlardan 
iborat yashil manzaralar ko‘rinadi. O‘simlik hayoti uni o‘rab olgan muhit bilan chambarchas 
bog‘langan. Hozirgi vaqtda yer yuzida juda ko`p o`simliklar ekilmoqda. Ishlab chiqarishda ekilayotgan 
o`simliklarning turi ham doim ortib boradi, yovvoyi turlari madaniylashtiriladi. 
O‘simlik tuproq, suv va havodan o‘zlashtiradigan, ya‘ni o‘z tanasini tuzish uchun ishlatadigan 
moddalarni oladi. O‘simlik organizmi to‘yinishi, nafas olishi, o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi, o‘zini 
o‘rab olgan sharoitga va irsiy xususiyatlariga muvofiq tuzilishi bilan tabiatdagi jonsiz jismlardan farq 
qiladi. Ma‘lumki jonli tabiatni o‘simliklarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Yashil o‘simliklar barcha tirik 
mavjudotlar uchun hayot manbayi bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1997-yil 
26-dekabrda ‖O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida‖ gi qarorini 
tasdiqladi. Bu esa tabiatda o‘simliklarni o‘sishiga, rivojlanishiga va ko‘payishiga alohida e‘tibor 
berilganligidan darak beradi. O`simliklarning o`sishi va rivojlanishi bir xil o`tmaydi. Qisqa kun 
o`simliklari shimolda ekilgan bo`lsa, yaxshi o`sadi, ammo rivojlanishiga kerakli issiqlik yetarli 
bo`lmagani uchun o`suv davri uzayadi. Uzun kun o`simliklari janubda ekilsa, yaxshi o`sa olmaydi 
bo`yi past bo`lib qoladi [1,2]
Har qanday o‘simlik nasl qoldirishga harakat qilar ekan, u albatta o‘sadi va rivojlanadi. O‘simlik 
tirik organizm u oziqlanadi, nafas oladi, o‘sadi, gullab meva beradi, ko‘payadi. O‘simliklarning o‘sishi 
va rivojlanish jarayoni murakkab bo‘lib, ularning o‘sishi va rivojlanishi uchun tuproq, suv, yorug‘lik, 
harorat, kislorod nihoyatda zarur. O‘simliklarning o‘sishi asosan fotosintez va nafas olish o‘rtasidagi 
o‘zaro nisbat bilan belgilanadi. O‘simliklarning fotosintez va nafas olishi, ildiz orqali oziqlanishi 
haroratga bog‘liqdir. Harorat 25-35
o
C oralig‘ida bo‘lsa, fotosintez kuchaya boradi, 40-50
o
C darajasiga 
yetganda esa o‘simlik o‘sishdan to‘xtaydi. O‘simliklarning nafas olishi uchun qulay havo harorati 30-
40
o
C dir.


60 
Fotosintez tufayli o‘simliklarda organik moddalar to‘plansa, nafas olishda bu organik moddalar 
sarflanadi. Havo harorati oshganda nafas olish jarayoni fotosintez jarayoniga nisbatan ancha 
tezlashadi. Natijada o‘simlik tanasida to‘plangan organik moddalar sarfi ortadi. Bu esa o‘simliklarning 
o‘sish va rivojlanish jarayonlarini rivojlanishida CO
2
gazining havo tarkibidagi miqdori muhim 
ahamiyatga ega. Havoda CO
2
ning miqdori 0,03% ni tashkil etadi. O‘simliklar uchun CO
2
ning 
havodagi miqdori 1,0% bo‘lishi eng yuqori me‘yor hisoblanadi. Ochiq joyda havo tarkibini bir 
me‘yorda ushlab turish, boshqarish qiyin.
Issiqxonalarda esa yopiq yerni go‘ng bilan ishlash, issiqxona ichida pech yoqish, bochkalarda 
mol go‘ngidan ― sharbat suvi‖ tayyorlash havo tarkibidagi karbonat angidrid miqdorini oshiradi. Bu 
esa hosildorlikni 25% dan 175% gacha oshirish mumkin. Lekin havo tarkibidagi CO
2
miqdorining 25-
30% ga ko‘tarilib ketishi o‘simlikda assimilyatsiya jarayoni to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi. 
O‘simliklarda yorug‘liksiz organik moddalar hosil bo‘lmaydi. O‘simliklardagi barcha fizik va 
kimyoviy jarayonlar yorug‘lik ayniqsa, quyosh nurlarining ta‘sirida kechadi. O‘simliklar uchun 
ayniqsa, ertalabki soat 7 dan 11 gacha tushadigan quyosh nurlari foydalidir.
Yorug‘lik nurlari yetarli bo‘lmaganda o‘simliklarning o‘sishi ,rivojlanishi sustlashib, tanalari 
noziklashib, kasalliklarga chalinuvchan bo‘ladi, gullari tugmaydi, kam hosil yoki umuman hosilsiz 
bo‘ladi. O‘simlik uchun zarur bo‘lgan unsurlardan biri suvdir. Tuproqdagi mineral tuzlarning erishi, 
ularning o‘simlik poyasidan barglarga tomon harakatlanishi uchun suv zarurdir [1,2]
Davlatimiz mustaqillikka erishgandan keyin g‘allachilik, bog‘dorchilik sohalariga katta e‘tibor 
berildi. Inson ehtiyojlarini qondirish maqsadida ko‘pgina o‘simliklarning madaniy navlarini yaratish 
,ulardan yuqori hosil olish hamda chet ellardan keltirilgan ko‘plab o‘simliklarni iqlimlashtirish kabi 
ko‘pgina ishlarni amalga oshirish, o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish jarayonlarini to‘g‘ri 
boshqarishni yo‘lga qo‘yish shu soha kishilarning oldiga qo‘ygan asosiy vazifalaridan biridir.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, tabiatdagi barcha tirik organizmlarning hayotida o‘simliklarning 
o‘rni beqiyosdir. O‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishini o‘rganish ,ularni muhofaza qilish har bir 
insonning oldiga qo‘yilgan burchidir. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini mukammal o‘rganish, 
madaniy o‘simliklarni to‘g‘ri parvarish qilish va ulardan yuqori hosil olish imkonini beradi. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish